Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



tải về 1.25 Mb.
trang19/19
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2018
Kích1.25 Mb.
#36917
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

E Z G U L I K

Hikoyat: “Bir kishi ulug’ kishi huzuriga kelib, undan: “Ey fozil kishi, odam dunyoda qanday yashashi, qanday yo’l tutishi kerak?” - deb so’radi. U kishi shunday deb javob qildi: Shod yasha,hamisha xursandchilik payida bo’l, har narsaga g’am chekaverma, yaxshilik urug’ini ekib, omonlik, hosilini olishga urun. Dunyo shundayki, unda hayratli yo’llar ko’pdir, ba’zan bu yo’llar ustiga bargu hashak tashlab qo’yilgan chohga o’xshaydi. Shuning uchun bu yo’ldan yurgan paytda avval yaxshilab o’ylash, toyib ketmaslik chorasini ko’rish kerak. Dunyo shunday ekinzorki, ekilgan narsalarni lutfu karam suvi bilan sug’or. Undan topgan obro’ e’tibor holislik hirs va tama hujimidan asra!”. [15. 373 b.].

* * *

“Avesto-ezgulik kitobi, hayot yo’riqnomasi”



(“Otalar so’zi”)

* * *

Ezgulik – butun insoniyatga taalluqli bo’lgan olamshumul fazilatlardan biri hisoblanadi”.



Shobidov Sh.A.

* * *

“Bolalikni seving uning o’yin va ermaklariga, murg’akkina tabiiy tuyg’ularida e’tibor bering! Labidan kulgu arimaydigan, qalb shu olamdan to’xtovsiz huzurlanadigan o’sha daqiqalarni qay biringiz, axir, achinish bilan eslamaysiz?”.



J. J. Russo.

* * *

Ezgilik - bu ulug’lik. U turmushda, mehnatda va odamlarning o’zaro shaxs – jamiyat - davlat o’rtasidagi ko’p qirrali munosabatida yaqqol namoyon bo’ladi.”



Shobidov Sh.A.

* * *

Ezgulik insonlarni gunohlardan, xatolardan asrab, insonlar o’rtasidagi o’zaro odamiylik munosabatlarini tarkib toptirishga yordam beradi”.



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

Ezgulik barkamol shaxsning shakllanishiga, davlat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi”.



Shobidov Sh.A.

* * *

Ezgulik insonlarni qat’iyatlilikka, poklikka, halollikka undaydi, oq ko’ngillikka, lafzihalollikka chorlaydi hamda u til va dil birligi va pokligiga xizmat qiladi”.



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

Ezgulik – bu ota – onalarning o’z farzandlarini nafaqat o’z farzandi bo’lishi uchun, balki xalq farzandi bo’lib yetishishi uchun tarbiyalashidir”.



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

Ezgulik nisbatan har bir davrning, har bir zamonning o’z talabi bo’lgan.



Ezgulik – bu odamiylik gavhari, u kishini inson sifatida ulug’laydi. Shuning uchun ham ezgulik tuyg’usini singdirmay turib, to’laqonli barkamol insonni voyaga yetkazish mumkin emas”.

Shobidov Sh.A.

Ezgulik gavhari bilan ziynatlangan insonlar o’z davrining eng ilg’or, eng adolatli va eng haqiqatgo’y insonlari bo’lganlar”.



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

Ezgulikka ixlos qo’ygan insonlar marhamatli bo’ladi, farovon turmush qurushga ishtiyoqmand bo’ladi, ular haqiqat va ozodlik hamda mustaqillikni tanlaydilar – da, ular uchun fidoiylik ko’rsatadilar va eng asosiysi ular bunyodkor bo’ladilar. Bunday turmush tarzi har qanday inson uchun umrboqiylikdir.”



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

Ezgulik-yorug’likdir.”



(“Otalar so’z”)

* * *

“Pahlavonlar - ezgulik timsollaridir.”



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

“Hamma uchun kerakli bezak - insoniylik bezagi – bu ezgulikdir.”



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

“Orzu – havas insonni ezgulikka yetaklovchi ichki tuyg’u. U hyech qachon armonga aylanmasin. Chunki agar orzu - havas amalga oshmasa armonga aylanadi, ammo orzu – havas ishonchga aylansa, u albatta amalga oshadi”.



Xolbo’ta To’raqulov

* * *

Ezgu – niyatli insonlar

Inson degan oliy mavjudod bor, uning ikki yelkasi orasida bosh (kalla) degan a’zo joylashgan. Ana shu kallaning va undagi bosh miyaning ishlashi insonning insoniyligini belgilaydi.

Umuman olganda, ishlamaydigan kalla bo’lmaydi, ammo uning qanday ishlashi o’sha insonning oilasi, jamoasi oldida o’z o’rnini topishga asosiy poydevor bo’ladi. Afsuski, ba’zi kallalar buzg’unchilikka va shaxsiy manfaatlarini yuqori qo’yishga kuchliroq ishlaydi. Ulardan jamiyat zarar ko’radi , chunki bular orqali kelgusi avlodga faqat layoqatli manqurtlik va “robot” bo’lishlik meros bo’lib qoladi.

Bu arab olimlaridan biri “Qalb ko’r bo’lgandan keyin uning ko’zi ko’rishning nima foydasi bor”, degan fikrning amaldagi tasdig’idan iboratdir. Bu bilan olamda hyech narsa qilib bo’lmaydi, degan hulosa chiqmaydi. Bunga sabab bu olamda yaxshi odamlar va ular ichida aqlli hamda dono insonlar ham ko’p.

Ularning kallasi (u hamma insonlarga berilgan) yaxshi tomonga ya’ni bunyodkorlik faoliyatiga yaxshiroq ishlaydi. Ular umuminsoniyat, umumjamoa manfaatlarini o’z shaxsiy manfaatlaridan ustun qo’ya oladi. Bular boy o’tmishimizdan bizga meros bo’lib qolgan “Avesto” nomli muqaddas kitobning mazmun mohiyatini ifodalovchi “Ezgu uy Ezgu niyat Ezgu amal” yoki “Ezgu uy Ezgu so’z Ezgu amal” tamoyili asosida fikr yurituvchi insonlardir. Bunday odamlar, avvalo o’z oilasida ibrat - namuna bo’la oladi va qolaversa, jamiyat manfaatini ham yuqori qo’ya oladi. Ana shunday odamlar borligi uchun ham kelajagi buyuk davlatni qurishni Ozod va obod Vatan qurishni ezgu niyat qilib olganmiz!

Xolbo’ta To’raqulov.



* * *

“Faqat bir ezgulik bor- bu bilim; va faqat bir yomonlik bor – jaholat ”.



Suqrot.

* * *
G O’ Z A L L I K

“Inson onadan tug’ilibdiki, unga hayot kechirishdik buyuk ne’mat ato etilgan bo’ladi. Aslida chaqaloqga ona qornidayoq hayot va rizq – ro’z ato etiladi. U aksariyat hollarda ona bag’rida 9-oy mobaynida chaqaloq bo’lib shakllanadi va yetiladi. Shu sababli ham tuproq va vatan ona tuproq Ona Vatan deb qiyoslanadi. Bunga sabab odamlar ana shu tuproq yoki Vatan bag’rida o’sadi. ”

Odamlar esa Odam Ato va Momo Havodan tarqalganligi sabab Odamzot (Odam Atoning farzandlari) deyiladi.

Hayotning go’zalligi ham dastlab shu qayd etilganlarga bog’liq bo’ladi. Shundan keyin esa hayot go’zalligi insonnning biror davonni oshib o’tganda yaqqol seziladi. Bunga sabab o’sha erishilgan natijaga, kishiga ko’zlangan maqsadga yetishdagi yengil yoki og’ir, kerakli yoki keraksiz, bevosita yoki bilvosita holatlar ko’z oldidan birma bir o’tkazilishiga asos bo’ladi, ya’ni malum bir davrning sarhisobi bo’ladi. Ana shunday sarhisoblarni o’tkazishda ijobiy holatlar yuz berib boraversa, o’sa inson hayotini go’zal deb atash mumkin.

Inson hayotining go’zalligi uni yanada katta (kuchli) g’ayrat bilan faoliyat yuritishga asos bo’ladi. Ana shunday go’zal hayot egalarining borligi tufayli ham mamlakatimizda muntazam ravishda taraqqiyot bo’lib tiribdi”. [To’raqulov X.A. Inson kamolotining ma’naviyat asoslari - T: 2011 - 352 b. (B 43 44)].

* * *

“Olloh taoloning o’zi go’zaldir u go’zallikni sevadi.”



(Hadis)

* * *

Go’zallik - bu kishining qalbi go’zalligi.”



Xolbo’ta To’raqulov.
* * *

Go’zallik – bu kishining istarasi issiqligi ”



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

Go’zallik - bu kishining go’zal xulq egasi bo’lishi”



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

Go’zallik - bu bamisoli daraxt yaprog’i - axloq ildizi - ichki dunyo, mevasi - yaxshi fazilat.

Xullas, odam bolasidagi go’zallik- tabiat ato qilgan husn - jamolidan tashqari, yana eng yaxshi hulq - atvorni, insondagi eng yaxshi fazilatlarni o’z ichiga olgan odamiylikdan ibrat.”

Mirzakalon Ismoiliy

* * *

“Ey farzand, pandim eshit, quloq os,

Insonga ko’rk erur bejirim libos.

Beg’ubor qalbingni pok-u go’zal et,

Didinga ust boshing doim mos”.

Kalonxonov M., Kalonxonva M.

* * *

“Hamma uchun eng go’zal ayol - bu uning onasi.

Hamma uchun eng go’zal shahar - bu uning ona shahri”

Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

“Ota - ona o’z bolasiga go’zal odobdan afzal narsa bera olmaydi.”



(Hadis)

* * *

“Odobli bo’larman degan kishi har narsaga izzat ko’zi ila boqib, izzat olur. Qaysi ish ko’ziga yaxshi ko’rinsa, ul ishni qilmoqqa harakat qilur”



Munavvar Qori Abdurashidxonov.

* * *

“Bolalar go’zallik, o’yin, ertak, musiqa, hayol, ijodiyot olamida yashamoqlari kerak”.



V.A.Suhomlinskiy.

* * *

“Sarishta xonadon farishtalikdir,

Ey o’g’lim, uy – joying bo’lsin sarishta.

Sarishta xonadon bo’lmaydi kir – chir,

Tong emas, o’z yoring bo’lsa farishta”.

Kalonxonov M., Kalonxonova M.
MA’NAVIY BOLIK

Boylik nima?



Boylik - ko’p jihatli tushuncha bo’lib ular moddiy va ma’naviy boyliklar majmuasidan iboratdir.

Inson uchun eng qimmatlisi ( hamma jihatlarni o’z ichiga olgan) boylik bo’lsa kerak.

Umuman olganda, har qanday insonga hayoti davomida Olloh taollo boylikni 3 martta beradi,- deyishadi. Ana shu tangrimiz bergan boylikning qanday sarflanishiga qarab insonlar hayotda o’z (jamiyatda, jamoasiga, og’ayni qarindoshlari orasida, oila a’zolari orasida ham ) o’rnini topadi. Ayrim kishilarimiz Olloh Taolo bergan imkoniyatlardan vaqtida yetarlicha foydalana olmay, kibrga berilib, “bosar - tusarini” bilmay berilgan boyliklarni samarasiz ishlarga sarflab, o’zini ham, oilasini ham “charchatib” qo’yadi va natijada oilalar buzulib ketishga ham yetib boradi. Bunday holat insoning xayotida o’ziga xos fojia hamdir.

Olloh Taolo insonlarning to’g’ri yo’lga boshlovchidir. Insonlar uning berganini oilasining va jamoasining (ishxonasining) istiqbolli kelajagiga nasib qilishini istab xayot kechirsinlar.

Bu borada xayotda o’z o’rinini topgan va insonlarga foydasi tegib yashaydigan odamlarga xavas qilib yashash judayam yaxshi va u orqali ular elning e’zozidan hamda xalqning hurmatidan tushmasdan yashaydi. Bu xayotda katta baxt va boylikdir” [21. 117-119 b.]

* * *

“Tinchlikdan ko’ra ulkan ne’mat yo’q. Salomatlikdan ko’ra yaxshiroq boylik yo’q”



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Farzandlaringizga turli kasb egalarining odamlar uchun qilayotgan foydali mehnatlari haqida so’zlab bering”



(“Donolar nasihati”)

* * *

“Donolar deyishadi: “Mol-u dunyosi ko’p odam badavlat emas, balki nafsi to’q odam badavlat xisoblanadi”



(“Donolar nasihati”)

* * *

“Mol-mulkni behuda isrof qilish aqlsizlik, boylikni o’ylamasdan sarflash tanazullik alomatidir”



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Oz narsaga qanoatga qilgan odam davlatmanddir, negaki bunday qanoat uning ma’naviy boyligidan dalolat beradi”



Suqrot.

* * *

“Ma’naviy qashshoq odamning xohlagan tarafga boshqarsa bo’ladi, chunki unga istalgan sarobni ko’rsatib uni obi hayot deb ishontirsa bo’ladi”



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

“Boylik to’g’risida juda qadimdan kishilar u yoki bu ma’nodagi fikrlarini bildirib kelganlar.

Men uchun eng katta bitmas-tuganmas boylik bu sog’liqdir. Har kuni o’z oilamni sog’-salomat ko’rish menga dunyoning barcha boyligidan, duru-gavharlaridan, ko’zni qamashtiruvchi olmoslaridan ming bora ortiq to’yiladi. Bu esa mening yutug’im, ma’naviy boyligim bo’lsa kerak, deb o’ylanib qolaman. Umuman olganda boylik deganda turli qarashlar mavjud. Ular:


  • boylik – bu kishining mablag’i ko’pligi;

  • boylik – bu kishining hashamatli va bahaybat binoli uyi borligi;

  • boylik – bu kishining turli rusumdagi texnikalari (mashinalari va hakazo) ko’pligi;

  • boylik – bu kishining turli nufuzli joylarda ishlaydigan jo’ralarining ko’pligi;

  • boylik – bu kishining sog’u-salomatligi;

  • boylik – bu kishining oilasidagi osoyishtalik va ishxonasidagi xotirjamlik;

  • boylik – bu kishining ma’naviy dunyoqarashi kengligi;

  • boylik – bu kishining intellektual salohiyatining kengligi;

  • boylik – bu kishining o’ziga jonli haykal o’rnatishi kabilardan iboratdir.

Ammo ma’naviy qashshoqlik yomon illatdir. Bunday xususiyatga ega bo’lgan odamlardan oila ham, jamoa ham, jamiyat ham, davlat ham xech qanday manfaat topmaydi.

“Taniqli xalqaro siyosat arbobi, OYeSD o’quv yurtlarini tahlil qilish va indekatorlar deportamenti boshlig’i Anderyans Shlayxor Xelsinki Universitetidagi uchrashuv tantanasini ochar ekan: “Pul o’z holicha ko’p narsani anglatadi, biroq hamma narsani hal qiladi degani emas” – deb ta’kidlaydi.

Bu haqda Ali ibn Abu Tolibning ham “Ilm moldan yaxshidur, u seni muhofaza qiladi, molni esa sen qo’riqlaysan. Ilm xokim, mol mahkumdir. Mol nafaqa qilish bilan kamaysa, ilm ziyoda bo’ladi”, degan qimmatli fikr mavjud.

Luqmoni Hakim aytadi: “Ilm va boylik har qanday aybni yashiradi. Johillik bilan faqirlik esa oshkor etadi.”

Pulning ko’p bo’lishi, afsuski, ko’pchilik nazarida eng katta boylik hisoblanadi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, pul bilan hamma narsani ham har doim ham hal qilib bo’lmaydi. Ya’ni pul bilan hal bo’lmaydigan narsalar ham ko’p. Bunda ko’pincha bilim va hunar kerak bo’lishi mumkin. Umuman olganda, kishining ma’naviy jihatdan boy bo’lib, intellektual salohiyatli bo’lgani ma’qul. Chunki bunday kishilar iqtisodiy jihatdan boyish nima ekanligini ham biladi. Shu sababli ma’naviy dunyosining boyitib borayotgan odamlar doimo yutadi. Chunki bunday odamlarning yo’qotadigan narsasi bo’lmaydi.

Qissadan hissa shundan iboratki, ilmni va hunarni ma’naviy boylik deganlar yutqazmaydilar.

Bu haqda “Qobusnoma”da shunday deyiladi: “Agar molsizlikdan qashshoq bo’lsang, aqldan boy bo’lmoqqa say’ ko’rgazg’ilki, mol bilan boy bo’lg’andan aql bilan boy bo’lgan yaxshiroqdir, nedinkim aql bilan mol jam etsa bulo’r, ammo mol bilan aql o’rganib bo’lmas. Bilg’in aql bir moldurki, uni o’g’ri ololmas u o’tda yonmas, suvda oqmas”.

Bu borada Respublikamizda yoshlarning bilim olish borasida katta imkoniyatlar mavjud. Bugungi kunda ular rivojlangan mamlakatlarda bilim olish imkoniyatlariga ega. Shuningdek, halqaro olimpiada va spartakiadalarda hamda ko’rik tanlovlarida ularning qatnashishlariga keng imkoniyatlar yaratildi. Afsus va nadomatlar bo’lsinkim, hozirda yoshlar orasida ma’naviy qashshoq yoshlarimiz ham uchramoqda. Eng yomoni ular bu bilan o’zlarini aybdor sezishmaydi. Yoningizda pulingiz yo’q bo’lsa qanchalik uyalasiz, ular esa ma’naviy dunyosi qashshoqlashib borayotganligidan hyech ham uyalmaydi.

Xullas, ham ma’nan, ham jismonan boy bo’lishga nima yetsin” [21. 114-117 b.].

Yuqoridagi keltirilgan manba va ma’lumotlarga asoslanib hamda barkamol avlod tarbiyasi oldiga qo’yayotgan davlatimiz talablarini e’tiborga olib, MTM dagi bolalar tarbiyasini yuksaltirishga bo’ladigan tavsiyalarni qo’yidagicha ifodalashni lozim topdik:



  • ma’naviy qadriyatlarimizni ilm-fan taraqqiyoti yutuqlari bilan boyitib, ularning bolalar yoshlariga moslab, ular ongiga singdirib borish;

  • o’zligimizni chuqur anglash, milliy mafkura tamoyillarini yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirish;

Xullas, bolalarimizni turli xil taxdid va salbiy ta’sirlar domiga tushib qolmasligini ta’minlash va ularning ma’naviy ahloqiy tarbiyasiga e’tiborni yanada kuchliroq qaratish lozim. Shu ma’noda keltirilib o’tilgan didaktik materiallar bola tarbiyasida ta’sirchan vositalardir. Ularning har bir bo’yicha bitta tarbiyaviy mashg’ulot o’tkazsa bo’ladi. Bu bilan bolalarmizni ezgulik va bunyodkorlikka bezangan insonlar qilib tarbiyalashimiz mumkin.

XULOSA
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy – axloqiy tarbiya berish, xususan, ma’naviy – immunologik tarbiya berish yordamida yoshlarni ma’naviy yetuk va intellektual salohiyatli bo’lib shakllanishiga asosiy poydevor bo’la oladi. Bu orqali bolalardagi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga erishiladi va uzluksiz ta’lim tizimining keyingi turlarida ham amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda bolalar ma’naviy sifatlarni shakllantirish, ulardagi har xil illatlarga nafrat uyg’otishda mustaham asos bo’la oladi.

MTM pedagogik jamoa faoliyati ham bog’chadagi bolalarni ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi. Ayniqsa, MTMdagi “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarini samarali tashkil etishda ularning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu “Ma’naviyatli odam kim”, “Vatan qahramonlari, deb kimni aytamiz” va “Vatanimiz ramzlari” mavzulari bo’yicha olib borilgan mashg’ulotlarda yaqqol sezildi. Shularni e’tiborga olganda “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarning namunaviy mavzulari va MTMda ma’naviy ishlar bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi mazkur tadqiqot ishining ahamiyatini yanada oshiradi.

MTMda ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish, uyushtirish va ularga tegishli tayyorlangan materiallar hamda ularga mos tarbiyachi va murabbiylarning metodik tayyorgarligi bog’chada ma’naviy tarbiya berishning pedagogik shart – sharoitlarining optimal variantini tanlab olishga imkon berdi.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, agarda tarbiyachi va murabbiylar ushbu tadqiqotda erishgan yutuqlar bo’yicha faoliyat yuritishsa, bolalardagi shakllangan ahloqiy tasavvur (qarash, fikr yuritish, mulohaza, odoblilik, ezgulik, ahloqiy adolatlar, ahloqiy munobatlar) ahloqiy e’tiqodni yuksaltirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli MTMda ma’naviy - axloqiy tarbiya yaxlit pedagogik jarayondir.Unda bolalarning ijtimoiy ahloqiy va ijtimoiy huquqiy me’yorlariga ongli munosabati shakllantiriladi.

Demak, MTMda bolalarni yaqin atrofni o’rganishga, tengdoshlari bilan barqaror aloqalarni o’rnatishga, o’z – o’zini anglashga o’rgatish, ularning barkamol shaxs bo’lib yetishishida muhimdir. Bunda ahloqiy tarbiyani to’g’ri amalga oshirish Hazrati Ali ta’kidlaganidek tarbiyaning qo’yidagi tamoyiliga javob bera oladigan shaxsning tayyorlashga ma’naviy asos yaratgan bo’lamiz: “Kishidagi uchdan bir iymon – bu hayotdir; yana bir uchdan bir iymon aql, qolgan uchdan bir iymon esa – saxovat va oliyjanoblik bo’ladi”.




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: “Sharq”, 1997. – 64 b.

2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008. – 176 b.

3. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – T.: “O’zbekiston”, 1996. – 366.

4. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: “O’zbekiston”, 2011 – 440 b.

5. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni // Oliy ta’lim. Me’yoriy – huquqiy va uslubiy hujjatlar to’plami. – T.: “Istiqlol”, 2004. – B. 3 - 8.

6. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” // Oliy ta’lim. Me’yoriy – huquqiy va uslubiy hujjatlar to’plami. – T.: “Istiqlol”, 2004. – B. 9 - 23.

7. Abdullayev M. va boshqa. Ma’naviyat. – Farg’ona, 1999. – 220 b.

8. Alqarov I.Sh., Mamatqulova R., Norqulov H.D. Oila tarbiyasi asoslari. – T.: “G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi”, 2009. – 142 b.

9. Jalolov A. Mustaqillik mas’uliyati. – T.: “O’zbekiston”, 1996. – 29 b.

10. Jo’rayev N. Agar ogoh sen ....Portretga chizgilar. Siyosiy esse / Mas’ul muharrir: K.Nermatov. – 2 – nashri, qayta ishlangan, to’ldirilgan /. – T.: “Yozuvchi”, 1998. - 272 b.

11. Ziyomuhammedov B., Ziyamuhamedova S., Qodirova S. Ma’naviyat asoslari. – T.: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2000. – 192 b.

12. Ibrohimov A va boshq. Vatan tuyg’usi.–T.: “O’zbekiston”, 1996.–354 b.

13. Imomnazarov M. Milliy ma’naviyatimiz nazariyasiga chizgilar. – T.: “Sharq”, 1998. – 66 – 70 b.

14. Kalonxonova M., Kalonxonova M. Qadriyatnoma. Risola. – T.: “Nihol”, 2006. – 304 b.

15. Mashriqzamin – hikmat bo’stoni: Hikmatlar xazinasi. Tarj., to’plovchi hamda izoh mualliflari: H.Hamidiy va Mahmud Hasaniy. – T.: “Sharq”, 2008. – 464 b.

16. Ma’naviyat va ma’rifat asoslari. Tuzuvchilar: S.O.Otamurodov va boshq. – T.: 1998. – 82 b.

17. Ma’naviyat lug’ati: “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar” fani bo’yicha yordamchi uslubiy qo’llanma / tuzuvchi mualliflar: S.G’oziyev va boshq. – T.: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi, 2007. – 128 b.

18. Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug’ati / Tahrir hayati: X.Sultonov va boshq., Tuzuvchi va mas’ul muharrir Q.Nazarov. – T.: G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot – matbaa ijodiyot uyi, 2009. – 760 b.

19. Milliy g’urur – ma’naviy komillik mezoni: (to’ldirilgan nashr) [Uslubiy qo’llanma] / Yu.G’.Mahmudov va boshq.; mas’ul muharrir Yu.G’.Mahmudov. – T.: DIZAYIN – PRESS, 2011. – 276 b.

20. Sodiqova T. Mehr qolur. – T.: “Mehnat”, 1997 – 28 b.

21. To’raqulov X.A. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. – T.: 2011. – 352 b.

22. To’raqulova I.X. Talabalarning ma’naviy – immunologik tarbiyasini takomillashtirish texnologiyalari. Ped.fan.nom..... dissertasiya. – T.: 2011. – 214 b.

23. To’raqulova I.X. Oilada bolalarning ma’naviy sifatlarini tarbiyalash // “Ta’lim tizimida ijtimoiy – gumanitar fanlar”. – T.: 2012. – № 2. – B. 15 – 17.

24. To’raqulova I.X. Sog’lom oila ma’naviyatining buzg’unchi g’oyalarga kurashishdagi o’rni // “Ta’lim muammolari”. IMJ. –T.: 2012. - №3. B. 30 – 31.

25. O’zbekiston qahramonlari (to’plam). – T.: “O’zbekiston”, 2001. – 480 b.

26. Hasanboyev J., To’raqulov X., Haydarov M., Hasanboyeva O. Pedagogika fanidan izohli lug’at. – T.: “Fan va texnologiya”, 2008. – 480 b.

27. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika fanidan izohli lug’at. – T.: “Fan va texnologiya”, 2009. – 672 b.

28. Hasanboyeva O.U. va boshq. Oilada barkamol avlod tarbiyasi. – T.: “Fan va texnologiya”, 2010. – 316 b.

29. Erkayev A. Ma’naviyat – ustun yo’nalish // “Istiqlol va hisobot”, 1996. - №2. – B. 20 – 22.



M U N D A R I J A

KIRISH

..........................................................................................................................

3

I – BOB

MAKTABGAChA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARGA MA’NAVIY TARBIYa BERIShNING PEDAGOGIK ASOSLARI............


5

1.1.

Maktabgacha ta’lim muassasalari va ularda bola tarbiyasining maqsad va vazifalari ................................................................................................


5

1.2.

Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi pedagogik kasb xodimlarning shaxsiy xislatlari .......................................................................................


7

1.3.

Maktabgacha ta’lim muassasalari bilan ota – onalar hamkorligi..........

10

1.4.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish....

15

1.5.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida qo’llaniladigan pedagogik ta’sir usullari .........................................................................................................


19

1.6.

Maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagogik jamoasidagi uslubiyot ishlari ..........................................................................................


22

1.7.

Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarida ma’naviy sifatlarni tarbiyalash ......................................................................................................


24

II - BOB

MAKTABGAChA TA’LIM MUASSASALARIDA “MA’NAVIYaT SABOQLARI” MAShG’ULOTLARINI OLIB BORIShNING PEDAGOGIK ASOSLARI..................................................................................



27

2.1.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlari ...............................................................................................


27

2.2.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarining namunaviy mavzulari...............................


31

2.3.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat saboqlari” darslarini tashkil etish va uyushtirish ....................................................


77

2.4.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan tarbiyachi va murabbiylarning pedagogik mahoratiga qo’yilgan talablar ..................


80

2.5.

2.5. “Ma’naviyat saboqlari” darslariga metodik tayyorgarlik ................

87

III –BOB

MAKTABGAChA TA’LIM MUASSASALARIDA “MA’NAVIYaT SABOQLARI” MAShG’ULOTLARINI OLIB BORISh AMALIYoTI.......


93

3.1.

“Ma’naviyatli odam kim?” mavzusi bo’yicha “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotini olib borish texnologiyasi ....................................................


93

3.2.

“Vatan qahramonlari, deb kimni aytamiz?” mavzusi bo’yicha “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarini olib borish texnologiyasi ....



105

3.3.

“Vatanimiz ramzlari” mavzusidagi “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotini olib borish texnologiyasi ..................................................


119

3.4.

Maktabgacha ta’lim muassasasida ma’naviy ishlar bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlar rejasini tuzish metodikasi ...........................


124

3.5.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarini olib borishga oid didaktik materiallar ....................


128

3.5.1.

Tarbiyaviy masalalar tuzish va uning yechimi tahliliga oid didaktik materiallar ...................................................................................................


128

3.5.2.

“Ma’naviyat saboqlari” bo’yicha baxslar o’tkazishga oid didaktik materiallar ...................................................................................................


134

3.5.3.

“Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarida bolalarda illatlarga nafrat o’yg’otishga oid didaktik materiallar .......................................................


139

3.5.4.

“Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarida insoniylik fazilatlarini shakllantirishga oid didaktik ma’lumotlar ...........................................


147

umumiy xulosalar....................................................................................................

161

foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.........................................................

162






Каталог: uploads -> books
books -> Tầm Quan Trọng Của Tâuhid & Sự Nguy Hiểm Của Bùa Ngải ] Tiếng Việt Vietnamese فيتنامي [
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab
books -> Chữa Bệnh Bằng Những Lời Niệm Chú Từ Qur’an Và Sunnah
books -> حصن المسلم Husnun Al- muslim
books -> Bạn Biết Gì Về Shi’ah (Shiite – Si-ai)?
books -> Riyadh Saaliheen (Những Ngôi Vườn Của Những Người Ngoan Đạo) Chương Sabr (Kiên Nhẫn)
books -> Ương Haj Các Sai Sót Khi Hành Hương Haj
books -> Dịch Thuật: Abu Hisaan Ibnu Ysa
books -> Kế Hoạch Cho Gia Đình 30 dự án hữu ích cho cá nhân, gia đình và cộng đồng trong tháng Ramadan
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab Tiểu sử và sự tuyên truyền của ông

tải về 1.25 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương