Akramova Nozima -222+


 – BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA XOTIRA VA



tải về 440.31 Kb.
Chế độ xem pdf
trang6/11
Chuyển đổi dữ liệu18.05.2022
Kích440.31 Kb.
#52000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
maktabgacha yoshdagi bolalarning xotirasini organish va uni rivojlantirishning psixologik usullari
20.maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni jismoniy tayyorlash vazifalari, DIPLOM OLDI AMALIYOTI UCHUN2.Maktabgacha ta\'lim tashkilotida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma\'naviy-axloqiy tarbiyalash, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni psixologik tekshirish
2 – BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA XOTIRA VA 
UNING PSIXOLOGIK KO’RINISHLARI SHAKLLANTIRISHNING 
METODOLOGIK ASOSLARI 
2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarda xotira va uning psixologik 
ko’rinishlari shakllantirishning samarali yo’llari 
Agar bola predmetning rangi va shaklini to`g`ri aytsa, agar u idtok 
etayotgan biror sifatni shu etalonga tegishliligini ayta olsa, demak u 
predmetlardagi o`xshashlikniun (koptok dumaloq), bir qismi o`xshashini 
“olma dumbaloq, lekin koptokdek judayam dumaloq emas”, o`xshamasligini 
(sharcha va kubik) aniqlay oladi. Odatda bola predmetni paypaslab ushlab 
yoki ovoziga quloq solib har tomonlama to`liq qilib olgach, shunga moslab 
ish – harakat bajaradi, idrok etayotgan narsaning etalonga aloqadorligini, 
ular o`rtasidagi bog`liqni payqab oladi. Ma`lumki tabiat, tabiat cheksiz, turli 
– tuman rang, shakl va tovushlarga boy. Insoniyat ularni ranglar, shakllar, 
tovushlar sistemasiga solgani holda, ya`ni sensor etalonlariga jo qilgan 
holda sekin – asta tartibga soladi. Sensor etalonlar esa kishiga tevarak – 
atrofdagi borliqda to`g`ri mo`ljal olib harakat qilish va bir – birini to`g`ri 
tushunish imkonini beradi. Maktabda o`qish uchun bolaning sensor 
taraqqiyoti yetarli me`yorda bo`lishi ayniqsa muhimdir. Normal taraqqiy 
qilgan bola yeti kirganida rasmda borliq aks ettirilishini yaxshi tushunadi. 
Shuning uchun u rasmlarni borliqqa yaqinlashtirishga, ularda tasvirlangan 
narsalarni ko`ra olishga harakat qiladi. Xususan tasviriy san`atga 
o`rnatilgan yetti yoshli bola rasmdagi ranglarni ajrata biladi, perspektivani.
Yetti yoshli bola tafakkuri taraqqiyotida ham ijobiy o`zgarishlar ro`y 
beradi.Bu yoshdagi bolada bilish aktivligini yaqqol ko`rish mumkin. 
Umuman, bolaning emotsional tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi javob olishi 
jarayonida boshqa kishilarning hissiyotlari va ruhiy holatlarda quloq solib 
tinglashga, ularni ko`ra bilishga o`rgana boradi. Agar bolani boshqa 


kishilarni ruhiy holatni ko`ra bilishga, ko`rsatilgan mehribonlik uchun rahmat 
aytishga o`rgatilsa, u rahmdil, mehribon bo`lib voyaga yetadi. 
Rahmdillik, achinish negizida boshqa kishiga bo`lgan moyillik, uni 
yoqtirish va unga bo`lgan mehr – muhabbat yotadi.
Odatda yeti yoshli bola o`zining achina bilishi boshqa kishilar o`rtasida 
qanday baholanishini tushuna biladi. Agar bolani shu narsaga to`g`ri 
o`rgatilsa uning o`zi boshqa kishiga sitqidildan achinishi mumkin. Bunda u 
rahmi kelib yordam beradi, unga yomon bo`lgani uchun achinib yig`laydi.
Bola boshqa kishining, ayniqsa tengqurining o`ziga nisbatan afzalroq 
ko`rinayotgan tomonlaridan nafaratlanishi ham mumkin. Odatda bunday 
hissiyotni baxillik deyishadi. Ikki yoki bir necha bola bir – biri bilan 
raqobatlashganda va qandaydir biror tomoni yoki biror narsasi bilan bir – 
biridan o`zishga intilish paytida sodir bo`ladigan vaziyatlarda baxillik paydo 
bo`ladi. Baxillik – o`z tabiatiga ko`ra murakkab, og`ir kechadigan hissiyot 
bo`lib, unga mehr – muhabbat, rahmdillik va achinish kabi ijobiy his – 
tuyg`ular yotdir. Baxillik bola qalbini ezadi, uni yomon hatti – harakatlar 
qiliShga undaydi.
Umuman, yeti yoshli o`z xulq – atvori va hatti – harakatlarini ongli 
tarzda boshqara oladi, o`z diqqat e`tiborini atrofdagilar kutayotgan narsaga, 
qabul qilingan maqsadga erishishga, qiyinchiliklarni yengishga bo`ysundira 
oladi. Lekin, shunday bo`lsada, u o`zi uchun qiziqarli, bajarishga axd qilgan 
narsasidan tezda chalg`ib ketaveradi. Bu bola irodasining hali yaxshi 
rivojlanmaganidan dalolat beradi. Aslida bola irodasining tarqqiyoti unda 
xulq – atvor va hatti – harakat motivlarining shakllanishi bilan belgilanadi. 
Aynan mana shu asosiy va ikkinchi darajali motivlarning paydo bo`lishi 
bolaning ongli irodaviy hatti – harakatini uyushtiradi. Bunda u o`z oldiga 
ham ahamiyatga ega bo`lgan qo`zg`atuvchilarning chalg`ituvchi ta`siriga 
bermaslikni vazifa qilib qo`yadi.
Tadqiqotchi T.G.Beteleva tashqi taassurotlar ta`sirida uyg`otilgan 
ko`rish potentsiallaning yoshlar bo`yicha dinamikasini o`rganiSsh oqibatida 


olti yoshda bola miyasida munosabatlarning murakkab sistemasi hosil 
bo`lishini bunda bosh miya po`stlog`ining ensa qismi muhim rol o`ynashini 
aniqladi. U yana olti bola miyasining murakkab assotsiativ strukturasi 
aktivligining ortib borishini ham topdi. Bularning hammasi avtorga bu yosh 
davrni ko`rish idrokning miyadagi mehanizmlarini hosil qilishda eng sezgir 
davr sifatida belgilash imkonini beradi. Bu esa pedagogik praktikada katta 
ahamiyatga ega. Shu sababli bu yoshdagi bolalarga ta`lim berish 
jarayonida ochiq rangli hamda chiroyli suratlar, slayd kabi ko`rgazma 
vositalaridan foydalanish zarur. Umuman katta odam bilan olti yoshli bola 
miyasi peshona va ensa qismlarining shakllanganlik atomlari bir – biriga 
juda yaqin bo`ladi. Olti yoshli bola miyasida “Kutish to`lqinlari” deb 
ataladigan ajoyib elektrofiziologik fenomen (nodir hodisa) namoyon bo`ladi. 
Bu xodisani ingliz nerofiziologik Greem Uglleter birinchi marta katta odamni 
elektroensefal ogrammasinida kuzatish edi. Odam qandaydir biror ta`siroti 
kutayotgan paytida boSh miyasining ba`zi qismlarida (ko`pincha peshona 
qismida) mana shu fenomenni yozib olsa bo`ladi. Bunday sekin 
to`lqinlanish faqat diqqatdagina emas, balki turli emotsional va murakkab 
bilish protsesslarida, masalan, arifmetik masalalarni yechiShda ham paydo 
bo`ladi.
Bola to olti yoshga kirmaguncha uning elektroensefalogrammasinida 
bu fenomen sira kuzatilmaydi. Bu xodisa pedagog uchun juda qiziqarli va 
juda muhimdir. “Kutish to`lqinlari”ning paydo bo`lishi diqqatni safarbar etish 
va aqliy faoliyatni aktivlashtirish oqibatida tarkib topadigan miyaning 
morfofunksional munosabatlaridagi murakkab qayta qurilishni aks ettiradi.
Olti yoshli bolaning miyasi yangi informatsiyalarni o`zlashtirish, bilish 
faoliyatining turli – tuman murakkab formalarini egallash uchun yangicha, 
qaytadan tuziladi. Ma`lumki, insonning bosh miya yarim sharlari funksional 
bir tekisda emas. Agar o`ng yarim sharlar idrok protsessiga avzalroq 
munosabatda bo`lsa, fikrlash faoliyatida chap yarim sharlar asosiy rol 
o`ynaydi. Bu problema yosh psixofiziologiyasida hali yetarli darajada ishlab 


chiqarilmagan 
bo`lsa–da, 
funksional 
nomutanosiblik 
organizmning 
individual taraqqiyoti jarayonida o`sadi, deb aytishga asos bor. Uning 
dastlabki paydo bo`lishini bola hayotining ikkinchi – uchinchi yilida kuzatish 
mumkin. Bola olti yoshga kirganda nomutanosiblik katta yarim sharlar 
faoliyatida aniq ifodalangan tus oladi. Bu yosh bosqichi bola miyasi 
aktivligining tarkib tarkib topishida alohida ahamiyatga ega ekanligini 
ko`rsatadi. Aqliy rivojlantirishda orqada qoladigan bolalarda miya aktivligini 
bunday dinamikasi kuzatilmaydi. 
Yarim sharlar mutanosibligining yosh dinamikasi haqidagi ana shu 
ma`lumotlar 
bundan 
keyingi 
olib 
boriladigan 
tadqiqotlarda 
ham 
tasdiqlanadigan bo`lsa, unda olti yoshli bola bosh miyasi o`zining 
funksional harakteristkasiga ko`ra hajm jihatidan ko`proq va sifati bo`yicha 
murakkabroq informatsiyalarni o`zlashtirishga tayyor, deb aytish uchun 
yetarli asosga ega bo`lamiz. Axborotlar bolaga bog`cha yoki maktabning 
tayyorlov sinfi sharoitidagi izchil ta`lim jarayonida berilishi mumkin. Bunsa 
axborotlarni bolaga yetkazish borasida qo`llaniladigan metodlarning to`g`rib 
o`lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Uxlagan paytda bolalarning bosh 
miyasida sodir bo`ladigan elektrik aktivlikning o`zgarish yosh dinamikasi 
pedagogik praktika uchun muhimdir. Yosh ulg`aygan sari uyquning umumiy 
davom etish vaqti kamaya borishi hammaga ma`lum, lekin bu hodisaning 
sabablari xanuz noma`lumligicha qolayotur. Xususan uyquning paradoksal 
fazosi deb ataladigan narsa psixofiziologlarning ko`proq e`tiborini o`ziga 
jalb etadi. Uyquning mana bu chuqur stadiyasi payida miyaning ba`zi 
po`stloq osti strukturasining aktivligi hisobiga tush ko`rish ro`y beradi. Bu 
esa elektroensefalogrammada tez – tez harakat qilayotgan to`lqinlarning 
paydo bo`lishida aks etadi. Paradoks shundan iboratki, bunda odam chuqur 
uxlayotgan bo`ladi (muskullari bo`shashgan, nafas olishi chuqur va bir 
tekisda bo`ladi, yuragi sekin urushi, ko`z soqqasi yengil harakat qilishi 
mumkin), elektroensefalogramma esa odam miyasining aktiv holatini aks 
ettiradi. Agar chaqaloq bolalarda bu faza kunduzgi va tungi uyqusining 


umumiy davom etishi vaqtini taxminan yarmini tashkil etsa, unda olti yoshli 
bolalarda u 25% gacha, kattalarda – 20% gacha kamayadi. Ehtimol, bu 
miyaning sensor axborotlarini qayta ishlashida ro`y beradigan o`zgarish 
bilan bog`liqdir. Ana shu alomatlarga ko`ra olti yoshli bolaning miyasi katta 
odamning miyasidan kam farq qiladi, degan xulosa chiqarish mumkin. Bu 
keltirilgan ma`lumotlar olti yoshli bolalarga mos rejimini ishlab chiqish 
uchun bundan buyon ham izlanishni davom ettirish zarurligini ko`rsatadi.
B.N.Bezobrazovaning katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning 
miyasi qon aylanishni o`rganish ustida olib brogan tadqiqoti qiziqarlidir. 
Tadqiqotchi olti yoshli bolalar miyasida qonning oqib o`tishida ancha 
o`zgarishlar ro`y berishini, uning sifat va miqdoriy ko`rsatkichi hamda yarim 
sharlar asimmetriyasi katta kishilarning parametriga yaqinlashishini va u 
ba`zi xususiyatlari bo`yicha masalan, qon bilan to`lishining tezligi 
(intevsivligi) jihatidan hatto kattalarnikidan o`tib ketishini aniqlaydi. Mana 
bularning hammasi olti yoshli bolalarda murakkab va uzoq vaqt davom 
etuvchi faoliyat uchun zarur bo`ladigan psixofiziologik resurslarning 
ortganligidan darak beradi.
Yirik psixologlarning tadqiqotlari oqilona tashkil qilingan ta`lim jarayoni 
mazkur yoshdagi bolalarning tafakkurini jadal rivojlantiradi. Masalan, ular 
lingvistika, fizika, matematikaga doir ilmiy tushunchalarni o`zlashtiradilar, 
soddaroq masala tuzadilar, yengilroq mashqlarni bajara oladilar, ijobiy va 
mahsuldor fikr yuritishga intiladilar. 
O’yin mazmunining rivojlanishi bolaning kattalar hayoti va faoliyatining 
mohiyatiga chuqurroq kirib borishida, atrofdagi voqealarga munosabati 
o‘zgarishida, shuningdek, o‘yin mazmunini hamda syujeti ijtimoiy shart-
sharoit va jamiyat a`zolari turmushining tobora to‘g‘ri aks ettirishida 
ko‘rinadi. Shuning uchun bolalarda rolli o‘yin qobiliyatining o‘sishi o‘z-
o‘zicha yuzaga kelmaydi, balki kattalarning, tarbiyachilarning ta`siri 
natijasida; atrof-muhit bilan tanishish, sayrlar uyushtirish, shaxslararo 


munosabatlarning mohiyatini tushinish va hokazolar natijasida amalga 
oshadi. 
A.P.Usovaning 
tadqiqotida 
ta`kidlanishicha, 
rolli 
o‘yin 
ishtirokchilarining safi yosh ulg‘ayishiga qarab jinsiy tafovutlarga binoan 
kengayib boradi: a) Maktab ta’lim yoshidagi bolalar 2-3 tadan guruhga 
birlashib 3-5 daqiqa birga o‘ynay oladilar; b) 4-5 yoshlilar guruhi 2-5 
ishtirokchidan iborat bo‘lib, ularning hamkorlikdagi faoliyati 40-50 daqiqa 
davom etadi, o‘yin davomida qatnashchilar soni ortib ham boradi; v) 6-7 
yoshli bolalarda rolli o‘yinni guruh yoki jamoa bo‘lib o‘ynash istagi vujudga 
keladi, natijada avval rollar taqsimlanadi, o‘yinning qoidalari va sharoitlari 
tushuntiriladi (o‘yin davomida bolalar bir-birlarining harakatini qattik nazorat 
qiladilar). 
Qator ilmiy tadqiqotlarda isbotlanishicha, o‘yinda tarbiyaviy ta`sir 
jamoasi to‘g‘ri uyushtirilsa, bolalar hayotida juda murakkab, nozik psixologik 
mezanizm paydo bo‘ladi va shaxslararo munosabat tus oladi. Bolalar 
jamoasidagi o‘zaro munosabatlar o‘yinning mazmunini boyitadi, syujetining 
ko‘lamini kengaytiradi, rollardagi g‘oyalar barqarorlashib boradi. Guruh va 
jamoa bo‘lib o‘ynash orqali bolalarda jamoa harakati qoidalari, axloq 
normalari, o‘zaro yordam ko‘nikmalari va boshqa umuminsoniy qadriyat, 
ma`naviy va ruhiyatning tarkibiy qismlari shakllanadi. Shuning uchun o‘yin 
faoliyatida jamoa a`zolarining qoidaga muvofiq harakat qilishlari alohida 
ahamiyat aks ettiradiadi, o‘yin davomida rollarni bajaruvchilar o‘zlarining 
aloqalari orqali bir-birlari bilan uzviy bog‘lanishlarini, o‘yinni muvaffaqiyat 
bilan yakunlash, ohiriga etkazish uchun birgalikdagi harakat qanchalik 
zarurligini anglay boshlaydilar. 
D.B.Elkonin va uning shogirdlari to‘plagan ma`lumotlarga, shahsiy 
kuzatishlarimizga ko‘ra, bola biror rolni o‘ynashni o‘z zimmasiga olishining 
eng zarur sharti undan kattalar faoliyatining muhim xususiyat va belgilarini 
aniq ifodalash o‘quvining unda mavjud bo‘lishidir. O’yin faoliyatida bola o‘z 


xatti-harakatini real harakatlar mantiqiga moslashtiradi, o‘yin talablariga 
to‘la 
bo‘ysuntiradi. 
Binobarin, 

mazkur 
jarayonda 
voqelikdan 
uzoqlashmaydi, aksincha unga yanada yaqinlashadi, o‘yindan tashqari 
holatda qurbi etmaydigan mohiyat ichiga chuqur kirib boradi. 
D.B.Elkonin 
harakatli 
o‘yinning 
qoidalari 
mazmuni 
o‘zaro 
bog‘likligidan kelib chiqib, ularni besh guruhga ajratadi: 1) harakatga taqlid 
qilish: taqlidiy-protsessual o‘yinlar; 2) muayyan syujetni dramalashtirilgan 
o‘yinlar; 3) syujeti oddiy o‘yinlar; 4) syujetsiz qoidali o‘yinlar; 5) aniq 
maqsadga qaratilgan mashqlardan iborat sport o‘yinlari. 
Bolani o‘yinga undagan omil uning katta yoshdagi odamlarning borliq 
tug‘risidagi va shahslararo munosabati haqidagi tasavvuri va ularni o‘z 
shahsiy faoliyatida sinab ko‘rish istagidir, shuningdek, jamoa bo‘lib 
o‘ynayotgan tengqurlari bilan bevosita muloqotga kirishish ishtiyoqidir. 
Bolalar psixologiyasi fanida to‘plangan ma`lumotlar tahliliga asoslanib, 
mazkur yosh davri bo‘yicha quyidagi xulosani chiqarish mumkin. 
1. O’yin faoliyatida bola turli harakatlarni to‘laligicha namoyish etishga, 
ularni bajarish usullarini ko‘rsatishga ishtiyoqmand bo‘ladi; 
2. Keyinchalik esa barcha xatta-harakatlarni umumlashtirib aks 
ettirishiga urinadi. 
Bola o‘sib borgani sari narsalar va o‘yinchoqlarning nomini 
o‘zgartirish, yangi nom bilan atash engillashadi. Shuningdek, faqat yangi 
vaziyatda jismlar nomini o‘zgartirish bilan kifoyalanib qolmay, ularni yangi 
nomga muvofiq qo‘llash imkoniyati ham vujudga keladi. O’yin faoliyatida 
foydalaniladigan narsalarni yangicha nomlash qator muammoli vaziyatlarni 
vujudga keltiradi. 
O’yin faoliyatida narsalar nomini o‘zgartirish o‘zining psixologik 
mohiyati bilan murakkab holat hisoblanadi. Ayniqsa, so‘z bilan predmetning 
o‘zaro munosabatida ularga uzviy bog‘lik harakatlar alohida ahamiyat kasb 
etadi. 


Yuqoridagi mulohazalar asosida aytish mumkinki, katta kishilar hayoti 
va faoliyatining o‘rnini bosuvchi ashyolar ularning harakatini umumlashgan 
holda ifodalashning moddiy tayanchi hisoblanadi. Shunday ekan, o‘yin 
faoliyatida bola harakatining rivojlanishi o‘yin mazmuniga ko‘proq bog‘liqdir.
Chunki bolaning xatti-harakati qanchalik ixcham va umumlashgan bo‘lsa, u 
kattalarning faoliyati mazmunini aks ettirishdan shunchalik yiroqlashadi. 
Binobarin, u odamlarining narsalariga va bir-biriga munosabatini amalda 
bajarishga o‘tadi va shuning uchun narsalar bilan harakat qilishda 
kattalarning ijtimoiy munosabatlarini tug‘ri ifodalashga intiladi. 
Har qanday o‘yinning va o‘yin faoliyatining markazida bola katta 
kishilarning faoliyati va o‘zaro munosabatini, muomalasini o‘ziga xos tarzda 
aks ettirishi, takrorlashi imkoniyati to‘radi. Shunga ko‘ra o‘yin ijtimoiy 
ahamiyat kasb etib, bola insoniyat tomonidan asrlar davomida yaratilgan 
qimmatli bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, malakalar va odatlarni o‘rganishiga 
imkon yaratadi, oqibatda uni shaxslararo muloqotning mohiyatiga olib 
kiradi. 
Ko‘pchilik psixologlar hamda pedagoglar o‘yinning psixologik 
masalalari bilan bevosita shug‘ullanib, o‘yinlarning bolani psixik kamol 
toptirishdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tganlar. Ma`lumki o‘yin bola 
uchun voqelikni aks ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab turgan voqeliqdan 
ancha qiziqarlidir. O‘yinning qiziqarliligi uni anglab etishning osonligidir. 
Kattalar hayotida faoliyat, xizmat, yumush qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, 
bola hayotida o‘yin ham xuddi shunday ahamiyat kasb etishi mumkin. 
Jahon psixologiyasi fanida to‘plangan boy ma`lumotlarga asoslanib, 
quyidagicha mulohaza yuritish mumkin. Masalan, eng sodda psixik 
jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng muhim 
jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katta rol o‘ynaydi. 
Maktabgaha yoshdagi bolalar xotirasi intensiv rivojlanadi. Bolalikda 
idrok etilgan ba`zi bir voqea, hodisalar bir umr saqlanib qoladi.


Maktabgaha yoshdagi bola voqea va hodisalarni ixtiyoriy esda olib qola 
biladi. Agar esda olib qolish lozim bo`lgan narsa o`yinning sharti yoki bola 
erishmoqchi bo`lgan niyatini amalga oshirishga ahamiyatli bo`lsa, unda 
bola so`zlarni berilgan tartibda, ish – harakatlarni tegishli ketma – ketlikda 
oson esida olib qoladi. Olti – yetti yoshli bola esida olib qolish usullaridan 
ongli foydalana biladi. U esda olib qolish lozim bo`lgan narsanigina 
takrorlaydi hamda esda olib qolinadigan narsani berilgan izchillikka 
tushunib, anglab olishga harakat qiladi. Shunday bo`lsa – da, bu yoshda 
ixtiyorsiz esda olib qolish ancha ustunligicha qoladi. Bola diqqatining 
faoliyat jarayonida ixtiyoriy ro`y berishi shu ishga nisbatan bo`lgan uning 
qiziqishini ko`rsatadi 

tải về 440.31 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương