Axloqiy e'tiqod



tải về 20.89 Kb.
Chuyển đổi dữ liệu23.11.2023
Kích20.89 Kb.
#55760
Axloqiy e\'tiqod



Axloqiy e'tiqod

Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi. (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 31-modda)


Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida millatlar va dinlararo totuvlikni mustahkamlash, ma’naviy va axloqiy tarbiyani kuchaytirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aholining siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga doir ishlar o‘z samaralarini bermoqda.
Bu, o‘z navbatida, yurtimizdagi tinchlik, osoyishtalik va farovonlikning muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda. Yot g‘oyalar, oqimlar va turli illatlarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, farzandlarimizning yuksak ma’naviyat va salohiyat sohibi bo‘lishini ta’minlash istiqbolimizni himoyalash demakdir.
Yurtimiz hududiga diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizmni targ‘ib qiluvchi turli adabiyotlar va boshqa vositalar kirib kelishining oldini olish borasida bojxonachilar tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tufayli g‘araz niyatli kimsalarning qilmishlari fosh etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, “Beyneu-Qo‘ng‘irot” yo‘lovchi poyezdida fuqaro Z.Ismoilov qoraqalpog‘istonlik bojxonachilar tomonidan nazoratdan o‘tkazilganda, u arab va o‘zbek tilidagi noqonuniy diniy adabiyotlarni olib ketayotgani ma’lum bo‘ladi. Kitoblardan birining nomiga e’tibor qiling: “Xudo bizga g‘amxo‘rlik qilyaptimi?” Ha, ayrim sodda odamlarni missionerlar ana shunday usullar bilan chalg‘itadi va ulardan o‘zining g‘arazli maqsadlariga foydalanishga urinadi.
Buxoro shahri aeroportida Moskvadan uchib kelgan fuqaro N.Farmonova ham bojxona nazoratidan o‘tganda turli noqonuniy diniy adabiyotlarni yurtimizga olib kirishga uringani ma’lum bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xulosasiga ko‘ra, bunday kitoblar missionerlik holatlarini yuzaga keltirishi mumkinligi sababli ularni mamlakatimiz hududiga olib kirish man etiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunining 5-moddasida ham mamlakatimizda har qanday missionerlik faoliyati taqiqlangan.
Ammo bunday kitoblarni mamlakatimizga olib kirishga urinayotgan kimsalarning maqsadi nimaligini anglash qiyin emas. Xorijda turib zimdan ish ko‘rayotgan ayrim kuchlarning niyati – tinch, farovon hayot kechirib, katta orzu-maqsadlarni ko‘zlab bunyodkorlik bilan band xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni chalg‘itish, yo‘ldan ozdirish.
Lekin ularning g‘arazli niyatlari hech qachon amalga oshmaydi. Xalqimiz unday kimsalarning qutqusiga uchmaydi, allaqachon oq-qorani ajratib olgan. Qolaversa, bunday holatlar bo‘yicha aybdorlar o‘z vaqtida tegishli tartibda javobgarlikka tortilmoqda va mazkur yo‘nalishdagi chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Jamiyatning axloqiy-ma’naviy holati uning dindorlik darajasiga bog‘liqmi? Kishilarning diniy aqidalarga e’tiqod qilishi ular xulq-atvoriga qanchalik ijobiy ta’sir o‘tkazadi? Asrlar mobaynida din va axloqqa bir butunlik o‘laroq qaralgan; sodir etilgan gunoh uchun jazo muqarrarligiga bo‘lgan ishonch insonlarni yomonlikdan qaytarishi bot-bot ta’kidlangan. Hatto ba’zi ashaddiy ateistlar ham dinni jamiyat axloqini nazorat qiluvchi institut sifatida tan olgan. Mustaqillik mamlakatimizda islomiy axloq va qadriyatlarning qayta tiklanishi va rivoj topishiga yo‘l ochdi. Diniy nashrlarning ko‘payishi, juma namozlari va ehsonu ma’rakalardagi amrima’ruflar ta’sirida xalqimizning savobu gunoh to‘g‘risidagi tasavvurlari birmuncha shakllanib ulgurdi. Aksar o‘zbeklar diniy aqidalarni inkor qilmaydi, ularga ishonadi. Oddiy aholi orasidan Xudoning borligi, narigi dunyo va taqdiri azalni inkor etuvchilarni topish oson emas. Biroq dinga va diniy qadriyatlarga munosabat jamiyatimizning axloqiy-ma’naviy qiyofasini qanchalik yaxshiladi? Avvalgiga nisbatan yuksakroq axloq va ma’naviyat egasiga aylandikmi? Bizningcha, ahvol, taassufki, aytarli darajada qoniqarli emas. Boshiga ish tushgan kishi duch kelganda vaziyatdan foydalanib qolib, imkon qadar ko‘proq haq undirib olish ilinjida o‘zini har ko‘yga solayotgan kirakashdan tortib tibbiyot xodimigacha, maktab muallimidan tortib universitet rektorigacha uchratganimizda, ba’zi imom domlalarning barmoqlari orasiga “ko‘ki”ni qistirib olib, “topganingga baraka bersin”, deb duoga qo‘l ochayotganining shohidi bo‘lganimizda (diniy ta’lim muassasidagi tanish-bilishchilik va hatto tamagirlik holatiga shaxsan guvoh bo‘lganman) nima uchun diniy e’tiqod ularni bu yo‘ldan qaytara olmas ekan, deb o‘yga toladi kishi. Din o‘zgalar haqiga xiyonat qilishni qoralaydi, albatta. Biroq nega ijobiy o‘zgarish kuzatilmayapti?
Bizningcha, dindorlik va axloqiylik darajalari o‘rtasida to‘g‘ri proporsional munosabat mavjud emas. Bu fikrni asoslash uchun masalani kengroq miqyosda ko‘rib chiqamiz. Avvalo ba’zi tushunchalarga aniqlik kiritib olsak.
Dindorlik – kishining o‘z qilmishlarini kuzatib turgan, har narsadan boxabar Yaratuvchining borligi hamda yaxshi-yomon amallar uchun mukofot va jazo muqarrar ekaniga e’tiqod qilishidir. Bunda axloqiy me’yorlar aqida sifatida qabul qilinib, ularning mantiqiyligi va sharoitga mosligi masalasi e’tibordan soqit etiladi.
Axloqiylik – kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda butun jamiyat to‘g‘ri deb qabul qilgan xulq-atvor me’yorlariga og‘ishmay amal qilinishidir. Hech bir jamiyatda yolg‘onchilik, poraxo‘rlik, o‘g‘rilik kabi illatlar axloqan joiz deb hisoblanmaydi va bunday bo‘lishi mantiqan olganda ham imkonsizdir. Masalan, yolg‘onchilik axloqan to‘g‘ri amal sifatida butun jamiyat tomonidan ma’qullanmaydi. Zero, odamlar bir vaqtning o‘zida bir-birini aldashi va ayni damda aldanayotganini bilaturib biror ishga kirishishi inson tabiatga mos emas. Binobarin, kishilar istasalar-da, bu kabi amalni axloqiy me’yorga aylantira olmaydi. Demak, barcha jamiyatlarda dini va tilidan qat’i nazar, aql yordamida tushuntirib bersa bo‘ladigan umumiy, mushtarak axloqiy me’yorlar mavjud.
Bu o‘rinda biz axloqiy me’yorlar ilohiy ko‘rsatmalardan kelib chiqadimi (masalan, Xudo taqiqlagani uchun o‘g‘rilik gunohmi yoki bu ish jamiyatga zarar bergani sababli Xudo uni taqiqlaganmi?) yoki jamoa foydasini ko‘zlab qachonlardir ishlab chiqilgan qoidalar insoniyat taraqqiyoti mobaynida sekin-asta diniy qonunlar tusini olganmi degan falsafiy-tarixiy muammoni emas, umuman bugun din axloq nazoratchisi vazifasini qanchalik o‘tamoqda degan savol atrofida mulohaza yuritamiz. Biz quyidagi fikrlarni inkor etamiz:
– Dindan tashqarida axloq bo‘lishi mumkin emas.
– Dunyoviylik ma’naviy va axloqiy buzuqliklarning bosh sababidir.
****
Avvalo bugungi kunda qaysi mamlakat aholisi ko‘proq dindor va yana qaysilari dinga nisbatan befarq ekanini aniqlashtirib olsak.
Garchi bu borada qilinayotgan sotsiologik tadqiqotlar xulosalari nisbiy bo‘lsa-da, vaziyatni yetarlicha tasavvur qila olishimizga imkon beradi. Bunda global miqyosda omma fikrini o‘rganish salohiyatiga ega to‘rt tadqiqot markazi – Gallup (AQSH), Ipsos MORI (Britaniya), Pew Research Center (AQSH) hamda Yevropa Komissiyasining maxsus sektori tomonidan o‘tkaziladigan Yevrobarometr tadqiqotlari xulosalaridan foydalanamiz.
Gallupning 2009 yili 114 mamlakatda o‘tkazgan so‘rovi natijalariga ko‘ra, “Din sizning kundalik hayotingizda muhim o‘rin tutadimi?” degan savolga aksar musulmon davlatlari vakillarining 90 foizdan ortig‘i “ha” deb javob bergan bo‘lsa, Yevropa davlatlarida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 25 foizni tashkil qilgan. (Bangladesh – 99% +; Niger – 99% +; Yaman – 99% ; Indoneziya – 99%; Malavi – 99%; Shri Lanka – 99%; Buyuk Britaniya – 27%; Gongkong – 24%; Yaponiya – 24%; Daniya – 19%; Shvetsiya – 17%; Estoniya – 16%.)
So‘rovda Italiya (72%), Singapur (70%) va AQSHni (65%) istisno qilganda deyarli barcha demokratik rivojlangan davlatlarda dinga nisbatan e’tibor anchagina past natija ko‘rsatgan.
Ipsos MORI tomonidan 2010 yili 24 davlatda o‘tkazilgan nisbatan batafsil xulosalarga ega so‘rovda musulmon respondentlarlarning (Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Turkiya) o‘rtacha 61 foizi, hindularning 33 foizi va nasroniylarning 24 foizi o‘zgalarga yordam berishda asosiy turtki diniy e’tiqod ekanini aytishgan: Indoneziya – 84%; Saudiya Arabistoni – 71%; Janubiy Koreya – 45%; JAR – 44%; Hindiston – 36%; Yaponiya – 15%; Belgiya – 14%; Buyuk Britaniya – 14%; Vengriya – 14%; Fransiya – 12%; Shvetsiya – 11% (qarang: Ipsos MORI).
“Din XXI asrda axloqiy va umuman ma’naviy qadriyatlar uchun birlamchi asos bo‘la oladimi?” degan savolga berilgan javoblarga e’tibor qarataylik: Saudiya Arabistoni – 92%; Indoneziya – 91%; Hindiston – 69%; Braziliya – 67%; JAR – 67%; Yaponiya – 29%; Ispaniya – 25%; Fransiya – 24%; Belgiya – 21%; Shvetsiya – 19%.
Pew Research Centerning ayni mavzuda 2007 yili 47 mamlakatda o‘tkazgan tadqiqotida “Xudoga bo‘lgan ishonch axloq uchun zaruriy asosmi?” degan savolga berilgan javoblar ham shunga o‘xshash natijani takrorlagan: Misr – 99%; Indoneziya – 98%; Iordaniya – 97%; Senegal – 91%;Bangladesh – 90%; Bolgariya – 24%; Buyuk Britaniya – 22%; Fransiya – 17%; Chexiya – 14%; Shvetsiya – 10%.
Ipsos MORI tadqiqotchilari tomonidan “Muhim davlat xizmatida ishlash uchun mustahkam diniy e’tiqod zarurmi?” deya so‘ralgan musulmonlarning aksari ijobiy (Indoneziya 83%) javob bergan bo‘lsa, nasroniylarda aksincha holat kuzatilgan (Fransiya 13%, Ispaniya 13%, Shvetsiya 5%). Yaponiyaliklar ham bu masalada nasorolardan qolishmas ekan. Ularning javoblari ham bor-yo‘g‘i 5 foiz natijani ko‘rsatgan.
Xulosalarni umumlashtirishdan avval Yevrobarometrning 2005 yilgi natijalariga ham bir qur nazar tashlasak, tasavvurimiz yanada oydinlashadi. “Siz Xudo yoki biror ruhiy kuchning mavjudligiga ishonasizmi?” degan savolga eng kam ijobiy javobni Shvetsiya (23%), Chexiya (19%) va estoniyalik (16%) respondentlar bergan bo‘lsa, eng yuqori natijani Malta (95%), Kipr (90%) va Gretsiya (81%) ko‘rsatgan. So‘rovda ishtirok etganlarning o‘rtacha 52 foizi Xudoning borligiga ishonishini, 27 foizi qandaydir ruhiy kuchning mavjudligini tan olishini aytgan bo‘lsa, 18 foizi ateist bo‘lib chiqqan.
Natijalarni shunday xulosalashimiz mumkin:
– Dinga nisbatan befarqlik nasroniylar orasida kengroq tarqagan;
– Musulmon mamlakatlari aholisining aksari o‘z diniga munosabatda boshqa din vakillariga qaraganda dindorroqdir;
– Rivojlangan demokratik davlatlarda ateizm va agnostitsizm nisbatan ko‘proq uchraydi.
****
Endi masalaning ikkinchi tomoni – axloqiylik va undan kelib chiquvchi demokratik kayfiyat, inson qadr-qimmati va huquqlari, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va tolerantlik borasidagi ahvolga diqqat qarataylik. Bunda eng dindor va eng dinsiz mamlakatlardagi vaziyatni ko‘rib chiqamiz.
Har qanday davlatning taraqqiyoti, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samarasi qonun ustuvorligi qanchalik ta’minlangani bilan belgilanadi. Qolaversa, qonun ustuvorligi o‘sha mamlakat aholisining axloqi ko‘zgusi hamdir. Shu bois so‘z yuritayotganimiz davlatlarda ayni xususiyatlar qanchalik shakllangani din va axloq o‘rtasidagi munosabatni oydinlashtirishda benihoya muhimdir. Markazi AQSHda joylashgan qonun ijrosi va ustuvorligi ta’minlanishi bo‘yicha global miqyosda monitoring olib boruvchi “Jahon adolat loyihasi” (World Justice Project) 2011 yil e’lon qilgan “Qonun ustuvorligi indeksi”ga nazar solsak, jahondagi eng dahriy mamlakatlardan biri bo‘lmish Shvetsiya hukumat faoliyatining ochiqligi, korrupsiya darajasining pastligi, inson huquqlarining ta’minlanishi, davlat boshqaruvi samaradorligi bo‘yicha peshqadam ekanini ko‘ramiz. Keyingi o‘rinlarni esa Norvegiya, Niderlandiya va Yangi Zelandiya egallagan. Aholisining 90 foizidan ko‘prog‘i dindor bo‘lmish Indoneziya (29), Bangladesh (48), Pokiston (63) bu sohada ancha ortda qolgan. “The Econimist” haftanomasi har yili e’lon qiladigan “Demokratiya indeksi”ning 2010 yilgi sonida ham yuqoridagiga hamohang natija qayd etilgan: Norvegiya (1), Daniya (3), Shvetsiya (4) yuqori o‘rinlarni band qilgan bo‘lsa, Indoneziya (60), Bangladesh (83), Pokiston (103) quyida qolib ketgan. Qizig‘i shundaki, eng demokratik musulmon davlati Indoneziya ekan. Binobarin, undan yuqoridagi 59 mamlakat ichida birorta ham musulmon davlati yo‘q. Shtab-kvartirasi Berlinda joylashgan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha monitoring yurituvchi “Transparensi interneyshnal” nodavlat tashkilotining 2011 yilgi hisobotida (Corruption Perception Index 2011) korrupsiya eng kam tarqalgan to‘rt mamlakat yana o‘sha eng dunyoviy davlatlar – Yangi Zelandiya, Daniya, Finlyandiya va Shvetsiya ekaniga guvoh bo‘lamiz. Musulmon davlatlaridan eng yaxshi natija Qatarga (22) nasib qilgan. Aholisi dindorroq davlatlar esa pastki o‘rinlarga tushib qolgan (Iordaniya 56, Saudiya Arabistoni 57, Malayziya 60, Turkiya 61, Indoneziya 100).
Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar hisobot e’lon qiluvchi tashkilotlar qo‘llagan mezonlarga bog‘liq bo‘lib, muayyan darajada nisbiy, albatta. Biroq ulardagi umumiylik e’tiborimizni tortmay qolmaydi. Keling, raqamlarning o‘zi bilan kifoyalanmay, real voqelikni kuzataylik.

tải về 20.89 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương