Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



tải về 1.25 Mb.
trang12/19
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2018
Kích1.25 Mb.
#36917
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19

Ushbu ketma – ketlik “Ma’naviyat saboqlari” darsi mashg’ulotlariga juda qo’l keladi. Bunga sabab, ushbu jarayonda ommaviylik bilan oshkoralikka keng yo’l berilgan.



III - BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA “MA’NAVIY SABOQLARI” MASHG’ULOTLARINI OLIB BORISH AMALIYOTI

3.1. “Ma’naviyatli odam kim?” mavzusi bo’yicha “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarini olib borish texnologiyasi

Ma’lumki, maktabgacha ta’lim tashabbuskor, ijtimoiy faol, ma’naviy jihatdan boy shaxsni shakllantirishning birinchi pog’onasidir. Yoshlarimizni yuksak ma’naviyatli bo’lib shakllanishiga davlatimiz rahbari– Prezidentimiz I.A.Karimov ham doimo e’tibor berib kelmoqda. Fikrimiz dalili sifatida quyidagiga e’tiboringizni

qaratamiz: “Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inson o’z umri davomida oladigan barcha informasiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan.

Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk ko’rtaklari namoyon bo’la boshlaydi” [2. 53 - b].

Prezidentimizning ushbu fikri bevosita MTM ga va ularning oila muhiti bilan aloqasiga bog’liqdir, chunki MTM ning o’rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlarida 5-7 yoshli bolalar tarbiyalanadilar. Bolalarning intellektual salohiyatlarining va ma’naviy saviyasi shakllanishining dastlabki bosqichi ham xuddi ana shu yoshdan boshlanadi. MTMsi ta’lim – tarbiyasiga qo’yilgan Davlat talablari (“Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 10 va 11 hamda 4 - 9 moddalari, “Barkamol avlod” yili Davlat dasturi, YuNESKO tomonidan 1997 yilgi “Maktabgacha ta’lim” atamasini uzluksiz ta’lim tizimi tarkibiga kiritilishi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va shu kabilar) va “Maktabgacha ta’lim” konsepsiyasida ham yangi pedagogik texnologiyalarini qo’llashlarga e’tibor qaratilgan.

Ushbu talablarni va ulargan mos zamonaviy texnologiyalarni MTM ga keng joriy etish maqsadida “Ma’naviyat saboqlari” ruknidagi darslar majmuasini ishlab chiqdik. Ular mavzulari va ularni olib borishga qisqacha tavsiyalar mazkur ishimizning 2.2 - qismida ma’lumot berilgan edi.



Quyida ana shunday rukndagi dars mashg’ulotlaridan “Ma’naviyatli odam kim?”, degan mavzu ishlanmasini keltiramiz. Buning uchun dastlab ushbu mavzuga mos darsning oldindan loyihalashtirilgan texnologik xaritasini keltiramiz.
Ma’naviyatli odam kim?” mavzusini o’rganish bo’yicha oldindan loyihalashtirilgan texnologik xarita



Mashg’ulot bosqichlari

Tarbiyachi faoliyati

Tarbiyalanuvchi faoliyati

Izoh

1

2

3

4

5

1.

Tashkiliy qism

Tarbiyachi mashg’ulot bosh-lanishida bolalarni 5 tadan qilib rasmlar, belgilar yoki bir – birlarini yoqtirishlar-iga ko’ra kichik guruhlarga bo’ladi. Ushbu darsga guruhlar soni bo’yicha rasmlardan komplekt tayyorlanadi. Tarbiyachi bittadan rasm olib, bolalarning belgi-langan joylarga o’tirish-lari uchun, tarbiyachi oldindan rasmlarni kattalashtiril-gan hajmda ma’lum stollarga qo’yib chiqadi. Kichik guruhlarga a’zo bolalar tartib – intizomi tushuntiriladi.

Tarbiyalanuvchilar o’z guruhlarini bilib oladi. O’ziga tegishli o’quv materiallarini va joyini egallaydi. Qanday tartib intizomga bo’ysinishini anglaydi.

Bolalar bilan muomala qilishda asosan muloyimlik bilan taklif ohang-ida gaplashish kerak. Ular o’z narsalari va joylariga o’z ixtiyori bilan ega bo’lsin.

2.

Mavzuni e’lon qilish bosqichi

“Ma’naviyatli odam kim?” So’z yozilgan plakatni ko’rinadigan joyga ilib qo’yiladi.

Mavzuni tarbiyachi tomonidan e’lon qil-gandan keyin anglab oladi.

Mavzu albatta ovoz chiqarib e’lon qili-nadi, chunki ularning hammasi o’qishni bil-maydi.

3.

Maqsad va vazifalarni bayon qilish bosqichi

Aziz bolajonlar biz bugun ma’naviyatli odam kimli-gini bilib olamiz, deya maqsadni bayon qiladi. Vazifalar: yaxshi va yomon odam; yoqimli muomalali va qo’pol odam; ma’naviyatli va madaniyatli odam; yaxshilik va illatlar odamga qanday ta’sir qiladi; ma’naviyatli odam, ma’naviy qashshoq odam kabilarning mazmun – mohiyatini bolalar ongiga singdiradi.

Ma’naviyatli odam yaxshi odam ekanligi-ni anglaydi. Ijobiy xarakterlar odamni insoniylik nuqtai nazaridan bezashligi-ni va illatlar esa odamgarchilikdan chiqib ketishga asos bo’lishligini biladi.

Mavzuga oid yaxshi xulq–atvorli bolalar va kishilar va illatlar botqog’i-ga botib qolgan odamlar sur’ati tushurilgan plakat-lar vazifalarni bayon qilishda bir – bir ko’rsatilib ketiladi.

4.

O’quv jarayoni-ning mazmuni dars asosiy qisim bosqichi

Ma’naviyatli odamda quyidagi insoniy jihat-lar bo’lishi tushuntir-iladi: yaxshi, yoqimli, muomalali, muloyim, madaniyatli va shu kabilar. Shuningdek, yomon, qo’pol, illatlarga boy odamlar to’g’risida ham fikr bildir-ilib “Ma’naviy qashshoq” odamga ta’rif beriladi va ular ma’naviyatli odam bilan taqqoslanadi.

Bolalarda yaxshi, yoqimli, muloyim, madaniyatli va pirovard natijada ma’naviyatli odam bo’lishga havas uyg’on-adi. Shuningdek, ularda har xil insoniy fazilat-larga xos bo’lmagan sifatlarga nisbatan nafrat uyg’onadi.

Iloji kelsa shu atrof – tevarakdan ma’naviyatli odam va “Ma’naviy qashshoq” odamga dalil kel-tirilib yuborilsa mashg’ulot samara-liroq bo’lar edi.

4.1.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasining metodik ta’mi-not bosqichi.

METOD: Ma’naviyat haqida suhbat; hikoya; tushuntirish; namuna ko’rsatish; bahs – munoza-ra uyushtirish; uchrashuv-lar qilish; ishchanlik o’yinlari; fikrlar va g’oyalarni tizimlashti-rish; devoriy gazeta va shu kabilar.

Metodlar qo’llanil-ayotganda obrazli lavhalarni diqqat bilan ko’rib, ular haqida o’z fikr va mulohazalarni bir nuqtaga yig’ishni amalga oshirish.

Mashg’ulotni kichik guruhlarga ajratib olib borish maqsadga muvofiq.

4.2.




MAShG’ULOT ShAKLI: amaliy mashg’ulot, kichik guruhlarga tizimlashti-rish va ularga mos nomlar qo’yiladi.

Bolalar o’z kichik guruhlari nomi va tarkibini bilib oladi.

Kichik guruhlar nomi yozilgan belgilar bolalar soniga yetadigan qilib tayyorlanadi.

4.3.




VOSITALAR: tarqatma materiallar, xarita, slaytlar.

Bolalar tarqatma materiallar, xarita-lar bilan tanishadi-lar.

Slaydlar yordamida multimediali ta’lim texnologiya-laridan foydalanish mumkin.

4.4.



USUL: tarqatma materi-al, rasm va chizmalar bilan ishlash.

Bolalar tarqatma materiallar bilan tanishadilar.

Tarqatma material-lar bolalar yoshiga mos bo’lishi kerak.

4.5.




NAZORAT: guruh ishini nazorat qilish.

Tarbiyachi nazorat qilishda ular savol-iga javob beradi.

Tarbiyachi va tarbiya-lanuvchi o’rtasida o’zaro sog’lom muno-sabat o’rnatilishi kerak.

4.6.



BAHOLASh: nazorat natijalari asosida bola-lar faoliyati baholanadi va baho asosida esa g’oliblar rag’batlantiri-ladi.

Bolalarni baholashda oshkoralikka e’tibor berilib, ular fikri so’raladi va ular ushbu jarayonda faol qatnashadi.

Baholash va rag’bat-lantirishda albatta bolalar qatnashishi kerak.

5.

Kutiladigan natijalar xulosalash bosqichi

Mavzuni qisqa vaqt ichida bolalarning o’zlashtirib olishiga erishiladi; tarbiyalanuvchilar faolli-gini oshirib faoliyat yuritadi; bolalarda darsga qiziqishni (motivasiyani) uyg’otadi; bir paytda barcha bolalar bahlanib, kichik guruhlar faoliyati xulosa-lanadi.

Ma’naviyatli odam haqida va uni bezab turadigan insoniy xislatlarni bilib oladi. “Ma’naviy qashshoq” odamda qan-day illatlar bo’lish-ini ham anglaydilar.

Xulosa iloji bor-icha bolalar fikrini ishtirok etgan holda shakllantirilsa, ularda tashabbuskor-lik yanada yuksaladi.

6.

Natijalar tahlili va tavsiya yakunlash bosqichi

Tarbiyachi qo’llagan metodik ta’minot orqali mashg’ulot bo’yicha nimaga erishganligi tahlil qilinadi va keyingi darslarda undan foyda-lanishning innovasion texnologiyalarini izlashga tushadi va darsni hayot bilan bog’lashga kirishadi.

Bolalar mavzu materiallari bo’yicha o’zining va kichik guruhdagi fikrlar-ini o’rganadi va ularga munosabat bildirishga o’rgana-digan va ayniqsa muammo bo’yicha bir yechimga kelishni o’rganadilar.

Bolalarga mashg’ulot paytida o’z fikrla-rini aytishga to’liq imkoniyat berish kerak va xato fikr-larni ularning shaxsiga tegmaydigan qilib tuzatish kerak.

Endi texnologik xaritada ko’rsatilgan jihatlar asosida mashg’ulot bayoniga o’tamiz.



1. Tashkiliy qism: Jizzax shahar Jizzax shahri, “Orzu” bolalar bog’chisidagi “maktabga tayyorlov” guruhida mashg’ulot o’tkazish rejalashtirilgan edi. Bolalarni jihozlangan xonaga taklif qilindi (Xona dars mavzusiga moslab o’quv materiallari va vositalari bilan jihozlangan hamda xona to’laligicha mashg’ulot o’tkazishga taxt qilib qo’yilgan edi). Ularga tayyorlangan joylar bo’yicha kichik guruhlar tashkil qilindi (Bu yerda har kim o’z do’stlari bilan o’tkazishi taklifi berildi). Tarbiyachi tomonidan mashg’ulot mazmuniga mos rasmlar va boshqa tarqatma materiallar har bir guruh stoliga, o’zlariga mos belgilar bilan qo’yib chiqildi. Guruhga qo’yilgan belgilar va guruh nomlari ularga tushuntirildi. Shuningdek, mashg’ulot paytidagi tartib intizom ham tushuntirildi.

2. Mavzuni e’lon qilish bosqichi: “Ma’naviyatli odam kim?” degan mavzu oldindan katta qog’ozga yozib qo’yilgan edi. Uni hammaga ko’rinadigan joyga, tarbiyachi yaqinroq joyga osib qo’ydi va uni tarbiyachi bolalarga hamma eshitadigan ovozda o’qib berdi. Bunga sabab hamma o’quvchilar ham hali o’qishni bilmaydi.

3. Maqsad va vazifalarni bayon qilish bosqichi:

Maqsad: Bolalar ongiga “Ma’naviyatli odam kim?” va “Ma’naviy qashshoq odam kim”, ekanligini singdirish.

Vazifalar: Ezgulikka xos odamlar qanday odamlar va yovuzlikka xos, ya’ni turli illatlarga ega bo’lgan odamlar qanday odamlar bo’lishligi bolalar ongiga singdirish.

4. O’quv jarayonining mazmuni: Bu holatda tarbiyachi oldindan tayyorlab olgan rejasi bo’yicha ezgulikni ifoda etadigan ma’lumotlarni bolalarga yetkazadi. Ular tartibi alfavitga asosan olib borilsa yaxshi bo’ladi. Keyin yovuzlikka oid ma’lumotlar, ya’ni illatlarning mazmun – mohiyati bayon qilinib, ular ezgulikka oid mos ma’lumotlar bilan taqqoslanib o’rgatilsa bolalar ongida chuqur saqlanib qoladi. Endi ma’lumotlar bayoniga o’tamiz.

Vatan – kishilarning yashab turgan uyi, ularning ajdod va avlodlari, tug’ilib o’sgan joyi, hududi, mamlakati, shahri, mahallasi.

Vatanparvarlikbu insonning uyiga, o’z mahallasiga, o’z Ona zaminiga, yurtiga bo’lgan muhabbati, uni sevish, e’zozlash, Vatan ravnaqiga o’z hissasini qo’shishiga erishishi borasidagi faoliyati.

Intizomli kishi – bunday odamlar turmush qoidasiga ongli ravishda munosabatda bo’ladi. Ular xoh bog’chada bo’lsin, xoh maktabda bo’lsin, xoh boshqa jamoat tashkilotlari yoki muassasalarida bo’lsin o’z faoliyatida aniq va intizomli bo’lib, o’z burch va vazifalariga, jamoat topshiriqlariga mas’uliyat bilan qaraydi.

Madaniyat – shaxs xulq – atvori, muammosi va hatti – harakatlarining ma’lum ketma – ketlik asosidagi shakllangan tizimdir.

Ma’naviyat –insonning ongi, aqliy qobiliyatini, ruhiy kechinmalarini yaxshiliklarga, ezgu niyatlarga to’la qalbini ifodalovchi ko’p qirrali faoliyati natijalari majmuasining ifodasidir.

Ma’rifat – odamlarga bilim berish, ko’nikma va malaka hosil qildirish demakdir.

Odamiylik – odob me’yorlaridan biri bo’lib, odamlarga kundalik hayotda insonparvarlik munosabatida bo’lishlikdir.

Odob – insonda bolalikdan boshlanib, to ma’naviy kamolotgacha yetaklab boruvchi harakatlantiruvchi kuch.

Oriyat – or – nomusdan tashqari izzat – nafs, qadr tuyg’usidir.

Yaxshilik – odamdagi chinakam insoniylik bo’lib, u xalqimizning insonparvarlik qarashlari va quvonchlarini ifodalovchi insoniylik tuyg’usi.

Endi bayon qilgan tushunchalarning qarama – qarshi ma’nosiga e’tibor beraylik.



Vatanga xiyonat - eng xavfli, og’ir jinoyat hisoblanadi va u hyech qachon kechirilmaydi. Unday odamlarni sotqin yoki xiyonatkor, deb ham yuritiladi. “Sotqinga o’lim”, degan xitoblar ham xalqimizning umumiy va xulosaviy fikridir.

Vatan ravnaqini ko’ra olmaslik–vatandoshlarimizning jangarilarga aylanib, Vataniga, Vatandoshlariga qo’l ko’tarib, qo’poruvchilik bilan shug’ullanib, yurtimiz ravnaqi va xalq farovonligini ko’ra olmaslik faoliyatidir. O’ylab ko’rish kerak! Xalqimiz vatanparvarga qanday qaraydi, xalq dushmaniga qanday qaraydi?

Tartibsiz kishi – bunday odamlar qandaydir yo’l bilan kunini o’tkazsa bo’ldi, ular uchun muhim narsaning o’zi yo’q, faqatgina o’zini o’ylaydi. Tartibsizlik ham yomon illat. U jamiyat va umummanfaat qoidasiga ziddir. Intizomli kishilar ko’pligi uchun ham jamiyat taraqqiyoti barqaror.

Madaniyatsizlik – bu kishining har xil illatlarga ruju qo’ygan kishi faoliyati bo’lib, ular o’z oilasiga ham, jamoasiga ham va hattoki davlatiga ham befarq odamlardir. Ishlarni qo’pollik bilan, ta’na bilan bitirishni yaxshi ko’radilar. Ular madaniyatli kishilardan juda uzoq.

Ma’naviyatsizlik – bu “Ma’naviy qashshoqlikdir”. Bunday odamlar savodsiz bo’ladi, ularga ixtiyoriy bir savobni “Obi hayot” desangiz ham ishonaveradi. Ular jamiyat uchun xavflidir.

Ma’rifatsiz – qalbida ezgu niyati yo’q kishidir. Ular nima qilayotganini, oxiri nima bilan tugashini bila olmaydi, chunki ularning dunyoqarashi juda tor bo’ladi. Ular ma’rifatli kishilarning aksidir.

Yovvoyilik – kishidagi insonlarga bo’lgan hurmatsizligi, ishonchsizligi, nokamtarligi, qo’polligi, kishilarni o’ziga yaqinlashtirmasligi kabi illatlarning majmuasi. Yovvoyi odamda odamiylik xislati hyech ham bo’lmaydi.

Odobsizlik – kishining xulqiy go’zalligini yo’qotuvchi faoliyat. U jamoadagi, oiladagi sog’lom muhitni yo’qotuvchi vosita yoki asos hamdir. Odobsiz kishidan xalq ham, oilasi ham bezor.

Oriyatsiz – bunday kishilar o’zlari va oilalarining izzat – nafslarini, qadrlari bilan hisoblashmaydilar, qadr – qimmat haqida o’ylamaydilar ham, shuningdek, o’zlarining ham qadrlarini bilmaydilar. Oriyatsiz kishi manqurt hamdir. Ularda or bo’lmaydi.

Yomonlik – bu odamning boshqa odamlarga nisbatan qiladigan yovuzligi va hattoki o’ziga ham. Ularning ichi qora bo’ladi, doimo burovga yomonlik qilishni ko’zlab ish tutadi. Yomonlik illatlar ichida eng yomon illatdir. Yomonlik o’z egasini tanazzulga uchratadi. Yomonlik ayrim hollarda yaxshilikni ham “yerga kirgizib yuboradi”.

Ushbu jarayonni, ya’ni ma’lumotlar ketma – ketligini juda ko’plab davom ettirish mumkin. Ammo vaqt chegarasi bo’lganligi sababli ularni hozircha vaqtincha to’xtatib olamiz va mashg’ulotning davomini kichik guruhlardagi bolalarni jalb qildirib olib boramiz. Kichik guruhlar nomlari bor. Ular: birinchi kichik guruh – “VATANPARVAR”, ikkinchi kichik guruh – “MADANIYAT”, uchinchi kichik guruh – “MA’RIFAT”, to’rtinchi kichik guruh – “MA’NAVIYAT” va beshinchi kichik guruh “ORIYAT”.

Hurmatli bolajonlar ma’naviyat – ma’rifatga tegishli ba’zi bilimlarga ega bo’ldingiz va bu haqda oldindan ham tushunchaga egasizlar, endi sizlar bilan birgalikda ma’naviyatlilik va ma’naviyatsizlilik haqida savol – javob o’tkazsak rozimisizlar, deb bolalarga murojaat qilinadi va savol – javob boshlanadi. Bunda murabbiy yoki tarbiyachi savolni o’qiydi va qo’l ko’tarib savolga javob berishga ruxsat so’ragan guruhga ruxsat beriladi. Agarda javobni to’ldiruvchilar bo’lsa, ularga ham ruxsat beriladi. Javoblar uchun maxsus blanka qilinib, javoblar unga qo’shimchalar belgilanib boriladi. Har bir savolga 4 balgacha qo’yiladi. Jami yig’iladigan ball 100 ga teng bo’ladi.

1 – savol: G’oyalar nima, u fikrdan qanday farq qiladi?

Javob: “ORIYAT” guruhi – fikr bir kishining ma’lumoti. G’oya – hayot va odamlar turmush tarzi hamda hayot qonuniyatlarini o’rganish va anglash natijasida kelib chiqadigan fikrlar majmui.

2 – savol: Shaxs ichki madaniyatini anglatuvchi vosita nima?

Javob: “ORIYAT” guruhi–odamning xushmuomalaligi, tili shirinligi, muloyimligi va gapirishining aniq va chiroyliligi.

3 – savol: Insonning tashqi ko’rinishi, hatti – harakati, xulq – atvori, muloqot madaniyatidan nimani anglash mumkin?

Javob: “MA’NAVIYAT” guruhi – ma’naviy qiyofasidan, chunki ma’naviyatli odamning tashki va ichki ko’rinishi go’zal bo’ladi, xalq – atvori va hatti – harakatli madaniyatli odamniki bo’ladi, muomalasi muloyim bo’ladi.

4 – savol: Ma’naviy yangilanish nima?

Javob: “VATANPARVAR” guruhi – bu xulqimizning boy tarixiy, milliy – ma’naviy merosini o’rganish asosida ma’naviy yuksalishga harakat qilish.

TARBIYaChI: Savolni to’ldiruvchilar bormi?

5 – savol: milliy va umuminsoniy qadriyatlarni kim sanab beradi?

Javob: “MADANIYAT” guruhi – Vatanparvarlik, milliy g’urur, insonparvarlik, mehnatsevarlik, iymon – e’tiqodlilik, halollik, vijdonlilik, poklik va tozalik, erkinlik va mustaqillik, odillik va soflik.

TARBIYaChI: Qo’shimcha qiluvchilar bormi?

“MA’NAVIYAT” guruhi–baynalminalchilik, yangilikka intiluvchanlik, donishmandlarimiz o’git va maslahatlariga amal qilishlik.



6 – savol: Barkamol inson qanday bo’lishi kerak?

Javob: “MA’RIFAT” guruhi – erkin fikrlaydigan bo’lishi kerak, ongli yashaydigan bo’lishi kerak, o’ziga mustaqil va ma’naviyatli odam bo’lishi kerak.

7 – savol: Ong nima?

Javob: “MA’RIFAT” guruhi – Ong ham, aql ham odam miyasining mahsuli. Odamning ongi juda ko’p narsa va xodisalarni bilish quvvatiga ega.

8 – savol: O’zbek xalqining o’ziga xosligi nimada?

Javob: “ORIYAT” guruhi – o’zbek xalqi o’zligini biladi. Ularning niyati toza, iligi to’q. Mehmondo’st, bag’ri keng. O’zbek xalqining palagi toza, ota – bobolari tomonidan qoldirilgan merosni avaylab – asraydi va qadrlaydi, inson qadr – qimmatini biladi. O’zbek xalqi o’zining mustaqil ekanligidan g’ururlanib, faxrlanib yashaydi.

9 – savol: “Tolibonlar” kimlar?

Javob: “MA’NAVIYAT” guruhi – bu guruh Afg’onistonda bo’lgan, ular hokimiyatni egallashga harakat qiladi. Ular urushlarni yaxshi ko’radi. Ular xalq umumiy manfaatining dushmanlaridirlar.

10 – savol: “Da’vatchilar” kimlar?

Javob: “MA’RIFAT” guruhi – “Da’vatchilar” targ’ibot – tashviqot qiluvchilarga o’xshaydi-yu, ammo ularning asosiy maqsadi chiroyli so’zlar bilan ayrim irodasi bo’sh hamyurtlarimizni yo’ldan urishga va ular tufayli o’z g’arazli maqsadlarini amalga oshirishga harakat qilishdir.

11 – savol: Dinlararo bag’rikenglik nima?

Javob: “MA’NAVIYAT” guruhi – bu xilma – xil dinlarning bitta joyda, bitta hududda tinch – totuvlikda yashashidir.

12 – savol: Ma’naviyat so’zining lug’aviy ma’nosini bilasizmi?

Javob: “MA’NAVIYAT” guruhi – “Ma’naviyat” so’zi asli arabcha so’z bo’lib, uning mazmuniy ma’nosi “ma’ni”, “ma’no”ni anglatadi.

13 – savol: Vatanparvarlik deganda nimani tushunasiz?

Javob: “VATANPARVAR” guruhi – “Vatanni sevmoq - iymondandur”, “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”, “Hamma uchun eng ulug’ Vatan – bu uning Ona Vatani”, “Hamma uchun eng go’zal shahar – bu uning Ona shahri” va hakozo. Demak, Vatanparvarlik ona zaminga muhabbat, uni sevish, e’zozlash, ardoqlashdir.

14 – savol: Ma’naviyat nimada o’z ifodasini topadi?

Javob: “MA’RIFAT” guruhi – Ma’naviyat jamiyatning ma’naviy boyliklarida o’z ifodasini topadi. U asta – sekin to’planib, sayqal topib uyg’unlashib boradi.

15 – savol: Barkamol insonni shakllantirishda asosan qanday g’oyalardan foydalangan ma’qul?

Javob: “ORIYAT” guruhi – tarbiya jarayonida quyidagilardan asosiy g’oyalar sifatida foydalangan ma’qul:

  • Vatanparvarligu insonparvarlikdan;

  • erkinligu mustaqillikdan;

  • milliy iftixoru g’ururdan;

  • mehnatsevarligu halollikdan;

  • imon – e’tiqodligu odillikdan;

  • axloqiy pokligu hurfikrlilikdan;

  • birodarligu baynalminalchilikdan;

  • bilimligu onglilikdan;

  • taraqqiyparvarligu tashabbuskorlikdan va shu kabilardan foydalaniladi.

Каталог: uploads -> books
books -> Tầm Quan Trọng Của Tâuhid & Sự Nguy Hiểm Của Bùa Ngải ] Tiếng Việt Vietnamese فيتنامي [
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab
books -> Chữa Bệnh Bằng Những Lời Niệm Chú Từ Qur’an Và Sunnah
books -> حصن المسلم Husnun Al- muslim
books -> Bạn Biết Gì Về Shi’ah (Shiite – Si-ai)?
books -> Riyadh Saaliheen (Những Ngôi Vườn Của Những Người Ngoan Đạo) Chương Sabr (Kiên Nhẫn)
books -> Ương Haj Các Sai Sót Khi Hành Hương Haj
books -> Dịch Thuật: Abu Hisaan Ibnu Ysa
books -> Kế Hoạch Cho Gia Đình 30 dự án hữu ích cho cá nhân, gia đình và cộng đồng trong tháng Ramadan
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab Tiểu sử và sự tuyên truyền của ông

tải về 1.25 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương