Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


MTM bilan ota – onalar hamkorligiga bog’liq jihatlar



tải về 1.25 Mb.
trang2/19
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2018
Kích1.25 Mb.
#36917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

MTM bilan ota – onalar hamkorligiga bog’liq jihatlar



MTM faoliyatiga oid jihatlar

Ota – onalar burchlari va vazifalariga oid jihatlar

Izohlar

1

2

3

4

1.

2.


3.

4.

5.


6.


7.

8.

9.



10.

11.


12.

13.


14.

15.


Maqsad: bolalarni o’qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish jarayonida paydo bo’ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini sezishlari amalga oshiruvchi ta’lim – tarbiya jarayonini olib borish.
MTM maktabgacha ta’lim ustaviga muvofiq bo’lgan zarur shart– sharoitlarni ta’minlaydi.
Bolalar hayotini muhofaza qilish va sog’lig’ini mustahkamlashga doimo g’amxo’rlik qilish.

Bola shaxsini shakllantirish, bilimga qiziqishini rivojlan-tirish.


Bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash.


MTM da bolalarning sog’lig’ini nazorat qilib borishni ta’min-lash.

Bolalarni milliy ma’naviyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish.

Bolalarni turli tahdidlarga qarshi kurasha olishga tayyorlash.


Bolalarni odobli va tartibli kiyinishga o’rgatish.


Bolalardagi salomlashish va ovqatlanishini odatdagi holga kiritish.


Bolalarni hurmat qilish me’yor-lariga e’tibor berish. Ular qalbidagi ezgulik urug’larni undirib, o’stirish. Ularga mehr va muhabbat hamda muruvvat ko’rsat-ishlarning mazmun – mohiyatini anglatish.


“Odam savdosi” yomon illat ekanligi haqida bolalar ongiga chuqur tushuncha shakllantirish. Unga mubtalo bo’lganlarning oqibati ayanchli bo’lishi haqida bolalarga tushuntirish.
MTM xodimlarining bolalar uchun ibrat – namuna bo’lishi.

Turli rag’batlantiruvchi omil va pedagogik usullardan foydalangan holda bolalar jamoasi ishtirok-ida ularning qatnasha olishlariga qiziqish va faoliyatlarini oshir-ish bo’yicha xohish uyg’otish va unga sharoit ta’minlash.

Ko’pchilik bolalarni ularni shaxsiy xususiyatlari va qiziq-ishlariga mos holda faoliyatga jalb qilish.


Maqsad: bolalarni ma’naviy barkamol qilib shakllant-irishdagi asoslarni hosil qilishda MTMdan samarali foydalanish va bola aqliy kamolotini ma’naviy kamolot bilan uyg’un holda rivoj-lantirishga erishish.
Bolalarning MTM dagi hayot kechirishini tashkil etishda faol ishtirok etish.
Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’lig’i uchun g’amxo’rlik qilish.

Bola shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish.

Bolaning aql–zakovatli bo’lishi-ga va jismoniy hamda ma’naviy jihatdan yetuk bo’lib tarbiya-lanishiga asos yaratish.
Bola rivojlanishidagi nuq-sonlarni zarur tarzda tuzatish.

Bolalarning oilaviy an’analar, marosimlar, urf – odatlar va milliy bayramlarni kutib olishga tayyorlash.


Bolalarni ma’naviy jihatdan tayyorlashda har xil illatlarga nafrat ruhida tayyorlash.

Bolalarga kiyinish odobi va ulardagi intizomlilikni shakllantirish haqida qayg’urish.

Salomlashish va ovqatlanish odoblari insoniy fazilatlar ekanligini bolalar ongiga singdirish.

Bolalarda mehnatsevarlik, ezgulik, mehr–shafqat fazilat-larini, o’zidan katta yoshdagilarga hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini shakllantirishga harakat qilish.

Odam savdosiga tushib qolgan odamlarning oilalari ham mahalla oldida uyalib, oila tanazuliga uchrashligini farzand-lar ongiga singdirish.

Oilada ota–onaning bola tarbiya-sida “Ijobiy o’rnak” ko’rsatishi.


Ota – onaning oilaviy sog’lom muhitni tashkil etishi uchun ibrat – namuna ko’rsatishi, oilada bola tarbiyasiga ruhiy ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olinishi, oilada salomatlik tamoyillariga amal qilinishi, salbiy ta’sirlarni bartaraf qilishga bo’lgan harakatlar.


Oilada farzandlarning qiziqish-larini o’yinchoqlar yordamida aniqlash va aniqlangan qiziqish-ni yanada kuchaytirishga ahamiyat berish.



MTMning faoliyatiga qarab maqsadga o’zgar-tirish kiritilishi mumkin. (ixtisosla-shtirilgan yoki sanat-oriy tipidagi MTM)

Farzandlarda ongli hayot kechirish eleme-ntlari shakllanadi.


Bolalarda ham jis-monan, ham ma’nan sog’lom bo’lishga ish-tiyoq oshadi.
Bolada onglilik va ijodkorlikka qiziqish oshadi.

Bunda MTM dagi va oiladagi ma’naviy sog’lom muhit e’ti-borga olinadi.


Ixtisoslashtirilgan MTM da bunga boshqa talab qo’yiladi.
Bunda bolalarga ma’na-viy immunologik tar-biya berish asos qilib olinadi.

Oila va bola ma’na-viyatining sog’lom bo’l-ishiga e’tibor berila-di.

Bolalardagi tozalik, ozodalik, tartib – intizomlilik kabi insoniy sifatlar shakllanishiga asos yaratiladi.
Bolalardagi ma’naviy – axloqiy tarbiya rivojlanishi e’ti-borga olinadi.
Bolalar ongida ezgulik insonlarni yaxshilikka yetaklashi haqidagi ma’lumotlar paydo bo’lishi e’tiborda bo’ladi.

Turli salbiy oqibat-lar haqida bolalar ongida tasavvur paydo bo’ladi.

“Ibrat – namuna – hayot dorilfununi” turkumi-dagi ma’lumotlardan foydalanish kerak.
Bola tarbiyasidagi rag’batlantirish va jazolash me’yorlariga amal qilish lozim bo’ladi.

Qiziqishga oid faol-iyatga moyillik kuchli bo’ladi.



ESLATMA: Mazkur yo’nalishdagi tadbirlar va jihatlar qatorini yanada davom ettirish mumkin. Bu haqdagi fikrlar xilma – xil va rang – barang. Faqat maqsad aniq bo’lishi kerak.

Ko’rinib turibdiki, farzand nafaqat oila tarbiyasi orqali kamol topadi, balki unga Davlatimiz tomonidan berilgan imkoniyatlar asosida tashkil etilgan MTM orqali ham kamol topadi. Chunki, bo’lajak kattalar ana shu kichiklar negizida tayyor bo’ladi. Bundan tashqari xalqimiz bolaparvar va o’z zurriyodini jonidan ham aziz ko’ruvchi xalq. Ular farzandlarini oilasining quvonchi, ota – onasining mehr nuridan yaralgan, ya’ni Alloh ato etgan oliy ne’mat, jamiyatning hayotbaxsh hamda harakatlantiruvchi kuchi, deb biladilar. Shuningdek, farzand umr mevasi, oila faxri va quvonchi hamda davomchisi bo’lganligi uchun ham u oilaning kelajagi baxtidir.

Biz oilani davlat ichra kichik davlat deb ataymiz. Unda yangi inson, ya’ni davlatning yangi bir vakili dunyoga keladi. Kichik davlat – oila esa bu inson uchun dastlabki hayot dorilfununi bo’ladi. Shu sababli ota – onalar farzandning birinchi o’qituvchisi va tarbiyachisidir.

Farzandni barkamol va ma’naviy yetuk qilib o’stirish uchun, eng avvalo ota – onaning o’zi yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lishi kerak. Bunday muhim va istiqbolli muammolarni hal qilishda mamlakatimizda ota – onalarga yordam ko’rsatish maqsadida MTM tashkil etilgan. Bu borada MTM bilan ota – onalar hamkorligining ahamiyati katta.

Bunday hamkorlikni o’rganish maqsadida so’rovnoma o’tkazdik.

So’rovnoma quyidagiga tarkibiy qismlarga bo’linib tayyorlandi:



I. Familiyangiz ismingiz. Bunda ota yoki onaning ismi sharifi yoziladi.

II. Oila va uning tarkibi. Bu tarkibiy qism 11 punkdan iborat savol bo’lib, unga oid javoblar ham tayyorlandi va to’g’ri javob deb bilgan javobingizni aylana ichiga oling, degan tavsiya berilgan.

III. Oilada bola tarbiyasiga oid shart – sharoitlar mavjudligi. Bu tarkibiy qismda 23 ta savol va turli javoblar, to’g’ri deb bilgan javobingizni aylana ichiga oling, degan tavsiya berilgan.

IV. Oilada bolaning barkamol bo’lishiga ma’naviy asos yaratilganligi. Bu tarkibiy qism ikkiga, ya’ni 4.1. – otalar uchun savollar va 4.2. – onalar uchun savollarga bo’lindi. Ularning birinchisida 10 ta, ikkinchisida 11 ta savol olindi va yuqoridagi kabi talab qo’yildi.

V. Oilada bola tarbiyasi uchun moddiy asoslarning mavjudligi. Bu tarkibiy qism bo’yicha 10 ta savol olindi va ularga yuqoridagi kabi takliflar berildi.

VI. Farzandni maktabga tayyorlashga oiladagi shart – sharoitlar mavjudligi. Bu tarkibiy qismda 10 ta savol bo’lib, unga mos turli javoblar berilgan va bu yerda ham to’g’ri javobni aylana ichiga olib belgilash taklif qilingan.

Bizni mamnun qilgan narsa shundan iborat bo’ldiki, ota – onalarimiz farzandlarimiz taqdiriga befarq emas. Eng asosiysi ularning 92 foizi farzandlarini ma’naviy yetuk, barkamol qilib tarbiyalashni xohlaydi, shuningdek, ular ichidan 98,2 foizi farzandlarini turli tahdidlar va salbiy ta’sirlardan asrashni istaydilar.

Ota – onalarga “Farzandlaringizni MTM negizida maktabga tayyorlashni istaysizmi”? – degan savol berilganda, ular deyarli 100 foiz “ha” degan javobni belgilashgan.

Demak, ota – onalarimizning tani – joni xuddi avlod – ajdodlarimizniki kabi ma’naviyat va ma’rifat bilan yo’g’rilgan. Shu sababli biz uzluksiz ta’lim tizimining eng dastlabki qismini oila ma’naviyati va ma’rifatini hisobga olishdan boshlagan ma’qul ekan degan fikrga keldik. Bu fikrimiz ODM da ham ko’p marotaba o’z tasdig’ini ham topdi.

“MTM tarbiyachisi ota – onalar bilan suhbat chog’ida dastur talablariga tayanadi, ota – onalarning pedagogik layoqati va oilaviy tarbiya xususiyatlarini hisobga olgan holda maktabgacha tarbiya haqidagi kitoblarda berilgan maslahatlar, tavsiyalardan ijodiy foydalanadi.

Suhbat bu ikki tomon – tarbiyachi bilan ota – onaning muloqotidir. U fikr almashishga, muhokama qilinayotgan masalalarda o’zaro hamjihatlik o’rnatilishiga yordam berishi kerak. Bunda muhimi, tarbiyachi tomonidan xayrixohlik, erkinlik muhitining yaratilishidir.

Ota – onalarning shakllanib, kamol topib borayotgan farzandga ko’rsatadigan ta’siri juda katta. Ularning bolaga nisbatan beg’araz muhabbati talabchanlik bilan qo’shib olib boradigan g’amxo’rligida namoyon bo’ladi. Muhabbat har qanday yaxshilik, mehribonlik va yorqinlikning ijodkoridir” [28. 296 – 279 b.].

Demak, farzand tarbiyasini ota – onalar o’z shaxsiy ishi deb bilmasliklari kerak. Aslida bola tarbiyasi ota – onaning jamiyat oldidagi fuqarolik burchi va davlat oldidagi mas’uliyati hamda qarindosh – urug’lar oldidagi javobgarligi. Shuning uchun ham ota – ona obro’si farzand tarbiyasida ma’naviy ozuqa bo’ladi. Bu ma’naviy ozuqa bola tarbiyasida “ufq” ni ko’zlab ish tutishda mustahkam poydevor hisoblanadi. Bunday tarbiyalash jarayonida mehnat va ijtimoiy faoliyatni oilaviy vazifalar bilan qo’shib olib boradigan farzandlari hayotiga qiziqadigan va ularga oqilona, odilona rahbarlik qiladigan ota – onalar ijobiy o’rnak bo’ladigan kishilardir, ya’ni obro’li ota – onalardir. Bunday odamlar o’z farzandlari tarbiyasiga oilada ham, MTM ham e’tibor beradigan aqlli odamlar, namunali oilalar a’zolari bo’ladi.



MTM va oila uyg’unligida bola tarbiyasi samarali kechadi, agarda, birinchidan, MTM laridagi ta’lim – tarbiya jarayonining optimal variantlari yaratilgan bo’lsa, ikkinchidan, ota – onalar bolalar tarbiyasining quyidagi ma’naviy jihatlariga e’tibor berilsa:

  • sog’lom oilaviy muhit;

  • oila ma’naviyati;

  • oilada bolaga ma’naviy – immunologik tarbiya berish omillari;

  • oilada bola tarbiyasiga oid munosabatlar;

  • oilada bola tarbiyasiga oid salbiy holatlarga qarshi munosabatlar;

  • oilada bolani ma’naviy jihatdan tarbiyalashga bag’ishlangan tadbirlar, marosimlar, urf – odatlar, milliy va oilaviy bayramlar, ODM. Bular to’g’risida mazkur tadqiqotimizning keyingi qismlarida batafsil ma’lumot beriladi.

Bu jihatlardan ota–onalar tashabbuslari bilan MTM da uyushtiriladigan “Ma’naviyat mashg’ulotlari”da foydalangan holda olib borilsa erkin va ijodiy fikrlaydigan faol shaxsini shakllantirishga erishishiladi. Ishonchimiz komilki, ular ma’naviy yetuk, barkamol inson bo’lib shakllanadilar.

1.4. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini

tashkil etish


MTM da o’quv yili muayyan yilning 2- sentyabrdan boshlanib, keyingi yilning 1- iyuniga qadar davom etadi va keyingi o’quv yiligacha bo’lgan davr MTMdagi sog’lom-lashtirish davri hisoblanadi.

MTMdagi olib boriladigan ta’lim mazmuni O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlan-

gan va tavsiya etilgan dasturlar asosida belgilanadi.



Tashabbusli dasturlar (u mintaqa yoki MTM turidan kelib chiqqan holda bo’lishi mumkin) ularni tasdiqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi va tasdiqlangandan keyin bunday dasturlardan foydalanish mumkin.

MTM ning ish rejimi uning nizomi va muassisning qarori bilan belgilanadi.

MTM siga kunduzgi, kechki va kechayu – kunduz faoliyat yuritishiga qonun doirasida ruxsat etiladi.

MTM da bolalarni o’qitish va tarbiyalash davlat tilida olib boriladi. Boshqa tillarda faoliyat yuritishga “Davlat tili” haqidagi O’zbekiston Respublikasi qonunida belgilangan ko’rsatmalar asosida ruxsat etiladi.

MTM da tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda quyidagilarga e’tibor beriladi:


  • bolalarning imkoniyatlari;

  • bolalarning qiziqishlari;

  • bolalarning ehtiyojlari.

Ularni hisobga olgan holda ta’lim – tarbiya jarayonining har xil turlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish masalasi ham qaraladi. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • MTM – bu jamoaviy qarorlar qabul qilishni o’rganish maktabi bo’lib, unda quyidagilar alohida kasb etadi: tashabbuskorlikka oid harakatlar qilish; umumiy mehnat ko’nikmalarining elementlarini hosil qilish; sport ishlarini bajarishga odatlanish; ijodiy ishlarga o’zini jalb qila olish; rasm chizishga ehtiyoj sezish; raqsga tushishga moyillik uyg’otish; texnik va konstruksion modellashtirish kabi jarayonlarni amalga oshirishda o’zini ko’rsata olish va shu kabilar;.

  • MTM da bola uchun faoliyat turi oiladagiga nisbatan ko’proq. Bu yerda to’garaklarning xohlaganida bola o’z qiziqishini namoyon qila oladi va unga qatnashishda ham mustaqillik bor;

  • MTM da bola faoliyat turini erkin va mustaqil tanlash imkoniyati mumkin. Bola bunday o’zida xohlasa raqqos (raqqosa) yoki qo’shiqchi, xohlasa akrabat yoki shaxmatchi (shashka o’yini mohiri), xohlasa avimodelchi yoki konstruktor, xohlasa qo’g’irchoq o’ynovchi yoki yasovchi kabi kasb–hunar elementlarini shakllantirishga erishish mumkin;

  • MTM dagi faoliyat jamoaviy tarzda olib boriladi. Shuning uchun ham unda ta’lim – tarbiya jarayoni samarali kechadi, ya’ni ular turli xil jarayonlar yoki hodisalar bo’yicha ma’lum (muayyan) bilimga ega bo’ladilar, yoki unday holatlar bo’yicha aniq mahorat yoki ko’nikmalarini yuksaltiradi va shu kabilar.

Demak, MTM bolalar uchun yangi jamoa bo’lib, unda bilimlar, ko’nikmalar, TMM ning ichki qonun–qoidalari va xullas tartib–intizomlilik hukm suradigan muhit, ya’ni bola shaxsi shakllanishining dastlabki bosqich.

Shu sababli bolalarning MTM dagi ta’lim – tarbiyaviy ishlarini tashkil etishning tashkiliy – pedagogik ishlar mukammal bo’lishi kerak. MTM sining tarbiyachi va murabbiylarida bunga mos bilim, ko’nikma va malakalar kerak bo’ladi.



Bizning kuzatishlarimiz bo’yicha MTM dagi ta’lim – tarbiya jarayonini quyidagi ko’rinishda ifodaladik.



1 – shakl. MTM dagi ta’lim – tarbiya jarayonini olib borishning

tamoyilli tizimi.
Shakldagi maqsad – bu pedagogik maqsad bo’lib, unda bu mashg’ulot nima uchun tashkil qilinayotganligi va nima uchun o’tkazilayotganligi belgilanadi hamda bu orqali tarbiyachi yoki murabbiy va bola nimaga erishmoqchiligi aniqlanadi.

Каталог: uploads -> books
books -> Tầm Quan Trọng Của Tâuhid & Sự Nguy Hiểm Của Bùa Ngải ] Tiếng Việt Vietnamese فيتنامي [
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab
books -> Chữa Bệnh Bằng Những Lời Niệm Chú Từ Qur’an Và Sunnah
books -> حصن المسلم Husnun Al- muslim
books -> Bạn Biết Gì Về Shi’ah (Shiite – Si-ai)?
books -> Riyadh Saaliheen (Những Ngôi Vườn Của Những Người Ngoan Đạo) Chương Sabr (Kiên Nhẫn)
books -> Ương Haj Các Sai Sót Khi Hành Hương Haj
books -> Dịch Thuật: Abu Hisaan Ibnu Ysa
books -> Kế Hoạch Cho Gia Đình 30 dự án hữu ích cho cá nhân, gia đình và cộng đồng trong tháng Ramadan
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab Tiểu sử và sự tuyên truyền của ông

tải về 1.25 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương