Nosirova Ra’no Xamidovna



tải về 18.29 Kb.
trang1/3
Chuyển đổi dữ liệu14.11.2023
Kích18.29 Kb.
#55647
  1   2   3
59981 (1)

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA RAHBARLIK QILISH VA TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY USULLARI


Nosirova Ra’no Xamidovna

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi


Xalimova Odina Dilshod qizi, Maktabgacha ta’lim I kurs 20/3 guruh
Rezyume: Maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida rahbarlik qilish va tashkil etishning zamonaviy usullari yoritilgan.
Tayanch so‘zlar: maktabgacha ta’lim, rahbar, zamonaviy usullar, uzluksiz ta’lim.

Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi, maktabgacha ta’lim Davlat jamoat tizimining asosiy bo‘g‘ini, jamiyatning eng muhim ijtimoiy bo‘limidir. Maktabgacha ta’lim muassasalari maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishda, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi rol o‘ynaydi.


Maktabgacha ta’lim muassasalari oila va jamiyatning bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, milliy hamda mintaqa xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida tashkil etiladi. Muassasalar mustaqil ravishda, o‘z tashabbusi bilano‘z faoliyatiga taalluqli, agar ular qonunchilikka va pedagogik prinsip-larga mone’lik qilmasa har qanday qaror qabul qilishga haqlidir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyaviy-ta’limiy ishlar sifati, bolalar va otaonalar huquqiga jamiyat hamda Davlat manfaatlariga rioya qilish uchun mas’uldir.
Maktabgacha ta'lim muassasasio’z dasturi va mctodikasini islilab chiqish hamda amaliy faoliyatida qo’IIash huquqiga ega. Ularning tasdiqlangan tartibio’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan bclgilanadi.

Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi bolalarni tarbiyalash vao’qitish bo’yicha qo’llanmalarni hamda metodikani erkin tanlash huquqiga ega.
Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil qilish va rivojlantirishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun yangi tipdagi, yo’nalishdagi maktabgacha ta'lim muassasalarini tuzish respublika xalq la'limini boshqarish va sog’liqni saqlash organlari tomonidan belgilanadi.
Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta'lim muassasalarida ish xususiyati, ularga qabul qilish qoidalari, bolalarga ta'lim berish va ularni tarbiyalashni tashkil qilish tartibio’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamdao’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli yo’riqnomalar bilan aniqlanadi.
Mudira maktabgacha ta'lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to’la-qonli hal etishga qaratilgan. U bolalar muassasalaridagi ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablar muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlami ta'minlaydi.o’z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudirao’z ishida davlatimiz va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi vao’z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, prinsiplilik,o’ziga va qo’l ostidagilarga talabchanlik, mudiraga qo’yiladigan asosiy talablardir.
Jamoadagi o’zaro to’g’ri munosabatlar, har bir xodimning mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilishini nazorat qiladi. Rahbarlik mavqeyi mudirani o’z g’oyaviy, ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy-huquqiy saviyasini va mutaxassislik mahoratini doimo ongli ravishda oshirishga, pedagogik bilimlarni, bolalarga ta'lim-tarbiya berish nazariyasi va amaliyotini puxta egallashiga, hozirgi bosqichda maktabgacha ta'lim oldida turgan vazifalami bilishga, o’z bilimlaridan faoliyatida foydalanishga majbur etadi. U dastur, metodik, instruktivme'yoriy
hujjatlarnipuxtabilishi vaamalqilishi kerak. U pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur bilishi, kam-chiliklami darhol bartaraf qilish choralarini ko’rishi lozim.
Maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi xalq ta'limini bosh-qarish bo’limlari tomonidan oliy ma'lumotga va 5 yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega shaxslardan tayinlanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasida kadrlarni tanlash, joyjoyiga qo’yish, tar-biyalash bo’yicha ishni mehnat jamoasi, maktabgacha ta'lim muas-sasasi kengashining faol ishtirokida amalga oshiradi. Maktabgacha ta'lim muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umu-miy ta'lim mahoratini va madaniy darajasini muntazamo’stirib borishiga g’amxo’rlik qiladi, xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta'lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni tartibli vao’z vaqtida joydan-joyga ko’chirib turili-shini ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida kadrlar rezervini shakllantirib, ular bilan doimiy ish olib boradi. Mudira bolalar bog’chasining butun faoliyatiga, bolalar bog’chasini obodonlashtirish, ko’kalam-zorlashtirish ishlariga rahbarlik qiladi. Smeta bo’yicha xarajatlarni to’g’ri taqsimlash, muassasani oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash tartibini to’g’ri tashkil etish, bog’chani rejadagi bolalar bilan to’ldirish, ta'lim-tarbiya dasturining bajarilishi uchunjavobgar, yozgi sog’lomlashtirish ishlari, pedagogik va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning bilimi, ishga nisbatan munosabati, ularning mala-kasini oshirish ishlari bo’yicha bosh rahbardir.
Mudira bolalar hayotini saqlash, muhofaza qilish uchun bolalar muassasasida to’g’ri kun tartibi, shart-sharoit yaratadi. Sanitariya va gigiyena qoidalarining bajarilishini nazorat qiladi, yong’inga qarshi tadbirlaro’tkazadi. Qishga vitaminga boy oziq-ovqat mahsulotlarini g’amlaydi. Bog’cha xodimlarinio’z vaqtida oylik maosh bilan ta'-minlaydi. Ish yuritishni qattiq riazorat qiladi. Faol xodimlarni rag’batlantiradi. Bolalar bog’chasidao’tkaziladigan joriy va kapital ta'mirga bosh rahbardir. Xo’jalik mudiri, ombor mudiri, kir yuvuvchi, bog’bon, duradgor, farrosh, qorovul,
elektrik, santexnik, haydovchi bilan yakkama-yakka suhbato’tkazadi. Ularning ishlari ustidan qat'iy nazorat tashkil etadi.

tải về 18.29 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương