Akramova Nozima -222+


 Maktabgacha yoshdagi bolalarda xotira va uning psixologik



tải về 440.31 Kb.
Chế độ xem pdf
trang7/11
Chuyển đổi dữ liệu18.05.2022
Kích440.31 Kb.
#52000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
maktabgacha yoshdagi bolalarning xotirasini organish va uni rivojlantirishning psixologik usullari
20.maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni jismoniy tayyorlash vazifalari, DIPLOM OLDI AMALIYOTI UCHUN2.Maktabgacha ta\'lim tashkilotida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma\'naviy-axloqiy tarbiyalash, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni psixologik tekshirish
2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xotira va uning psixologik 
ko’rinishlari sakllantirishning p
е
dagogik - psixologik jihatlari 
Maktabgachaa yoshidagi bolalarda har sohaga doir savollarning 
tug’ilishi ular tafakkurining faollashayotganidan darak beradi. Bola o’z 
savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahamiyat 
bermasalar, undagi qiziquvchanlik susaya boshlaydi. 
Odatda har qanday tafakkur jarayoni biron narsadan taajjublanish, 
hayron qolish va natijada turli savollarning tug’ilishi tufayli paydo bo’ladi. 
Juda ko’p ota-onalar va ayrim tarbiyachilar ham bolalar ortiqroq savol berib 
yuborsalar, «ko’p maxmadona bo’lma», «sen bunday gaplarni qayerdan 
o’rganding», deb jerkib tashlaydilar. Natijada bola o’ksinib, o’z bilganicha 
tushunishga harakat qiladi. Ammo ayrim passiv va tortinchoq bolalar hech 
bir savol bermaydilar. Bunday bolalarga turli mashg’ulotlar va sayohatlarda 
kattalarning o’zlari savol berishlari va shu bilan ularni faollashtirishlari lozim. 
Har qanday tafakkur, odatda biron narsani taqqoslash, analiz va 
sintez qilishdan boshlanadi. Shuning uchun biz ana shu taqqoslash, analiz 
va sintez qilishni tafakkur jarayoni deb ataymiz. Sayohatlarlar bolalardagi 


tafakkur jarayonini faollashtirish va rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar 
tabiatga qilingan sayohatlarda turli narsalarni bir-biri bilan taqqoslaydilar va 
analiz hamda sintez qilib ko’rishga intiladilar. 
Maktabgachaa yoshidagi bolalar nutqi va uning o’sishi Agar 2 yashar 
bolaning so’z zapasi taxminan 250 tadan 400 tagacha bo’lsa, 3 yashar 
bolaning so’z zapasi 1000 tadan 1200 tagacha va 7 yashar bolaning so’z 
zapasi 4000 taga yetadi. Demak, maktabgachaa yoshi davrida bolaning 
nutqi ham miqdor, ham sifat jihatidan ancha takomillashadi. Maktabgachaa 
yoshidagi bolalarning nutqini o’sishi oilaning madaniy saviyasiga bog’liq. 
Kattalar bolalar nutqini o’stirish bilan shug’ullanar ekanlar, 
maktabgachaa yoshidagi bolalar ba’zi hollarda o’z nutq sifatlarini to’la idrok 
eta olmasliklarini unutmasliklari kerak. Bundan tashqari, bolalarda 
murakkab nutq tovushlarini bir-biridan farq qilish qobiliyati ham hali to’la 
takomillashmagan bo’ladi. Tili chuchuklikni tuzatishning eng birinchi 
shartlaridan biri bola bilan to’la va to’g’ri talaffuz etib, ravon til bilan 
gaplashishdir. 
Maktabgachaa yoshidagi bolalar shaxsining shakillanishiga ko’ra bu 
davrni uch qismga ajratish mumkin: Birinchi davr–bu 3–4 yosh oralig’ida 
bo’lib, bola emotsional jihatdan o’z–o’zini boshqarishning mustahkamlanishi 
bilan bog’liqdir. Ikkinchi davr–bu 4–5 yoshni tashkil qilib ahloqiy o’z –o’zini 
boshqarish. Uchinchi davr esa 6-7 yoshni tashkeil qilib shaxsiy ishchanlik 
va tadbirkorlik xususiyatining shakllanishi bilan harakterlanadi.
Maktabgacha davrda ahloqiy tushunchalar borgan sari qat’iylasha 
boradi. Axloqiy tushunchalar manbai bo’lib ularning ta’lim –tarbiyasi bilan 
shug’ullanayotgan kattalar, shuningdek, tengdoshlari ham bo’lishi 
mumkin. Axloqiy tajribalar asosan muloqot, kuzatish, taqlid qilish 
jarayonida, shu bilan birga kattalarning ayniqsa onalarning maqtovi va 
tanqidlari orqali o’tadi va mustahkamlanadi. Bola doimo baho, ayniqsa 
maqtov olishga harakat qiladi. Bu baho va maqtovlarning bola shaxsidagi 


muvaffaqiyatga 
erishishga 
harakat 
xususiyatining 
rivojlanishida, 
shuningdek, uning shaxsiy hayoti, hamda kasb tanlashida ahamiyati juda 
katta.
Maktabgachaa yoshidagi 6 - 7 yosh davrida bolalarda muloqotning 
yangi motivlari yuzaga keladi. U shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. 
SHaxsiy muloqot motivlari bu –bolaning tashvishga solayotgan ichki 
muammolari bilan bog’liq, ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni 
bajarish bilan bog’liq bo’lgan motivlardir. Bu motivlarga asta –sekinlik bilan 
bilim, ko’nikma va malakalarni egalash bilan bog’liq bo’lgan o’qish motivlari 
qo’yiladi. Bu motivlar ilk bolalik davrdan boshlanib yuzaga keladigan 
bolalarning tabiiy qiziquvchanligi o’rnida paydo bo’ladi. O’zini ko’rsatish 
motivlari ham bu yoshda yaqqol namoyon bo’ladi. Bu motiv asosan 
bolalarning syujetli –rolli o’yinlarda asosiy rolni egallashga boshqalar 
ustidan rahbarlik qilishga, musobaqaga kirishishga qo’rqmasligida nima 
bo’lganida ham yutishga harakat qilishlarida ko’rinadi. Maktabgacha yosh 
davri bolalari uchun kattalar beradigan baholari juda muhim. Bolalar birinchi 
navbatda maishiy axloq norma va qoidalarni, o’z majburiyatlariga 
munosabat, kun tartibiga rioya etish, hayvon va narsalar bilan muomila 
qilish normalarini egalaydilar. Bunday normallarni egallash bu yoshdagi 
bolalar uchun qiyin hisoblanib, ularni yaxshi o’zlashtirish uchun syujetli –
rolli o’yinlar yordam berishi mumkin. Maktabgachaa yoshining oxirlariga 
kelib, ko’pchilik bolalarda aniq bir ahloqiy qarashlar tarkib topadi, 
shuningdek, odamlarga munosabat bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy sifatlar 
ham 
shakllanadi. 
Kishilarga 
nisbatan 
diqqatli, 
mehribon 
bo’lish 
xususiyatidir. Katta yoshdagi bolalar ko’p xollarda o’z xatti –harakatlari 
sababini tushuntirib bera oladilar . 
3–3,5 
yosh 
oralig’ida 
o’zlarining 
muvaffaqiyat 
va 
muvaffaqiyatsizliklariga o’z munosabatlarini bildiradilar va bu munosabat 
asosan ularning o’zlariga beradigan baholari asosida bo’ladi. 4 yoshli 
bolalar esa o’z imkoniyatlarini real baholay oladilar. Lekin 4 –5 yoshli 


bolalar hali shaxsiy xususiyatlarini idrok etishga va baholashga qodir 
emaslar, shuningdek o’zlari xaqida ma’lum bir xulosani bera olmaydilar. O’z 
–o’zini anglash layoqati katta maktabgachaa yoshidan boshlab rivojlanib 
avval u qanday bo’lganini va kelajakda qanday bo’lishini fikrlab ko’rishga 
harakat qiladi. Bu esa bolalar beradigan «Men kichkina paytimda qanday 
bo’lgan edim?», «Men katta bo’lganimda qanday bo’laman?» singari 
savollarida ko’rinadi. Kelajak haqida fikr yuritib, bolalar kelgusida kuchli, 
jasur, aqlli va boshqa shu singari qimmatli insoniy fazilatlariga ega 
bo’lishiga harakat qiladilar.
Kichik va o’rta maktabgacha yoshida bola harakterining shakllanishi 
davom etadi. U asosan bolalarning kattalar harakterini kuzatishlari asosida 
tarkib topadi. Shu yillardan boshlab bolada ahamiyatli hisoblangan – iroda, 
mustaqillik va tashabbuskorlik kabi ahamiyatli shaxsiy xususiyatlar rivojlana 
boshlaydi. Katta maktabgachaa yoshida bola atrofdagi odamlar bilan turli 
faoliyatlarda muloqot va munosabatlarga kirishishga o’rgana boshlaydi. Bu 
esa unga kelajakda odamlar bilan til topishishda, ish bo’yicha va shaxsiy 
munosabatlarni normal ravishda o’rnata olishida foyda keltiradi. Bu 
yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida ularning ota –onalari haqidagi 
fikrlari va ularga beradigan baholari nihoyatda ahamiyatlidir.
Maktabgachaa yoshidagi bolalarning xayoli, asosan, ularning turli-
tuman uyin faoliyatlarida o’sadi. Biroq, shu narsa diqqatga sazovorki, agar 
maktabgachaa yoshidagi bolalarda xayol qilish qobiliyati bo’lmaganda edi, 
ularning xayoli ham xilma-xil bo’lmas edi. Maktabgachaa yoshidagi 
bolalarning xayollari turli xil mashg’ulotlarda ham o’sadi. Masalan, 
maktabgachaa yoshidagi bolalar loy o’ynashni, ya’ni loydan turli narsalar 
yasashni, qumdan turli narsalar ko’rib o’ynashni va rasm solishni yaxshi 
ko’radilar. Ana shunday mashg’ulotlar bolalar xayolining o’sshiga faol ta’sir 
qiladi. 


Maktabgacha yoshidagi bolalar xayolining o’sishiga faol ta’sir qiluvchi 
omillardan yana biri ertaklardir. Bolalar hayvonlar haqidagi turli ertaklarni 
eshitganlarida shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma’lum munosabat 
yuzaga keladi.
Bola olti yoshga lug`ati boyib, kundalik hayoti va qiziqishlari doirasiga 
kiradigan har qanday holat, narsa, hodisa va voqialarni boshqa kishilarga 
oson tushintirib bera oladi. Nomal o`sgan bola uch yoshida 500 va undan 
ortiqroq so`zni ishlatsa, olti yoshli bola 3000 dan to 7000 gacha so`zni 
ishlatadi. Olti yoshli bolaning lug`ati ot, fel, olmosh, sifat, son va 
bog`lovchilardan tashkil topadi. Olti yoshli bolaga nutqning o`zi uchun yangi 
bo`lgan tomonini o`rganishga intilib, o`ynagan holda uni analiz qila 
boshlaydi.
Bola aynan shu yoshda ona tili sistemasiga rioya qilgan holda gapira 
boshlaydi. Bog`chaga qatnaydigan bola nutqini anglagan holda analiz qilish 
malakasiga ega bo`ladi. U so`zni tovush jihatdan analiz qila oladi, so`zdagi 
tovushlar tartibini aniqlay biladi. Bola so`zdagi bosh tivushni intornatsiya 
bilan ajratgan holda so`zni oson, quvonib talaffuz qiladi. U huddi shu tarzda 
so`zdagi ikkinchi va undan keyingi turgan tovushlarni ham ajrata oladi.
Olti yoshli so`zning tovush tarkibini analiz qilishga maxsus o`rgatilsa, 
uning o`zi ham tovush tarkibini aniqlash maqsadida so`zni talaffuz qila 
boshlaydi. Bu o`qish va yozishni muvaffaqqiyatli egallash imkonini beradi. 
Mobodo bolani bunga maxsus o`rgatilmasa, u hatto oddiy so`zlarning ham 
tovush analizni qlila bilmaydi. Chunki, og`zaki muomalada bo`lish bola 
oldiga so`zning tovush analizini maxsus rivojlantirishni maqsad qilib 
qo`ymaydi. Shuning uchun ham bunday bolalar rivojlanishda bir oz orqada 
qoladilar.
Nutqning asosiy vazifasi aloqa qilishdir. Olti yoshli bolaning nutqi 
tevarak – atrofdagilarga tushunarli bo`ladi. Bola gap nima haqida 
borayotgan bo`lsa, o`sha narsani yetarli me`yorida to`liq tasvirlab, 


shuningdek eshitgan tarixiy voqea va sodir bo`lgan narsa haqida hikoya 
qilib bera oladi.
Olti yoshli bola nutqi madaniy nutq bo`lishi uchun faqat gapni to`g`ri 
tuzish, bayon qilayotgan fikrning aniq, tushunarli bo`lishining o`zi yetarli 
emas, bunda faoliyatni o`zi planlashtira oladi. Bunda u nima qilishini, 
qanday qilishini va u yoki bu qanday izchillikka bajarmoqchi ekanligini 
gapirib bera oladi. Planlshtirish esa so`zsiz, bola diqqatini oshiradi.
Shuni aytish kerakki, olti yoshli bolalar o`z xatti – harakat va xulq – 
atvorlarini boshqara olsalar –da, ularda ixtiyorsiz diqqat ustun turadi. 
Odatda bir xilda ish – harakatlaridan iborat bo`lgan, bolani o`ziga jalb eta 
olmaydigan faoliyat ustida diqqatni to`plash bu yoshdagi bolalarga qiyinlik 
qiladi. Bola diqqatining mana bu xususiyati esa ular bilan olib boriladigan 
mashg`ulotlarga o`yin elementini va faoliyat turini tez – tez almashtirib 
turishni kiritish zarurligidan dalolat beradi. Olti yoshli bolalar, intellektual 
masalalar ustida diqqatni to`plab turishga qodirlar, lekin bunda ular tez 
charchaydilar.



tải về 440.31 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương