Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


– savol: Adolatli jamiyat o’zining ichki hayotida nimaga suyanadi? Javob



tải về 1.25 Mb.
trang13/19
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2018
Kích1.25 Mb.
#36917
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19

16 – savol: Adolatli jamiyat o’zining ichki hayotida nimaga suyanadi?

Javob: “MADANIYAT” guruhi– Adolatni jamiyat o’zining ichki hayotida qonunning hukmronligiga suyanadi. Bunga qonunlarning mukammalligi, adolatliligi, hamma uchun tengligi, qonunning bajarilishini ta’minlaydigan vositalar va organlarning mukammalligi orqali erishiladi.

17 – savol: Ma’rifatli jamiyat qanday qo’riladi?

Javob: “MA’RIFAT” guruhi – Ma’rifatli xalqni engib bo’lmaydi. Ma’rifatli xalqni yo’ldan ozdirib bo’lmaydi va boshqa yo’lga burib yuborish ham bo’lmaydi. Ma’rifatli xalq o’z hayotini o’z aql – idroki bilan quradi, o’z hayoti yo’lini o’z aql yo’li bilan tanlaydi. Ana shularga asoslanib ma’rifatli jamiyat quriladi.

18 – savol: Vatan tuyg’usi nima?

Javob: “VATANPARVAR” guruhi – Vatan tuyg’usi – bu aziz, go’zal Vatanimizga yuksak e’tiqod bilan yashash unga hamisha sadoqatli bo’lishdir. Boshqa yurtga ketganda ham Vatan tuyg’usi bilan yashash har bir kishida kuzatiladi.

19 – savol: “Alloh” so’zining ma’nosi nima?

Javob: “MADANIYAT” guruhi – “Alloh” degan so’z arabcha bo’lib, u “Tangri”, degan ma’noni anglatadi. Bundan tashqari Alloh taola, Xudoyi taolo, Tangri taolo birlikdagi so’zlar ham ishlatiladi. Bu brikmadagi “Taolo” – ulug’, oliy degan ma’nolarni anglatadi.

20 – savol: Madaniy meros deb nimaga aytiladi?

Javob: “MADANIYAT” guruhi – Ota – bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan moddiy, ma’naviy va madaniy boyliklar majmuiga aytiladi.

21 – savol: Milliy qadriyatlar deb nimaga aytiladi?

Javob: “MA’RIFAT” guruhi – moddiy merosning qadri abadul – abad tushmaydigan qismiga milliy qadriyatlar deb ataladi.

22 – savol: Tarbiya deganda nimani tushunasiz?

Javob: “MA’RIFAT” guruhi – Odamzodning bolasini boqib, ta’lim berib voyaga yetkazish uchun qilinadigan mehnati va g’amxo’rliliga tarbiya deyiladi.

23 – savol: Urf–odat va rasm–rusumlar deganda nimalarni tushunasiz?

Javob: “MADANIYAT” guruhi - urf – odat hayotimizga singib ketgan, takrorlanib turuvchi xulq – atvor qoidalaridir.

Urf– odat va rasm – rusumlar bir – biriga bog’liq. Biri ikkinchisining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bugungi kunda ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan rasm – rusum va urf – odatlarni har tomonlama tiklash va rivojlantirish, ularni yosh avlodni tarbiyalashda samarali ravishda qo’llash masalasi ko’ndalang turibdi.



24 – savol: Vayronkor g’oya nima?

Javob: “MA’NAVIYAT” guruhi – bu turli ta’sirchan vositalardan foydalanib, odamlarni soxta va puch g’oyalarga ergashtiruvchi, ularning kuch – qudratini buzg’unchilik va jamiyatga yo’naltirilgan, insoniyat uchun faqat kulfat keltiradigan g’oyaga aytiladi.

25 – savol: Ogohlik nima?

Javob: “VATANPARVARLIK” guruhi –dunyoda, yon – atrofda bo’layotgan o’zgarishlardan, odamlar va xalqlarning orzu – intilishlaridan doimiy boxabar bo’lib yashashdir.

Tarbiyachi savol – javoblardan kelib chiqqan holda “Ma’naviyatli odam kim?” va “Ma’naviy qashshoq odam kim?” degan savollarga umumiy javobni shakllantiradi va ularni bolalarga ma’qullatib oladi.



Eslatma: Bu yerda bolalar javoblariga ozgina sayqal berildi.

Mazkur jarayonda kichik guruhlar yiqqan ballari hisoblanib va ularning egallagan o’rinlari ham belgilanib qo’yildi (Bu darsdan oldin hisobchi tayinlanib, unga hisobni olib borish topshiriladi). Ular quyidagi 1 – jadvalda aks ettirilgan.



1 – jadval

Ma’naviyatli odam kim?” mavzusidagi mashg’ulotda kichik guruhlarning



to’plagan ballari haqida

M A ‘ L U M O T


Savol-lar №

KICHIK GURUHLAR NOMLARI

VATANPARVAR

MADANIYAT

MA’RIFAT

MA’NAVIYAT

ORIYAT















4















4












4






4


















3




1












4















4





















4












4












4


















4















4






4





















4





















4






4


















4









4


















4















4


















4















4












4





















4






4













Jami ball

16

19

28

21

16

Egal-lagan o’rin №

IV

III

I

II

IV


4.1. O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasining metodik ta’minot bosqichi.

Ushbu mashg’ulot texnologiyasida ma’naviyat haqida suhbat, tushuntirish, bahs – munozara metodlaridan foydalanildi. Mashg’ulotning “4.2 – mashg’ulot shakli” qismida kichik guruhlarga tizimlashtirish va ularga mos nomlar qo’yish bilan chegaralanadi. Mashg’ulotda 4.3. – qismida ko’rsatilgan tarqatma materiallar (vositalar) dan foydalanildi. Mashg’ulotning 4.4. – qismi bo’yicha tarqatma materiallar bilan ishlash usulidan foydalanildi va 4.5. – qismida esa guruh ishini kuzatish nazorat ishi qo’llanildi. Mashg’ulotning 4.6. – qismida baholashga jadval tayyorlab o’rinlar belgilanib qo’yildi.



5. Kutiladigan natijalar – xulosalash bosqichida har bir kichik guruh bo’yicha maksimal olinishi mumkin bo’lgan ball ularga tushuntirilgan edi. Kichik guruhlar mashg’ulotga befarq emasliklarini namoyon qila oldi. Har bir savolga 4 balldan, jami 25 ta savolga 100 ball to’planishi kerak edi. 100 ball yig’ildi. Ular asosida jadval tuzib har bir kichik guruhning egallagan ballari aniqlanib, ular jadval ko’rinishida ifodalanib qo’yildi.

6. Natijalar tahlili va tavsiya - yakunlash bosqichida kichik guruhlarning to’plagan ballari bo’yicha o’rinlari belgilandi. Ular quyidagicha bo’ldi:

1. “Ma’rifat” guruhi 28 ball to’pladi – 1 o’rin.

2. “Ma’naviyat” guruhi 21 ball to’pladi – 2 o’rin.

3. “Madaniyat” guruhi 19 ball to’pladi – 3 o’rin.

4. “Vatanparvar” guruhi 16 ball to’pladi – 4 o’rin.

5. “Oriyat” guruhi 16 ball to’pladi – 4 o’rin.

“Vatanparvar” va “Oriyat” guruhlari teng ball to’plagani uchun ular bir xil o’ringa, ya’ni 4 – o’ringa munosib deb topildi.

O’rinlarga mos tavsiyalar berildi. Bu javoblar tahlili bilan bog’liq bo’lib, keyinchalik nimalarga yanada ko’proq e’tibor berish kerakligi tavsiya qilinadi.

Yakunlash bosqichida o’rinlarga mos rag’batlantiruvchi omillar (maqtov yorliqlar, kitoblar, globus va aqliy faoliyatni rivojlantirishga mos o’yinchoqlar) topshirildi.

Mashg’ulot oxirida tarbiyalanuvchilarga quyidagi tartibda savollar berib, ularga mos javoblar olindi:



  • Sizga nima yoqdi? Nima uchun?

  • Sizga nima yoqmadi? Nega?

  • Siz bu mashg’ulotda nimani bilib oldingiz?

  • Siz “Ma’naviyatli odam kim?” - degan savolga javob topa oldingizmi?

  • Siz “Ma’naviy qashshoq odam kim?” - degan savolga javob topa oldingizmi?.

Tarbiyachi savol – javoblar tugagach dars oxiriga yetganligini e’lon qilib, “Hammaga rahmat! Xayr sog’ bo’linglar!” – deb mashg’ulotni tugatadi.


3. 2. “Vatan qahramonlari, deb kimni aytamiz?”mavzusi bo’yicha “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotini olib borish texnologiyasi


B


Qahramonlik kishilardagi jasorat va fidoyilikning uyg’unlashgan ko’rinishi bo’lib, u jamiyat taraqqiy-otiga ham muhim turtki bo’la oladi”

Xolbo’ta To’raqulov

izning mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga e’tibor davlat – siyosatining ustivor yo’nalishlariga aylantirilgan. Hukumatimiz bolalar tarbiyasi va ularning ham jismonan, ham ma’nan barkamol bo’lishiga katta e’tibor bermoqda. Bu uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etilishidan ham sezilib turadi. Bu ayniqsa, MTM dan yaqqol seziladi. Ular uchun barcha sharoitlar yaratilgan, maktabgacha tarbiyani

maktabgacha ta’lim, deb ataladigan bo’ldi.

MTM da tarbiyalanadigan bolalarga ta’lim – tarbiya berishda murabbiy va tarbiyachilar sezgirlik va g’amxo’rlikni talabchanlik bilan, pedagogik mahorat, bilim va tajribalarni o’zlarida mujassamlashtirishi kerak. Bularning hammasi MTM da faoliyat yurituvchilardan kasbiy tayyorgarlik, doimiy ijodkorlik va insonparvarlik, ko’ngil kengligi va saxiylik, ehtiros va mehribonlik, shuningdek, maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Bunga sabab, MTM da bolalar jamoasini jipslashtirishga to’g’ri keladi, ular bilan qiziqarli faoliyat yuritishni, bu ishldarda ishtirok etish, tarbiyaning turli shakllari va usullarini bilish, nafaqat bilish, balki undan foydalana olish – bir qaraganda oddiy ko’ringani bilan, aslida juda qiyin, zero bular hammasining diqqat markazida tirik odam bola shaxsi turibdi. Bu tarbiyachi va murabbiylaridan pedagogika va psixologiya bilimlari asoslarini, pedagogik va aktyorlik mahoratini, pedagogik muloqot, boshqaruv, shuningdek, MTM faoliyatining xususiyatlari haqidagi bilimlarni talab etadi. Bunday talablar haqida mazkur tadqiqot ishimizning “2.5– “Ma’naviyat saboqlari” darslariga metodik tayyorgarlik”, deb nomlangan qismida va 3.1 – qismidagi 1 – jadvalda batafsil ma’lumot berilgan.

Endi quyida ular asosida tashkil etilgan bir dars ishlanmasini beramiz.



MAVZU: Vatan qahramonlari, deb kimni aytamiz?

MAQSAD: Bolalar ongiga jasorat va fidoyilik hamda ular asosida namoyon bo’ladigan qahramonliklar haqidagi tuyg’uni singdirish.

VAZIFALAR:

  • Bolalarimizga tarixiy qahramonlarimiz haqida ma’lumotlar berish orqali ulardagi vatanparvarlik tuyg’usini yuksaltirish;

  • Bolalarimizga “Uyg’onish davrlari”ning Qahramonlarini tanishtirish orqali, ulardagi Vatan qayg’usi haqidagi ma’lumotlarni boyitish;

  • Bolalarimizga Mustaqillik davri qahramonlarini tanishtirish orqali, ularga hamma davrlarda ham har qanday holatda ham qahramonlar bo’lishi mumkinligi haqida tushuncha berish.

MASHG’ULOT O’TKAZISH SHAROITI:

  • Murabbiy va tarbiyachi bolalarga darsga qo’yilgan talablarni tushuntiradi;

  • Bolalarning darsga to’liq tayyor bo’lib o’tirishga vaqt belgilaydi;

  • Har bir bola mashg’ulot paytida ustozidan mashg’ulotga tegishli yana ma’lumot so’rashi mumkinligini aytiladi va bunda ustozi aytayotgan fikrlar bir to’xtamga kelganda, ya’ni mashg’ulot vazifalari oralig’ida murojaat qilish ma’qulligi ham uqtiriladi;

  • Murabbiy va tarbiyachi har bir mashg’ulot vazifasini bitta bosqich, deb belgilab oladi. Bunga sabab, mashg’ulot paytida bolalarning fikrini bir joyga jamlab olish oson bo’ladi.

KUTILAYOTGAN NATIJA: Mazkur mashg’ulot MTM dagi “Ma’naviyat saboqlari” darsidan qahramonlar va qahramonlik qilib jasorat ko’rsatish haqida bolalarda tasavvur uyg’otish. Yana bolalar ongida jamiyat taraqqiyotining har qanday bosqichida ham xalqimiz ichidan qahramonlarimiz yetishib chiqishini shakllantirish.

Tarixiy qahramonlarimiz ham, zamonaviy qahramonlarimiz ham yurt tinchligi, xalq farovonligini, Vatanimizni dushmanlardan himoya qilish, yurtimiz tinchligini saqlash muqaddas Vatanparvarlik burch ekanligini o’zlariga qonun qilib olganligini bolalarga o’qtirish.



MASHG’ULOT BAYONI:

Murabbiy va o’qituvchi dars boshlanishdan oldin mashg’ulot uch bosqichdan iborat bo’lishligini e’lon qiladi. Keyin kutilgan natijaga erishdikmi yoki yo’qmi? Shuni aniqlash uchun Sizlar bilan qisqacha (bir nechta) savol – javob o’tkazamiz, deb bolalarni ogohlantirib qo’yadi.



BIRINCHI BOSQICH: Murabbiy yoki tarbiyachi bolalarga quyidagidek murojaat qilib, ma’lumotni bayon qilishga o’tadi.

Aziz bolajonlar! Yaxshilab o’tirib oldilaringmi? Mashg’ulotni boshlaymizmi? Men sizlarga qahramonlik to’g’risida qiziqarli fikrlarni aytib beraman. Ular bizlarning erkin va farovon hayotda, Erkin va obod Vatanda tinch – osoyishta yashashlarimiz uchun o’z jonlarini ham ayamay Vatanimiz dushmanlariga qarshi kurashganlar. Ular haqida juda qiziq ma’lumotlar bor. Sizlarga ular haqida aytib beraymi?

Hozir men sizlarga dastlab tarixiy qahramonlarimiz haqida birma – bir so’zlab beraman. Shuni unutmanglarki, bolalar! Qahramonlar har doim kerak. Ular orqali jamiyat taraqqiyoti tezlashadi. Bu haqda ko’plab kinolar ham ishlangan. Uning ba’zilarini sizlar ham ko’rgansizlar.

Tarixdan ma’lumki, zardo’shtlik dini dunyoning eng tarixiy dinlaridan biri. Zardo’sht (ba’zi manbalarda Zardo’shtra, Zaroastr), degan nom ushbu din asoschisining nomi bo’lib, u donishmand munajjim bo’lgan. Rivoyatlarga ko’ra, donishmand Zardo’sht 30 yoshlar atrofida mazkur ta’limot bilan chuqur shug’ullanadi va bu ta’limot uning qalbidan mustahkam o’rin oladi. Natijada Zardo’sht tomonidan bayon etilgan, ya’ni shakllangan tushunchalar va ma’lumotlar bir tizimga keltirilib “Avesto” nomli muqaddas kitobning paydo bo’lishiga olib keladi.



Aziz bolajonlar bu ta’limotning yaratuvchisi Zardo’sht shunday qahramonlik ko’rsatdiki, uning ta’limoti bo’yicha Yer yuzidagi barcha yomonlik va yovuzliklarni temirni suvdek eritib, uning yordamida Yer qahriga kiritib yuborish kerak edi. U doimo yovuzlik ustidan ezgulik g’alaba qilishini targ’ib qildi. Odamni ham ruhiy jihatdan, ham jismoniy jihatdan toza tutish va Yer yuzini ham toza tutish uning ta’limotining asosiy g’oyalari edi.

  • Endi qahramonlarimizdan To’maris momomiz haqida ma’lumot beramiz. Miloddan avvalgi 530 yilda massagetlar yo’lboshchisi malika To’maris Kir II boshchiligidagi bosqinchilarga qarshi kurashda qahramonlik ko’rsatgan.

To’maris xalqimiz orasida Ozodlik uchun kurashchi va Vatanga sadoqat ramzi sifatida qaraladi. Biz ular to’g’risida yanada ko’plab o’rganishimiz kerak. U kishi ayol boshi bilan dushmanga qarshi kurashda qo’shinga boshchilik qildi va dushmanlarga qaqshatgich zarba berdi.

  • Shiroq. Bizga tarixdan ma’lumki, Ahmoniylar shohi Doro I miloddan oldingi 519 – 518 yillarda Vatanimiz ustiga bostirib keladi. O’sha paytda yilqiboqarlik qilib yurgan Vatandoshimiz Shiroq ham dushmanga qarshi kurashga bel bog’laydi. U hiyla ishlatib, dushmanlarni chalg’itib ularni Qizil qumning halokatli jazirama dashtiga boshlab boradi. Dushmanlar bu jaziramaga chiday olmay cho’lda qirilib ketadi. Shunday qilib u o’z xalqini yovuzlardan saqlab qoladi va shu bilan o’z jonini ham qurbon qiladi.

Qahramonlarimiz Shiroqni xalqimizda vatanparvar va milliy himoyachi sifatida hurmat bilan tilga oladi.

  • Spitamen. Miloddan oldingi IV asrda yunonistonlik Iskandar Zulqarnayin (Aleksandr Makedonskiy) Vatanimiz hududiga bostirib kirdi. Xalq qahramoni Vatandoshimiz Spitamen boshchiligida Samarqandda ko’tarilgan qo’zg’olon Iskandar Zulqarnayin qo’shinlariga katta talofat keltirdi. Bu qo’zg’olon butun baqtriyalik va so’g’diyonaliklarni ozodlik uchun kurashga ilhomlantirdi.

  • Muqanna. VIII asrning boshlarida arab bosqinchilari Movarounnahr hududini bosib oldilar. Istilochilarga 10 yildan ortiq qarshi kurashda boshchilik qilgan Muqanna bo’ladi.

Muqanna yurtimizni oyoq osti qildirmaslikka o’z jonini ham ayamagan xalq qahramonimiz timsoli sifatida hurmat bilan tilga olinadi.

  • Temur Malik. XIII asrda Chingizxon boshliq mo’g’illar mamlakatimizga yurish boshladi. Xo’jand shahri hokimi va sarkarda Temur Malik dushmanga qarshi mardanovor kurasha oldi. Uning Jaloliddin Manguberdi bilan Vatanni qo’riqlashi tahsinga sazovor. Ular to’g’risida ko’plab asarlar va kinolar ishlangan.

  • Najmiddin Kubro. Oddiy chumoliga ozor bermaslikni targ’ib qilib yurgan dindor Najmiddin Kubro jasorati ham tahsinga sazovor. U dushmanga qarshi kurashda oldingi saflarda bo’ldi. “Yo hayot, yo mamot!”, “Yo Vatan, yo sharafli o’lim!”, degan xitoblar bilan u xalqni dushmanga qarshi kurashga chaqirdi.

Urganch shahri ichida donishmand Kubro borligini bilgan Chingizxon unga shahardan bemalol chiqib ketishiga ijozat berdi. Lekin, Kubro Chingizxonning bu muruvvatini qabul qilmadi va jangga kirdi. Qo’lida ozodlik bayrog’ini mahkam tutib jon berdi. U ozodlik bayrog’ini shu darajada mahkam tutgan ediki, u o’lgandan keyin ham uning qo’lidan bayroqni ololmaydi. Barmoqlarini kesib, keyin bayroqni uning qo’lidan oldi.

Najmiddin Kubroni xalqimizda nafaqat dini – iymonni, diyonatni targ’ib qiluvchi, xalqni insofga chaqiruvchi donishmand sifatida, balki haqiqiy vatanparvar inson sifatida ham hurmat bilan tilga olinadi


1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương