1. Sezgi haqida tushuncha. Sezgi deb atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarining miyamizda aks ettirilishiga aytamiz



tải về 31.5 Kb.
Chuyển đổi dữ liệu17.04.2024
Kích31.5 Kb.
#57263
1. Sezgi haqida tushuncha-fayllar.org


SЕZGI.

1. Sezgi haqida tushuncha.Sezgi deb atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarining miyamizda aks ettirilishiga aytamiz. Odamning tashqi dunyoni idrok qilishi sezgidan boshlanadi. Shuning uchun sezgilar o’z mohiyati jihatidan shaxsning barcha bilimlari uchun asos va manba hisoblanadi. Odam sezgilarisiz tashqi dunyo pridmetlari va voqealarini bilish imkoniyatlaridan maxrum bo’lgan bo’lur edi. Chunki idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va hayol kabi ruhiy jarayonlar sezgilar tufayligina hosil bo’ladi.
Sezgi eng oddiy, birok shu bilan birga, juda muxim psixik jarayondir. Bu barcha bilimlarimizning dastlabki manbaidir. Atrofdagi dunyoni bilish sezgidan boshlanadi.
Sezish – oddiy psixik jarayon bo’lib, moddiy qo’zg’atuvchilarning tegishli repseptorlarga bevosita ta’sir etishi yuli bilan moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning aloxida xususiyatlarini va va shuning bilan birga, organizm ichki xolatining aks ettirilishidan iboratdir. «Sezgi – materiyaning sezgi organlarimizga ta’sir etishi natijasidir».
Sezgilar uz moxiyati jixatidan bir muncha soda psixik jarayon bulishiga qaramay barcha bilimlarimizning asosi va manbayi xisoblanadi. Chunki narsa va xodisalarni aks ettirishning kupchilik kismi sezishdan boshlanadi. Agar sezgilarimiz bo’lmagan tevarak-atrofni narsa va xodisalarni aks ettirishdan ularni bilishdan maxrum bo’lgan bulardik. Sezgi organiga ta’sir etib, sezgini vujudga keltiradigan xar bir narsa qo’zg’ovchi deb ataladi. Uning ta’siri esa qo’zg’alish deb yuritiladi.

2. Sezgilarning nerv – fiziologik asoslari


Sezgilarning hosil bolishi uchun faqat tashqi qozgatuvchining tasiri emas, balki organizmning ozi ham faoliyatda bolishi kerak. Sezgi retseptorga tasir qilib turgan qozgatuvchining maxsus quvvatini nerv jarayonining quvvatiga aylanishidan hosil boladi. Sezgi faqat hissiy organning komponentigina emas, balki faoliyat tarkibidir. Sezgi psixik hodisa bolib, agar javob reaktsiya bolmasa yoki javob reaktsiyasi “mos” bolmasa hosil bolmaydi. Sezgi azolari harakat azolari bilan bogliq. Bu azolar bajaradigan vazifa qolda joylashgan. Sezgi psixik hodisalar kabi reflektor tabiatga egadir. Sezgilarning fiziologik asosini qozgatuvchining oziga adekvat bolgan analizatorga tasir natijasida yuzaga kelgan nerv jarayoni tashqil etadi. Analizator deb, I.P.Pavlov tevarak - atrof vokeligini tahlil qilish uchun organizmning murakkab suratda moslanganiga aytadi. Analizator uch qismdan iborat:
1) Periferik (retseptor) - u tashqi tasirini nerv jarayoniga aylantiradi.
2) Analizatorning periferiya qismini markaziy qism bilan boglovchi afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar, otkazuvchi nerv yollari.
3) Nerv impluslari qayta ishlanadigan analizatorlarning miya po’stidagi qismlar.

3. Sezgilar tasnifi va turlari.


Tasniflash xilma xil boladi. Turli - tuman sezgini qaysi sezgi azolari yordami bilan hosil qilsak, ularni osha azolarga qarab quyidagi turlarga, yani korish, eshitish, hid bilish, tam bilish, teri, muskul harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Sezgi azolari qaerda joylashganligiga qarab uchga tasniflanadi.Sezgilar qaysi a'zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga, ya'ni ko’rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish, teri, muskul-harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi a'zolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi.
Jahon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki ko’rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taalluqlidir. U reseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo’ladi.
Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda reseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya'ni ekstroreseptiv sezgilar;
Ichki tana a'zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda reseptorlari ichki tana a'zolarida, to’qimalarda joylashgan sezgilar, ya'ni interoreseptiv sezgilar.
Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog’lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya'ni proprioreseptiv sezgilar.
Sezgilarning tasnifi va bu boradagi tadqiqotlarni tahlil qilamiz. Dastlabki mulohazalar interoreseptiv sezgilar u borasida rus psixologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoreseptiv sezgilar asl, tub, ma'nodagi sezgilar emas, balki emosiyalar bilan sezgilar o’rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilar to’la o’rganilmaganligi sababli uni "noma'lum hislar" deb atalgan. Bu asosan ichki organlarning xastaliklarida vujudga keluvchi holatlarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.

4. Sezgi turlari.


Ko’rish sezgilari. Inson tomonidan rang va yorug‟likni sezish ko‟rish sezgilari
tarkibiga kirib, uning organi - ko‟z hisoblanib, u ko‟z soqqasi va undan chiqib keladigan ko‟ruv nervlaridan tashkil topgan. Insonning hayoti va faoliyatida kurish sezgilarining roli benihoya katta. Ko‟rish hodisasini vujudga keltiruvchi fizik sabab har xil uzunlikda bo‟lgan elektromagnit tulqinlaridir. Odamning ko‟zi 390 millimikrondan 800 millimikrongacha uzun elektromagnit tulqinlari taassurotini seza oladi. Ko‟z murakkab tuzilgan sezgi a‟zosi bo‟lib, u ko‟z kosasida joylashgan va maxsus ko‟z mushaklari yordami bilan har tomonga burila oladi. Ko‟zimizga ko‟rinadigan har bir narsaning o‟ziga xos rangi bor. Faqat juda tiniq narsalarning rangi yo‟q, shuning uchun ham ular ko‟zga ko‟rinmaydi. Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo‟lib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi bir tondan ikkinchisi esa bir necha tonlardan tashkil topadi. Insonlar uchun eshitish sezgilari katta ahamiyatga ega, chunki nutqni o‟zlashtirish tovushlarni yaxshi eshitish va ularni ajratishga bog‟liq. Ona tilimizda ishlatiladigan tovushlarni kichik yoshdan eshitib, ularga odatlanib qolam iz, shuning uchun ularni bir-biridan ajrata bilamiz va tug‟ri talaffuz qilamiz. Ammo chet tilidagi tovushlarni tez ajrata olmaymiz, ularni talaffuz etishda qiynalamiz, chunki ularga qulog‟imiz o‟rganmagan. Hid bilish sezgilari har qanday narsalarning hidini ongimizda aks ettirish demakdir. Odam to‟rt yuz mingga yaqin turli hidni seza oladi. Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi. Ta’m bilish (maza) sezgilari - shirin, achchiq, nordon, sho‟r singari mazalarni his qilish bilan tavsiflanadi. Ular muayyan turkumga kiritilgan va kiritilmagan xilma-xil turlarga ega bo‟lib, narsalarning, moddalarning nomlari bilan yuritiladi: nonning mazasi, qovunning mazasi kabilar. Maza va hid sezgilari bir-biriga chambarchas bog‟langan bo‟lib, bir-biriga ta‟sir ko‟rsatadi. Qattiq tumov vaqtida ovqatning hidi sezilmagani uchun uning mazasi ham yo‟qday ko‟rinadi. Teri sezgilari tarkibi tuyish va xarorat turlaridan iborat bo‟lib, ularning bunday nomlanishining bosh omili - bu retseptorlarning teri va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidir. Tekkanni sezish yoki taktil sezgilar, terimizga tegib turgan narsani uning silliqligini yoki g‟adur-budurligini his etishdir. Harorat sezgisi issiq-sovuqni his etish demakdir. Harorat sezgisi harorati har xil darajali buyumlarning terimizga bevosita urilib turishidan paydo bo‟ladi. Terimizga tegib turgan buyumning harorati, terimizga nisbatan pastroq bo‟lsa - sovuqni, balandroq bo‟lsa - issiqni sezamiz. Og’riq sezgilari ichki va tashqi a‟zolarimizda bironta o‟zgarishga bog‟liq bo‟lgan xavfli xolatlarni ongimizda aks ettirish demakdir.

5. Organik sezgilar.


Ko'rish sezgisini analizatori ko'zdir.Bu sezgining qo'zg'ovchisi esa yorug'lik hisoblanadi. Ko'rish jarayonining yuzaga kelishi uchun ta'sirlovchi, ya'ni yorug'lik ko'zning to'r pardasidagi retseptorlarga ta'sir etish va ko'rish markaziga borgandagina biz ko'ramiz. Eshitish sezgisini analizatori quloq bo'lib, vazifasi tovushlarni sezishdir. Tovush chiqaruvchi jismdan har tomonga tarqaluvchi to'lqinlari eshitish sezgilarining qo'zg'atuvchisi hisoblanadi, ovoz to'lqinlarining tebrangan havo zarralari orqali quloqka kirishi natijasida eshitish sezgisi vujudga keladi. Ichki quloqda joylashgan eshitish nervining uchidagi reseptorlardan tovush to'lqinlari eshitish orqali bosh miya katta yarim sharlari sohalariga borishi natijasida eshitish sezgisi bo'ladi. Hid bilish sezgisining analizatori bug'in bo'lib, bo'rinbo'shlig'ining yuqori qismida joylashgan hid bilish nervning reseptorlari qabul hid bilish nerv orqali bosh miyadagi hid bilish markazga borgandagina hidni sezamiz. Ta'm yoki ma'za tilda joylashgan reseptorlar orqali seziladi. Teri sezgilari yerdamida oraginzmga biron narsaning tegishi, harorat va og'riq seziladi. Muskullar, pay va bo'g'inlardagi proprioreseptorlar deb ataladigan uchlarining tana harakati vaqtidagi qo'zg'alishi natijasida muskul harakat sezgilari paydo bo'ladi. Bu sezgilar odamga o'z organizmidagi barcha qismlarning holati va harakatlarini bilishga imkon beradi. Buning natijasida odam gavdasidagi har bir harakatni bilishga imkoni beradi. Organik sezgilarga ochlikni, chanqashni, ko'ngil aynishini, ortiqcha to'qligini va shu kabilarni sezish kiradi, ya'ni organizmlarining ichki holatini aks ettiradi. Organik sezgilarining sezuvchi nervlari ichki a'zolarining devorlari ham boshqa to'qimalarda joylashgan reseptorlari orqali taa'ssuroti seziladi. Barcha sezgi turlarida adaptasiya hodisasi mavjud bo'lib, organizmning har qanday sharoitda ham tashqi muhitning o'zgarishlariga va taa'ssurotlariga moslashish, ko'nikish imkoniyatlarini beradi. Sezgilar doimo ta'sirning kuchiga bog'liq bo'ladi, shuning uchun sezgilar ma'lum chegara ichida hosil bo'ladi.Sezgilar doimo bir-biriga ta'sir etadi va o'zaro munosabatda bo'ladi. Analizatorlarning sezgilari insonning mehnat faoliyati jarayonida shakllanadi va takomillashadi.
tải về 31.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương