1-mavzu: Umumtaʼlim maktablari o‘quvchi qizlarining ijtimoiy faolligini oshirish usullari va metodlari


Ijtimoiy faollik tushunchasining mazmun mohiyati



tải về 22.57 Kb.
trang3/3
Chuyển đổi dữ liệu19.03.2024
Kích22.57 Kb.
#56891
1   2   3
1 Ma\'ruza

Ijtimoiy faollik tushunchasining mazmun mohiyati.
Tarbiyaviy ishlar jarayonida oquvchi qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularda milliy iftixor, milliy gururni shakllantirish va mustahkamlash zarur. Aqliy zakovat, ruhiy, manaviy kamolot, insofu diyonat, muruvvat, mehr-oqibat bular barchasi marifatli, manaviyatli insonlarning asosiy fazilatlari sanaladi. Ana shu fazilatlarni oquvchi qizlarimizda shakllantirish bugungi kunning muhim vazifasidir. Hozirgi globallashuv jarayonida hayoli, iboli, odobli, intizomli, masuliyatli, sabr-bardoshli, diyonatli, vijdonli, iymonli, etiqodli, bagrikeng, insonparvar, ijtimoiy faol va shu kabi oliyjanob fazilatlar egasi bolgan yoshlargina yashash uchun zarur bolgan barcha qulayliklarni vujudga keltirishga qodir bola oladilar. Ijtimoiy taraqqiyotning demokratik rivojlanish jarayoni shaxsning oz-ozini anglashi, qadr-qimmatini qay darajada ezozlashi, jamiyat uchun xizmat qila olish imkoniyati va harakatlariga ham bevosita bogliq. Bularning barchasi shaxsning ijtimoiy faolligi bilan bogliq.
Yoshlarning ijtimoiy faollashuvi, deganda ularning ijtimoiy jarayonlarda ongli ravishda, mustaqil ishtirok etishlari, zarur bolganida, ijtimoiy munosabatlarni ozgartirishga tashqaridan boladigan bosimsiz komaklashishga intilishlari tushuniladi. Masuliyat ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning yetukligini belgilovchi muhim korsatkichlardan sanaladi. Ijtimoiylashuvning masuliyat hissiga bogliq yonalishlaridan yana biri shaxsda shakllanadigan maqsad va ideallardir. Ular shaxsni kelajakni bashorat qilish, ertangi kunini tasavvur qilish va uzoq-yaqinga moljallangan rejalarni amalga oshirishga tayyorligini taminlaydi. Maqsad va rejasiz inson manaviyatsiz pessimistdir. Bu maqsad doimo ozining anglanganligi va shaxs real imkoniyatlariga bog’liqligi bilan xarakterlanadi. Ularning shakllanishi va ongda o’rnashishida ma’lum ma’noda ideal ham rolь o’ynaydi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonida o‘quvchi qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish shakl, metod va vositalari.
O’quvchi qizlar intellektual kamolotini yuksaltirish uchun istiqbolda qaysi omillarga etibor qaratish maqsadga muvofiq? Birinchidan, oquvchi qizlarning erkin fikrlashiga ahamiyat berish, ularni qiziqqan fan sohalariga ilmiy-ijodiy yonaltirish; ikkinchidan, oquvchi qizlarning bosh vaqtlarini samarali tashkil etish, ilmiy salohiyatli oquvchi qizlarni turli tanlov, olimpiada, koriktanlovlarda qatnashishlariga komaklashish; uchinchidan, oquvchi qizlarda yangicha tahlil qilish qobiliyatini, tizimli tahlil va falsafiy tafakkur konikmalarini rivojlantirish maqsadida oqitishning innovatsion tizimiga otish, oquv jarayonida olingan bilimlarni mustahkamlash va amaliyotda qollashga sharoit yaratish; tortinchidan, oquvchi qizlarni faol yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb etish, respublika va xalqaro miqyosda otkaziladigan tanlovlarda dolzarb va istiqbolli innovatsion loyihalar bilan ishtirok etishlariga yordamlashish kabilarga jalb etish maqsadga muvofiqdir.
tải về 22.57 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương