Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Abdullaxo’jayeva Malika Samatovna. Zamona allomasi – O’zbekiston Qahramoni



tải về 1.25 Mb.
trang15/19
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2018
Kích1.25 Mb.
#36917
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

Abdullaxo’jayeva Malika Samatovna. Zamona allomasi – O’zbekiston Qahramoni: U O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi. Xalqaro patologiya akademiyasining Markaziy Osiyo bo’limi Prezidenti, AQShning Fresno shahri faxriy fuqarosi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor.

U XXI asr ayoli” degan nomga sazovor bo’ldi. Amerikadagi xalqaro Biografiya instituti dunyo miqiyosida XX asrning eng buyuk 500 allomasi” safiga kiritilgan.

Kembrij ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan “1998 yilning eng salohiyatli ayoli” deb topilgan. 1999 - yil bo’yicha Xalqaro Biografiya instituti chop etgan xalqaro intellektlarning “Kim aslida kim?” kitobida uning nomi qayd etilgan. Uning miya o’smalarining paydo bo’lishi haqidagi kashfiyoti dunyo tibbiyoti tajribasida qo’llanilmoqda.

Demak, farzandlarimizga hozirda ham To’maris, Muqanna, Shiroq, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Mirzo Bobur, Alisher Navoiy kabi ulug’ insonlarimiz bor ekanligini ta’kidlay olar ekanmiz.

Mustaqillik davridagi qahramonlarni keltirish esa yanada jonli bo’ladi.

Bular to’g’risidagi ma’lumotlarni oilada va MTM da bolalar intellektual salohiyatiga moslab, ular tilida tushuntirilsa ibrat – namuna tarbiyasi samarali bo’ladi.

YAKUNIY BOSQICH: Tarbiyachi yoki murabbiy mashg’ulotga yakun yasaydi. Buning uchun bolalar bilan ular savol – javob yoki suhbat o’tkazadilar.

Bolalarga taxminan quyidagicha savollar berib mashg’ulot samarasini aniqlab olish mumkin:



  • Qahramon bo’lish yaxshimi?

  • Qahramonlik har kimning ham qo’lidan kelaveradimi?

  • Qahramonlarimizning rasmlarini ko’rsatib, ularning nomlarini kim aytib bera oladi?

  • Sizlar ham kelajakda Vatanimiz qahramonlari bo’lishni xohlaysizlarmi?

  • Qahramonlar to’g’risida kinolar ko’rganmisizlar? Kimlar haqida? va h.k.

Bolalardan olgan ma’lumotlaringiz asosida mashg’ulot samaradorligini baholang! Unda quyidagi mezonlarga e’tibor bering:

  • guruhdagi bolalarning bir – birini tushunishi qanday? Bu ularning bir – birini qo’llab ketishida yaqqol seziladi?

  • qanday savollar va muammolar hal etildi;

  • bolalarda qanday xislatlar va tuyg’ular yanada jonlandi?

  • har kim o’zi uchun qanday xulosa qildi?

  • biz, ya’ni jamoamiz qanday ekan?

Ular asosida mashg’ulotingizga o’zingiz umumiy baho berinng.

3. 3. “Vatanimiz ramzlari” mavzusidagi “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotini olib borish texnologiyasi




M
Davlatimiz ramzlari – bayroq, tamg’a, madhiya O’zbеkiston xalqlarining shon sharafi, g’ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o’zida mujassam-lashtiradi, mana shu ramzlarni e'zozlash o’zining qadr–qimmatiga, o’z mamlakatiga va shaxsan o’ziga bo’lgan ishonchni mustahkamlash dеmakdir”.

Islom Karimov

AQSAD
: bolalarni davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash.

VAZIFALAR:

  • Davlat va Davlat ramzlari haqida bolalarga tushuncha berish;

  • bolalarga Davlat bayrog’i haqida tushuncha berish;

  • bolalarga Davlat gerbining tuzilishi va ularning mazmun – mohiyati haqida tushuncha berish;

  • bolalar ongiga Davlat madhiyasining ma’nosini singdirish.


KUTILAYOTGAN NATIJA:

  • Davlat ramzlarining bolalar ongida yaqqol tasvir sifatida namoyon bo’lishiga erishish;

  • Davlat bayrog’ining ranglari va boshqa tuzulishlarining ma’nosini bolalarga anglatish;

  • Davlat gerbi tuzilishining bolalar qalbida chuqur joy olishiga erishish;

  • Davlat madhiyasini bolalarga yod oldirish va uni xor bo’lib ijro etish.

MASHG’ULT O’TKAZISHNING SHAROITI: Dars boshlanishdan oldin murabbiy yoki tarbiyachi Davlat ramzlarini kattartirib ishlangan holatini hammaga ko’rinadigan joyga joylashtiradi. Aslida dars mashg’ulotlari olib boriladigan xonada “Ma’naviyat burchagi” nomli stent bo’lib, unda Respublikamiz Prezidenti suvrati, Davlat bayrog’ining rasmi, Davlat gerbi suvrati va Davlat madhiyasi joylashtirilgan bo’ladi.

Murabbiy yoki tarbiyachi bolalarni dars mashg’uloti o’tkaziladigan xonaga kiritadi va quyidagiday topshiriqlarni beradi:



  • hurmatli bolajonlar hozir sizlar bilan Davlat bayrog’i va uning nimalarni anglatishi haqida suhbatlashamiz! Shunga Sizlar jim o’tirib quloq solasizlar! Mashg’ulot haqida Davlat bayrog’ining har bir belgisi haqida Sizlardan ham so’raymiz;

  • Davlat gerbini o’rganish to’g’risida xuddi yuqoridagidek talablar qo’yiladi va u bo’yicha ham beriladigan savollarga ham tayyor bo’lib turing! Buning uchun esa Sizlar biz beradigan ma’lumotni diqqat bilan tinglashingiz kerak;

  • Davlat madhiyasini hammamiz birga yod olamiz! Uni kim yozganligini va unga kim kuy bastalaganini ham bugun bilib olishimiz kerak.

Qani aziz bolajonlar mashg’ulotimizni boshlaymizmi?
KIRISH:

Davlat – bu jamiyatning harakatlanishida muhim rol o’ynovchi alohida o’z qonun – qoidalariga ega bo’lgan rasmiy tashkilotdir. Uning faoliyati jamiyatning, ayniqsa jamiyat taraqqiyotining hamma sohasiga ta’sir qiladi. U xalq vakolati tufayli mavjud bo’ladi, shakllanadi va o’ziga tegishli vakolatni o’zining maxsus tuzilmalari – davlat organlari orqali amalga oshiradi.

Agar davlat xalq manfaatini ko’zlasa, unga ijtimoiy hayotda, davlat ishlarida, xo’jalik yuritishda erkinlik bersa, tinchlik siyosatini yurgizsa, bunday davlat demokratik davlat deyiladi va bunday davlatning taraqqiyoti bardavon bo’lib boraveradi.

Agar davlat xalqning erkinligini cheklasa, taraqqiyotga to’sqinlik qilsa, zo’ravonlik bilan ish olib borsa, bunday davlat reaksion davlat deyiladi.

Umuman olganda, “Davlat” so’zi ko’pincha “mamlakat” ham deb yuritiladi.



Davlat o’ziga xos va mos qonunlarni ishlab chiqadi va ular iste’molga kiritilgandan keyin, o’sha davlat ishlab chiqilgan qonunlarga so’zsiz amal qilinadilar.

Davlat ramzlari – Asosiy qomusimiz bo’lmish, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 5 – moddasida belgilangan va ular Davlat bayrog’i, Davlat gerbi, Davlat madhiyalaridan iboratdir. Bular mamlakatimizning mustaqilligini belgilovchi ramziy belgilar bo’lib, ularning tuzilishi, shakli, maqsadi, ishlatilishi mamlakatimizning maxsus qonunlari bilan tasdiqlangan.

BIRINCHI BOSQICH: Davlat bayrog’i.


Давлат байроғи ҳар бир мамлкатники бўлгани каби, Мустақил Ўзбекистон Республикамизнинг ҳам байроғи бор. Унда мамлакатимизнинг табиати, халқнинг миллий ва маданий

sohalarining muhim belgilari aks ettirilgan. Davlat bayrog’imiz mamlakatimizning maxsus qonuni bilan tasdiqlangan va bu qonunlarda bayrog’imizni qayerlarga o’rnatish mumkinligi ham ko’rsatib o’tilgan. Davlat bayrog’ining ko’rinishi, rangi va undagi belgilarning har biri o’z mazmun – mohiyatiga ega. Ular quyidagilar:



  • O’zbekiston bayrog’idagi moviy rang Sharqda azal – azaldan qo’llanilib, niyat qilinib kelingan moviy osmon va musaffo suv ramzidir. Bunday jihatga xalqimiz Zardo’shtiylar davridan biri orzu – havas bilan qaraydi;

  • Oq rang esa tinchlik va poklik ramzini ifodalaydi;

  • Bayroqdagi qizil yo’llar hayot ramzi bo’lib, u tomirlarda oqayotgan qonga, ya’ni tiriklikka timsollanadi;

  • Bayrog’imizdagi yashil rang Mamlakatimizning jo’shqin va go’zal tabiatidir;

  • Yarim oy va yulduzlar esa musaffo osmon va tinchlikni bildiradi.

Davlat bayrog’i to’g’risidagi maxsus qonun 1991 – yil 18 – noyabrda qabul qilingan.

Aziz bolajonlar Davlat bayrog’i ham davlat ahamiyatiga ega bo’lgan yurtimiz ramzi ekan. Shuning uchun ham Muhtaram yurtboshimiz biror chet davlatga borganda albatta o’sha davlat boshlig’i bilan bir joyda tik turib, u yerda davlat bayroqlari ko’tarilib, madhiya ijro etiladi. Yoki dunyo bo’yicha xalqlar olimpiada, spartakiada, festivallarda va shu kabilarda Davlatimiz bayrog’i baland ko’tariladi.

Demak, Davlat bayrog’imiz bizning ham faxrimiz, ham g’ururimizdir.

Aziz bolajonlar e’tibor bering!

Bizning bayrog’imiz mamlakatimizning o’tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ifodasidir.

Aziz bolajonlar unutmang! Bizning bayrog’imiz yurtimizda oldin mavjud bo’lgan g’oyat qudratli saltanatlar bayrog’iga xos bo’lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublika tabiati xususiyatlarini, xalqining milliy va madaniy qadriyatlaridagi o’zligini aks ettiradi.

Bayrog’imiz to’g’risida kimda qanday fikr bo’lsa, o’ylab turinglar, mashg’ulotning yakuniy qismida bu haqda suhbatlashamiz.

Endi Davlat bayrog’imiz to’g’risida quyidagi to’rtliklarni eshiting!


Mustaqil davlatimning kelajagi bo’laman,

O’zbekiston desalar quvonchlarga to’laman.

Bayrog’ini ko’taraman boshim ko’kka yetguncha,

Egilaman davlatimga boshim yerga tekkuncha

(Shirin)
Boshing ko’tar, qaddingni tut,

Sen yiqilmas minorsan.

Mir Alisher ekib ketgan,

O’zbek degan Chinorsan!

(Marhabo Karimova)
She’rlar Sizlarga yoqdimi, Sizlar ham bu haqda fikr yuritishga harakat qilib ko’ring. Bu Sizlarning qo’lingizdan keladi. Biz bunga ishonamiz. Endi qaysi Davlat ramzini o’rganishga o’tamiz. Ha balli, endi Davlat gerbini o’rganishga o’tamiz.

I
Ўзбекистон давлатининг расмий тамғаси бўлиб, унинг расми турли давлат ҳужжатлари ва пул бирлигида ҳам акс эттирилади. Унинг кўриниши махсус қонун билан тасдиқланган. Ўзбекистон герби кўринишида қуйидагилар акс эттирилган:

KKINCHI BOSQICH
: Davlat gerbi, davlat ramzi hisoblanadi. U

  • Humo qushi – baxt – saodat va erksevarlik ramzi;

  • Sakkiz qirrali yulduz – mamlakatimizning sobitqadamligi va barqarorligi ramzi;

  • Quyosh – yo’limizning hamisha nurafshon bo’lishiga qiyosdir;

  • Boshoq – rizqu – ro’zimiz to’liqligi timsoli;

  • Paxta – O’zbekistonning milliy boyligi ramzi;

  • Bug’doy va paxta chanog’idagi tasma – xalqimiz do’stligi ramzidir.

“O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to’g’risida”gi Qonun 1992 – yil 2 – iyulda qabul qilingan.

Aziz bolajonlar! Davlat gerbimizda shunchalik mazmun – ma’no borligini oldin bilarmidingiz. Bundan yurtimizning vodiylardan va ikki daryo orasida joylashgan xududdan iborat ekanligini ham anglash mumkin.

Davlat gerbi to’g’risida ham yuqoridagi kabi she’rlarni ko’plab topsa bo’ladi. Ulardan ba’zilarini keltiramiz.
Har joyda oy, yulduz bor,

O’sha tuproq, o’sha qir.

Nimasidir baribir,

O’z yurtingda boshqacha.



Marhabo Karimova.
Aziz bolajonlar! Davlat gerbi ham bizning xalqimizning g’ururi va faxri ekan, ular tufayli davlat hujjatlarimizda ham o’zligimizni namoyon qilib boramiz.

Каталог: uploads -> books
books -> Tầm Quan Trọng Của Tâuhid & Sự Nguy Hiểm Của Bùa Ngải ] Tiếng Việt Vietnamese فيتنامي [
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab
books -> Chữa Bệnh Bằng Những Lời Niệm Chú Từ Qur’an Và Sunnah
books -> حصن المسلم Husnun Al- muslim
books -> Bạn Biết Gì Về Shi’ah (Shiite – Si-ai)?
books -> Riyadh Saaliheen (Những Ngôi Vườn Của Những Người Ngoan Đạo) Chương Sabr (Kiên Nhẫn)
books -> Ương Haj Các Sai Sót Khi Hành Hương Haj
books -> Dịch Thuật: Abu Hisaan Ibnu Ysa
books -> Kế Hoạch Cho Gia Đình 30 dự án hữu ích cho cá nhân, gia đình và cộng đồng trong tháng Ramadan
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab Tiểu sử và sự tuyên truyền của ông

tải về 1.25 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương