Akramova Nozima -222+



tải về 440.31 Kb.
Chế độ xem pdf
trang4/11
Chuyển đổi dữ liệu18.05.2022
Kích440.31 Kb.
#52000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
maktabgacha yoshdagi bolalarning xotirasini organish va uni rivojlantirishning psixologik usullari
20.maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni jismoniy tayyorlash vazifalari, DIPLOM OLDI AMALIYOTI UCHUN2.Maktabgacha ta\'lim tashkilotida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma\'naviy-axloqiy tarbiyalash, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni psixologik tekshirish
Bitiruv malakaviy ishi – kirish, 2 ta bob, 5 ta band, xulosa , 
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 
I-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA XOTIRA
JARAYONI 


1.1. Xotira haqida umumiy tushuncha. 
Individning o‘z hayotiy tajribasini esida olib qolishi, esda saqlab turishi 
va keyinchalik esga tushirib turishi xotira deb ataladi. Xotira sohasida 
quyidagi asosiy jarayonlar farqlanadi: esda olib qolish, esda saqlash, esga 
tushirish va unitish. Bu jarayonlar bir-biridan ajralgan holda yuzaga 
chiqmaydi. Ular bir umumiy jarayonning turli tomonlarini tashkil qiladilar. 
Xotiraning yuzaga chiqishi, rivojalanishi kishining faoliyati bilan bog‘liq. 
Ma’lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual ya’ni 
shaxsiy tajribani to‘plash bilan bog‘liqdir. To‘plangan tajribadan keyingi 
faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma’lum 
materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoki faoliyatdan tushib qolishi 
uni esdan chiqarib qo‘yishga olib keladi. 
Xotira mexanizmlari. Hozirgi kunda xotira mexanizmlari haqida 
ko‘plab nazariyalar mavjud. Ularning barchasini bir necha guruxlarga 
birlashtirish mumkin. 
Birinchi guruh nazariyalar - psixologik nazariyalar, ikkinchisi-
neyrofiziologik nazariyalar. Ularga keyingi yillarda yangi nazariyalar, 
uchinchi yo‘nalish – bioximik yo‘nalishdagi nazariyalar qo‘shilmoqda. 
Barcha nazariyalar orasida eng oldin paydo bo‘lib rivojlangan 
nazariyalarga psixologik nazariyalar kiradi. Bu nazariyalar xotira 
jarayonlarini tarkib toptirishda sub‘ektning faolligiga qanday o‘rin 
berilganligiga, sub‘ekt faolligining o‘ziga qanday qaralganligiga bog‘liq 
ravishda klassifikatsiya qilinadi. Shunday oqimlardan biriga assotsiativ 
nazariya kiradi. 
Assotsiativ 
nazariyaning 
asosiy 
tushunchasi 
assotsiatsiya 
tushunchasidir. Assotsiatsiya – aloqa boglanish degan ma’noni bildiradi va 
hamma psixik hodisalarni tushuntiruvchi universal mexanizm sifatida 
karaladi. Ularning fikricha, agar ma’lum psixik hodisalar inson ongida ayni 
bir vaqtning o‘zida bir-biridan ketma-ket hosil bo‘lgan bo‘lsa, ular o‘rtasida 
biron-bir elementi qayta ta’sir qilsa yoki qayta namoyon bo‘lsa, ongimizda 


assotsiativ aloqaning barcha elementlarini qayta tiklashga olib keladi. 
Shunday qilib, assotsiatizm ikkita ta’sirot o‘rtasidagi aloqa bog‘lanishning 
zaruriy va yetarli asosi-bu ta’sirlarning inson ongida ayni bir vaqtning o‘zida 
namoyon bo‘lishi deb hisoblaydi. 
Assotsianistlar quyidagi assotsiatsiya hosil bo‘lishida asosiy 
sharoitlarni ko‘rsatadilar: a) tegishli ob’ektlarning zamon va makon izchilligi; 
b) ob’ektlarning bir-biriga o‘xshashligi, ob’ektlarning bir-biridan farqi, 
qarama-qarshiligi. Shu sharoitlarga mos ravishda uch turli assotsiatsiya 
ajratilgan: izchillik assotsiatsiyasi, o‘xshashlik assotsiatsiyasi, kontrastlik 
assotsiatsiyasi. 
Ammo bir xil sharoitda doimo bir xil assotsiatsiyalar zanjiri hosil 
bo‘lmaydi. U holda turli kishilar bir xil sharoitda bir xil narsalarni eslab 
qolgan bo‘lar edilar. Haqiqatda esa aloqalar tanlangan suratda hosil bo‘ladi. 
Geshtaltizm (nemischa «gestalt» - obraz degan ma’noni anglatadi) – 
psixologik nazariya. Bu nazariyaning asosiy tushunchasi – geshtalt 
tushunchasidir. Geshtalt tushunchasi yaxlit, bir butun tashkilotni (bir butun 
organizmi) tarkibiy qismlarga bo‘lib bo‘lmaydigan tuzilishini anglatadi. 
Bu nazariyaga ko‘ra aloqalar (bog‘lanishlar) hosil qilishning asosi 
sifatida materiallarning tashkil qilinganligi e‘tirof qilinadi. Materialning 
ma’lum tashkiliy tartibi esda olib qolishda katta rol uynaydi. Ammo 
materialning tuzilishini ochish va baholash, oqibatda uni esda olib qolishda 
faqatgina sub‘ekt faoliyati natijasi asosiy rolni o‘ynaydi. 
Hozirgi zamon psixologiya fanida barcha psixik jarayonlarni, shu 
jumladan xotira jarayonlarini ham tarkib toptirishga sababchi bo‘lgan asosiy 
faktor shaxs faoliyatidir, deb qarovchi nazariyalarp tobora ko‘proq e‘tirof 
etilmoqda. Bu nazariyaga asosan materialni esda olib qolish, esda saqlash, 
esga tushirish jarayonlari sub‘ekt faoliyatida ana shu materialni qanday 
o‘rinda turishi bilan belgilanadi. 
Inson kundalik faoliyati davomida sezgan idrok qilgan va fikr qilgan 
narsa va hodisalar izsiz yo’qolib ketmaydi. Ular ongimizda ma’lum


darajada saqlanib qoladi. Keyinchalik kerak bo’lgan vaqtda esimizga
tushirishimiz mumkin. 
Demak shaxsning ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni, kechirgan 
tuyg’usi uylagan fikri va qilingan harakatlarini esda olib qolish, keyinchalik 
esga tushirish esa saqlashdan iborat bo’lgan ruhiy jarayonga xotira deb 
ataladi. 
Inson ko’rgan kechirgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz
miqdorinigina eslab qola oladi. Ma’lum bo’lishicha, bir vaqtning o’zida
odam ongida 7 tadan ortiq belgiga ega bo’lan ma’lumotning qolishi qiyin 
bo’lar ekan. Bu yettita so’z, son, belgi bo’lishi mumkin. 
Odatda biz biror materialni o’qiydigan bo`lsak, uni hech bir
o’zgarishsiz eslab qolishga harakat qilamiz. Lekin ajablanarlisi shundaki, 
borgan sari material ma’lum o’zgarishsiz yuz tutib xotirada dastlabki 
paytdagisidan boshqacharoq bo’lib saqlanadi. Ba’zi bir material yoki 
ma’lumot xoxlasak ham xotiradan o’chmaydi, boshqasi esa juda qattiq
xohlasak ham kerak paytda yodimizga tushirolmaymiz. 
Ma’lum bo’lishicha, inson miyasi har qanday ma’lumotni saqlab 
qoladi. Agar shu ma’lumot biror sabab bilan odamga kerak bo’lmasa, yoki 
o’zgarmasa u ongdan tabiiy tarzda yuqoladi. Inson xotirasining yaxshi
bo’lishi, ya’ni his-kechinmalarimiz, ko’rgan – kechirganlarimizning mazmuni 
to’laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga bog’liq: 

Esda saklab qolish bilan bog’lik harakatlarning yakunlanganlik 
darajasiga; 

Shaxsning o’zi shug’ullanayotgan ishiga nechog’lik qiziqish 
bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga; 

Shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga
munosabatining qandayligiga; 

Shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga; 

Irodaviy kuchi va intilishlariga; 


Xotira jarayonlari shaxsning faoliyatidagi yutuqlariga bog’liq bo’lani 
uchun ham, uning tabiati, qanday kechishiga ko’plab olimlar ahamiyat
berganlar. Masalan, nima uchun odam u yoki bu ma’lumotni xotirada 
saqlaydi, degan savolga turli olimlar turlicha javob beradilar. Masalan: 
fiziologlar uning sababini miyada hosil bo’ladigan nerv bog’lanishlari – 
assotsiatsiyalar bilan bog’lashsa, bioximiklar – ribonuklin kislota (RNK) 
va boshqa bioximik o’zgarishlar oqibatidadir deb tushuntiradilar. 
Psixologlar esa xotirani doimo inson faoliyati, uning shaxs uchun 
ahamiyati va motivlar harakteri bilan bog’laydilar. Chunki shaxsning 
yo’nalganligi, uning hayotdagi mavqei va qobiliyatlarining rivojlanganlik
darajasi aynan xotirasining mazmuniga bog’liq. Shuning uchun hattoki, 
shunday gap ham bor: «nimaning eslashingni menga ayt, men sening
kimligingni aytaman». 
Xotirada esda olib qolish, esda saqlash va uni yana esga tushurish 
va unutish kabi asosiy jarayonlar mavjud. 
Esda olib qolish. Bu xotiraning yangi materialni ilgari o’zlashtiradigan
material bilan bog’lash esda saqlab qolishga olib keladigan jarayondir. U 
yoki bu materialning esda olib qolish shaxs faoliyatining va uzoq
muddatli esda olib qolish turlari mavjud. Esda olib qolish jarayonlarining
faoliyatining maqsadlariga muvofik 2 ta asosiy turi: ixtiyorsiz va ixtiyoriy 
esda olib qolish farqlanadi. Ixtiyoriysiz eda olib qolingan material o’z-
o’zidan eslab qolgani deb tuyuladi. Ixtiyoriy esda olib qolish maxsus
minelik harakatlar ya’ni asosiy maqsadi eslab qolishdan iboratdir. 
Qayta esga tushurish psixikaning ilgari mustahkamlangan 
mazmunini uzoq muddatli xotiradan chiqarib olish va amaliy xotiraga – 
o’tkazish yo’li bilan aktuallashtirishdir. Tanish biron bir ob’ektni takroran 
idrok qilish sharoiti qayta esga tushish demakdir. Qayta esga tushirish ham 
ixtiyoriy va ixtiyoriysiz bo’lishi mumkin. Kerakli narsalarni eslash uchun faol 
qidiruv ishlarini olib borish esga tushurish eslash demakdir. 


Eslash usullarining eng muhimlari quyidagilardan iborat: plan tuzish,
eslatadigan materialning obrazlarga asoslanish bevosita bog’lanishlarni
hosil kilish. 
Unutish: unutish jarayoni ozmi, ko’pmi darajada chuqur bo’lishi 
mumkin. Materialni shaxs faoliyatida qancha kam ishtirok etsa, aktual 
hayotiy maqsadlarga erishishda qanchalik ahamiyati samimiy bo’lsa, uni 
unutish shunchalik chuqur bo’ladi.
Xotiraning samaradorligi eslab qolishning ko’lami va tezligi, esda 
saqlashning davomiyligi, esga tushirishning aniqligi bilan bog’lanadi. 
Xotiraning ayrim turlari 3 ta asosiy mezonga muvofiq tarzda bulinadi. 
Harakat xotirasi turli xildagi harakatlarni esda olib qolish, esda 
saqlash va qayta esga tushirishdan iborat. 
Emotsional xotira his-hayajon xotiradir.
Obraz xotirasi tassavurini, tabiat va hodisalarni-zararlarini shuningdek 
tovushlarni, hidlarni ta’mlarni esda olib qolishdan iborat xotira hisoblanadi. 
Bizning o’y-fikrlarimiz so’z mantiq xotiraning mazmunini tashkil etadi. So’z 
mantiq xotirada ikkinchi signal sistemasi asosiy rol o`ynaydi. Biror narsani 
esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus maqsad bo’lmagan holda olib 
qolish va yana qayta esga tushurishni ixtiyorsiz xotira deb ataladi. 
Biror maqsad qo’yib esda olib qolish ixtiyoriy xotiradir. Bunda xotira 
jarayonlari o’ziga xos tarzdagi minemik harakat, sifatida yuzaga chiqadi. 
Esga olib qolishning eng dastlabki ham tashqi ta’sirlardan izlari 
mustahkamlangunga qadar ma’lum vaqtni talab etadi. Bu vaqtdagi 
jarayonlar mexanizmlari axborotini esda saqlab qolish, esda saqlash va 
qayta esga tushirishining alohida bir turi hisoblanadi. Bu jarayon qisqa 
muddatli xotira deb ataladi. 
Operativ xotira tushunchasi kim tomonidan bevosita amalga 
oshiralayotgan harakatlar faoliyat uchun xizmat qilayotgan minemik 
jarayonlarni anglatadi. Operativ xotiradan bu xususiyati uni uzoq va qisqa 


muddatli xotiradan farqlab turadi. Operativ xotira u yoki bu tarzdagi 
xotiradan kelib turadigan materiallar mavjud. 
Xotirani turlarga bo’lish uchun asos qilib olishgan mezonlar inson 
faoliyatining unda tarqoq holda emas, balki tarkibni birlikni namoyon 
bo’ladigan turli xil jihatlari bilan bog’liq. 
Xotiraning aynan bir xildagi mezoniga ko’ra ajratilgan har xil turlari ham 
o’zaro bog’langan bo’ladi. Jumladan, harakat, obrazli so’z mantiq xotira 
shuning uchun ham bir-biridan alohida amal qila olmaydi, negaki eng 
avvalo tashqi olamdagi narsalar va hodisalarning tegishli jihatlari va ulardan 
aks ettirilishi shakllari bilan o’zaro bog’langandir. 
Xotiradagi individual farqlar shunday hollarda namoyon bo’ladiki, ba’zi 
obrazli materiallarni tez eslab qoladilar, ba’zilar so’zli materiallrni yaxshi 
eslab qoladilar, ba’zilar materiallarni uzoq vaqt esda saqlaydilar, istagan 
vaqtda osonlik bilan esga tushiradilar. Ba’zi toifa odamlarda esa eslab 
qolishda 
yaqqol 
ustunlik 
sezilmaydi. 
Shunga 
muvofiq 
ravishda 
psixologiyada xotiraning ko’rgazmali-obrazli so’z abstrak va oraliq turlari 
farqlanadi.
Ba’zi odamlardan xotirasiga xos jihatlarni tug’ma deb ataladi. To’g’ri 
oliy nerv tizimi, uning o’ziga xos ishlashi xususiyatlari xotiraning o’ziga xos 
individual usulini belgilash mumkin. Lekin hayotda ko’pgina shaxsdan bilish 
jarayonlari va sezgi organlarining ishlash qobiliyatlariga bog’liq tarzda 
ajratib turadigan tiplari haqida topshiriladi. Yuqorida aytib o’tganimdek
ayrim odamlar ko’rgan narsalarni juda yaxshi eslab qoladi, demak, ularning 
xotirasi ko’rgazmali-obrazli bulib, ko’zi bilan ko’rmaguncha, narsaning 
mohiyatini tuzhunmaydilar. Boshqalar o’zicha fikrlab nomini aytib, mavhum 
tarzda tasavvur qilmaguncha, eslab qolishi qiyin bo’ladi. Bundaylar so’z - 
mantiqiy xotira tipi vakillaridir. Yana bir tipli odamlar bevosita his qilgan, 
«yuragidan» o’tkazgan, unda biror yorqin ematsional obraz qoldirolgan 
narsalarni yaxshi eslab qoladilar bu – ematsional xotiradir. Lekin yana bir 
xotira egalari borki, ularni fenominal xotira sohiblari deb atashadi. 


Psixologiyaga oid kitoblarda yana shunday xotiraga ega bo’lan kishilar 
to’g’risida ko’p yozilgan. Bunday kishilar bir vaqtning o’zida nisbatan juda 
katta hajmdagi ma’lumotlarni esda saqlay oladi va esga tushuradi. 
Masalan, tarixiy shaxslar orasida Amir Temur, Yhliy sezar, Napaleon 
Motsart Shaxmat ustasi Alexin kabi insonlar xotirasi ana shunday noyob
bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. 
Shotlandiyalik matematik A.Etkin 1933 yil 25 ta bir-biriga
bog’lanmagan so’zlardan iborat ikki qatorli eslab qolib, hech bir xatosiz uni 
27 yildan keyin esga tushira olgan. 
Biz o’zimiz to’la anglagan, tushungan narsalarni osonroq esa
tushiramiz. Masalan alfavitni oson esga tushiramiz yoki 1,2,3,4 baxo va 
hokazo tartibli sonlarni bir ko’rgandan so’ng u milliongacha bo’lsa ham 
esga tushiramiz. Lekin shu sonlardan bor yo’g’i 7-8 tasini teskari yoki
aralash tartibda yozilgan bo’lsa, ularni esga tushirish uchun uni tushunish 
va anglash kerak. Mazmunini va mohiyatini tushungan holda iloji bo’lsa 
o’zimizdagi qiziqishlarni bog’lay olishimiz kerak.
Kutilmaganda paydo bo’lgan yangi va yaxshi ma’lumot ham yaxshi 
esga tushadi. Masalan: sonlar qatorida berilgan bitta harf yoki aksincha, 
harflar orasidagi bitta son, uzun jumlalar orasida paydo bo’lgan qisqa jumla 
esga tezroq va aniqroq tushadi. Agar ko’plab bir-biriga bog’liq bo’lmagan
so’zlar orasida «erkak» va «ayol» so’zlari paydo bo’lgan bo’lsa bittasini 
esga tushirilishi ikkinchisining ham esda tiklanishiga sabab bo’ladi. 
Shuning uchun ham o’quv rejasiga kiritilgan barcha fanlar shunday birin-
ketinlikda beriladiki birini o’zlashtirish ikkinchisining ham o’zlashtirilishi bir-
birini to’ldirishga xizmat qilsin. 
Xotira faol jarayon bo’lib, u shaxsning u yoki bu turli ma’lumotlar bilan
ishlash malakasiga, unga munosabatiga materialning qimmatini tasavvur
qilishga bevosita bog’liq bo’ladi. Eng harakterli narsa shuki, inson faqat 
eshitgan ma’lumotining 10 foizini eshitgan va ko’rgan narsasining 50
foizgachasini, o’zi faol bajargan ishlarining deyarli 90 foizini yodda saqlaydi. 


Buni ko’plab psixologik eksprimentlarda isbot qilingan. Shaxsning o’zi uylab 
topib, o’zi bevosita bajargan ishlari oson esga tushadi. Bu hodisa 
psixologiyada generatsiya effekti deb ataladi. Agar talaba yoki o’quvchi 
ham o’zi biror teoremani mustaqil ravishda isbot kilgan bo`lsa yoki biror
xulosaga mustaqil ravishda qilolgan bo’lsa, o’qituvchi tushuntirgan 
hodisaga yaqin narsa to’g’risida o’rtoqlariga so’zlab bergan bo`lsa, albatta 
uni xoxlagan paytda osongina esga tushiradi. Shuning uchun ham oxirgi
paytlarda uyin metodlari, munozara metodlaridan o’quv jarayonida keng 
foydalanilmoqda. Hattoki, kattalarni qisqa fursatda o’qitish va malakalarini
oshirishda ham turli xil amaliy o’qitish va malakalarini oshirishda ham turli 
xil amaliy uyinlardan, ijtimoiy psixologik treninglardan foydalanishning 
ma’nosi ham shunda – yaxshi va tez eslab qolish hamda samarali esga 
tushirish. Iqtisodiy o’quvchilarda turli xil «keys satadi»larni tahlil qilish va o’z 
nuqtai nazariga maqbul harakat shakllari qarorlar qabul qilish ham 
mutaxassislar malakasini oshirishda samarali ta’sir ko’rsatadi. 
Amaliy nuqtai nazardan xotiraning samaradorligi va uni o’quv va
mehnat faoliyati jarayonida oshirish katta ahamiyatga ega. Chunki 
ko’pincha odamlar orasida ishchanrog’i, o’quvchi yoki talabalar orasida 
bilimlirog’i ham bir qarashda xotirasining kuchi bilan boshqalardan ajralib 
turadi. Buyuk bobokalonomiz Amir Temurning xotirasi haqida afsonalar 
yuradi. Masalan u o’z qo’l ostidagi beklarning nafaqat ismini, balki 
otasining ismlarini ham yoddan bilarkan, uchrashuvlarda bevosita nomlarini 
aytib murojaat qilarkan. Bu fazilat ham uning qo’l ostidagilar orasida
obro’ining balandligicha ta’sir ko’rsatarkan. Demak, xotira tarbiyasi uni
kerakli yo’sinda rivojlantirish – kerak bo’lsa, shaxsiy obro’ hamda ishdagi 
samara masalasi bilan bevosita bog’liq ekan.



tải về 440.31 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương