Mavzu: O’zbekistonda ommaviy maktabgacha ta’lim muassasalarining rivojlanishi va unda bolalarning ijtimoiylashuvi tarixi



tải về 38.94 Kb.
trang1/3
Chuyển đổi dữ liệu03.04.2024
Kích38.94 Kb.
#57052
  1   2   3
O’zbekistonda ommaviy maktabgacha ta’lim muassasalarining rivojlanishi va unda bolalarning ijtimoiylashuvi tarixi


Mavzu: O’zbekistonda ommaviy maktabgacha ta’lim muassasalarining rivojlanishi va unda bolalarning ijtimoiylashuvi tarixi

O’zbekistonda ommaviy maktabgacha ta’lim muassasalarining rivojlanishi va unda bolalarning ijgimoiylashuvi tarixidan. O‘zbekistonda ommaviy maktabgacha tarbiyaning yuzaga kelishi XX asrning 1 yarimiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda Turkistonda bolalarni gimnaziyaga kirishga tayyorlovchi xususiy bolalarbog‘chalari mavjud edi. 1919 yilda respublikadagi siyosiy va iqtisodiy holat munosabati bilan o‘sib kelayotgan avlodning sog‘lig‘ini saqlash, oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalari bilan shug‘ullanuvchi “Bog‘chalarni himoyalash Kengashi tuzildi. Bolalarni davlatning yanada sermahsul mintaqalariga ko‘chirib o‘tkazish, shuningdek, ularni ovqat, kiyim-kechak, turar joy, yoqilg‘i, tibbiy yordam bilan ta’minlash masalalari o‘rganilgan. Bu masalalarni echishning asosiy vositasi —ommaviy oshxonalar, bolalar bog‘chalari va yaslilar tashkiletish bilan bir qatorda ayollarni respublikaning jamoat vasiyosiy hayotida faol ishtirok etishlariga yordam berishgatayyorlash edi.Ta’lim ishini rivojlantirish uchun 1918 yildaToshkentning Eski shahar qismida o’zbek bol al ari uchun 4-bolalar bogchasi tashkil kdlindi. 1919 yilda esa Samarqandda 2-bolalar bog‘chasi va 3-bolalar uyida maktabgacha guruhlarochildi. 1926 yilga kelib qirqga yaqin maktabgacha ta’lim muassasalarida 2000 nafar bolalar tarbiyalangan1. SHu yillardamaktabgacha tarbiya muassasasi xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturining ishlab chiqilishi muhim yutuq hisoblandi.1927 yildan ayollar erkinligini himoya qilishga qaratilgan “Hujum” harakatining boshlanishi munosabati bilan bolalarning bolalar bog‘chasiga berish hollaryanada ko‘paydi. Ishlayotgan ayollarga yordam tariqasida kasaba uyushmalari va yirik fabrika-zavodlar tomonidan bolalar uchunyozgi sog‘lomlashtirish maydonchalari tashkil etildi. XX asrning 30-yillarida maktabgacha tarbiya amaliyoti bolalar bog‘chalarining tozalik va metodik ta’minlanganlik holatini tekshirish xollari keng tarqaldi. Bu tekshirish natijalariga ko‘ra bog‘chalardagi xonalar va bolalar maydonchalarning jihozlanmaganligi, ularni asbob-uskunalar va sifatli oziqovqat bilan ta’minlanmaganligi, tozalik me’yorlariga amalqilinmasligi kabi kamchiliklarga qarshi kurash olib borilgan. Qishloqlardagi bolalar bog‘chalari va maydonchalari, joylardagi ta’lim muassasalariga nisbatan bulgan salbiy qarashlar tufayli, katta qiyinchiliklarga uchragan.1930 yilda O‘zbekistonda respublikaning barcha kattashaharlari va viloyatlarida o‘z bo‘linmalariga ega bo’lgan pedagogik maslahatxonalar tashkil qilindi. Uning faoliyati doimiy ma’ruzalar, radio suhbatlar, ayollar uchun ko‘rgazmalar tashkil qilishdan iborat edi. Ular uchun ‘‘bolalarga eng yaxshiburchak jihozlash” musobaqasi ham o‘tkazilgan. Pedagogikmaslahat beruvchilar oilalarga borishgan, bolalar burchaklarinitashkil qilishgan va shu bilan birga, bolalarni bog‘chalar gaqabul qilish tartibi hamda oilalarga tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatlar berib borishgan.1933 — 1934 yillarda O‘zbekistonda 3840ta kolxoz maydonchalari bulib, unda 127 mingtarbiyalanuvchi qatnashgan.1933 yil esa bolalar bog‘chalari uchun ilk dastur loyihalarini ishlab chiqarish yili sifatida nishonlandi. Rusiy zaboibolalar bog‘chalari dasturlari asosida tuzilgan bu dasturlar keyinchalik mahalliy sharoitlarni inobatga olib qayta tuzildi. Ta’lim birlashmalarining metodik faoliyati yagona markaz tomonidan rahbarlikni amalga oshirishga ehtiyoj sezganligi sababli, 1934 yilda Toshkent shahrida tuzilgan Respublika ta’lim metodik xonasi shunday markaz vazifasini bajardi. Ommaviy maktabgacha tarbiyaning rivojlanishida eng katta to‘siqlardan biri malakali kadrlarning etishmasligi bo’lgan. Qishloq aholisidan kadrlar tayyorlash uchun qisqa muddatli uchoylik kurslar tashkil qilingan. Bundan tashqari, XX asrning 30-yillaridan boshlab ta’lim mutaxassislarini tayyorlash vazifasi pedagogika o‘quv yurtlari zimmasiga yuklandi. 1930 yildan boshlab Toshkentda faoliyat yurituvchi pedagogika o‘quv yurti 1936 yilga kelib 60 nafar mutaxassis tayyorlandi.1938 — 1939 yillarda respublikada 927 ta bolalar bog‘chasi ochilgan bo‘lib, ularda 36710 nafar bola tarbiyalanar edi. Maydonchalar soni esa 4835 ta bo‘lib, 152000 nafar bolaniqamragan edi. Shu bilan birga, bu vaqtda o‘qish, ish va ijtimoiy faoliyat bilan band bo‘lgan onalar uchun “Bolalarxonalari” ham tashkil qilingan edi.
Shu yillarda ta’limni yaxshilash maqsadida quyidagi choralar
ko‘rilgan:


  1. Joylarda metodik ishlarni tashkil qilish;

  2. Jixozlar, o‘quv qo‘llanmalariva o‘yingohlarga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish;

  3. Ta’lim masalalariga jamoatchilik va aholininge’tiborini qaratish (matbuotda nashr qilish, hujjatlarnituzish) va shu kabilar.

Urush yillari O‘zbekistonga 200000 bola ko‘chirib keltirilgan va natijada bolalar bog‘chalari tarmog‘iningkengayishi, ularda ish kunini uzaytirish zarurati paydo bo‘lgan. O‘sha yillarda maktabgacha internatlar ham tashkil qilingan. Ulardagi tarbiyaning o‘ziga xosligi shundan iborat ediki, ularda o‘z oilasi, yaqinlarini yo‘qotgan bolalar tarbiyalangan. Bu hol pedagoglarda har bir bola uchun yanada mas’uliyatli va e’tiborli bo‘lishni taqozo etgan. Urushdan keyingi davrda oziq-ovqat muammolari tufayli kuchsizlangan bolalar uchun sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari kuchaytirildi. Shu maqsadda respublikaning bir qator shaharlarida sanatoriya tipidagi bog‘chalar tashkil qilindi. Qishloq hududida ta’limning rivojlanishiga katta ahamiyat berildi. Bu qishloqhujaligi mahsulotlarini ishlab chiqishda ayollar mehnatidan foydalanish zarurati bilan bog‘liq edi. 1959 yildan ta’limning yagona tuzilishini tashkil qili maqsadida ikki turdagi ta’lim muassasalari bitta bolalarbog‘chasiga birlashtirildi. Bu esa, uz navbatida, bolalarni tarbiyalash jarayonining faollashuviga olib keldi. O‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislarni etkazib berish Toshkent va Marg‘ilon pedagogika bilim yurtlari zammasiga yuklangan bo’lib, ular 1957 — 58 yillarda 517 nafar mut aassistayyorlashgan. Metodika va tarbiya ishlarini yaxshilash maqsadidaToshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Chirchiqmetodik xonalari ochilgan. 1961 yilda Krri-Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida O‘zbekistondagi ta’lim muammolari borasida tadqiqot olib, bolalar bog‘chalari va metodika xonalariga yordam ko‘rsatuvchi markaz ochildi.Toshkentda 1966 yil 26 aprelda bo’lib o’tgan zilzila natijasida 225 ta ta’lim muassasalari barbod bo‘ldi. Biroq qisqa vaqt mobaynida boshqa respublika quruvchilari yordamibilan bu muassasalar qayta tiklandi. XX asrning 60- 80 yillarida ommaviy ta’lim quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilgan:
— xujaliklar aro ta’lim muassasalarining ish tajribasiniurg anish uchun respublika miqyosida anjumanlar o‘tkazish;
— kolxozlar orasida “Eng yaxshi ta’lim muassasasi”sovrinlari uchun musobaqalar o‘tkazish;
— yuqumli kasalliklardan aziyat chekuvchi bolalar uchun maxsus muassasalar tashkil etish;
— bolalar sog‘ligini saqlash bo‘yicha ta’lim muassasalarini tashkil qilish;
— maktabgacha tarbiya muassasalari uchun tarbiyachilar vatibbiyot xodimlarini tayyorlash;
— respublikaning pedagogik va musiqa o‘quv yurtlarinikeng turdagi mutaxassislar tayyorlab berishga o‘tkazish;
— maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning yagonadasturini ishlab chiqish;
— bolalarning estetik tarbiyasiga katta ahamiyat berish —qardosh millatlarning san’at asarlaridan foydalanish, bolalarchizgan rasmlar ko‘rgazmalarini uyushtirish va shu kabilar.
O‘zbekiston mustaqil davlat maqomini qulga kiritishi bilan jamiyatning ijtimoiy muammolari yanada ko‘paydi va keskinlashdi. Buning sabablari, birinchidan, siyosiy, ma’naviy, iqtisodiyot sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarning almashishi,ikkinchidan esa, bu davrda ijtimoiy muammolarni hal etishda ma’lum qiyinchiliklarga duch kelish holatlari yuzaga keldi. Biroq demokratiya va oshkoralik tamoyillari, ajdodlarningboy tajribasi yordamida davlat tomonidan muhtojlarga realijtimoiy-pedagogik yordam berilmokda, ijtimoiy pedagogika fanini rivojlantirish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rilmokda.
Ijtimoiylashuv omillari. Ijtimoiylashuv bolalar, o’smirlar, yoshlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko’p sonli shart-sharoitlar bilan o’zaro munosabat jarayonida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Hozircha ularning hammasi ham anik^anmagan bo’lib, ular haqidagi bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning omillari ikki guruhga bo’linadi: tashqi va ichki. Tashqi omillarga quyidagilar kiradi: Megaomillar (mega — eng katta) — kosmos, yer shari va planetar jarayonlar. Makroomillarga (makro — katta) — davlat, xalq, jamiyat, shuningdek, bularga demografik, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ya’ni yerning barcha aqolisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko’rsatadigan omillar kiritiladi. Mezoomillar (mezo — o’rta) — hudud va yashash joyidagi ommaviy aloqa tarmoqlari, u yoki bu submadaniyatga tegish liligiga ko’ra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvining shart-sharoitlari. Mezoomillar etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlariga ta’sir qiladi. Mikroomillar, ya’ni muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar bulib, bunga oila, qo’shnilar, tengdoshlar gurux, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi. Shaxs tug’ilganidan boshlab rivojlanadi gan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi. Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari, ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil o’rganishning iloji yo’q. SHu sababli zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillar, ularning o’zaro munosabati kuzatiladi. Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarni aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o’xshashlik, xususiyatlarning utishi tushuniladi. Irsiyatga kura, bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va his-tuyg’u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi o’tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashhi omillar hisoblanadi. SHuningdek, irsiyat bo’yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o’tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror-bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko’zda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga ko’ra, qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo’la olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bulishi uning hayoti, ta’lim-tarbiya jarayonlariga bog’liq. Ota-onadan bolaga o’tuvchi bir qator kasalliklar mavjud. Masalan: qon kasalliklari, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika fani o’rganadi. Ma’lumki, bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosfera va suv xavzalarining ifloslanishi kabi tashqi omillar ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli tug’ilayotgan bolalar soni borgan sari ko’paymoqda. Bunday bolalarning boshqalar bilan muloqotga kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda og’ir kechadi. SHu sababli ular uchun o’qitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda. Bu metodlar ularning akushy rivojlanishda tengdoshlariga yetishishlari uchun yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shug’ullanadilar. Bu bolalar o’z tengqurlari bilan muloqotga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini ma’lum darajada qiyinlashtiradi. SHuning uchun ham bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir. Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy sub’ektga aylanishi uning ijtimoiylashuvi jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir buladi. Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadi gan qadriyat, ijtimoiy me’yor hamda xul q-atvor namunasi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiylashuv insonning bugun hayoti davomida kechadigan ko’p qirrali jarayondir. U, ayniqsa, bolalik va yoshlik davrlarida nihoyatda jadallik bilan kechadi. CHunki shaxs tomonidan aynan bolalik davrida asosiy ijtimoiy me’yorlar o’zlashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan o’alashtiradi. Agar bola tug’ilgandan keyin, asosan, oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi turli muhitlar maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko’ngilochar maskanlarda kechadi. Bola o’sib borgan sari, uning ijtimoiy muhiti “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik ko’p muhitlarni o’zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo uzi uchun qulay bulgan, uni yaxshi tushunadigan va unga hurmat bilan munosabatda bo’ladigan muhitni izlashga urinadi. SHuning uchun u bir muqitdan boshqa muhitga ko’chib yurishi mumkin. Muhit bolaning ijtimoiylashuv jarayoni va ijtimoiy tajriba to’plashida muhim ahamiyatga ega. Muhit tushunchasi turli fan vakillari sotsiologlar, psixaloglar, pedagoglarning urganish ob’ekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini o’rganadilar. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o’rni. Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit, avvalambor, bolaning yangi muhitga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o’rganiladi. Bunda inson va unga ta’sir kdluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi o’zaro munosabati hamkorlik tavsifi ega ekanligi muhimdir. Muhit inson kirib borishi, o’zini qulay sezishi uchun qaerda joylashganini bilishi yetarli bulgan kucha, uy va shu kabi narsalar emas. Balki muhit bu alohida o’zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan tavsiflanadigan inson jamoalari hamdir. SHuning uchun ham inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada ta’sir kdladi, o’zgartiradi va uz o’rnida muhit ham insonning oldiga uz talablarini qo’yadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi qam, inkor qilishi xam mumkin. Muqitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab anikdasa buladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan o’rni bilan belgilanadi. Inson jamiyatda bir vaqtning o’zida bir qancha mavqelarni egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz mavqelarini egallashi mumkin. Har bir mavqe insonga muayyan talablarni qo’yadi va, shu bilan birga, unga bir qancha huquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlari bilan tavsiflanadigan mavqei ijgimoiy maqom deyiladi. Insonning ijtimoiy maqomiga millati, tug’ilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday maqomlar, odatda, tug’ma maqom deyiladi. Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustakdl erishganligiga qarab belgilanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi o’quv muassasasida ta’lim olgan va bu so\a bo’yicha diplomga ega bulgan shaxs erishishi mumkin. Yuqoridagi maqomni qulga kiritilgan maqom desak, adashmagan bo’lamiz. Maqom insonning jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda o’zini shu maqomdagilar qolatiga ko’ra belgilaydi. Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muhimdir. SHuning uchun inson maqomi bilan belgilanadi gan xulq-atvor ijtimoiy rolь deyiladi. Turli ijtimoiy rollarni o’zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas kdsmi hisoblanadi. Uning murakkablik ji\ati shundaki, jamiyatda faqat jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar bo’lmasdan, balki ijtimoiy me’yor va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. SHuning uchun bola shakllanish va rivojlanish jarayonida ham ijobiy, ham salbiy rollarni o’zlashtirishi mumkin. Ijobiy rollarga, avvalo, oila a’zosining rolini kiritsak buladi. Oilada bola bunday rollarning bir nechtasini o’zlashtiradi: o’g’il yoki qiz, aka yoki opa, jiyan, nabira, shuningdek, bobokalonlari bilan ham tanishishi mumkin. Bola uz rivojlanishi davomida o’zlashtiradigan yana bir muxim rolь — jamoa a’zosi rolidir. Bola bog’cha yoki maktabda, sport to’garagida tengqurlari bilan muomala qilganida jamoa a’zosi, o’rtoq, o’quvchi, yetakchi kabi rollarni o’zlashtiradi. Bundan tashqari, har bir inson iste’molchi rolini bajaradi. CHunki u hayoti mobaynida zarur bo’lgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim-kechak, kitob va boshqalar. Jamiyat insonga takdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana olishni bola yoshligidayoqo’zlashtirishi lozim. Yana bir muhim ijtimoiy rolь o’z Vatani fuqarosi bo’lish, uni sevish, u bilan faxrlanish, vatanparvar bo’lish bilan bog’liqtsir. SHu bilan birga, bola o’zlashtirishi mumkin bo’lgan boshqa rollar ham bor. Masalan, mutaxassis roli. Uni bola maktab, akademik litsey va kasb-xunar kollejlarida o’zlashtiradi. Salbiy rollarga daydi, tilanchi, muttaham rollarini misol qilsak bo’ladi. Katga shahar ko’chalarida, savdo do’konlari bozor, jamoa transportlarida tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga ko’nikishgan. O’tgan qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular orasida o’g’rilik bilan shug’ullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zi hollarda bo’lsa, ularni bu ishga kattalar undashadi. Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o’zlashtirishi uning ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. “Ijtimoiy moslashuv” deganda shaxsning ijtimoiy muxdg sharoitlariga ko’nikishi tushuniladi. Ijtimoiy moslash uv bolaning m uvaf f aqiyatl i ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanib, asosan, uch yo’nalishda olib boriladi: faoliyat, muloqot va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo’lga kiritishi, muomala doirasining kengayish i, uning mazmunini chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirishi sodir bo’ladi. Anglash sohasida o’z “Men”i obrazini shakllantirish, o’zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o’rnini anglash ro’y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi. Tarbiya ijtimoiylashuv sifatida. So’nggi o’n yilliklar davomida pedagogika va boshqa fanlarda ijtimoiylashuv va tarbiya tushunchalari ning o’zaro munosabati keng muhokama qilib kelinmokda. Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, bu muammoga alohida e’tibor qaratish lozim. SHu bilan birga, ba’zi mualliflar tarbiyani ijtimoiylash uv bilan almashtirishga harakat qilishsa, boshqalari esa tarbiyani bola ijtimoiylashuvining bir qismi sifatida o’rganishmokda. Yana bir guruh olimlar ijtimoiylashuv deganda, fuqaroviy va axloqiy tarbiyani tushunishadi. To’rtinchi guruh olimlar shaxs ijtimoiylashuvini tarbiyaning asosiy maqsadi, deb hisoblashadi.Qarashlar bir-biridan ma’lum darajada farq qilgani bilan, tarbiya bola ijtimoiylashuvining asosiy omillaridan biri ekanligini xamma tan oladi. Tarbiyaning asosida ijtimoiy harakat bulishi, uni ijtimoiylashuvdan farkdaydi. Ijtimoiylashuv tushunchasini fanga kiritgan Maks Veberg uni muammolarni yechishga qaratilgan harakat, inson xulq-atvorining taxminiy variantlarini sub’ektiv anglash sifatida ta’riflagan. Umuman olganda, ijtimoiylashuv uzluksiz jarayon bulib, bunda inson doimo jamiyat bilan munosabatda bo’ladi. Tarbiya tor ma’noda esa diskret (uzlukli) jarayondir. CHunki u muayyan tashkilotlarda amalga oshirilib, zamon va makonda cheklangan buladi. Tarbiya pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biridir. SHunga qaramay, xanuzgacha tarbiyaning umume’tirof etilgan ta’rifi mavjud emas. Bunga uning ko’p ma’noliligini ijtimoiy hodisa, faoliyat, jarayon, qadriyat, tizim, ta’sir, o’zaro munosabat sifatida ko’rilishi mumkinligini sabab kdlib ko’rsatsak buladi. Bu tushunchalarning hech qaysi biri tarbiya mazmunini alohida olgan qolatda to’liqochib bera olmaydi. Quyida tarbiyaning ijtimoiylashuvga nisbatan ijtimoiy nazorat qilinuvchi jarayonga xos bo’lgan umumiyligini o’zida aks ettirishga harakat qilgan ta’rifi keltirilgan. Birok,unda oilaviy, diniy, ijtimoiy tarbiyaning xususiyatlari inobatga olinmagan. A. V. Mudrik quyidagi ta’rifni ilgari suradi: Tarbiya — insonning jamiyatga ko’nikishiga ko’maklashuvchi va bu ko’nikish sodir etiladigan guruh va tashkilotlarning xususiyatlariga mos keluvchi sharoitlar yaratuvchi insonning ongli rivojlanishi. Bu ta’rifni ham to’liq va butunlay to’g’ri, deb bo’lmaydi. Unda muallifning nuqtai nazari o’z aksini topgan. Tarbiya ijtimoiy omillarni insonga ta’sir ko’rsatishining tarkibiy qismi bo’lish bilan birga, o’z xususiyatlariga ham ega. Bu jarayon boshqalaridan farkdi ravishda, doimo bir maqsad sari yo’naltirilgan va bu faoliyat maxsus tayyorlangan odamlar tomonidan amalga oshiriladi. Tarbiya jarayonida bola ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi boshqa omillar: muhit, OAVlari, madaniyatlar inobatga olinadi. Biroq shuni esda tutish lozimki, tarbiya boshqa ijtimoiy omillar ichida o’z o’rniga ega bo’lib, boshqa omillarningo’rnini na to’liqto’ldira oladi, na bekor qila oladi. Tarbiyaning bola rivojlanishiga ta’siri vaqt o’tgan sari o’zgaradi. Bola qanchalik kichik bo’lsa, tarbiya uning shakllanishiga shunchalik ko’p ta’sir ko’rsatadi. Vaqt o’tgani sayin tarbiyaning bola shakllanishidagi hissasi kamayib boradi. Bu vaqtda bolaning u yoki bu ijgimoiy qadriyatni tanlashdagi mustaqilligi ortadi. Borgan sari tashqi tarbiyaviy omillarning ta’siri kamayadi. Biroq boshqa bir jarayon — o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni rivojlana boshlaydi. Bolaning uz shaxsini mukammallashtirish, o’z-o’zini rivojlantirish bo’yicha mustaqil faoliyatini anglashi ortadi. Ma’lumki, o’z-o’zini tarbiyalashga eqtiyoj shaxs rivojining eng yuksak shakli hisoblanadi. Bizning modelga binoan, insonning o’z-o’zini tarbiyalashi ehrom bunyod etish bilan barobardir. SHuning uchun o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni bir umrga cho’ziladi. Tarbiya, o’z-o’zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning (madaniy, diniy, tarixiy an’analar, OAVlari, maktab jamoasi, do’stlar, bolalar bog’chasi va boshqalar) o’zaro ijobiy ta’siri natij asida bolaning jamiyatga integratsiyalashuvining tabiiy jarayoni sodir bo’ladi. Ijtimoiy muhitning ta’siri qanchalik ahamiyatli va sermazmun bo’lsa, bola unda shuncha erkin va mustaqil bo’ladi. Bolaning ijtimoiylashuvi uning jismoniy va ruhiy rivojlanishining xususiyatlari sababli murakkablashishi, yoki ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni bola tom onidan o’zlashtirilishida qandaydir sabablar tufayli muxitning salbiy ta’siri oqibatida noto’g’ri yo’nalishda borishi mumkin. Buning natijasida bola me’yoriy ijtimoiy munosabatlardan chetda qolib, maxsus yordamga muhtoj bo’lib qoladi. Bunday bolalarning ijtimoiylashuv jarayoni, avvalo, tarbiya orqali amalga oshiriladi. Biroq buning uchun har bir toifadagi bolalarning ijobiy jihatlarini faollashtiruvchi tarbiya metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqish lozim. Umuman olganda, tarbiyachi va mutaxassislarning vazifasi qiyin vaziyatlarda turgan bolaning ijtimoiy moslashuviga qaratilgan bo’lib, u jamiyatda qabul qilingan qonun va me’yorlarga faol ko’nikishi yoki salbiy omillarning oqibatlarini yengishi kerak buladi. Agar ijtimoiy muhit sifatlarining shakllanmaganligi darajasi bolaga ijtimoiy muhitga ko’nikishga xalaqit beradigan darajada yuqori bo’lsa, bolaning ijtimoiy moslasha olmaslik holati sodir bo’ladi. Bunday qollarda bola tomonidan yo’qotilgan ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni tiklashga qaratilgan maxsus chora-tadbirlarni qo’llash tavsiya etiladi. SHunday qilib, bolaning jamiyatda o’sishi va rivojlanishi jarayonida uning ijtimoiylashuvi sodir buladi. Agar bu jarayon sodir bo’lmasa, uning aksi — dezadaptatsiya ro’y beradi. Bunday qolatda esa bolaning ijtimoiy reabilitatsiyasiga ehtiyoj tutiladi.



tải về 38.94 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương