Mavzu: Mahalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omili sifatida Reja



tải về 53 Kb.
trang1/4
Chuyển đổi dữ liệu26.03.2024
Kích53 Kb.
#56960
  1   2   3   4
erkayeva marjona


Mavzu: Mahalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omili sifatida


Reja:


1. Ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya tushunchasi
2. Resotsializatsiya
3. Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va vositalari
4. Ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari
5. Oila, maktab, pedagog hamkorligi
Xulosa
Adabiyotlar
Ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya tushunchasi sof ijtimoiy-psixologik va sotsiologik kategoriya bo‘lib, bu shaxsning uni o‘rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’sirlariga berilishi, uning norma va qoidalarini o‘zlashtirishga moyilligi, o‘zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma’nosida insonning tug‘ilib, o‘zini bevosita o‘rab turgan tashqi muhit ta’sirida ulg‘ayishi, shu jamiyat, shu atrof-muhit qurshovida tarbiyalanishi yotadi. Oila muhiti har bir shaxs uchun ana shunday birlamchi, dastlabki ijtimoiylashuv o‘chog‘i, maskani hisoblanadi. Ijtimoiylashuvning ikkilamchi maskanlari ham mavjudki, unga Mehribonlik uylari, maxsus internatlar hamda harbiy bilim yurtlari kiradi. Chunki u yerda nisbatan uzoq vaqt mobaynida bola tarbiyalandi, o‘sha yerning normalari, qadriyatlari va talablari ta’sirida dunyoqarashi shakllanadi, shaxs bo‘lib yetiladi. Agar dastlabki yoki ikkilamchi sotsializatsiyadan chekinish, undan mahrum bo‘lish yoki xulqning tashqi salbiy ta’sirotlar natijasida deviant shaklga kelishi qayd etilsa, unda ilmiy tilda aytganda, resotsializatsiya deb nomlangan jarayon nazarda tutiladi.
Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o‘ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkichnchidan, har tomonlama yetuk, barkamol, aqlli, soh va salomat shaxs bo‘lib yetishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. YA’ni, oila va uning sog‘lom ma’naviy muhiti bolani jamiyatda yashashga, o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo‘lish, muomalada ahloq-odob normalariga bo‘ysunishga o‘rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi.
Rus sotsiolog olimi A.Antonovning ta’kidlashicha, oila ijtimoiy-psixologik yaxlitlik sifatida shaxsga shunday normativ va axborot ta’sirlarini ko‘rsatadiki, oqibatda bola eng avvalo, jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini egallaydi. Oila qanchalik inoq, uyushgan va mustahkam bo‘lsa, uning normativ ta’siri ham shunchalik samarali bo‘ladi. Bunday oilada o‘zining qadriyatlaridan tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar hurmat qilinadi, bola boshidan jamiyatda yashashga o‘rgatilgan bo‘ladi. Uning ahamiyati shundaki, farzand maktabgacha tarbiya muassasasida ham, keyinchalik maktab, kollej yoki litseyda o‘qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan topshiriqlarni mas’uliyat bilan vijdonan bajdaradigan bo‘lib, bolalar jamiyatida hamisha o‘zining o‘rniga ega bo‘la oladi. Bunday farzanjdga turli bid’atlar, bemaza chaqiriqlar, da’vatlar ta’sir etmaydi, mustqil fikrli, pok vijdonli inson bo‘lib yetishadi. Chunki, oila bu kichik jamiyat, jamiyatning kichiklashgan andozasi, oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham mustahkam bo‘lishini o‘zbek xalqi juda yaxshi biladi, shuning uchun ham ayniqsa, mustaqillik yillarida oila bizning Vatanimizda qadrlanadi, nikoh muqaddas rishta sifatida e’zozlanadi.
Albatta, bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa ijtimoiy omillar ham mavjud. Masalan, jamiyat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatning yoshlar siyosati, ta’lim muassasalari va u yerlardagi ta’lim va tarbiya standartlari, diniy muassasalar (machitlar), bozor munosabatlari kabi qator jarayonlar ushbu masalaning mazmun va mohiyatini belgilaydi. Yuqorida aytilgan resotsializatsiya jarayonidan tashqari, oila muhitining o‘zi ham ayrim holatlarda salbiy ma’nodagi ijtimoiylashuvga aloqador bo‘lib qolishi mumkin. Olimlar o‘tkazilgan qator tadqiqotlar asosida ana shunday omillarning to‘rt guruhini ajratganlar:
ota-onalar o‘rtasida murosaning yo‘qligi, oilaviy o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash borasida aniq belgilangan ahloqiy tamoyillarning mavjud emasligi;
ota-onalarning ruhiy nosog‘lomligi va qonunbuzarligi;
yashash sharoitlarining yaxshi emasligi, bolaning to‘laqonli o‘sishi, dars tayyorlashi, jismonan chiniqishi uchun sharoitlarning yetarli emasligi;
maktab sharoitining talab darajasida emasligi;
mahalla xududida oila obro‘sining yaxshi emasligi, notinch, noqobil oila maqomiga egalik;
global axboratlashuv sharoitida turli axborot manbalari, jumladan, Internet tarmog‘i orqali bola ongiga yetib kelayotgan turli ma’lumot, ig‘vo, uydirma, mish-mish, oila qadriyatlariga zid axloq namunalari va boshqalar oxirgi yillarda bola ijtimoiylashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ijtimoiy omillar jumlasidandir.
Yuqoridagi holatlar ayniqsa, globallashuv davrida oila institutining bola sotsializatsiyasi va ijtimoiy tarbiyasidagi o‘rni nechog‘li sezilarli ekanligini isbotlamoqda.

tải về 53 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương