Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



tải về 1.25 Mb.
trang8/19
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2018
Kích1.25 Mb.
#36917
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19

24. Jonkuyarlik.

Muborak Hadisu Shariflarda

“Xodimlaring-dan qanchalik ishni

yengillatsang qiyomat kunida

o’shanchalik ajr tarozigga

tushadi” va “Alloh g’ayratli odamni yaxshi ko’radi”, degan naqllar bor. Keltirilgan hadislarning birinchisi bevosita ota-onalar va murabbiylarning bolalar tarbiyasiga bag’ishlangan faoliyatiga tegishli, chunki har qanday ota-ona yoki murabbiy farzandlari va tarbiyalanuvchilariga ta’lim-tarbiya berishga jonkuyar, ularga e’tiborli, pok dilli, fidoiy va jasoratli bo’lishlari lozim. Ana shundagina jamiyat taraqqiyotiga mos va mustaqilligimizning qadriga yetuvchi yoshlarni shakllantirishga erishamiz.

Jonkuyarlikni bolalarda sodda hollardan boshlash kerak. Masalan: siz bozordan to’lib-toshib kelayapsiz, ikki qo’lingiz ham band, shunda farzandlaringiz yugurib borib narsalarni uyga olib kelishga ixtiyoriy ravishda yordamlashsin; yig’layotgan kichkintoy ukasini yupatsin; ko’chada ketayotgan kishining qo’lidan tushib ketgan narsani darhol egasiga olib berishga shoshilsin; jamoat joylarida o’zidan katta odamlar kirish yoki chiqishda to’g’ri kelib qolganda ularni eshikni ochib turib o’tkazib yuborish va hokazo.

Demak, boladagi jonkuyarlik biror ishni yoki faoliyat turini olib borishda ularga aytmasdan turib ongli ravishda bajarishidan boshlanar ekan.

Mavzuga oid bo’lgan tahlil uchun materiallar:
* * *

“Mardlik va muruvatni Alloh ham, xalq ham ulug’laydi”.



Amir Temur

* * *

“Yaxshilik yo’lida chekilgan mehnat yerda qolmaydi”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Olloh g’am - tashvishli odamlarga yordam berganlarni do’st tutadi”.



(“Hadis”)

* * *

“Zahmat chekkan lazzatni yaxshi biladi”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Zahmat chakmagan xush baxt bo’lmaydi”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Insonni inson qilib yetishtiruvchi narsa - tarbiyadir”.



Demokrit.

* * *

“Tarbiya – bu odamzotning o’z farzandlarini dunyoga keltirib, uni boqib, ta’lim-tarbiya berib barkamollik sari voyaga yetkazish uchun qilinadigan sa’y – harakatlari va g’amxo’rliklari hamda murabbiyliklari majmuidir – bu jonkuyarlik emasmi?”



Xolbo’ta To’raqulov.
* * *

“Ona qalbi bitmas-tuganmas mo’jizalar manbaidir”.



P. Beranje.

* * *

“Baxt mehnatni takomillashtirib borishdadir”.



Ya. Raynis.

* * *

“Farzandim deb yashaydi inson,

Farzand erur hayot ma’nosi.

Farzand dilga shu’lai afshon,

Farzand - ko’rar ko’zlar ziyosi.”

Kalonxonov M., Kalonxonova M.
* * *

“Ota-onangni o’zingdan rozi qil,

Sen ularning qadrini ko’p yaxshi bil.

Ol duosin ularning, top kamol,

Yor bo’lg’ay baxtli iqbol bezavol”.

Abdiy.

* * *

“Og’ir tosh yerdan ming azob bilan ko’tarib olinadi. Uni tashlab yuborish esa juda oson. O’sib, martabaga erishish huddi tosh ko’tarishga o’xshaydi. Martabadan tushish esa toshni tashlab yuborishdek bir holdir”.



(“Hikmatlar”dan)

* * *

“Murod, maqsad xazinalariga mehnat, jonkuyarlik, fidoiylik, jasoratlilik ko’priklari orqali o’tiladi”.



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

“Hayot bamisoli ko’zgu – har bir inson unda o’zini ko’radi. Agar ho’mrayib boqsang hayot ham senga zarda bilan qaraydi. unga doim tabassum bilan boq, ana shunda hayot senga do’stona qo’l cho’zadi”.



(“Hikmatlar”dan)

Siz ushbu mashg’ulotda jonkuyarlikka fidoyilik va jasoratni uyg’un holda olib borsangiz mashg’ulotingiz ijobiy tarbiyaviy ta’sirlarga yanada boy bo’ladi.




2
Boladagi ma'naviyat, uning yaxshilikni hush ko’rishi va yomonlikdan yuz o’girishida namoyon bo’ladi”.

Xolbo’ta To’raqulov

5. Boladagi ma’naviy sifatlar.

Ota-onalarning o’z

farzandlarida axloqiy

fazilatlarni shakllantirishi,

ular tufayli niyat qilinggan

orzulariga yetishishga asos

bo’lib xizmat qiladi. Bu borada oilada ham bolalarimiz ongi va qalbiga ma’naviy sifatlarni singdirib borishimiz kerak. Ular: ezgu - niyatlilik; bunyodkorlik; yaxshilik qilishlik; samimiylik; odoblilik; andishalilik; sharm-hayolilik; pokizayu – tozalik; rostgo’yligu – haqiqatgo’ylik; xushmuomalaligu – muloyimlik; ziyrakligu – donolik; jonkuyarligu – fidoylik; jasoratliligu – qahramonlik; dilkashligu – xushfe’llik; kamtarligu –o’ziga talabchanlik; sabrliligu –ma’sulyatlilik; intizomliligu – tartiblilik; tashabbuskorligu –yaxshilikka intiluvchanlik; mustaqilligu – erkin fikrlilik; mehnatsevarligu – tirishqoqlik; mehribonligu – ezgu niyatlilik va shu kabilar.

Ma’naviy sifatlar og’ushida tarbiya topgan boladan kelajakda hyech qachon salbiy illatlarga yo’g’rilgan inson yetishib chiqmaydi.

Mavzuga oid didaktik materiallar:

* * *

“Avvalo onangga yaxshilik qil, yana onangga, yana onangga yaxshilik qil, so’ngra otangga yaxshilik qil! ”.



(“Hadis”)

* * *

“Mehribonlik faqat insonni emas, hatto hayvonni ham rom qiladi”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Do’stlikka sadoqat oliy fazilat,

Sadoqatsiz do’stlik misli puch yong’oq,

Do’stingga sadoqat qilsang beminnat,

Dil uying yorishib ketadi mutloq”.

Kalonxonov M., Kalonxonova M.

* * *

“Har bir yaxshilik sadoqatdir”.



(“Hadis”)

* * *

“Yaxshilik qilmoq yomon falokatdan asraydi”.



(“Hadis”)

* * *

“Nonni hurmatlanglar”.



(“Hadis”)

Mashg’ulotingizda bolalar ongiga yoshligidanoq ma’naviy sifatlarga amal qilish lozimligini singdira olsangiz va unga amal qilishda ularning tartib intizomli bo’lishini hamda ular o’zlarining hatti-harakatlari davrida bu sifatlar namoyon bo’lishini uqtirsangiz foydadan holi bo’lmaydi.



26. Bola tarbiyasida “Menga nima?”ning ahamiyati.

O


Tarbiya masalasida mayda narsa yo’q”.

N.I. Piragov

dob hamisha kishining zebu –

ziynati bo’lib kelgan va u orqali

odam go’zal xulq egasi, deb

ta’riflanggan. Shu sababli ham

odobli kishi elning e’zozidan,

xalqning e’tiboridan tushmagan. Ammo ming afsuslar bo’lsinkim, ota-onalarimizda, murabbiy va tarbiyachilarimizda va umuman xalqimizda “Menga nima?” – degan illat bor. Yoshlar tarbiyasida hyech kimning “Menga nima?” deyishga haqqi yo’q. Chunki yoshlar tarbiyasiga e’tibor har bir ongli insonning jamiyat oldidagi burchi, ham ma’sulyatidir. Ayniqsa, har bir rahbar, o’qituvchi va muallim, tarbiyachi va murabbiy, ota – ona bola tarbiyasida “Menga nima?” - degan so’z birikmasini ishlatmasligi va uning domiga tushib qolmasligi kerak.

“Menga nima?” nomli so’z birikmasining til nuqtai nazaridan ma’nolariga e’tibor beraylik. Mana ular:



  • Menga nima?” – bu loqaydlik belgisi bo’lib, bola tarbiyasidagi nuqsonlarga e’tibor bermaslik alomatidir;

  • Menga nima?”bu hamma holat, narsa va jarayonlarga befarqlik bilan qarashning hosilasi bo’lib, u odamdagi taraqqiyparvarlik yo’qligini ko’rsatuvchi belgi;

  • Menga nima?” – bu insonning faqatgina o’z “Men”ini hurmat qilish belgisi bo’lib, bu illat orqali odamlarda faqatgina e’tiborsizlik va ma’sulyatsizlik tomir otadi;

  • Menga nima?” – bu jamiyat davlat va hattoki o’z farzandlari (oilasi)ning taqdiri bilan qayg’urmaslik belgisi bo’lib, bunday odamlar umumjamoaning zararkunandalaridir;

  • Menga nima?” – bu jamiyat va tabiatni kemiruvchi, “Manqurt” odamlarning shiori bo’lib, bunday odamlardan hyech qanday manfaat yo’q, ular taraqqiyot zararkunandalaridir.

  • Menga nima?” – bular atrofida bo’layotgan salbiy ta’sirlar va ma’naviy tahdidlar hamda turli qo’poruvchiliklarga ham befarqlikdir, ular hattoki bunday holatlar o’zlarining boshlariga tushishi mumkinligini o’ylamaydi ham, ya’ni bular bor joyda bemalol fojiya va illatlarning tomir otaverishi mumkin;

  • Menga nima?” – bu xudbinlik kasalining borligidan dalolat, o’zidan boshqasini o’ylamaslikdir, hattoki ularni o’z oilasi va farzandlari taqdiri xam bezovta qilmaydi;

  • Menga nima?” – bu odamdagi nafs girdobiga tushgan kishining shiori, bunday odamlarni davlat taqdiri, jamoa taqdiri va hattoki oila taqdiri ham qiziqtirmaydi, ular faqat o’zim bo’lsam deydi va hokazo.

Mashg’ulotingizda shu kabi talqinlardan foydalanib, farzandlarni o’z ona yurtiga, vataniga, oilasiga, ota-onasiga, bog’chasiga hurmat ruhida tarbiyalaysiz, degan umiddamiz.

Mavzuga oid qo’shimcha materiallar quyidagilar:


* * *

“Munofiqlikning belgisi uchtadir: yolg’on so’zlash, va’dasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish”.



(“Hadis”)

* * *

“Biror narsaga ortiqcha muhabbat qo’yish ko’zni ko’r, quloqni kar qiladi”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Tarix yaxshini ham yozadi, yomonni ham”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Mo’min kishida quyidagi ikki xislat bo’lmasligi kerak: baxillik va axloqsizlik”.



(“Hadis”)

* * *

“Odamlarning eng yomoni o’z ahli ayoliga baxillik va qizg’onchiqlik qiladiganidir”.



(“Hadis”)

* * *

“Xalqing baxting erur, diyoring - taxting,

Ularsiz g’aribsan, jondan judo sen.

Elu yurting erur qo’sha qanoting,

Sharofdir ular – chun bo’lsang fido sen”.

Kalonxonov M., Kalonxonova M.

* * *

“Xalqing – baxting, yurting – taxting”.



(“Xalq maqoli”)
* * *

“Baxtingdan ayrilsang taxting yo’q.

Taxtingdan ayrilsang baxting yo’q”.

(“Xalq maqoli”)

* * *

“Naf’ing agar xalqqa beshak erur,

Balki bu naf o’zingga ko’proq erur”.

Alisher Navoiy

* * *

“Foydali haqiqatlarni tez-tez gapirib, takrorlab turish lozim”.



P. Buast.

* * *

“Ruhni davolamay turib, tanani davolab bo’lmaydi”.



Suqrot.

* * *

“Bola hayotining dastlabki yili eng ma’sulyatlidir. Bu davrda bo’lajak inson sog’ligiga, uning jismoniy va aqliy rivojlanishiga asos solinadi”.



M.Ya. Studenikin.

* * *

“O’z bolaligini unutgan tarbiyachi yomon tarbiyachidir”.



M. Ebner – Eshenbax.

* * *

“Mehnat – baxt padaridir”.



B. Franklin.

* * *

“Bola qalbi ochilmagan tilsim, uni ochadigan kalitni topa bilish esa tarbiyachining mahoratiga bog’liq”.



R. Usmonov.

* * *

“Yaxshilar yonidan unga joy bo’lsin,

Yomonlarning holi ohu voy bo’lsin”.

Abulqosim Firdavsiy

* * *

“Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradi”.



(“Hadis”)

* * *

“Tarbiyaning eng muhim qismi fe’l-atvorni shakllantirishdir”.



K.D. Ushinskiy

Bu mashg’ulot orqali farzandlarimizni faqat o’zini o’ylamasdan, balki yurt taqdiri va xalqi farovonligini o’ylaydigan shaxs bo’lib yetishishiga ma’naviy ozuqa beraoldi deb o’ylaymiz.



2
Topshiriq bеrildimi, uning bajarilishi kafolatlanishi lozim, aks holda tartibsizlik boshlanadi”.

Xolbo’ta To’raqulov


7. Intizomlilik.

Intizomli odam

Ko’zlagan maqsadiga

erishishga qiynalmaydi.

Bungga sabab intizomli

odam o’ziga belgilab olinggan qat’iy tartib va qoidalarga binoan izchil harakatlar asosida faoliyat yuritadi. Shuning bilan birga intizomlilik tartiblilikdan kuch oladi va u orqali har qanday shaxs axloqiy kamolotga ham yeta oladi. Bundagi tartiblilik – insonni topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishini va har bir faoliyatda intizomlilik bilan faoliyat yuritishini ta’minlaydi. Bularni bolalarimizga yoshligidanoq singdirib borish kerak. Bular orqali bolalarimizda ma’naviy sifatlarni yanada yuksaltiramiz.

Mavzuga oid didaktik materiallar:
* * *

“Intizomli lashkar engilmas”.



(“Xalq maqoli”)

* * *

“Davlatning koni manbai, tartib-intizom”.



Abdulla Avloniy

* * *

“Ilmni yozib qo’yish bilan bog’lab olinglar”.



(“Hadis”)

* * *

“Aqlli kishi o’z nuqsonlari uchun uzr so’raydi”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Tunda uxlagach, kunduzi yana uxlash umrni isrof qilishdir”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Vaqtni bekor o’tkazish ahmoqlikdir”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Farzandlarimizga ishlar byurayotganimizda, ulardan qaysilarini birinchi, qaysilarini undan keyin bajarishiga tavsiya ham bergan ma’qul”.



Xolbo’ta To’raqulov.
* * *

“Umumiy ish yo’lida hamkorlikdagi ishlar, sizning doimiy nazoratingizda tashkil etilishi ko’proq samara berishi hyech ham esingizdan chiqmasin”.



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

“Intizomlilik tartiblilikdan ozuqa oladi va bu adolatli qattiq qo’llikni amalda qo’llashda harakatlantiruvchi kuchdir”.



Xolbo’ta To’raqulov.

Mashg’ulotingizda tartib - intizomlilikka e’tibor bergan bo’lsangiz, u bolalar hatti-harakatlarida namoyon bo’ldi. Ammo bu hamma bolada bunday ro’y bermaydi. Mashg’ulot bo’yicha xulosa chiqarishda guruhdagi bolalarni qism guruhlarga bo’lib va bunda ularga bergan tarbiyangizni baholash oson kechadi.



2
Boshni fido qilg’il ota boshig’a,

Jismni qil sadha ana qoshiga.

Tun – kuningga aylagil nurfosh,

Birisin oy ayla birisin quyosh”.



Alishеr Navoiy

8. Ota-ona hurmati.

Mazkur mavzu bo’yicha

xohlagancha shug’ullanish

mumkin. Ular ichidan

bolalarga mos va ularga

bahsbop materiallar topilsa mashg’ulot yanada ta’sirchan va samarali bo’ladi. Bu borada ota-onaning hurmatini bilish farzand uchun ham farz ham qarz va bu uyg’unlikdagi burch va mas’uliyatni amalga oshirish uchun bolalar nimalarga e’tibor berish kerakligini bilish mavzuning diqqat markazida bo’lish kerak. Bular asosan quyidagi yo’nalishlarda bo’lsa yaxshi bo’ladi:



  • oqil farzand har qanday ishga qo’l urishdan oldin ota-ona bilan maslahat qiladi;

  • qobil farzand ota-onani davraning to’riga o’tiradigan xizmatlarni qiladi (Bu qanday amalga oshirilishi bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi);

  • tarbiyali farzand ota – onasini ranjitadigan ishlar qilmaydi;

  • “ota rozi xudo rozi” degan hikmatning mazmun-mohiyati bolalarga batafsil tushuntirilishi lozim va shu asosda tarbiyalangan bolalar ota roziligini muqaddas deb biladi;

  • ota-ona bilan maslahatlashgan holda ish ko’radigan farzand hayotda qoqilmasligini tushuntirish kerak;

  • farzandlar ongiga “Ota suygan farzandni el suyadi”, degan naqlni singdirish kerak. Bunda bola hayotidan kelib chiqadigan yoqimli holatlarni sanab o’tish kerak. Ular: farzandning hamma ishi o’ngidan keladi; unga doimo omad kulib boqadi va shu kabilar;

  • farzandlarga ota-onaga behurmatlik, aka-uka va opa - singillarni mensimaslik, o’z qadr-qimmatini yerga urish – bu farzandning o’z baxtiga zomin bo’lishi ekanligini tushuntirish;

  • farzandning burchi eng avvalo, ota-onaga mehribonlik ko’rsatish, qariganda ularga madadkor va suyanchiq bo’lish, ularning shuhratini ko’tarish va shunga o’xshashlar insoniylik holatlari ekanligini ularga tushuntirish.

Bunday xayrli va istiqbolli fikrlar qatorini davom ettirish mumkin va buning har bir yo’nilishi bo’yicha alohida mashg’ulot uyushtirsa bo’ladi. Buni qanday davom ettirish mashg’ulotingiz yo’nalishiga bog’liq.

Mashg’ulotga oid didaktik materiallar:



* * *

“Jannat onalar oyog’i ostidadir”.



(“Hadis”)

* * *

“Ota - onasi o’lgan odamni emas, odob - axloqi bo’lmagan odamni yetim de:”



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Onangdan bosh tovlama, oshmasin dardi,

Sharaf toji erur oyog’in gardi”.

Abduraxmon Jomiy

* * *

“Otaga itoat qilish - Ollohga itoat qilishdir. Otaga osiy bo’lish – Ollohga osiy bo’lishdir”.



(“Hadis”)

* * *

“Otang qozi bo’lsa ham, gunoh ish qilma”.



(“Otalar so’zi”)

Ushbu hikmatlarni xohlagancha davom ettirish mumkin. Sizning asosiy vazifangiz tarbiyalanuvchilarni odobli qilib tarbiyalash va iloji bo’lsa quyidagi ikki hikmatni yod oldirish, hyech bo’lmaganda ularning mazmun - mohiyatini ular qalbiga joylashdan iborat:



* * *

“El rizosin sen agar qilsang talab,

Boadab bo’l, boadab bo’l, boadab!”

* * *

“Odob ila sen ulug’lik olgin,

Hikmat gavharin qo’yningga solgin”.

29. Milliy g’urur - ma’naviy komillik mezoni.

M


Qayga bormay boshda to’ppim,

Shuhratim, qadrim buyuk.

Olam uzra nomi kеtgan,

O’zbеkiston, o’zbеgim”.

Каталог: uploads -> books
books -> Tầm Quan Trọng Của Tâuhid & Sự Nguy Hiểm Của Bùa Ngải ] Tiếng Việt Vietnamese فيتنامي [
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab
books -> Chữa Bệnh Bằng Những Lời Niệm Chú Từ Qur’an Và Sunnah
books -> حصن المسلم Husnun Al- muslim
books -> Bạn Biết Gì Về Shi’ah (Shiite – Si-ai)?
books -> Riyadh Saaliheen (Những Ngôi Vườn Của Những Người Ngoan Đạo) Chương Sabr (Kiên Nhẫn)
books -> Ương Haj Các Sai Sót Khi Hành Hương Haj
books -> Dịch Thuật: Abu Hisaan Ibnu Ysa
books -> Kế Hoạch Cho Gia Đình 30 dự án hữu ích cho cá nhân, gia đình và cộng đồng trong tháng Ramadan
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab Tiểu sử và sự tuyên truyền của ông

tải về 1.25 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương