Xalqaro Nordik Universiteti 5-mmt-23- guruh 1-kurs talabasi Yuldasheva gulshodaning



tải về 1.8 Mb.
trang1/4
Chuyển đổi dữ liệu15.12.2023
Kích1.8 Mb.
#56010
  1   2   3   4
Yuldasheva gulshoda bolalar psixologiyasi taqdimot
Yuldasheva Gulshoda rus tili taqdimot

Xalqaro Nordik
Universiteti 5-MMT-23- guruh

1-kurs talabasi
Yuldasheva gulshodaning
“Bolalarni psixologiyasi ’’
fanidan tayyorlagan
TAQDIMOTI
Mavzu:Qobiliyatlar tuzilishi.
Reja:
1.Qobiliyat tushunchasi.
2. Qobiliyatlarning tuzilishi.
3. Qobiliyat turlari.
Qobiliyat ’ insonning individual salohiyati,imkoniyatlari. Qobiliyat bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, Qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobiliyat koʻnikma, malakadan farq qiladi. Qobiliyat insonga berilgan inʼom sifatida qaraladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobiliyat aynanlashtiriladi. Qobiliyat inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday qobiliyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʻlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun qobiliyat deganda birorta xususiyatning oʻzini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha qobiliyat uchun tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni fahmlash, obyektdan u yoki bu alomatlarni koʻra bilish, ajrata olish koʻnikmasidir. Qobiliyatning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʻlishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʻpincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi. Zehn nishonalari deganda qobiliyat ichki imkoniyatlarining tabiiy asosini tushunish lozim. U ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir. Qobiliyat umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobiliyat deganda yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobiliyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. Qobiliyatni maʼlum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniqlash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish, qobiliyatni takomillashtirishning maxsus vositalarini qoʻllash, shaxsning faollik alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida yondashuvni umumiy talablar bilan uygʻunlikda olib borish va boshqa orqali rivojlantirish yoʻllari mavjud. Qobiliyatning yuqori darajasi isteʼdod va daholik (qarang Daho) namoyon boʻladi. Qobilyatlar, aslida, tug'ma bo'ladi. Qobiliyat tug‘ma bo‘lsada uning rivojlanishi ijtimoiy muhitga ham bog‘liq bo‘ladi
Shaxs egallashi shart hisoblangan faoliyat, u xoh ta‘lim, xoh mehnat, xoh o‘yin, xoh sport bo‘lishidan qat‘iy nazar, uning bilish jarayonlariga, aqliy hislatlariga, sensamator sohasiga, haraktereologik xususiyatlariga muayyan talablar qo‘yadi va ularning hamkorlikdagi sa‘iharakatlari tufayli muvafaqqiyatlarga erishiladi. Psixologik ma’lumotlarga qaraganda, insondagi yuksak ko‘rsatkichga erishgan sifat harchand ustivorlikka ega bo‘lmasin, u talablarni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Ayrim xollarda alohida namoyon bo‘lgan psixik xususiyat (hislat) faoliyatining yuksak mahsuldorligi va samaradorligini ta’minlash qurbiga ega, u qobiliyatlar uddalay oladigan imkoniyat bilan bab-baravar kuch quvvat tariqasida vujudga keladi, degan faraz o‘zini oqlamaydi. Shuning uchun qobiliyatlar murakkab tuzilishiga ega bo’lgan psixik sifatlar(hislatlar) majmuasidir deyish juda o‘rinlidir. Qobiliyatlar sifatida ro‘yobga chiqadigan psixik hislatlar majmuasining tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgilanganligi tufayli har qaysi turdagi faoliyatlar uchun o‘ziga xos tarzda quyilishi to‘rgan gap. Buning uchun ayrim misollarni tahlil qilib o‘tamiz: 1) Matematik qobiliyat: matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish matematik ish-amallarni kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o’rtasida aloqa o’rnatish, to’g’ri va teskari fikr yuritishdan engib o’tishlik, masala echishda fikr yuritishning epchilligi kabilar; 2) Adabiy qobiliyat: nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, xotirada yorqin ko‘rgazmali obrazlarning jonliligi, ’til zehni, behisob hayolot, ruhiyatga qiziquvchanlik, o‘zi ifodalashga intiluvchanlik va boshqalar. Ajratib qo‘rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko’rinib turibdiki, matematik va adabiy qobiliyatlar o‘zaro birbiriga o‘xshamagan talablarni qo‘shgan holda tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik, musiqaviy, texnik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va shunga o‘xshash qobiliyatlar tuzilishi maxsus xususiyatga ega bo’lib, kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin. Yaqqol qobiliyatlar tuzilishini tashkil qiluvchi shaxsning hislatlari, fazilatlari orasida ma’lum turkumi etakchilik, ustuvorlik qilsa, ayrimlari yordamchilik vazifasini bajaradi. Ma’lumki, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida etakchi hislatlar sifatida pedagogik odob(takt), bolalarni sevish, o’quvchilar jamoasini tashkil qilish va uni boshqarish, kuzatuvchanlik, talabchanlik, bilimlarga chanqoqlik, bilimlarni uzatishga o‘quvchanlik va shunga o‘xshashlar tan olinadi

tải về 1.8 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương