Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



tải về 1.25 Mb.
trang9/19
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2018
Kích1.25 Mb.
#36917
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19

Erkin Vohidov


ashg’ulotingizni salom –

alikdan keyin quyidagicha

boshlayversangiz bo’ladi:

Milliy g’urur xalqning qadr –

qimmati, boy tarixi va an’analari,

madaniyati va ma’naviyati, tili va

dini, dunyoga mashhur buyuk siymolar, tabiati, uning yer osti va yer usti boyliklari va shu kabilari bilan faxrlanish hissidir. Bu har kimga ham nasib qilavermaydi. E’tibor bering-a mahallangizdan bir buyuk siymo elga tanilgan bo’lsa, uni odamlar o’ziga yaqin olib bizga qarindosh (vaholangki u begona bo’lsa ham) bo’ladi deydi va aksincha mahallangizdan bir kishi yomon otli bo’lsa, u sizga qarindosh bo’lsa ham uni tanimaslikka olasiz.

Vatanimiz ham tarixan, ham zamonaviy jihatdan boy ma’naviy va moddiy merosga ega. Shu sababli bolalarni quyidagidek so’zlar bilan ardoqlab tarbiyalash kerak:



  • sen tarixi boy, ulug’ millatning farzandisan (bungga bolalarga mos qilib ma’lumotlar keltirib yuborish kerak);

  • sen ulug’ mutafakkirlar, allomai zamonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalagan bobokalonlarimiz avlodisan;

  • sen “buyuk ipak yo’li”da joylashgan xalqlar davomchisisan;

  • sening yurting yer osti va yer usti boyliklari bo’yicha ham boy, sen unga munosib bo’lishing kerak va sen bularni yanada boyitishga mas’uldirsan;

  • o’zbek xalqi boy ma’naviyatli va vatanparvar xalq va sen unga sodiq bo’ladigan farzandsan;

  • o’zbek xalqi vatangga sadoqatli xalq, u har qanday bo’ronlaru – to’fonlardan eson - omon o’tib kelayotgan xalq, sen unga munosib bo’lishing kerak;

  • o’zbek xalqi imoni butun, vatangga sadoqatli va mehmondo’st xalq, sen unga xos va mos bag’rikeng bo’lib shakllanishing kerak;

  • o’zbek halqi odamiylik dini birla, toza imonli xalq, sen uning davomchisi bo’lishing uchun bag’ring keng, imoning butun, xalq farovonligini va yurt tinchligiga qayg’uruvchi inson bo’lishing kerak;

  • sen istiqlol farzandisan, endi uni mustahkamlash sening vatan oldidagi burching;

  • bugungi o’zbek xalqi sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalab, ular orqali jahongga yuz tutishni o’ylagan ezgu niyatli xalq, seni ko’klarga ko’tarishni xohlagan xalq, sen bungga nima deysan? Sen bungga bor imkoniyating va vujuding bilan labbay deb javob berishing kerak. Bu sening Ona vatan oldidagi farzandlik burching va bu burch insoniylik nuqtai nazaridan ham, vatanparvarlik nuqtai nazaridan ham muqaddasdir.

Mana shular emasmi barkamollikni belgilovchi omillar, ular salmog’i ila ma’naviy kamolotni aniqlash mumkin. Shu sababli ham ularni ma’naviy kamolot mezoni, deb atadik.

Biz o’ylaymizki, mashg’ulotga oid didaktik materiallar xohlagancha topiladi. Bu mashg’ulotda yuqorida bolalarga qarata qilingan chaqiriqlarning o’zi yetarli bo’ladi.

Mashg’ulotingizda bolalarga jannatmakon yurt, o’zbek halqi bag’rikeng va mehnatkash xalq, yigitlari tanti va qizlari dilbar, xullas o’zbek xalqi yer yuzidan boshlab samogacha ma’lum va mashhur (Samoda allomalarimiz nomlari yulduzlarga qo’yilgan) xalq ekanligini singdirgan bo’lsangiz, siz bitta katta xayrli ishni amalga oshirdingiz.

30. Mehr ko’rsatib, muruvvat qil.

M


Saxiy kishining taomi shifodir”.

(“Hadis”)

ashg’ulot davomida har

bir inson mehr va muruvvatni

nafaqat o’z yaqinlarimiz (ota –

onamiz, qarindosh-urug’imiz)ga,

balki uni xalqimizga, ya’ni mehrga muhtoj, muruvvatga zor odamlarga ham qilishligi lozimligini o’qtirmoq kerak. Xalqimizdagi mehr - oqibatlilik buyuk insoniy sifat ekanligini va uni avaylab - asrash hamda unga amal qilish mustaqil yurtimiz bolalari uchun ham farz, ham qarz ekanligini bolalarga o’qtiraverishimiz kerak. Bunda ota-bobolarimiz o’gitlari ta’sirchan vosita bo’ladi. Ular quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:



* * *

“Rivoyatlarda aytilishicha, bir kuni Iskandar Arastudan so’rabdi:

-“Dunyoning saodati nimadandir?”

Arastu shunday deb javob qilibdi:

-Mehr – muhabbat, mehr - oqibat, mehr - muruvvatdan. Zero, bu lutflarning zamirida bir so’z yotibdiki, u bularning onasi. Bu – mehr.

-Bu so’zning qudrati nimadan? – yana so’rabdi Iskandar.

-U odamlarga bir umr ruhiy kuch ato etadi. Begonalarni yaqinlashtiradi. Bu dunyoda yaxshilik urug’i unib chiqishiga doyalik qiladi”. [19. 86-87 b.].

* * *

“Mehrli inson bo’lsang, hayot senga kuladi.

Yurtingga xizmat qilsang, Omad senga kuladi.

Savob qilmay, mehr etmay muruvatni izlama.

Ardoqsiz, muhabbatsiz, hayotda sen yashama”. [19. 85-b.].

* * *

“Yer ostida qolgan boylikdan, yashiringgan oltindan va bekitilgan ilmdan foyda yo’q”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Sog’lom avlodni tarbiyalash – buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish degani”.



Islom Karimov

* * *

“Jajji chumchuqlarga ozor bergan bo’l

Kaslardan Ollohim oldi zo’r qasos!

Sen mehr ko’rsatgil umringda, butkul

Dunyo qasos uchun topmasin asos”.

Kalonxonov M., Kalonxonova M.

Ushbu mashg’ulotingizda qariyalar uyi, mehribonlik uyi, yetimlar, mayibu – majruhlar va shu kabilar haqida ham ma’lumot bering va ular ham xuddi sizu biz kabi Ollohning bandasi ekanligini o’qtiring.

Mashg’ulotingizni quyidagi fikrlar bilan yakunlang: hayotda mehrli bo’laylik; hayotda yaxshi so’z ham bir sadaqa; hurmat qilsang hurmat ko’rasan; izzat qilsang, izzat ko’rasan va xullas mehr bersangina mehr topasan, muruvvat ko’rsatmay uni izlama.

3
Hunar oshxo’rga osh, nonxo’rga non bеradi”.

(“Xalq maqoli”)


1. Hunar odamni boqadi.

Yoshlarga bilim va hunarlar

haqida yoshligidanoq tushuncha

berib borish kerak. Ular bu

orqali oilada va bog’chada turli

kasb-hunarga oid o’yinlar o’ynaydi va o’zlari havas qilgan hunarlarning mashhur kishilariga taqlid qiladilar. Bog’chada esa bunga o’yinchoqlar yordamida keng imkoniyatlar bor, chunki, bolalarning o’yinlarida ko’pincha chuqur ma’no yotadi. Bu borada donishmandlar va hozirgi kundagi ulug’ insonlar fikrlari va turmush tarzi haqidagi ma’lumotlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Bolalarga kimki o’z kasbu hunarini xor qilsa, unda baraka bo’lmasligini va hyech qachon hurmatli inson bo’la olmasligini qayta va qayta tushuntirish kerak. Mavzu nomini bolalarga har taraflama chuqur tushuntirish kerak va bunda ular hunar egallash bilan yuqori martabalarga erishish mumkinligini tushunsin.

Mashg’ulotga oid didaktik materiallar:



* * *

“Otam-onam o’tin terib, o’tin sotib meni boqqan, ulg’aytirgan. Ota-onamning terib kelgan o’tinidan qozonini qaynatgan, yetim-yesir duo qilgan ularni. Ota-onamning terib kelgan o’tinidan vayronasi, kulbasi isigan...”



Abu Rayxon Beruniy

* * *

“Hunar – bu tuganmas zarga o’xshaydi,

Hunarsiz misoli xorga o’xshaydi.

O’qi, hunar o’rgan desang eshitmas,

Kimsaning qulog’i karga o’xshaydi”.

Kalonxonov M., Kalonxonova M.

* * *

“Mehnat orqali bolalaringizda tejamkorlik hissini shakllantiring”.



(“Donolar nasihati”)

* * *

“Faqat mehnatgina hayot safosini surish huquqini beradi”.



N.A. Dobrolyubov

* * *

“Kasb, kasb tubi nasib”.



(“Xalq maqoli”)

* * *

“Ota kasb - oltin kasb,

Ota kasb – davlat kasb,

Ota kasbi qorin to’yg’izar”.



(“Xalq maqoli”)

* * *

“Ota kasbi o’g’ilga halol,

Ota hunari bolaga meros”.

(“Xalq maqoli”)

Shu mashg’ulot orqali bolalarga tejamkorlikka va mehnatga nisbatan ongli munosabatda bo’lishni, kasb – hunarni hurmat qilishni o’rgata olsangiz, bolalarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga katta hissa qo’shgan bo’lasiz.



3
Milliy urf-odatlar, an'ana va marosimlar o’zbеkning o’zligi-dir”.

(“Xalq hikmati”)

2. Milliy qadriyatlar.

Bu mashg’ulotda quyidagi

milliy jihatlarga ko’proq

e’tibor bering.



Qadr – bu inson uchun

ahamiyatli bo’lgan hamda insonning umuminsoniyligini ko’rsata oladigan

axloqiy tushuncha. Shu sababli ham inson uchun qadrli bo’lgan barcha narsalar qadryat deb ataladi.

O’zbek xalqimizga tegishli va uning qadr-qimmatini ulug’lovchi milliy urf-odatlar, an’ana, marosim va bayramlar o’zligimizni namoyon qiluvchi asosiy ma’naviy meroslarimizdir.

An’ana – tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga keladigan, avloddan – avlodga meros bo’lib o’tadigan, kishilar ma’naviy hayotiga ta’sir ko’rsatadigan ma’naviy hodisadir” [28. 254 – b.].

Urf – odatlar – bu xalqimizning turmush tarziga aylangan, umumomma tomonidan tan olinggan va unga mos faoliyatni amalga oshirishdagi xatti-harakatlar hamda qoidalarning amaldagi foydasidir. Ular: salomlashish, mehmondorchiliklarda, uy va jamoatchilik joylarida tozalikka e’tibor berish, milliy bayramlarga munosabat, qariyalarni hurmatini joyiga qo’yish va ularga mehribonlik ko’rsatish, qiynalgan odamlarga yordam ko’rsatish, hashar, to’ylarni birga o’tkazish kabilarda yaqqol ko’zga tashlanadi.

Marosim – inson hayotidagi muhim sanalarni nishonlashga qaratilgan rasmiy va ruhiy ko’tarinkilik vaziyatida o’tadigan, umum qabul qilgan tartib qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi”. [28. 255 – b.].

Marosimlar: ism qo’yish; nikohdan o’tish; xotira va qadrlash; dafn etish; ekin ekish; urug’ qadash va shu kabilar.

Ma’lumki, o’zbek xalqi hayotida ham hozirda ko’plab ijtimoiy va shaxsiy hamda oilaviy an’ana, marosim va bayramlar yuzaga kelmoqda, shuningdek, “An’anaviy bayramlar” ham ommaviy tus olmoqda.

Mashg’ulotga oid didaktik materiallar:
* * *

“An’ana o’ziga xos ijtimoiy hodisa bo’lib, u kishilar ongiga singib ketgan va umumomma va ma’lum guruh tomonidan tan olinggan hamda tartib qoidalar majmuidir”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Har qush o’z ovozidan shodlanadi”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Amaldorga el aytsa raxmat,

Baxt, shodlikka to’lib ketadi.

El qarg’asa bir kuni, albat,

Ming azobda o’lib ketadi”.

Kalonxonov M., Kalonxonova M.
* * *

“Sovg’aning bo’lmaydi katta-kichigi,

U inson mehrining nishonasidir.

Sovg’asiga qarab bermagin baho,

Oddiy gul sovg’aning shahonasidir”.

Kalonxonov M., Kalonxonova M.

* * *

“Inson zoti borki begona emas,

Bari bir otaning qavmi, bilsangiz.

Mehru oqibatli bo’ling har nafas,

Qadr topadirsiz, qadr qilsangiz”.

Kalonxonov M., Kalonxonova M.

* * *

“Dunyoda topayin desang omonlik,

Birovga zarracha qilma yomonlik”.

Muhammad Jabalrudiy

Biz bolalarimizni nafaqat oila uchun, balki umumomma (bog’cha, maktab, o’rta maxsus o’quv yurtlari, oliy o’quv yurtlari va undan keyingi hayot uchun ham) uchun ham milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq qilib tarbiyalashimiz kerak. Shu ma’noda, MTM ham muhim tarbiya maskanidir.

Mashg’ulotlarda milliy urf-odatlarimiz, qadryatlarimiz va an’analarimizni hamda ularning mazmun - mohiyatini bolalarimiz ongi va qalbiga singdirib borish insoniylik burchimizdir.

3
Do’st mingta bo’lsa ham oz,

Dushman bitta bo’lsa ham ko’pdir”.

(“Otalar so’zi”)

3. Inoqlik xayot lazzati.

Oilada va jamoada inoqlikni

qaror toptirish uchun quyidagi

qoidalarga e’tibor berish kerak:

katta yoshdagi bobo va buvilarning

hurmatini joyiga qo’yish, ular maslahatlariga rioya qilish; guruhdagi o’rtoqlari bilan munosabatida o’zaro hurmat bo’lishiga erishish; ustozlarining (murabbiy va tarbiyachilarining) hurmatini qozonish; sharqona pand-nasihatlarga va hikmatlarga doimo e’tibor berish; milliy urf-odatlar va milliy qadryatlarga e’tibor berish; turli tadbir va bayramlarni birgalikda o’tkazishni tashkil etish; tarbiyada bolalar yoshlari va qiziqishlarini e’tiborga olish; bolalarni mustaqil fikr yuritishga, o’zlarining burch va vazifalarini bajarib borishlarga o’rgatib borish; o’g’il bolalarni o’zlariga mos hunarlarga, qizlarni esa o’zlariga mos chevarliklarga o’rgatib borish va shu kabilar.

Bular mashg’ulotlaringiz diqqat markazida bo’lsa, juda ham yaxshi bo’lar edi.

Mashg’ulotga oid didaktik materiallar:



* * *

“G’amning davosi do’stlar diydorini ko’rish”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Odamlar orasida chaqimchilik va bo’xton gaplarni tarqatishdan saqlaning”.



(“Hadis”)

* * *

“Omonatga xiyonat qiluvchida iymon yo’q, ahdida turmaydiganlarda diyonat yo’q”.



(“Hadis”)

* * *

“Bolalikka buyuk hurmat ehtirom bilan qarash lozim”.



Yuvenal

* * *

“Bola qalbining eshigini ochuvchi kalit adolatgo’ylikdir”.



R. Usmonov

* * *

“Kishi uchun o’z bolasiga odob bermog’i uning bir sa’i-sadaqa berganidan yaxshidir”.



(“Hadis”)

* * *

“Bolalaringizga yaxshilikni singdirib o’stiring, unga baxtni faqatgina shu beradi”.



L. Betxoven

Mashg’ulotingizda bolalarga yaxshi, muloyim, maqsadga muofiq o’zaro munosabatda bo’lishni, ota-onalarning bolalari bilan o’zaro yaqin munosabatda ma’naviy yaqinlik kerakligini tushuntira olgan bo’lsangiz, mashg’ulotingiz samarali kechgan bo’ladi.



3
Minnat erur jirkanch bir illat,

Bu illatga yo’liqqan – nokas.

Minnatli osh misoli kulfat, Ichma uni zaxardir, abas”.

Kalonxonov M., KalonxonovaM.

4. Illat illatni chaqirar.

Ma’lumki, har qanday

kishida muhim bir bezak bor.

U insondagi aql va unga mos

odob go’zalligidir. Ushbu

go’zallik kishiga hayotda o’z o’rnini

topishda muhim ma’naviy asosdir. Ammo, ming afsuslar bo’lsinkim, yoshlar orasida illatlar botqog’iga botib qolib, “Ma’naviy qashshoq”larga aylanib qolayotganlari ham yo’q emas. Mana illatlarning turlari qatoriga e’tibor bering.



  1. Yolg’onchilik – yomon illat.

  2. Yolg’onchilik - qabih illat.

  3. Yolg’onchilik – iymonsizlik.

  4. Chaqimchilik – illat.

  5. Minnat – g’oyat jirkanch illat.

  6. Insonning tanbal bo’lishi – illat.

  7. Insonning takabbur bo’lishi – illat.

  8. Batfe’llik – illat.

  9. Manmanlik – imon kushandasi – illat.

  10. Mansabparastlik – illat.

  11. Minnat – illat.

  12. Ochko’zlik – ofat – illat.

  13. Loqaytlik – illat.

  14. Manqurtlik – illat.

  15. “Ma’naviy qashshoqlik” – eng yomon illat va shu kabilar.

Bunday illatlar qatorini yo’nalishma-yo’nalish qilib ham yozib chiqish mumkin. Bu illatlar qatoriga e’tibor beradigan bo’lsak, ularning bittasiga mubtalo bo’lgan kishi, albatta, ikkinchisi, uchinchisi va keyingisiga ham mubtalo bo’lishi tabiiy. Bugungi yoshlarimizda bunday illatlarning bo’lishini oldini olishimiz kerak va buning uchun esa ularni yoshligidanoq (oilada va bog’chada) shu kabi illatlarga yo’liqishdan xushyor bo’lishimiz kerak.

Mavzuga oid didaktik materiallar:



* * *

Xasislik, ziqnalik yomon - illat!

“Xasislik, ziqnalik yomon odatdir,

U bir falokatdir, bir kasofatdir.

Ziqnadan uzoq yur, saxiyga yondosh,

Xotamlik toledir, xasislik ofat!”

Kalonxonov M., Kalonxonova M.

* * *

Dilozorlik – illat!

“Yaxshi niyat bilan kelsa gar kishi,

Ko’nglini og’ritma, bermagin ozor.

Niyati pok kishining qutlug’dir ishi,

Bilgil, dilozordan Xudoyim bezor.”

Kalonxonov M., Kalonxonova M.

* * *

Yolg’onchilik – qabix illat!

“O’zingni chin inson deb bilsang agar,

Faqat rost so’zlarga ko’nglingni ochgil.

Rost so’zda hikmat mo’l, u koni samar,

Yolg’on so’z do’zaxga boshlaydi, qochgil!”

Kalonxonov M., Kalonxonova M.

* * *
Tanballik – illat!

“Kambag’allik tanballik samarasi”



(“Otalar so’zi”)

* * *

Yolg’onchilik – yomon illat!

“Yolg’on va’da berish bekorga dushman orttirishdir”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

Dangasalik – illat!

“Ko’p yotish xastalik keltiradi”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

Egrilik – buzg’unchilik asosi – yomon illat!

“To’g’ri bo’lsang o’sib-o’sib gul bo’lasan,

Egri bo’lsang bora-bora kul bo’lasan”.

(“Otalar so’zi”)

* * *

Minnat – jirkanch illat!

“Qilgan yaxshiligini minnat qiluvchi va kishilarga la’nat aytib yuruvchi va og’zi beposhna hamda uyatsiz odamlar mo’min odamlar emaslar”.



(“Hadis”)

* * *

Isrofgarchilik – tejamkorlikning ofati bo’lgan illat!

“Yenglar, ichinglar, kiyininglar, sadaqa qilinglar, ammo isrof qilmanglar, mag’rurlanmanglar!”



(“Hadis”)

Mashg’ulotingizda bolalarga illat illatni chaqirishiga yo’l qo’ymaslik, agarda moboda ularning elementlari uchrab qolsa, (o’rtoqlarida ham uchrab qolsa ham) darhol u haqda ota-onalari yoki ustozlari bilan maslahatlashish lozimligini o’qtirish kerak. Ular ongiga “Aybni e’tirof etish aqlli kishining ishi” (“Otalar so’zi”) ekanligini singdirish kerak.



3
Sog’lom avlodni tarbiyalash – buyuk davlat poydеvorini, farovon hayot asosini qurish dеgani.”

Каталог: uploads -> books
books -> Tầm Quan Trọng Của Tâuhid & Sự Nguy Hiểm Của Bùa Ngải ] Tiếng Việt Vietnamese فيتنامي [
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab
books -> Chữa Bệnh Bằng Những Lời Niệm Chú Từ Qur’an Và Sunnah
books -> حصن المسلم Husnun Al- muslim
books -> Bạn Biết Gì Về Shi’ah (Shiite – Si-ai)?
books -> Riyadh Saaliheen (Những Ngôi Vườn Của Những Người Ngoan Đạo) Chương Sabr (Kiên Nhẫn)
books -> Ương Haj Các Sai Sót Khi Hành Hương Haj
books -> Dịch Thuật: Abu Hisaan Ibnu Ysa
books -> Kế Hoạch Cho Gia Đình 30 dự án hữu ích cho cá nhân, gia đình và cộng đồng trong tháng Ramadan
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab Tiểu sử và sự tuyên truyền của ông

tải về 1.25 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương