Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



tải về 1.25 Mb.
trang17/19
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2018
Kích1.25 Mb.
#36917
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

Katta qizi: “Ko’rdilaring kutilmaganda mehmon kelib qoldi. Sizlar bor narsalarni tayyorlab turinglar. Menda dadam bergan pullaridan tejab saqlab qo’yganlarim bor edi. Bu pulga tezda dasturxonga qo’yadigan narsalar olib kelaman”.

O’rtanchi qizi: “Opajon to’g’ri o’ylabsiz. Menda ham xuddi siz kabi tejagan pullarim bor. Uni qo’shib birga bozor qilib keling. Shu bilan dadam bilan ayamni noqulay holatdan qutiltiramiz”.

Kichkina qizi: “Unday bo’lsa opajon to’xtab turing. Menda ham ko’p bo’lmasa ham ozroq tejagan pulim bor. Uni qo’shib tezda bozor qilib kelaqoling! Biz dasturxonni tayyorlab turamiz”.

Natijada dasturxon noz – ne’matlarga to’lib qoldi. Va ularning ota – onalarining chehrasi yorishib, mehmonlar bilan suhbatni qizitib yubordi.



Oilaviy tahlil: Mehmon ketishi bilan Anvar aka va Hilola opalar oshxonaga o’tib, qizlariga “Shuncha narsani bir pastda qayerdan va nima hisobiga olib keldilaring”, - deb murojaat qildi. Shunda qizlar bo’lgan voqyeani so’zlab berdi.

Shundan keyin ota – onalar o’zida yo’q xursand bo’lib, qizlariga o’z minnatdorchiligini bildirdi va Anvar aka dedi: “Qizlarim baraka topinglar, bizni juda katta noqulay vaziyatdan qutqardilaring. Baraka topinglar, sizlardan xursandman”.

Hilola opa ham o’zida yo’q xursand bo’lib, “Dadajonisi sizga rahmat, qizlarimizni aqlli, tadbirkor va tejamkor qilib tarbiyalashimizda Sizning ibrat – namuna bo’lishingiz mana bugun o’z isbotini topdi. Bundan butun oila a’zolarimiz bilan hursandmiz.

Qizlarim sizlardan xursandmiz. Ishonchimiz komilki, Sizlar kelajakda har biringiz aqlu – dono va baxtli insonlar bo’lasizlar”.


TO’RTINCHI MASALA: Oilada imtihon.

Anvar aka o’g’lini sinab ko’rish maqsadida unga murojaat qildi: O’g’lim ikki qo’limda ham pul bor. O’ng qo’limda 1000 (ming) so’m qog’oz pul va chap qo’limda esa 1000 (ming) so’m tanga pul. Senga qaysi qo’limdagi pulni bersam, deb o’ylab turibman. Seningcha qaysi qo’limdagi pulimni berganim ma’qul.



Javoblar: a) Dadajon menga hyech qanaqa pulni berishingiz shart emas. Hamma kerakli narsalarimni o’zingiz olib kelib berayapsiz – ku!

b) Dadajon men Sizni juda yaxshi ko’raman, bilaman Siz judayam saxiysiz. Qog’oz pullaringiz ichiga tanga pullarni o’rab bera qoling!

v) Dada qog’oz pullaringizni bera qoling. Ishlatishga qulay.

Tahlil: a) Anvar aka: Ollohga shukur, bolamni tarbiyalashim yaxshi ekan.

b) Anvar aka: Farzandimni ochko’z qilib tarbiyalab qo’yibman – ku. Endi nima qilishim kerak ... .

v) Anvar aka: Farzandimni yengil holatlarni tanlaydigan qilib qo’yibman – ku. Bundan uning dangasalikka mubtalo bo’lib kelayotganligi sezilmoqda. Tezda buning oldini olmasam farzandim loqayd bo’lib qoladi.

Hurmatli murabbiylar bu masalalar tahlili albatta bola tarbiyasida ijobiy samara beradi. Tahlil paytida hyech ham bitta yoki ikkita bola fikrini eshitish bilan chegaralanib qolmang! Va ayniqsa, bolalarning fikrini eshitib bo’lib, uning fikrining to’g’ri yoki noto’g’riligini ikkinchi bir boladan, uchinchi boladan so’rang hamda to’g’ri fikrni ularga ma’qullatib oling.

Tarbiyaviy masalalar tuzib kelishni ularga vazifa ham qilib bering, uni keyingi mashg’ulotingizda muallifni e’lon qilib, masala tahlilini o’tkazing.

3.5.2. “Ma’naviyat saboqlari” bo’yicha bahslar o’tkazishga oid didaktik materiallar

M


Sog’lom bahs bolalarni noziklantirishga emas, balki ularni aqliy chiniqtirishga, mashq qildirishga, ularning faolligini oshirishga xizmat qilishi kеrak”.
Xolbo’ta To’raqulov

TMda bolalarning o’zaro munosabatlarini yanada yaxshilash, bir – birlariga tezlik bilan ko’nikishlari uchun ba’zida bolalar o’rtasida sog’lom munozarali bahslarni tashkil etib turilsa bola tarbiyasi yanada samarali kechadi. Bunga sabab bahslar bolalarni o’z fikrlarini charxlab olishiga, hayotga va turli vaziyatlarga bo’lgan

munosabatlarini aniqlab olishga katta yordam beradi. Bahs mavzularini murabbiy yoki tarbiyachi va ayrim hollarda bolalarning o’zlari ham taklif etishi mumkin. Tanlangan mavzular bolalarni bahsga chorlovchi, muammoli, qiziqarli bo’lishi kerak, aks holda bahs davomida bolalar o’z fikrlarini bayon eta olmaydilar yoki bahsga qo’shilib o’z fikrlarini isbotlashga urinmaydilar.

Sog’lom bahsning ahamiyati shundaki, bolani bahs jarayonida ba’zi noto’g’ri fikrlarga qarshi kurashishga o’rgatadi va noaniq fikrlarga aniqlik kiritishni bola aynan bahs jarayonida amalga oshiradi. Shuningdek, bola atrofdagi bo’layotgan voqyealarga ongli ravishda qarab ularni to’g’ri sharhlashga, bahs jarayonida o’z fikrida qat’iy tura olishga, har bir fikrni to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini aniqlab olishga hamda o’rtoqlari bilan suhbat qilish, bahslashish, o’z fikrini boshqalarga o’tkaza olish, ta’sir eta olish madaniyatiga o’rgatadi.

MTM da bahslar o’tkazishga alohida tayyorgarlik ko’rish lozim bo’ladi. Tayyorgarlik ko’rishda quyidagi ishlarga ko’proq e’tibor qaratish lozim:



  • bahs mavzusini tanlash;

  • bahsdagi maqsad va vazifalarni belgilab olish;

  • bahsning qismlarini va unga mos keladigan savollar ketma – ketligini aniqlab olish;

  • bolalarga bahs davomida muhokama qiladigan savollarni to’laroq yoritishga yordam bera oladigan qo’shimcha materiallar (hikoyat, rivoyat, hikmat, multfilm, videofilm va shu kabilar)ni tayyorlab qo’yish;

  • bahsni tashkillashtiruvchi (uyushtiruvchi) murabbiy va tarbiyachilarni (ayrim hollarda bolalarning o’zlaridan) tayyorlash;

  • bahs o’tkazadigan joyni mavzuga mos holda jihozlash.

Ushbu jarayonda bahsni olib boruvchilar (murabbiylar, tarbiyachilar, bolalar) oldida qator vazifalar turadi. Ularni taxminan quyidagilardan iborat, deb atash mumkin:

1. Boshqaruvchi xayolan mashg’ulot jarayonini o’zida oldindan loyihalashtirib olish kerak.

2. Boshqaruvchi bahslashishdan oldin qanday fikrlarni aytishni, ya’ni mashg’ulotning kirish qismini bayon qlishni rejalashtirib olish kerak.

3. Boshqaruvchining fikrini aniq, tushunishga oson va fikrlari bir – birini to’ldirib borishi kerak hamda beriladigan savollar mantiqan uzviy ketma – ketlikda bo’lishi kerak.

4. Boshqaruvchida o’zining fikrlarining to’g’riligiga, haqqoniyligiga, hayotiyligiga va bolalar yoshiga mosligiga aniq xulosaviy fikr bo’lishi kerak.

5. Boshqaruvchi faqat hayajonga soladigan fkrlar bilan chegaralanmasligi kerak va mashg’ulot jarayonida faqat aniq fikrlar bilan mashg’ulot o’tkazish kerak.

6. Boshqaruvchi hyech qachon o’zi bilmagan, o’zi ishonmagan fikrlar bilan bahsga kirishmasligi kerak, aks holda boshqaruvchi bolalar oldida o’z obro’yini yo’qotadi.

7. Boshqaruvchining o’zi xato fikr bildirgan bolaning ustidan hyech qachon kulmasligi, bolalarga ham o’sha bolani masxaralashga yo’l qo’ymasligi lozim.

8. Boshqaruvchi bahs davomida fikrlarning takrorlanaverishiga yo’l qo’ymasligi kerak.

9. Boshqaruvchi yangi fikr bildirgan bolani o’sha paytdayoq olqishlab (barakalla, yasha, juda yaxshi degan so’zlar bilan) qo’yish kerak.

10. Boshqaruvchi bahs jarayonida nutq madaniyatiga, ayniqsa muloyim muomalaga qattiq e’tibor berish kerak.

11. Boshqaruvchi bahslashuvchilar shaxsiga hurmat bilan qarash kerak.

12. Boshqaruvchi dastlab bolalarga bahslashuv madaniyatini: navbat bilan gapirish, ruxsat so’rab gapirish, biri ikkinchisining gapini bo’lmasligi, har xil yoqimsiz qiliqlar qilish va kabilarni tushuntirishi kerak.

O’tkaziladigan bahs mavzularini tuzishda asosan “Ma’naviyat saboqlari” ruknidan chiqib ketmaslik kerak. Ular turli xildagi bolalar va yoshlar hayoti hamda jamiyatimizning ba’zi bir jihatlari haqidagi asarlar, gazeta va jurnallardagi maqolalar bo’lishi mumkin.

Quyida ulardan ba’zilarining nomlarini keltiramiz:

1. Madaniyatli inson deb kimni aytsa bo’ladi?

2. Ma’naviyatli inson deb kimni aytsa bo’ladi?

3. Ma’rifatli inson deb kimni aytsa bo’ladi?

4. Barkamol shaxs kim?

5. Sen qanday yashaysan?

6. Sog’lom turmush tarzi nima?

7. Haqiqiy do’st qanday bo’lishi kerak?

8. Illatlar inson kayfiyaiga qanday ta’sir qiladi?

9. Illat nima?

10. Ma’naviy qashshoq odam kim?

Endi quyida bahslarga oid didaktik materiallardan namunalar keltiramiz.



Tush ta’biri haqida hikoyat.

Kaykovusning “Qobusnoma” asarida shunday hikoyat bor. Bir kuni shoh tush ko’ribdi. Tushida 32 tishining 31 tasi tushib ketganmish. Og’zida bittagina tishi qolgan emish. Shoh bu tishining ta’birini saroydagi donishmandlardan, ulomalardan so’rabdi. Bir donishmand tushini quyidagicha ta’birlabdi:

- Ey, shohim, bu tushingiz ta’biri quyidagicha: Sizning qarindosh – urug’laringiz, farzandlaringiz, xotiningiz o’lib ketar ekan. Bitta o’zingiz qolar ekansiz.

Bu ta’birni eshitgan shoh darg’azab bo’lib, hamma qarindosh – urug’larim, farzandlarim, xotinim olamdan o’tib ketsa, men yashab nima qilaman, deb jahli chiqib, jallodni chaqiribdi va haligi donishmandning boshidan judo qilishni buyuribdi. Farmon bajarilibdi. Shohning tushining ta’biridan ko’ngli to’lmabdi. Boshqa donishmandlarni ham jalb qilib, tush ta’biri bilan yana qiziqibdi. Ammo yuqoridagi donishmandning boshi tanidan judo bo’lganini ko’rib, donishmandlardan birortasining ham tushning ta’birini aytishga yuragi dov bermabdi. Saroydagi ulomalar, donishmandlar bu vaziyatdan chiqish uchun rosa o’ylashibdi. Oxiri shunday qarorga kelishibdi. Shaharning chekkasida bir donishmand yashaydi. Bir o’zi yashaydi. Shunga xabar beraylik. O’sha bizni qutqarishi mumkin. O’sha donishmandni topib, unga bo’lgan voqyeani tushuntirishibdi. Donishmand ularning suhbatini tinglab, takliflariga rozi bo’libdi. Donishmandni saroyga olib kelishibdi. U shoh huzuriga kamtarona, salom bilan kirib:

- Shohim, ko’rgan tushlaringiz muborak bo’lsin, - debdi. – Bundan yaxshi tush bo’lishi mumkin emas. Buni qarangki, hamma qarindosh – urug’laringiz, oila a’zolaringiz hamma – hammasi uzoq umr ko’rishar ekan. Ammo ularning hammasidan ham uzoq umr ko’radigan o’zingiz ekansiz, shohim.

Bunday shirin so’z, kamtarlik bilan, nazokatli, nafis bayon qilingan ta’birdan shohning ko’ngli ko’tarilib, xursand bo’libdi. Ulamolariga zar to’n va bir lagan oltin olib kelishlarini buyuribdi. Shunday qilib, shirinzabon, topqir donishmand sovg’a – salomlar bilan kulbasiga qaytibdi [8. 79 – 80 b.].

Ushbu rivoyatni o’rganib chiqish orqali bolalarda har bir fikrni asoslash, sharoitga qarab gapirish, har bir fikrning turli xil ma’nolari borligi va ular ichidan atrofidagi odamlarga to’g’ri keladiganini tanlab gapirish kerak ekanligi haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash mumkin bo’ladi.

Mashg’ulot oxirida “Bilgan topib gapiradi, bilmagan qopib gapiradi” degan xalq maqolini keltirib o’tsangiz, mashg’ulotni xulosalashingiz samarali kechadi.



Mehmon – atoyi Xudo.

O’zbek xalqi qadimdan mehmondo’stlikni ulug’lagan “Mehmon – otangdan aziz”, “Mehmon kerak eshikdan, rizqi kelar teshikdan”, “Yaxshi mehmon osh ustiga keladi” kabi maqollar yaratgan. Xalqimizning bu olijanobligi chindan ham tahsinga loyiq. Azizlarim, sizlar bu xayratomuz fazilatlarni ulug’lang.

Mehmonni samimiyatu beg’ubor tabassum bilan kutib olgan kishini boshqalarning ham o’ziga shunday munosabatda bo’lishlariga erishadi.

Xonadonga mehmon kelishi oldindan tayin bo’lsa, yaxshi. Har holda kishi tayyorgarlik ko’rib qo’yadi. Biroq ba’zida mehmon kutilmagan paytda kelib qolishi mumkin. Shunday paytlarda ham mezbon biroz shoshib qolganligini bildirmasligi, ro’zg’orda borini bordek qilib dasturxon tuzashi lozim bo’ladi. Bu ish, tabiyki, mehmonga hurmat hisoblanadi.



Rivoyat. Bir xonadonga kutilmaganda aziz mehmon kelib qolibdi. Xonadon sohibi oshdan keyin dasturxonga qovun so’yib qo’ymoqchi bo’lib, qiziga debdi:

- Qizim, omborxonadagi qovunlardan yaxshisini tanlab, olib chiqing!

Qizi qarasa, omborxonada bor – yo’g’i bittagina qovun qolgan ekan. Olib chiqib otasiga uzatibdi. Shunda ota:

- Yo’q qizim, bu qovun menga yoqmayroq turibdi. Boshqasini olib chiqing, - debdi.

Garchi omborda boshqa qovun yo’q bo’lsa ham qiz otasining ra’yini qaytarmabdi.

- Xo’p bo’ladi, otajon, - debdi – yu, qaytib omborga tushib, yana shu qovunni olib chiqibdi va bu gal uning boshqa tomonini o’girgan holatda otasiga uzatibdi. Ammo, ming afsuski, qovun bu gal ham otaga xush kelmabdi. U:

- Qizim, menga bunisi ham yoqmadi. Bundan ham yaxshirog’ini tanlab, olib chiqing, - debdi. Qiz tag’in omborga qaytib tushib, o’sha qovunning yana boshqa tomonidan otasiga ko’rsatib uzatibdi. Bu gal ota:

- Mana bunisi tuzukroqqa o’xshaydi, - deb qovunni so’yib dasturxonga qo’yibdi.

Ko’rdingizmi, ota azbaroyi mehmonni hurmat qilgani uchun ham qovunning eng sarasini olib chiqishni buyuribdi qiziga. Aql – xushli qizi esa garchi bittagina qovun qolgan bo’lsa ham uni qayta – qayta olib, chiqib, turli tomonini aylantirib otasiga ko’rsataveribdi. Shunday qilib, qiz ham mehmonning hurmatini joyiga qo’yibdi, ham otasining mehmon oldida mulzam bo’lishiga yo’l qo’ymabdi.

Mehmon – atoyi Xudo deydilar. Uni doim ochiq chehra hursandchilik bilan kutib olish darkor [14. 172 – 174 b.].

Bu mavzu bo’yicha bahs o’tkazish orqali bolalarda mehmondo’stlik, muruvvatlilik, muomalada xushyorlik, bag’rikenglik kabi insoniy xislatlar rivojlanadi.

Bunday hollarda sizda boshqacha ham bo’lishi mumkin! Buni siz qanday bajargan bo’lar edingiz, deb bolalarga murojaat qilib qo’yilsa, foydadan holi bo’lmaydi.



Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar.

Kosib va hunarmand bir kishining bir necha o’g’illari bo’lib, ular har kuni o’zaro nizo qilib urishardilar. Bir kuni keksa kosib bir dasta cho’plarni yig’ib, mahkam qilib bog’labdi va o’g’illariga qarab: “Qani, shu cho’plarni singdiringlar – chi!” dedi. O’g’illar qanchalik urinishmasin, baribir sindira olmabdi. Shunda ota bog’langan cho’plarni yechdi va bir donadan o’g’illariga berib: “Endi sindirib ko’ringlar”, dedi. O’g’illar cho’plarni sindirishdi. Shunda ota o’g’illariga qarab: “Hozir nimaiki ko’rgan bo’lsangiz, u sizlarning ahvolingizga misoldir. Agar ittifoq bo’lsangiz, hyech kim sizlarni sindira olmaydi. Mabodo murosa qilmay, bir – biringizdan ajralib yashasangiz, qiyinchiliklar oldida boshingiz xam bo’ladi!” dedi [15. 51 b.].

Ushbu bahs mavzusi orqali bolalarda o’zaro do’stlik, hamkorlik, bir – birini qo’llab – quvvatlashlik kabi insoniy xislatlar yuksaladi.

Ushbu bahs oxirida hasharlar to’g’risida (hovli ko’tarish, hosil ekish va yig’ish, ...) ham ma’lumotlar berilsa bolalardagi o’zaro birodarlik xususiyatlari yuksaladi.



3.5.3. “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarida bolalarda illatlarga nafrat o’yg’otishga oid didaktik materiallar


M


To’g’rilikdan kеlmish hamma yaxshi ot, egri-likdan foyda ko’rmadi bir zot”.
(“Otalar so’zi”)

a’lumki, illatlar jamiyat taraqqiyotiga sezilarli salbiy ta’sir qiluvchi yomonliklardir. Buning asosiy sababi o’sha illat bilan o’ralashib qolgan odamlarning hatti – harakatlaridir. Bu hatti – harakatlarning jamiyat taraqqiyotiga nisbatan ijobiy yoki salbiy ta’siri o’sha hatti – harakatlar egasining dunyoqarashiga bog’liq.

Bu qanday paydo bo’ladi?

Umuman olganda inson dunyoga kelgan paytdanoq unda dunyoqarash paydo bo’la boshlaydi. Ya’ni, bola tug’ilishi bilanoq onasiga ko’zi tushadi. Shunday qilib bolalar dastlab o’z ota – onasini taniydi va ular muloqot choqlarida tarbiyalana boshlaydilar. Bunda bola hayoti davomida to’g’ri yoki noto’g’ri harakatlar va ishlar qila boshlaydilar. Odatda ularning aksariyatida to’g’ri ish va hatti – harakatlar qilishga moyillik bo’ladi hamda bu boradagi faoliyatini rag’batlantirishlar orqali ularning ijobiy xislat va fazilatlar rivojlanib boraveradi. Ularning ikkinchi qismi esa noto’g’ri qilgan ishlari va hatti – harakatlaridan to’g’ri xulosa chiqarib o’zini to’g’ri yo’lga sola oladi, ya’ni qilgan xato – kamchiliklarini tuzata oladi. Ularning uchinchi qismi ham mavjud. Bular to’g’ri ishdan ham, noto’g’ri ishdan ham to’g’ri xulosa chiqara olmaydi. Bunday bolalar bir qilgan xatosini yana ham takrorlash mumkin. Bular loqayd odamlar bo’lib, hayot to’g’risida to’g’ri xulosa chiqara olmaydi. Bularning hayotiy shiori “Menga nima” bo’lib, ularning jamiyat taraqqiyotiga ham foydasi tegmaydi. Bunday bolalarda har xil illatlarga ruju qo’yish ham kuchli bo’ladi. Chunki, illatlar bir ko’rinishda bolalar ko’ziga yengillikday bo’lib ko’rinadi. Ana shuning uchun ham bolalarimizni illatlarga nafrat ruhida tarbiyalashimiz lozim. Ular ro’yxatini taxminan quyidagiday ketma – ketlikda keltirish mumkin:



  • yolg’onchilik – yomon va qabih illat bo’lib, u imonsizlikdir;

  • minnat – g’oyat jirkanch illat;

  • insonning zohid bo’lishi – yomon illat;

  • insonning tanbal bo’lishi – ayanchli illat;

  • insonning takabbur bo’lishi – madaniyatsizlikdir (illat);

  • badfellik – qo’pollik (illat);

  • minnat – takabburlik (illat);

  • ziqnalik – yomon illat;

  • kibru havo – jaholat (illat);

  • qasoskorlik – illat;

  • manmanlik – imon kushandasi (illat);

  • sotqinlik – xiyonat negizi (illat);

  • hasad qilish – illat;

Endi bolalar ongida illatlarga nafrat uyg’otishga asos bo’ladigan didaktik materiallarni keltiramiz.

Birovga choh qazigan, o’zi tushadi.

Baxtli – saodatli, obro’ – e’tiborli, mol – mulkli kishilarga doim havas bilan boq. Ammo zinhor – bazinhor hasad nazarini tashlama. Chunki hasad shunday dartki, u kishini ich – ichidan yemirib, ado qiladi. Xayolida hasad olovi alanga olgan odam o’zgalarga yomonlik qilishdan ham o’zini tiya olmay qoladi. Lekin ko’pincha bu yomonligi aylanib kelib o’ziga qaytadi. Axir, bobolarimiz “birovga choh qazisang, o’zing tushasan”, deb bejiz aytmaganlarda.



Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonda bir boy bo’lib, uning xonadonida tinchlik yo’q ekan. Oila a’zolari bir – biri bilan kelishmas, tez – tez sen – menga borishar, oqibatda turli mojarolar kelib chiqaverar ekan. Ammo qo’shnisi garchi kambag’al bo’lsa ham tinch va osoyishta yashar ekan. Ularga hamma havas qilar, janjaldan boshi chiqmaydigan boy ularga hasad qilar ekan. Boyning bu hasadi bora – bora dushmanlikka aylanibdi. U qo’shnisining tinchligini buzishga ahd qilibdi. Nobakor bir kuni qo’shnisining uzoqroq qishloqqa borishini eshitib qolib, bir kosa holvaytarga zahar qo’shibdi. Keyin uni qo’shnisiga berib debdi:

- Safarga ketayotganingizni eshitdim va qo’shnichilik hurmati uchun holvaytar pishirtirdim. Ochiqqan chog’ingizda tanavul qilarsiz.

Oqko’ngil kambag’al qo’shnisining bu qilmishini muruvvat deb tushunibdi. Yarim yo’lga yetganda suv bo’yida dam olib o’tirgan ikki yigitga ko’zi tushibdi. Yaqinroq borib qarasa ular holvaytar bergan boyning o’g’illari ekan. Yigitlar qo’shnilarini ko’rib:

- Otaxon, rosa ochiqqanmiz, ovqatingiz yo’qmi? – deb so’rab qolishibdi.

Shunda kambag’al ularga:

- Mana bugun otangiz beruvdilar, sizlarga nasib qilgan ekan, - deb holvaytarni ularga beribdi. Yigitlar uni yeyishibdiyu bir zumda jon taslim qilishibdi. Qo’rqib ketgan kambag’al darhol holvaytarning qolgan qismini olib to’g’ri shahar qozisiga uchrab, bor gapni aytibdi. Qozi murdalarni oldirib kelib, boyni ham chaqirtiribdi – da unga pishirig’i va murdalarni ko’rsatibdi. Boy bolalari ustiga o’zini tashlab jon taslim qilibdi.

Alqissa, aziz farzandim, sen hyech qachon birovga hasad qilguvchi bo’lma [14. 189 – 190 b.].

Ushbu rivoyat bo’yicha bahs uyushtirish orqali bolalar ongiga birovga qasd qilish yomon illat ekanligi va uning albatta o’ziga qaytishi mumkinligi singdiriladi. Eng asosiysi ularda bu illatga nisbatan nafrat uyg’onadi.

Bolalarga vazifa bering shunga o’xshash rivoyat va hikoyatlarni to’plasin.
Minnat – illat.

Minnat g’oyat jirkanch illatdir. Agar biror kishiga yaxshilik qilib, hojatini chiqarsang, bu xayrli ishingni zinhor minnat qilma. Minnat barcha ezguliklaringni yo’qqa chiqaradi, savobini behuda yelga uchirib ketadi. Shu bois ham sen kimga yaxshilik qilsang beg’araz qil. Beg’araz yaxshilikning xosiyati ko’p, savobi bisyordir. Shugina emas, yaxshilik qilgan odaming senga umrbod do’sti sodiq bo’lib qoladi. Inson uchun olamda bundan ko’ra savobli ish bo’lmasa kerak.

Ammo bilib qo’y, qilgan ezgu ish, yaxshilik minnat qilinsa, foydasidan zarari ko’p bo’ladi.

Hikoyat. Bir kishi ko’chada ketayotsa, to’satdan havoning avzoyi buzilib, kuchli jala quyib yuboribdi. Shunda u yonidagi do’konchi do’sti huzuriga kirib debdi:

- Ey og’ayni! Menga soyaboningni omonatga berib tur, uyimga yetib olay.

- Mayli, - debdi og’aynisi. Ola qol.

Do’sti soyabonni olib, uyiga yetib olibdi. Ertasiga esa omonatini egasiga qaytarib, unga minnatdorchilik bildiribdi.

Oradan ancha vaqt o’tgach, ular tasodifan uchrashib qolishibdi. Shunda soyabonni omonatga bergan do’sti:

- Ey do’stim, o’sha kuni agar soyabonimni berib turmasam, holing ne kechardi? – debdi.

Soyabonni omonatga olgan odam:

- Yomg’irda qolib, rosa bo’kardim, - deb javob beribdi.

Ammo shu arzimas yaxshilikni qilgan odam g’oyat badfel ekan. Oradan yana bir necha kun o’tgach, o’sha do’sti tag’in:

- Agar o’shanda soyabonimni berib turmaganimda, kuchli jalada holing ne kechardi? – debdi.

Bu minnatdan so’ng undan soyabon olgan kishi do’stidan soyabon olganiga ham pushaymon qilibdi. Ammo soyabon bergan do’sti shundan keyin ham tinchimabdi. Bir kuni ular bog’dagi hovuz bo’yicha uchrashib qolibdi. Soyabon bergan kishi yana:

- Do’stim, o’shanda men senga soyabonimni berib turmaganimda holing ne kechardi?, - debdi.

Uchinchi bor minnat eshitgan odamning toqati toq bo’libdi. Do’stidan soyabon olganiga ming pushaymon bo’libdi. Azbaroyi uning minnatlari joniga tekkanidan ust – boshini yechmay turib o’zini hovuzga otibdi. Keyin shalabbo bo’lgan kiyimidan suvini oqizib turib do’stiga debdi:

- Agar o’sha kuni sen soyaboningni berib turmasang mana shunday shalabbo bo’lardim. Lekin o’lib qolmasdim.

Shu kundan boshlab bu ikki o’rtoq oralaridagi do’stlik rishtalari uzilibdi [14. 151 – 152 b.].

Ushbu rivoyat orqali bolalar ongiga qilgan yaxshiligini minnat qilmaslik insoniy fazilat ekanligi singdiriladi. Bu haqda Hadisi Sha’rifda ham “Savob ish qilganingdan xursand bo’lsang, gunoh ish qilganingda esa xafa bo’lsang, demak sen haqiqiy mo’minsan”, deyilgan. Buning mazmun – mohiyatini bolalar ongiga singdiring.


Ochko’zlik – ofat

Inson doimo do’stiga sadoqatli bo’lishi, xiyonat qilmaslgi lozim. Ayniqsa o’rtalarida katta boylik turgan paytlarda nafs yo’liga kirib, do’stining ishonchini suiste’mol qilmasligi shart. Bilaks uni Alloh kechirmay, og’ir jazolarga mubtalo etadi. Bu holat bir kattakon xum to’la oltin topib olgan ikki do’stning qilmishlari haqidagi rivoyatda juda aniq bayon qilingan.



Каталог: uploads -> books
books -> Tầm Quan Trọng Của Tâuhid & Sự Nguy Hiểm Của Bùa Ngải ] Tiếng Việt Vietnamese فيتنامي [
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab
books -> Chữa Bệnh Bằng Những Lời Niệm Chú Từ Qur’an Và Sunnah
books -> حصن المسلم Husnun Al- muslim
books -> Bạn Biết Gì Về Shi’ah (Shiite – Si-ai)?
books -> Riyadh Saaliheen (Những Ngôi Vườn Của Những Người Ngoan Đạo) Chương Sabr (Kiên Nhẫn)
books -> Ương Haj Các Sai Sót Khi Hành Hương Haj
books -> Dịch Thuật: Abu Hisaan Ibnu Ysa
books -> Kế Hoạch Cho Gia Đình 30 dự án hữu ích cho cá nhân, gia đình và cộng đồng trong tháng Ramadan
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab Tiểu sử và sự tuyên truyền của ông

tải về 1.25 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương