1-mavzu: Umumtaʼlim maktablari o‘quvchi qizlarining ijtimoiy faolligini oshirish usullari va metodlari



tải về 22.57 Kb.
trang2/3
Chuyển đổi dữ liệu19.03.2024
Kích22.57 Kb.
#56891
1   2   3
1 Ma\'ruza

- yorqin ifodalangan faollik;
- shunchaki ifodalangan faollik;
- ifodalanmagan faollik kabi korinishlarda namoyon bolishi mumkin.
Faollikni ifoda etishni nazariy jihatdan quyidagilarga ajratish mumkin: reproduktiv oxshatuvchi-faollik (shaxsiy tajriba yetarli emasligi natijasida, tajriba orttiruvchi vosita sifatida ifodalanadi); izlanuvchi-taminlovchi faollik (amaliyotda yuqori faollik va erkinlik kuzatiladi); ijodiy faollik (bilish faolligining oliy darajasi).
Ijtimoiy faollik keng qamrovli tushuncha bolib, u talaba yoshlarning talim-tarbiya, ilm-fan sohasidagina emas, balki madaniyat, sanat, siyosat, huquq kabi sohalarda ham faol bolishini anglatadi. Demak, ijtimoiy faollik ozining tub mohiyatiga kora, kishilar jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, manaviy, sotsial va boshqa sohalardagi faolligini ifodalaydi. Bozor munosabatlari va yangicha dunyoqarash shaxsning ijtimoiy faolligi strukturasida manaviy-intellektual, ijtimoiy-siyosiy faollik yetakchi va hal qiluvchi element ekanligini korsatdi.
Ozbek tilining izohli lugatida Ijtimoiy faollikga shunday tarif berilgan: Faollik mehnatda yoki biror harakatda, jarayonda jadallik, jonbozlik korsatish, ishchanlik, tasirchanlik dir. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda jamiyat taraqqiyotiga daxldor bolgan barcha tashkilotlar va ijtimoiy harakatlar, tuzilma va subektlar bab-baravar masul hisoblanadi. Ayniqsa, yoshlarni birlashtirgan maxsus ijtimoiy harakatning bu jarayondagi orni ozgacha. Bunda, eng muhimi, aholining yoshlardan iborat qatlamiga xos bolgan qiziqish va intilish, orzu-umid, his-tuygu, maqsad va manfaatlarning mavjudligidir. Demak, ijtimoiy faollik shaxsning oziga xos qobiliyati ekan, guruh sharoitida tashkil etiladigan togri muloqot va samimiy muhit, bahs va tortishuvlarning omilkorona yolga qoyilishi bunda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Umumtalim maktablari oquvchi-qizlarining ijtimoiy faolligini rivojlantirishda, ularda hayotga, milliy-madaniy merosimizga nisbatan faol munosabatni shakllantirish, ularning manaviy soglom, ruhan tetik rivojlanishi uchun talim jarayonida zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadga muvofiq. Bu jarayonda esa insonning ozligini anglashi muhim sanaladi. CHunki, inson ozligini royobga chiqarishi oziga bogliq ekanligini qancha tez tushunib yetsa, u hayotga shunchalik chuqurroq qaraydi, oldiga muhim maqsadlar qoyadi. Umumtalim maktablari oquvchi-qizlarini tarbiyalashda ular ruhiyatiga oz-ozini anglash tuygularini singdirish orqali ijtimoiy yetuklikka erishuvini taminlash muhimdir. CHunki, bu tuygu insonning manaviy shakllanishi jarayonida voyaga yetadi. Oquvchi-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishda ijtimoiy faollik elementlarini milliy qadriyatlarimiz orqali rivojlantirishda xalqimizning kop yillik ananalari, madaniyati, urf-odatlari, milliy bayramlari, boy qadimiy merosi ozining alohida orni, ahamiyatiga ega.

tải về 22.57 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương