1-mavzu: Umumtaʼlim maktablari o‘quvchi qizlarining ijtimoiy faolligini oshirish usullari va metodlari



tải về 22.57 Kb.
trang1/3
Chuyển đổi dữ liệu19.03.2024
Kích22.57 Kb.
#56891
  1   2   3
1 Ma\'ruza


1-mavzu: Umumtaʼlim maktablari o‘quvchi qizlarining ijtimoiy faolligini oshirish usullari va metodlari
Umumtalim maktablari oquvchi qizlarining ijtimoiy faolligini oshirish dolzarb ijtimoiy muammo sifatida
Ozbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy ozgarishlar jarayoniga jalb etish, davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiyalashni keng kolamda amalga oshirish obyektiv zaruriyatga aylandi. Bugun jamiyatning deyarli hech bir muammosini, hatto kelajagi buyuk davlat qurish vazifasini ham ayollar ishtirokisiz hal qilish mushkul. Kelajagi buyuk davlat qurish borasida biz eng avvalo, yosh avlodga tayanamiz. Farzandni kamolga yetkazish oilaviy tarbiyani togri yolga qoyishdan boshlanadi. Oiladagi ogil-qizlarimizning qanday insonlar bolib yetishishi hammadan burun ayollarimizga bogliq.
Respublikamiz BMTning Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllarini yoq qilish haqidagi konvensiyasiga, Xalqaro mehnat tashkilotining Onalikni muhofaza qilish togrisidagi, Mehnat va mashgulotlar sohasidagi kamsitishlar togrisidagi konvensiyalariga MDH davlatlari ichidan birinchilar qatorida qoshildi.Bu hujjatlar xotin-qizlar manfaatlarini muhofaza qilish va ularning oiladagi va umuman jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan meyoriy - huquqiy hujjatlar kompleksining tarkibiy qismidir.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahnamoligida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish, intilish va tashabbuslarini qollab-quvvatlash, ularga munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratishga alohida etibor qaratilmoqda.
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi Xotin-qizlarni qollab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi PF-5325-sonli Farmonining qabul qilinganligi buning yorqin ifodasidir. Mazkur Farmon bilan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda oz qobiliyat va imkoniyatlarini royobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga sozsiz rioya qilinishini taminlash, onalik va bolalikni har tomonlama qollab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlashga alohida etibor qaratildi.
Ozbek xotin-qizlarining zamonaviy va milliy fazilatlari, ularning ijtimoiy hayotdagi, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi orni masalalari Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan fan arbobi, falsafa fanlari doktori, professor X.O.Shayxova ilmiy izlanishlarida markaziy orinda turadi. Uning mustaqillik yillarida chop ettirgan asarlari xotin-qizlar masalasini milliy demokratik taraqqiyot nuqtai nazaridan organishga yordam beradi. Olima yozadi, mustaqillik tufayli xotin-qizlarning tengligi va ozodligini tola royobga chiqarish, yangicha tafakkur, erkin fikrlash va dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy hayotda ayolga bolgan munosabatni tubdan ozgartirish, Sharq ayoliga xos momo meros, axloqiy gozal qadriyat va fazilatlarni keng kamol toptirish zarurati mustaqil yurtimizda davlat siyosatining ustuvor vazifasiga aylandi.
Ozbek ayollarining madaniy va manaviy, huquqiy-axloqiy, intellectual salohiyatini oshirish, oiladagi onalik burchi va masuliyatini milliy, umuminsoniy nuqtai nazardan chuqur anglab yetish va amaliyotga rioya qilishga odatlantirish mustaqillik tamoyilining asosiy vazifasidir. Ayollar jamiyatning eng ezozga sazovor, hurmat-izzat, gamxorlik va etiborga loyiq ijtimoiy toifasiga aylanmoqda... Demak, ayolni uluglash oilani, Vatanni, hayotni uluglashdir. Ushbu fikrlarini davom ettirib, ozbek ayoliga xos bolgan insoniy, manaviy fazilatlarni qayd etib, X.O.Shayxova zamonaviy ayollarning ijtimoiy faolligini ham korsatadi. Biror soha yoqki, deb yozadi u, ayol oz bilimi, faolligi, istedodini namoyon qilmasin. Mulkdorlar sinfi vakili, tadbirkor, fermer, kichik va qoshma korxona sohibi, tijoratchi, biznes va menejer kabi kasb egalari yoki mudofaa va huquq-tartibot sohasida minglab iqtidorli, salohiyatli, aql-zakovatda oktam ayollarning faoliyat korsatishi shakllanayotgan fuqarolik jamiyatimiz uchun oddiy holdir. Darhaqiqat, rahbarlik va boshqarish ishlarida ayollar soni kopayib bormoqda . Zamonaviy sharoitda jahon amaliyotiga asoslangan mazkur dastlabki izlanishlar BMT taraqqiyot dasturi YUNESKO, «Ochiq jamiyat» Komak jamgarmasi institute tomonidan qollab-quvvatlandi. Xususan, talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish, ularni jamiyatimizning teng huquqli bunyodkoriga aylantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Zamonaviy jamiyatda izchillik bilan va samarali tarzda ushbu tushunchaning ijtimoiy tahlili amalga oshirilib kelinmoqda. «Gender» tushunchasining mazmuni, avvalo, jinsni ijtimoiy modellashtirish yoki tashkil etishda mujassamlashgan. Jamiyatda muayyan jins rollarining bajarilishini taqozo etadigan xatti-harakatlar meyori tizimi vujudga keladi; tegishli tarzda ushbu jamiyatda «erkaklarga oid» va «ayollarga oid» bolgan xususiyatlar borasida qatiy qaror topgan tasavvurlar qatori paydo boladi. Gender tabiatan belgilanmagan, ijtimoiy hodisalar ato etgan xususiyatlar yigindisidir.
Gender jinsning madaniy niqobi, bizning oz ijtimoiymadaniy tasavvurlarimiz doirasidagi jins haqidagi qarashlarimizdir. Buning ustiga, jins faqat gender demakdir, yani uning ijtimoiylashtirilishi natijasida jinsni tashkil etgan narsadir. Hozirgi jamiyatda talaba-qizlarning ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan ozini oqlaydi. J.Stenli gender tafovutlarga nisbatan ilmiy nazariyani ilgari suradi. Genderdagi differensiatsiya shunday jarayonki, unda erkaklar va ayollar ortasidagi biologik farqlar ijtimoiy mazmunga ega boladi va ijtimoiy tasniflash vositasi sifatida qollaniladi.
Gender roli gender atrofidagi tushunchalardan kelib chiqadigan ijtimoiy umidlar, shuningdek, nutq, ozini tutish, kiyimlar va imo-ishoralar shaklidagi xattiharakatlardir. Erkaklar va ayollar goyalari, insonlarning fikricha, bir-birini inkor etadi va ayrim madaniyatlarda rolga xos xatti-harakatlar qutblangan bolishi mumkin: sustlik ayollarga, faollik erkaklarga xos.
Gender rollar bilan bogliq bolgan xattiharakatga oid korsatmalar mehnatning erkaklar va xotin-qizlar mehnatiga bolinishida ayniqsa, yaqqol namoyon boladi. Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan, keng dunyoqarashga ega bolgan talabaqizlarni mutaxassislik asosida tayyorlash va ular yordamida mamlakatimiz xotin-qizlari salohiyatidan jamiyatimiz manaviyati va moddiy farovonligini yanada oshirishning falsafiy-ijtimoiy xususiyatlari hamda pedagogik-psixologik oziga xosliklari mavjuddir. Zamonaviy sharoitda oliy talim tizimida talaba-qizlarning jamiyatdagi siyosiyijtimoiy ishtiroki dinamikasi, ilmiy salohiyatni egallashdagi faoliyati, mehnat bozorida bandlik darajasi, nikoh munosabatlarida qadriyatli yondashuvlar asosidagi faoliyati tarixiy davrlar nazariyalari boyicha tavsiflanadi.
Gender yondashuv va shaxsga qadriyatli yondashuv asosida talaba- qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish bugungi kunda talim sohasi hamda yoshlar manaviy saviyasini oshirishga xizmat qiladi.
Jamiyatdagi takomillashish jarayonida yoshlar ijtimoiy faolligining ortishi dolzarb masala. Chunki yoshlarni togri yolga yonaltirish har bir ziyoli insonning burchidir. Malumki, jamiyat taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, manaviy-marifiy, madaniy jihatlarni ozida qamrab oladi. Jamiyatda yashovchi yoshlar ana shu sohalarning barchasida ijtimoiy faollik korsatishi hayotiy zaruriyatdir. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida takidlaganidek: Mamlakatimizda olib borilayotgan keng kolamli islohotlar xalqimiz tomonidan qollab-quvvatlanmoqda. Bu ozgarishlarning dastlabki natijalari aholimiz hayoti va kundalik turmushida ozining yaqqol ifodasini topmoqda, el-yurtimizning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi osib bormoqda.
Faollik, ijtimoiy va ilmiy bilim, huquqiy meyorlar va majburiyatning mujassamlashuvi natijasi shaxsda ifodalanadi. Bu tarkiblarning sifati, yani bilimlarni qay darajada ozlashtirilganligi, ularning odatga aylantirilganligi faollikning namoyon etish darajasini belgilaydi. Ijtimoiy hamda siyosiy psixologik nuqtai nazardan faollik:

tải về 22.57 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương