Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



tải về 1.25 Mb.
trang18/19
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2018
Kích1.25 Mb.
#36917
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonda bir qishloqda ikki do’st yashagan ekan. Ular shunchalik qadrdon, bir – birlariga mehribon ekanlarki, hatto bir mayiz topsalar ham eng ikkiga bo’lib yeyisharkan.

Ular bir kuni toqqa kaklik ovlagani borishibdi. Qoyama – qoya, cho’qqima – cho’qqi yurib kattakon g’oya yonidan chiqib qolishibdi. Bir kaklik esa uchib borib g’orga kirib ketibdi. Ikki do’st ham uning ketidan kirishibdi. Qarashsa kaklik bir chetda turgan toshlar ostiga yo’rg’alab ketibdi. Yigitlar asta – sekin toshlarni olib tashlab kakliklarni qidira boshlabdi. Ular o’n – o’n beshta yirik toshni olishgan ekan, bir katakon xum ko’rinibdi. Xumni olib qarashsa, ichi to’la oltin ekan!

Ikki do’st quvonganidan do’ppilarini osmonga otishibdi. Endi yaqin oradagi qishloqlarga bizdan boy, baxtli odam yo’q, deb shodlanganlaridan bir – birlarini quchoqlashibdi. Ammo xum shu qadar oxir ekanki, uni ikkovlon zo’rg’a o’rnidan siljitishibdi. Sababi ov ishqida cho’qqima – cho’qqi, qoyama – qoya yuraverib charchashgan, boz ustiga qorinlari ham juda och ekan. Shunda do’stlardan biri:

- Og’ayni bu holatda xumni ko’tarib qishloqqacha olib ketishimiz amri mahol. Yaxshisi biror yemak topib, qorinni to’yg’azaylik. Keyin baquvvat bo’lib xumni ko’taramiz, - debdi.

Ikkinchi do’stga ham bu taklif ma’qul kelibdi. Ular maslahatlashib birlari g’orda qolib, oltinga soqchilik qiladigan, ikkinchilari qishloqqa borib biror yegulik olib keladigan bo’lishibdi.

Do’stlardan biri qishloqqa yegulik olgani ketarkan, bir xum “Sariq shayton”ning vasvasasiga uchibdi. Do’stlikka sadoqat, insoniylikdan nafs balosi kuchlilik qilibdi. “Agar, - deb o’ylabdi u. – do’stim bo’lmaganida bir xum oltinning hammasi bir o’zimniki bo’lardi. Yaxshisi olib keladigan ovqatga zahar solib kelaman. Do’stim yeydi – yu, til tortmay o’ladi. Oltin esa meniki bo’ladi!”.

G’orda oltinni qo’riqlab o’tirgan anovi sherikning ham feli buzilibdi. “Sariq shayton” uni ham yo’ldan uribdi. “Do’stim ovqatni olib g’or og’ziga kelganida, - deb rejalashtiribdi u, - men yuqoridan kattakon toshni boshiga tashlayman. O’lsa, oltinning hammasi o’zimga qoladi!”.

Oltin poyloqchisi o’z qabih rejasini amalga oshirish niyatida g’or tepasiga chiqib, bekinib turibdi. Do’sti g’or og’ziga kelganida kattakon xarsangni uning tepasiga dumalatibdi. Tosh ostida qolgan do’sti shu zahotiyoq jon taslim qilibdi. “Ana, - debdi u xursand bo’lib, - hamma oltin bir o’zimga qoldi. Avval to’yib olay, keyin oltinni ko’tarib uyimga jo’nayman!”.

Zahar solingan ovqatni yegan hamtovoq ham o’libdi. Bir xum oltin esa yana kimsasiz g’orda qolib ketibdi.

Ko’rdingizmi bolalarim! Omonatga xiyonat, ochko’zlik ikki qadrdon do’stni nobud qilibdi. Oltin esa har ikkoviga ham buyurmay, sabil qolibdi. Alqissa odam har qanday vaziyatda ham insoniylikni unutmasligi, hyech qachon do’stlikka xiyona qilmasligi lozim. Haligi ikki hamtavoq bir xum oltin vasvasasiga uchib, do’stlik rishtasini uzmaganlarida jonlari omon qolar, boy – badavlat, farovon hayot kechirishardi [14. 159 – 160 b.].

Bu orqali bolalar ongiga do’stga sadoqat singdiriladi. Shu yerda



DO’ST BILAN

Do’st bilan obod uying,



Gar bo’lsa ul vayrona ham.

Do’st qadam qo’ymas ekan,

Vayronadur koshona ham”,

deb boshlanadigan qo’shiqni bolalarga qo’yib bering. O’zingiz tushuntirib bering.

Keyingi bahsga shu qo’shiq haqida bahs yuritamiz, shunga tayyorlanib kelinglar deb uyiga vazifa bering.
MEHR

Ko’chada o’ynab yurgan bolakay mo’jazgina hovlida ish bilan band onasining oldiga qo’lida bir dona tuxum bilan chopib keladi.



Onasi: Qayerdan olding?

Bola: Ana u pichanning ustiga qo’shnimizning tovug’i tuxum qilibdi. Qarasam, hyech kim yo’q. Oldim.

Onasi: O’rtoqlaring ko’rmadimi?

Bola: Yo’q.

Onasi: Qo’ni – qo’shnilarchi? Hyech kim yo’q edimi?

Bola: Hyech kim yo’q edi.

Onasi: Yaxshi, hozir pishirib beraman.

Keyin bu odatiy holga aylanib qolibdi. Oxiri, tovuq tuxumdan qolgandan keyin, bola tovuqning o’zini tutib, onasiga keltiribdi.



Onasi: Hyech kim ko’rmadimi?

Bola: Hyech kim ko’rmadi.

Onasi: Yaxshi, hyech kim ko’rmagan bo’lsa, hozir sho’rva qilib beraman.

Shunday qilib, bola boshqa qing’ir ishlarga ham qo’l uradigan bo’libdi. Bora – bora qiynalmasdan, burovning haqqidan qo’rqmasdan, or qilmasdan yashashga o’rganibdi. Kunlardan bir kuni shoh saroyiga o’g’rilikka kiribdi. Bu gal omadi yurishmagan yigit qo’lga tushibdi. Shoh qo’lga tushgan o’g’rini shahar maydonida ko’pchilik oldida osishni buyuribdi. Farmon bajarilishidan oldin shoh yigitga oxirgi so’zga ruxsat bergan ekan.



Yigit: O’limim oldidan onamni bir ko’rsam.

Onasini olib kelibdilar. Onaizor yelib – yugurib, sochlari to’zg’igan, oyoqyalang holda hansirab farzandi oldiga ko’tarilibdi.

- Voy, ko’zimning oqu qorasi, umrimning mazmuni, hayotim quvonchi, nima savdolar tushdi boshimga, - debdi. – Sen o’lguncha, men o’lay, bolam!

O’g’lining oldiga yaqinlashganda, o’g’li:

- Onajon, o’limimdan oldin tilingizdan bir o’pay, - deb iltimos qilibdi.

Voy, men o’lay. Bu nima deganing? Mayli bolam, - deb, tilini chiqarib o’g’liga yaqinlashgan ekan, o’g’li onasining tilini tishlab, uzib olibdi – da, onasiga qarab:

- Onajon, meni bu dor tagiga olib kelgan mana shu tilingiz bo’ladi, - debdi. – Agar siz mening o’g’irliklarimga boshida, qo’y, bolam, bu birovning mulki, peshona teri, halol mehnati evaziga kelgan, birovning mulkiga xiyonat qilgan odamning kuniga maymun yig’laydi, deb tushuntirganingizda, o’zing mehnat qilgin, mehnat qilsang xor bo’lmaysan, sabr – qanoatli bo’l, xalq orasida obro’ qozonasan, deb noto’g’ri yo’ldan qaytarib, tarbiyalaganingizda, bu yo’lga kirib hozir o’lim oldida turmagan bo’lar edi. Yig’ilgan xaloyiq gaplarimni eshitsin, ikkalamizning ham yo’l qo’ygan xatolarimizni ko’rsin, ulardan xulosa chiqarishsin, bizning boshimizga tushgan kulfat boshqalarning boshiga tushmasin.

Bu rivoyatdan ko’rinib turibdiki, agar onaning o’zi tarbiya ko’chasidan ozgina toyib ketsa, hosilasi afsusnadomatdan boshqa narsa bo’lmaydi [8. 68 – 70 b.].

Bu rivoyat ayniqsa ota – onalarga bola tarbiyasida mayda – chuyda narsa bo’lmasligi kerakligini uqtiradi.

Tarbiyaning inson kamolotidagi kuch – qudrati cheksiz shu sababli bola tarbiyasini ona qornidayoq boshlash kerak. Chunki tarbiya tufayligina shaxs kamoloti uzluksizligini muvaffaqiyatli ta’minlash mumkin.

Ushbu yo’nalish bo’yicha nafaqat rivoyatlar, balki turli xil didaktik materiallardan ham foydalanish mumkin. Quyida ularning ba’zilari to’g’risida to’xtalamiz.
TO’RTLIKLAR:

Sotqinga o’lim.

Vatanni sev, o’g’lim, ming jondan ziyod,

El – yurtga sadoqat go’zaldir, so’lim!

Xiyonat bu g’amdir, kulfatdir, faryod,

Sotqinning jazosi hamisha o’lim.

Kalonxonova M., Kalonxonova M.

* * *

Qarg’ishu so’kinishdan asran!

Qarg’ish aylaganni qarg’ar bu dunyo,

So’kkan odamlarni so’kadi, bilgil.

Og’zingdan tushmasin shirin so’z, duo,

Hamisha har kimga xush niyat qilgin.

Kalonxonova M., Kalonxonova M)
* * *

Qasd qilgan past bo’lur.

Qasd qilmoq – gunoh, bil,

Avf etmoq – savob.

Kechirgan kas fozil,

Qasd qilgan xarob.

Kalonxonova M., Kalonxonova M.

* * *

Yolg’onchilik – illat.

Har kishi obro’ni eldan zo’rg’a misqollab yig’ar,

Ketmasin obro’si kasning ketsa ham joni agar.

* * *

Bitta tuhmat birla hurmat ko’kka uchdi misli par,

Berahm, jallodu qotil – behayo yolg’onchilar.

Marhabo Karimova.
HIKMATLI SO’ZLAR:

“Yolg’on kishining obro’sini to’kadi, hazil – mazax ham kishini shunga o’xshash beizzat qiladi”.



Yusuf Xos Hojib.

* * *

“Qilgan yaxshiligini minnat qiluvchi va kishilarga lanat aytib yuruvchi va og’zi beposhna hamda uyatsiz odamlar mo’min emasdur”.



(“Hadis”dan).

* * *

“Har bir ozor beruvchi otashi do’zaxda bo’ladi”.



(“Hadis”dan).

* * *

“Burovga hadya berib keyin qaytarib olgan odam to’yguncha yeb, keyin qusib, qusganini qaytadan yalagan itga o’xshaydi”.



(“Hadis”dan).

* * *

“Yolg’on so’zlash, ezmalik, takabburlik, chaqimchilik kishining obro’sini yo’qotadi. Vafodorlik, shoshma – shosharlikdan parhyez etish va tavoze’ obro’ni ko’taradi”.



Shayx Junayd.

* * *

“Johillikdan balo paydo bo’lg’usidir”.



(“Qomusnoma”dan)

* * *

“Ayanchli taqdir osmondan tushmaydi, u har bir kimsaning axmoqligidan kelib chiqadi”.



Aziz Isroilov.

* * *

“Ko’pdan ko’p baxtsizliklarning ildizi shundaki, yoshlikdanoq bola o’z xohishlarini tizginlashga, bu ishni qilish mumkin, bunisini albatta qilish kerak, buni qilish esa mumkin emas, degan tushunchalarga to’g’ri yondashishga o’rgatilmaydi”.



V.A.Suxomlinskiy.

* * *

“Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,

Nodonga yondoshma bosmasin g’aflat”.

Abulqosim Firdavsiy.

* * *

“Tarbiyada haddan tashqari ezgulik, nasihatgo’ylikka moyillikdan saqlaning”.



(“Donolar nasihati”)

* * *

“Bolalar tarbiyasida mayda – chuyda, ikkinchi darajali narsa bo’lmasligini yodda tuting”.



(“Donolar nasihati”)

3.5.4. «Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarida insoniylik fazilatlarini shakilantirishga oid

didaktik ma’lumotlar


M


Bolalarni tarbiyalashda donishmandlar hikmatlaridan foydalaning! Zеro, bolalarni buyuk allomalar fikriga ergashtira olish o’ta savobli ishdir”
Xolbo’ta To’raqlov

TM da bolalar tarbiyasida donolar o’gitlaridan foydalanish ijobiy samaralarni qo’lga kiritishga didaktik asos bo’la oladi. Ushbu didaktik asoslar tarbiyachi yoki murabbiylarning donolar o’gitlari bo’yicha qanday ma’lumotliliklariga egaligiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Ularning mazkur yo’nalishdagi ma’lumotliligi esa MTM pedagogik xodimlarining intellektual salohiyatidagi sifat ko’rsatkichi bo’lib, o’zida

shaxsning rivojlanish darajasi, uning tajribasi, ko’nikma va malakalarini mujassam qiladi hamda mavjud hikmatlardan foydalanish, ular yordamida yangi bilimlarni egallab, rivojlantirib borish qobiliyatlarini e’tiborga olish mahsulidir. Bu sifat ko’rsatkich tarbiyachi va murabbiylarning bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotimizning ushbu qismida “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarida donolar o’gitlaridan foydalanishga oid bo’lgan didaktik ma’lumotlarni keltiramiz. Bu sohaga tegishli ma’lumotlar juda ko’pligini e’tiborga olib insoniy fazilatlardan ayrimlarini oldik.
BAXTLILIK

“Bolalar hayotda o’sib ulg’ayar ekanlar, ularning tole’lari ikki narsadan ayri bo’lmaydi yo baxt – saodatli bo’ladi yoki gumrohlik yo’liga kirib, baxtsiz bo’lib qoladi.



Bolalar qanday qilib baxtli bo’lishlari mumkin?

Agar bola ota-onasining gapiga quloq solsa, ularning aytgan yo’lidan chiqmasa, bergan maslahatlarini jon deb qabul qilsa, ularga shunchaki quloq solib qo’ya qolmay, butun kuchi bilan amal qilishga urinsa va doimo yodida tutsa, bunday bola katta bo’lganda albatta baxtli bo’ladi.



Bola qanday qilib baxtsiz bo’lib qoladi?

Agar bola o’z ota – onasining beg’araz chin ko’ngildan mexribonlik qilib aytgan so’zlariga quloq solmasa, bergan maslahatlariga e’tiborsiz bo’lsa, boshqalarning pandu nasihatlarini tinglamasa, bora – bora yo’ldan adashadi, oqibat natijasida baxtsiz bo’lib qoladi. Baxtsiz bolalar katta bo’lganidan keyin o’z baxtsizliklariga o’zlarini aybdor, deb hisoblamay, ota - onalariga tuhmat toshlarini otishadi, baxtsizliklarini sababchisi qilib ularni ko’rsatishadi.



Bolalar! Siz xayotda ko’rib turganingizdek, ilmli va ma’rifatli kishilar hamisha izzat va ikromda, bil’ aks, puli ko’p, manman degan badavlat kishilar esa obro’ jihatidan ularning oldida pastdir. Bundan ko’rinib turibdiki, ilm kishini el oldida azizu mukarram qilar ekan”.

(Mustafo Homiyposhsho).

* * *

“Bolaga ota - onaning foydali maslahat berishi yaxshi. Lekin ularning o’z hayotiy tajribalaridan namunalar ko’rsatishi undan ham yaxshi”



R. Usmonov.

* * *

“Go’dakligidan boshlab farzandingizda o’zi uchun xizmat qilish ko’nikmalarini shakllantiring”.



(“Donolar nasixati”dan)

* * *

Baxtli oila – bu el e’zozida, xalq e’tiborida yashaydigan hamda insonlar orasida, jamoada, jamiyat a’zolari orasida ibrat – namuna bo’la oladigan osoyishta va xotirjam oiladir”.



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

“Jamiyat degan imkoniyatlar maydoni bor. Jamiyatda esa oila degan muqaddas qo’rg’on bor.

Oilada esa farzand degan buyuk ne’mat bor.

Ana shular asosida davlatimiz siyosatida barkamol avlod tarbiyasi bor.

Barkamol avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etish – bu ham buyuk baxtdir”.

Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

“Dunyodagi barcha ne’matlardan faqat yaxshi nom qoladi, hatto, shuni ham qoldira olmagan odam baxtsizdir”.



Sa’diy.

* * *

“Vaqting ketdi, baxting ketdi”.



(Xalq maqoli)

AQLLILIK

Hikmat: Buzrug mehrdan so’radilar: “odam uchun eng bebaho narsa nima?”



Aytdi: “Aql!”

Yana so’radilar: “U bo’lmasachi?”

Aytdi: “Odob va axloq”.

So’radilar: “U ham bo’lmasa-chi?”.

Aytdi: “Ko’rkam xulq”.

So’radilar: “U ham bo’lmasa-chi ?”.

Aytdi: “Boylik, chunki boylik bilan yaxshilik qilib, har turli toifalar ichida tinch yashash mumkin”.

Yana so’radilar: “U ham bo’lmasa-chi?”.

Aytdi: “Jimlikni odat etish, chunki jim turish bilan odamning ayblari ochilmaydi va o’zgalar ta’nasini va malomatini eshitmaydi”.

So’radilar: “U ham bo’lmasa-chi?”

Aytdi: “Chaqmoq va yashin yaxshi, chunki yuqoridagi shuncha xislatlardan birortasi bo’lmagan odamning chaqmoq va yashin o’ti ostida o’lgani ma’qul!”.

Abdulbarokat Qodiriy.

* * *

“Aqlning dalili - fikrdir”.



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

“Aql – hammaga kerak. Ammo u hammaga ham nasib etavermaydi. Shu sababli ham kishilar turli aqliy kamolat bosqichlari asosida tavsiflanadi. Ular ongli odam, aqlli odam, dono odam va shu kabilar bo’lib, u ichidan dono bo’lish maroqlidir”.



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

“Aql –inson kamolotini harakatlantiruvchi kuchi bo’lib, u yordamida odam xayotida o’z o’rni va nufuziga ega bo’ladi”.



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

“Aqlli bo’lish yaxshi, dono bo’lish undan ham yaxshi”.



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

“Aqlning eng muxim sifatlari, fikrning teranligi, uyg’unligi, kengligi, tezligi, erkinligi, mustaqilligi va shu kabilar”.



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

“Hammaga kerak insoniy jixat – bu aql”



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

“Kimdaki aqldan biror satr bor, umrin bir lahzasin o’tkazmas bekor”.



Umar Xayyom.

* * *

“Kimning ishi bo’lsa aqlga payvand, Taqdir yulduzidan nolimas harchand”.



Abulqosim Firdavsiy.

* * *

“Aqlli deb shunday kishiga aytamizki, unda o’tkir zehn –idrok bo’lishi bilan birga, fazilati ham bo’lsin. Bunday kishi o’zining butun qobiliyati va idrokiga yaxshi ishlarni amalga oshirishga, yomon ishlardan o’zini saqlashga va tortishga qaratgan bo’lmog’i lozim. Shunday odamnigina aqlli va to’g’ri fikr yurituvchi deb atash mumkin”.



Abu Nasr Farobiy.

* * *

“Aql –Hasandir, odob –Husandir”



(“Xalq maqoli”)

* * *

“Aql –yoshdan, odob boshdan”



(“Xalq maqoli”)

* * *

“Aql – aqldan quvvat oladi”



Jaloliddin Rumiy.
MULOYIMLIK

Xikoyat: “Sulaymon Barroq shunday hikoya qilibdi.”

Kunlardan bir kun xalifa Ma’mun oldida o’tirgan edim. U zargarni chaqirtirdi va unga kattagina yoqutni berib undan uzuk tayyorlashni buyurdi. Ertasiga xuddi shu paytda uning oldida o’tirgan vaqtimda uzuk esiga tushib zargarni yo’qlatdi. Eshikdan kirib kelgan zargar terak yaprog’i kabi titrar edi. Ma’mun undan nima voqyea bo’lganini so’radi. Zargar qaltirab dedi:



  • Uzukni tayyorlab, endi unga ko’zni o’rnatayotgan edim, qo’limdan tushib sandonga tegdi va to’rtga bo’linib ketdi!

Kattaligi va noyobligi jihatdan kamdan kam hukumdorda bo’ladigan shunday yoqutning singani Ma’munni qayg’uga solmadi va zargarga qarab:

  • Mayli, xafa bo’lma, borib undan to’rtta uzuk yasa!-dedi.

Ma’mundan sodir bo’lgan bunday muomala chidam va muloyimlikning yuksak darajasi edi. Bayt:
Yumshoqlikdir kamolotning moyasi

Izzat bilan ulug’likning soyasi

Hijolatli ko’zlargadir to’tiyo

Singan yurak oynasiga mo’miyo!



Abdulbarakat Qodiriy.

* * *

Xikoyat: “Anushervon Buzurkmehirdan: Muloyimlik nima? ”- deb so’radi.

U dedi: “Muloyimlik axloq dasturxoning tuzi. Xilm, ya’ni muloyimlik so’zini teskari o’qisang tuz bo’ladi. Xar bir ovqat tuzsiz ta’mga ega bo’lmaydi. Hyech bir hulq ham, ya’ni muloyimliksiz kamol topolmaydi!”.

Anushervon yana undan: “Muloyimlikning belgilari qanday bo’ladi?”- deb so’radi. “Uning uch alomati bo’ladi-deb javob berdi Buzrukmehir, - birinchi –birov senga qovog’ini solsa yoki achiq so’zlarni aytsa ham, unga nisbatan shirin so’z aytasan, agar u o’z fe’li bilan xafa qilsa, uni xursand qilishga urinasan. Ikkinchi - g’azab o’t olib, osmonga o’ralgan paytda ham, sukut qilib, homush bo’lib turasan. Uchinchi – biror kimsa kirdikori bilan g’azabga loyiq bo’lsa ham g’azabni ichga yutib o’zingni bosasan! Bayt:


Yomonlikga yaxshilik qilmoq,

Oqillarning nazdida xushroq.

Bu ma’niga har kimki yetdi,

Yomonlikga yaxshilik yetdi”.

Abdulbarokat Qodiriy.

* * *

“Insoniyligi bo’lmaganning muloyimligi ham bo’lmaydi”.



(Otalar so’zi)

* * *

“Yaxshi gapdan ilon inidan chiqar,

Yomon gap albatta, yurakni siqar.

Aytdim qo’ydim-da deb bad so’zni dema,

Yomon so’z shohni ham taxtidan yiqar!”

Kalonxonov M, Kalonxonva M.

* * *

“Suhbat uchun topsang dono kishini,

Yomonlarni yaqin yo’latma zinhor,

Dilga yoqqan faqr dono suhbati,

Nodon boydan ko’ra yaxshiroq ming bor!”

Majiddin Xavofiy.

* * *

“Dilga orom berar yaxshi suhbatdosh,

Purma’no so’zlari bag’ishlar huzur.

Oqilu dono kas bo’lsa gar yo’ldosh,

Qalbinga so’zidan yog’iladi nur”.

Kalonxonov M, Kalonxonva M.

* * *

“Xa, muloyim muomalada gap ko’p. Muloyim muomala ya’ni, muloyimlik ish bitirishda asosiy omillardan biri. Qo’pollik yoki birovga ishi tushganda to’g’ridan – to’g’ri, ya’ni, dab –durustdan murojaat qilish ba’zan ish bitishiga halaqit beradi.

Demak, har gapni bilib gapirgan yaxshi, chunki o’ylab qilingan ish samaraliroq bo’lib yakunkanadi”.

Xolbo’ta To’raqulov.

SABR – QANOATLILIK

Xikmat: “Sabr - bu barcha mehnat va og’irlikni yengish va chidamdir. Bechora va nochor bo’lsa-da, o’zini badavlat kishidek tutish, ko’ringan kimsaga ahvoli haqida shikoyat qilavermaslik, g’amli ayyomda ham o’zini handon va ochiq yuzli qilib ko’rsatishdir”.

Muhammad Jabalrudiy.

* * *

Hikmat: “Dono kishilar: “Qanoat so’nmas boylikdir, qanoatli kishi hyech qachon kambag’al bo’lmaydi, chunki uning hyech kimga ishi tushmaydi.

Qanoatsiz kishi esa, gadoyga o’xshaydi, uning hamma narsasi bo’lsa ham ko’zi to’ymaydi, ko’proq topishga intiladi, narsa uchun odamlar oldida bosh egadi”, -deydilar”.



Maxzam al-Ulum.

* * *

“Har bir bola daho bo’lib tug’ilmaydi va hyech bola axmoq bo’lib ham tug’ilmaydi. Hammasi bola hayotining hal qiluvchi yo’llarida bosh miyaning rivojlanish darajasi va stimulyasiga bog’liq bo’ladi. Bu tug’ilgandan uch yoshgacha bo’lgan yillarga to’g’ri keladi. Bolalar bog’chasida tarbiyalashni boshlash esa ancha kech bo’ladi”.



Masaru Ibuka.

* * *

“Haqiqiy tarbiya qoidalarida emas, mashqlardadir.”



J.J. Russo.

* * *

“Sabr qilgan moy oshar,

Olqish olgan ko’p yashar.”

(Xalq maqoli)

* * *

“Sabr qilsang boy bo’larsan”



(Xalq maqoli)

* * *

“Sabr achchiq, mevasi - chuchuk. ”



(Xalq maqoli)

* * *

“Oziga shukur qilsang, ko’pi kelur”



(Xalq maqoli)

* * *

“Oz narsaga qanoat qilgan odam davlatmanddir, negaki bunday qanoat uning ma’naviy boyligidan dalolat beradi.”



Suqrot.
* * *

“Jahilning otiga minmas yaxshi kas,

Gar minsa u jarga uloqtiradi.

Faqat kaltabinlar, nodonlar, abas,

Jahilning so’ziga bilmay kiradi.”

Kalonxonov M., Kalonxonva M.

* * *

Hayotiy saboqlar shuni ko’rsatadiki, har qanday inson Olloh tomonidan berilganiga qanoat qilib, ko’rsatganiga shukur qilib yashashni bilgani yaxshi. Chunki shunday naql bor:



Yetishmasa bozorga bor,

Toshib ketsa mozorga bor.

Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, yetishmasa bozorga bor deyishdan maqsad: Inson qanoat hosil qilish. Chunki, har qanday odam bozorga kirishi bilan gadoy yoki tilanchilarni ko’rishi mumkin. Shunda u mendan ham nochor odamlar bor ekan-ku, degan “Qanoat” bilan uyiga qaytadi.

Toshib ketsa mozorga bor deyishidan maqsad: insonga shukuronalikni singdirishdir. Chunki inson mozorga borgandan keyin, shohning ham, gadoning ham boradigan joyi shu ekanligini anglaydi ya’ni, hamma uchun bab– baravar joy bu qabristondir. Natijada qabristonga borgan kishi o’zini bosib, insonning qadriga yetish lozimligi haqidagi tasavvurga ega bo’lsa ajab emas. Inson dunyo abadiyligi va hayot o’tkinchiligini anglagan holda turmush kechirsa boriga qanoat qilib, berganiga shukuronalik bilan yashasa hayotda adashmaydi. Yashagan hayotida afsus va nadomatlar bo’lmaydi. Odamlarga yaxshilik qilishni yaxshi ko’radi. Hyech bo’lmaganda birovga yomonlik qilmasdlik haqidagi tushunchaga ega bo’ladi. Shukronalik hissi bilan bezangan insonning hayot mazmuni ham ibratli bo’ladi”.

Xolbo’ta To’raqulov.


Каталог: uploads -> books
books -> Tầm Quan Trọng Của Tâuhid & Sự Nguy Hiểm Của Bùa Ngải ] Tiếng Việt Vietnamese فيتنامي [
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab
books -> Chữa Bệnh Bằng Những Lời Niệm Chú Từ Qur’an Và Sunnah
books -> حصن المسلم Husnun Al- muslim
books -> Bạn Biết Gì Về Shi’ah (Shiite – Si-ai)?
books -> Riyadh Saaliheen (Những Ngôi Vườn Của Những Người Ngoan Đạo) Chương Sabr (Kiên Nhẫn)
books -> Ương Haj Các Sai Sót Khi Hành Hương Haj
books -> Dịch Thuật: Abu Hisaan Ibnu Ysa
books -> Kế Hoạch Cho Gia Đình 30 dự án hữu ích cho cá nhân, gia đình và cộng đồng trong tháng Ramadan
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab Tiểu sử và sự tuyên truyền của ông

tải về 1.25 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương