Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



tải về 1.25 Mb.
trang14/19
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2018
Kích1.25 Mb.
#36917
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

Jaloliddin Manguberdi. Mo’g’il istilochilariga qarshi kurashda Jaloliddin Manguberdi dushmanga qaqshatgich zarba berdi. U o’z qo’shinlari bilan 11 yil davomida dushmanning g’arb mamlakatlariga va janubga qarab yurishini to’xtatib qo’ydi.

Jaloliddin Manguberdi jasorati to’g’risida Chingizxonning o’zi “Otadan dunyoda hali bunday o’g’il tug’ilmagan, u sahroda sher kabi jangchi, daryoda nahang kabi botir”, deb hayratga tushganiga tarix guvoh.

IKKINCHI BOSQICH:

  • Amir Temur. Mo’g’il istilochilaridan xalqimizni ozod qilish, xalq turmushini o’nglash yo’lida olib borilgan ko’p yillik kurashlarda Sohibqiron Amir Temur boshchilik qildi. Uning rahbarligida quyidagilar amalga oshirildi:

- mamlakat dushmanlardan ozod qilindi;

- mamlakat hududlari mustahkamlandi;

- barcha o’lka hokimlari o’rtasida ahillik o’rnatildi;

- Mo’g’iliston sari 7 bor yurish qildi va ularning hammasida g’alabaga erishildi;

- Movarounnahrning sharqiy va shimoliy hududlarining dahlsizligi ta’minlandi;

- Movaraunnahr markazlashgan qudratli davlatga aylandi.

Amir Temur siyosiy maydonga qadam qo’yganda 24 yoshga kirgan edi. 1370 yilda Amir Temur Balhda bo’lib o’tgan quriltoyda Movarounahr ulug’ amiri deb e’lon qilindi.

Amir Temur saltanati O’rta Osiyoda 35 yil (1370 - 1405) hukm surdi. U Markaziy Osiyo Hududlarini yagona markazlashgan davlatga birlashtirdi. Hind va Gangadan to Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyanshandan to Bosforgacha ulkan imperiya barpo etdi.

Amir Temur 1000 (mingta) jang o’tkazib, birontasida ham yengilmagan mashhuri zamon sarkarda nomini oldi. Uning davlat tuzilishi haqidagi nazariya darsliklarga kirdi, uning o’zi esa ilm – fan, ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan siyosiy davlat arbob sifatida tarixdan mustahkam o’rin oldi. Natijada uni quyidagicha ifodalaydigan bo’ldi: “Mashhur davlat arbobi, o’rta asrlar islohotchisi, buyuk sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, ilm – fan va madaniyat rahnamosi, tartib – intizomlilik, ozodlikka va taraqqiyotga bo’lgan intilishlarini o’zida mujassam qilgan xaloskor va dohiy”.


  • Mirzo Ulug’bek. Mirzo Ulug’bek buyuk Muorounnahr davlatining shuhratini va qudratini butun dunyoga yoyishda qahramonlik ko’rsatdi. U Markaziy Osiyoda birinchi dorilfunni ochdi. Unda talabalarning ommaviy o’qishi tashkil etildi va unda o’zi ham dars berdi. Mirzo Ulug’bekning observatoriyasidagi ilmiy tadqiqot ishlari ham o’ziga xos akademiya edi. U ham birinchilardan bo’lib tashkil etildi. Ulug’bek nomiga Samoda yulduzlar qo’yildi va uning qilgan ishlari bo’yicha, u munajimlar xudosi Uroniya yonidan joy oldi. Bularning hammasiga yetish uchun undan nafaqat fidoyilik va jasorat talab qilindi, balki qahramonlik qilish ham talab qilingan edi. Chunki, o’sha paytdagi taraqqiyot dushmanlari, “Din peshvolari” niqobidagi dushmanlar Mirzo Ulug’bekka tish tirnog’i bilan qarshi edi. Mirzo Ulug’bekni xalqimiz qahramoni demay, kimni deymiz.

  • Mirzo Bobur. Mirzo Bobur Temuriyzodalardan. Uning ismidagi Bobur – Sheryurak, degan ma’noni anglatadi. Uning qahramonligi haqida quyidagi fikrni keltirish yetarli deb o’ylaymiz.

“... Amir Temur bilan Mirzo Bobur faoliyatidagi o’xshashliklardan quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: Birinchidan, ikki sarkarda ham jamiyatning yuqori tabaqasi vakili; ikkinchidan, Temur ham Bobur ham yoshligidan toju – taxt uchun kurashni boshlagan; uchinchidan, ularning asosiy maqsadi imperiya tuzish edi va bu niyat amalga oshirildi; to’rtinchidan, ikkala davlat arbobining ham faoliyati xalq tinchligi, yurt obodligi uchun kurashga qaratilgan edi; beshinchidan, Temur ham, Bobur ham keng ma’lumotli, tarix, fiqh, falsafa va adabiyotni yaxshi biladigan kishilar bo’lgan. Ularning bizga qoldirgan asarlari (“Temur tuzuklari”, “Boburnoma”, ...) keng qamrovli ma’lumotlarga boyligi bilan ajralib turadi; oltinchidan, ilm ahliga, hunar sohiblariga alohida e’tibor, yaratuvchilik faoliyatlari ham o’zaro hamohang. Qolaversa, ularning axloq me’yorlari ham ko’p hollarda uyg’un ekanligini ta’kidlash lozim.

Amir Temur va Mirzo Boburning oddiy inson, dovyurak sarkarda, qudratli hukmdor sifatidagi o’xshashliklari ham, o’ziga xosliklari ham ko’p. Ammo, ular bitta yurt, bir xalq, qolaversa, bir sulola vakili va mana shu yurt taqdirini o’z taqdiri deb bilgan, baholi qudrat uning yuksalishiga hissa qo’shgan insonlardir [...... Temur va Bobur // “Fidokor” gaz. – T.: 2006 (14.02.2006). – B. 3].

Amir Temur Bibixonimga atab Bibixonim masjidini qurdirdi. Shohjahon (1399 - 1404) suyukli rafiqasi Mumtoz mahalga atab “Tojmahal” maqbarasini qurdirdi. Ular dunyo mo’jizalaridan biri deb hisoblanadi.

Ularning bunyodkorlik ishlari ham dunyoga mashhur. Ularning turmush tarzining har bir jihati xalqimizning buyuk qalb egalari ekanligidan dalolat berib turadi.

Vatan tuyg’usini ko’proq Amir Temurda ko’rsak, Vatan sog’inchini ko’proq Mirzo Boburda ko’ramiz va hokazo bunday jihatlarni juda ko’plab topsa bo’ladi.


  • Alisher Navoiy. Alisher Navoiyning qahramonligi shundan iboratki, u o’zbek tilini to’liq iste’molga kiritdi va unga asos soldi. Adolatli jamiyat qurish nazariyasini yaratdi. She’riyat mulkining sultoni bo’ldi. O’zbek tilida ham chiroyli va mukammal “Hamsa” asar yaratish mumkinligini isbotladi.

Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning Alisher Navoiyni quyidagicha ta’riflagani ham bejiz emas: “Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutaffakkir desak, mutaffakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir” [2. 47 - b].

Xullas, Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixidagi “Oltin davr”ni tashkil etilishiga munosib hissa qo’shgan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning faxri va g’ururini, shonu – shuhratini dunyoga ma’lum va mashhur qilgan komil insondir. Uning bilan xalqimiz haqli ravishda g’ururlanadi va faxrlanadi. Bu qahramonimiz suvrat va siyratiga ayrim chizgilar xolos.



UCHINCHI BOSQICH: Bu bosqichda mustaqillik qahramonlari haqidagi ma’lumotlarni keltiramiz.

  • Karimov Islom Abdug’aniyevich. Muhtaram Yurtboshimiz 1990 – yil 24–mart kuni O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti etib saylandi va O’zbekiston Respublikasi, degan “BUYUK OILAGA” bosh bo’ldi.

I.A.Karimovning dovyurakligi va tashabbuskorligi tufayli 1991 – yil 31 – avgust kuni O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi va 1 – sentyabr “O’zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi kuni” bayrami, deb e’lon qilindi.

1991 – yil 29 – dekabrda muqobillik asosida o’tkazilgan umumxalq saylovida I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

I.A.Karimov namunali oila boshlig’i, uning ikki nafar farzandi va 3 nafar nevarasi bor, hamda iqtisodchi ilmiy xodim turmush o’rtog’i T.A.Karimova bilan hayot kechirib, nafaqat o’z oilasi, balki O’zbekistondek buyuk oila, buyuk qo’rg’onning himoyachisi va yo’lboshchisidir.

Yurtboshimiz mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy o’zgarishlarning tashabbuskori va rahnomasidir.

Umuman olganda, Islom Abdug’aniyevich Karimov O’zbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi, yangi asrda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqdi, yurtimizning yorug’ istiqboli yo’lida ko’pmillatli xalqimizni bosh milliy g’oya sari birlashtirib, uni ulug’ maqsadlar sari boshlab bormoqda.

Muhtaram Prezidentimizda fidoyilik va jasorat uyg’un holda kamol topganligi uchun ham u qahramonlik ko’rsata oldi. Fikrimizning dalillaridan biri sifatida quyidagi ma’lumotni keltiramiz: “1991- yilning 9 - dekabrida Namangan shahrida bir guruh qo’poruvchi kuchlar viloyat ijroiya qo’mitasi binosini egallab olib, O’zbekistonni islom davlatiga aylantirishni da’vo qilib chiqishdi va respublika rahbari bilan uchrashiishni talab qilishdi. Islom Karimov ertasi kuni tongda Namanganga yetib keldi va aqidaparastlik g’oyalari bilan ongi zaharlangan, jazavaga tushib qora kuchga aylangan johil olomon orasiga soqchi va hamrohlarsiz, bir o’zi hyech ikkilanmasdan, shijoat va shiddat bilan kirib bordi. Bu o’ta keskin, dramatik holat video tasmasida tasodifan muhrlanib qolgan.

Shuni aytish kerakki, Islom Karimovning ana shunday qat’iyati va jasorati binoni boshiga ko’tarib baqir – chaqir qilib yotgan minglab eng ashaddiy ekstremistlarni ham dovdiratib, sarosimaga solib qo’ydi. Mamlakatimiz rahbari hayajonga berilmasdan, vazminlik bilan ular talab qilayotgan yo’l qonunga zid ekanligini va hyech qachon yaxshilikka olib kelmasligini uqtirdi, o’zining salobati va irodasi bilan guvullab yotgan olomonning shashtini so’ndirishga, behuda qon to’kilishining oldini olishga muvaffaq bo’ldi.

1992 – yil 16 – yanvarda Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasida alamzada, ekstremistik kuchlar tomonidan yana janjal chiqarildi. Hali ongi tafakkuri shakllanib ulgurmagan, hayotiy tajribaga ega bo’lmagan talaba yoshlardan foydalanib, bir guruh manfaatparast, amalparast kimsalar yurtimizdagi vaziyatni izdan chiqarishga va shu tariqa dunyo hamjamiyatidan o’z o’rnini topishga intilayotgan yosh O’zbekistonning obro’siga putur yetkazishga, uni o’z tanlagan yo’lidan qaytarishga urinishdi.

Ana shu va shu kabi boshqa qaltis vaziyatlarda Prezidentimizning xalqimiz irodasiga, qonunlarimizga tayangan holda olib borgan vazmin siyosati, o’z vaqtida qat’iyat bilan ko’rgan chora – tadbirlari tufayli bunday xavf – xatarlar bartaraf etilgani, ozodligimiz, hurriyatimiz saqlab qolingani, haqiqatan ham, istiqlol yo’lining biz uchun naqadar murakkab, og’ir va mashaqqatli bo’lganidan dalolat beradi” [4. 28 – 29 b]. Bu fikrni bolalarga so’zma – so’z o’qib, so’ng ma’nosini tushuntirish kerak. Bundan tashqari Narzulla Jo’rayevning “Agar ogoh sen...” nomli kitobiga ham e’tibor beradigan bo’lsak Muhtaram Prezidentimiz jasorati va fidoyiligiga oid ko’pgina qimmatli fikrlar bildirilgan. U kishi o’z asarida Birinchi va Ikkinchi Renessansning mazmun – mohiyatini yaxshigina izohlab bergan.

Ushbu kitobda Uchinchi Renessans haqida quyidagi fikrlar bildiriladi: “Milliy uyg’onish, Milliy o’zligini anglash mustaqillik bergan buyuk ne’matdir. Ayni ana shu tufayli millat qadrini rostlamoqda. Qadimiy, asrlar mobaynida to’plagan nufuzini qaytadan tiklamoqda. Darhaqiqat, hamisha uyg’oq xalq yaratuvchilikka, bunyodkorlikka qodir bo’ladi. U o’z imkoniyatlarini tabora boyitib boradi.

Ana shu nuqtai nazardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, Mustaqillik, Istiqlol tushunchalari va bevosita uning tashabbuskori Islom Karimov nomi bilan bog’liq bo’lgan uchinchi Renessans davri boshlandi. Albatta, bunday milliy taraqqiyot bir necha o’n yilliklar va hatto asrlarni qamrab oladi. Biroq, shuni ishonch bilan aytish mumkinki, XXI asr O’zbekiston va o’zbeklar hayotida yangi sivilizasiya davri bo’lib qoladi” [10. 212 – 213 b.].


  • Madaliyeva Manzura.

“O’zbekiston Qahramoni” Manzura Madaliyeva Ho’qandi latifning faxri va g’ururi. U matematika fanini sahnaga chiqarib targ’ib qila olgan qalbi ummon novatar o’qituvchi.

Uning “O’zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan paytda xayolidan o’tgan fikrlar quyidagilar bo’lgan:

- Otajonim! Onajonim! Qahramonlik qulliq bo’lsin! Sizlarning halollik bilan tarbiyalagan qizlaringiz Qahramon bo’ldi.

- Qiyin ishda lazzat bor deguvchi Soraxon opa, Siz emasmi, bizlarni qiyin ishlarga egiltirgan! Qahramonlik Sizga muborak bo’lsin!

- Bir men emas, barcha fidoyi o’qituvchilar – Qahramon! Kasbini boshiga ko’targan qanoatli ustozlarning hammasi – qahramon! Bu – Sizlarga ham berildi, azizlarim.

Qahramonimiz Bahromjon aka bilan oila qurib, ular bu oilani “Muqaddas qo’rg’on”, deb bilganlar. Ayniqsa bu oilani Manzuraxonning onalari juda ham qo’llab – quvvatlagan. Buni onaning qiziga nisbatan aytgan quyidagi fikri ham tasdiqlaydi: “Bolalaringdan boxabar bo’lib turamiz. Sen maktabingni, kitoblaringni yaxshi ko’rasan. Senga qolsa, har kuni to’garak o’tkazasan”.

“- Halollik! Mehnat! Muhabbat! Bu uch buyuk hikmat meni ana shunday cho’qqiga yetkazdi, - pichirlaydi u. Quvonchdan, baxtdan yana ko’zlari namlanadi. Yana ko’ngil bulog’i toshadi” – bu fikr “O’zbekiston Qahramonlari” nomli kitobning “Matematikaning shoirasi yoki ho’qandi latifning opoyisi” mavzudagi ocherkidan olindi [25. 177- b].


  • Quvoqov Masharip.

Har qanday odam ham hayotning turli suqmoqlaridan chidam bilan o’tib, turmushning achchiq – chuchugiga chidab, qiyinchiliklar bilan kurashib va ularni engib, yorug’ kunlarga intilib, sog’lom turmush tarzini o’ziga shior qilib olib yashasa, o’z niyatiga va istiqbolli maqsadlariga erisha oladi. Oiladagi va ish faoliyatdagi omadlar bardavonligi esa oq ko’ngil, fidoyi, jasoratli, dono, ulug’ maqsadli insonlarga kulib boqadi.

Masharip Qovoqov ana shunday insonlardan biri va uning ibrat – namunasi bir butun hayot maktabidir.

Quyida “O’zbekiston Qahramonlari” nomli kitobdan bu insonga tegishli quyidagi ma’lumotlarni keltirishni lozim topdik:

“Men ularni “Bir ibratli insonning hayot maktabi” deb atadim: sizning e’tiboringizga undagi ayrim fikrlarni havola etmoqchiman (Jabbor Razzoqov. “Bir inson ibrati” nomli ocher muallifi).



* * *

“Otam oddiy dehqon bo’lganlar. Kunduzgi kolxoz ishini bajargan bo’lsalar, kechalari tomorqamizda ishlaganlar.

Keyinchalik brigada boshlig’i bo’lganlar. Bu davr urush yillariga to’g’ri kelgan. Front orqasida oziq – ovqat mahsulotlari yetishtirib, g’alabani ta’minlashga o’z hissalarini qo’shganlar. Ammo urush tugagan yili qattiq betob bo’lib, terlama kasali bilan og’riganlar va eng navqiron yigit paytida – 35 yoshlarida olamdan o’tganlar. Men o’shanda 7 yoshda edim.

Bizni onam Guljahon Matyoqubova, xudoga shukur, hozir 100 yoshni qarshiladilar, 2 o’g’il va bitta qizni bir o’zlari katta qilib, avaylab – asrab voyaga yetkazdilar.

Men juda kichikligimdan ota – onamdan o’rnak olib, faqat mehnat evazigagina inson o’z orzu – umidiga, niyatiga yetishini ko’nglimga solganman. Oddiy kolxozchilikdan ish boshlab mehnatning achchiq – chuchugini, lazzatini totganman. Bugun nimaga erishgan bo’lsam, faqat shular evaziga”.

“Hozirgi bolalarni ko’rib, ko’zim quvnaydi. Hamma narsa yetarli. Bizga, urushdan keyingi yillardagi bolalarga juda qiyin bo’lgan. Shuning uchun yoshlarga keksalar bilan ko’proq urushuvlar tashkil etib, bu kunlarning qadriga yetishni, Vatanni sevishni, haqiqiy vatanparvar bo’lishni, qiyinchiliklardan cho’chimaslikni o’rgatishimiz kerak”.



* * *

“1997 – yil 26 – avgust. Bu kun hayotimizdagi eng baxtli, unutilmas kun. Shu kuni O’zbekiston Mustaqilligining 6 yilligi arafasida Prezidentimiz Islom Karimovning Farmoni bilan menga “O’zbekiston qahramoni”, degan yuksak unvon berildi. Bu jamoa a’zolarimiz bilan erishgan muvaffaqiyatlarga, mehnatimizga, butun faoliyatimizga berilgan yuksak baho edi. Ana shu beqiyos katta ishonchni oqlash uchun butun umrimni bag’ishlashga tayyorman”.



* * *

“1998 yilning ayni pishiqchiligi mahali. Xo’jaligimizda “Kitob bayrami” bo’ldi. Toshkentdan man – man degan shoirlar, yozuvchilar, olimlar, jurnalistu noshirlar kelishdi. Chunonam kitoblar sovg’a qilishdiki, asti qo’yaverasiz. Bu chinakam ma’naviy boylik. Keyingi o’n yil ichida xo’jaligimizga bunchalik ko’p kitob kelmagan edi. Men ularni “yorug’lik belgisi”, deb bildim”.



* * *

“Yer haqiqatdan ham hayot va tirikchilik manbai. U insonga Alloh tomonidan berilgan buyuk in’om. Lekin undan oqilona foydalangandagina insonga o’zining bitmas – tuganmas xazinasi eshigini ochib beradi. Biz yerga ana shu nuqtai nazardan yondashib kelayapmiz”.



* * *

“Biz o’z kuchimiz bilan barcha imkoniyatlarni yaratyapmiz. Bizga hyech kim chetdan imkoniyatni ham yaratib bermaydi, mablag’ni ham ikki qo’llab topshirmaydi” [25. 217 – 227 b.].

Bu oddiy dehqon oilasida tarbiya topgan bir insonning hayot yo’lida shakllangan fikrlaridan lavhalar xalos. Biz o’ylaymizki bu insonning sog’lom turmush tarzi yuzlab, minglab yoshlarga ibrat bo’ladi. Bu esa ayniqsa, mustaqilligimizni mustahkamlashda faollik bilan faoliyat yuritayotgan, Ozod va Obod Vatanimizning, oddiy Qahramonlaridan birining hayot yo’li. Bunday ibrat – namunaga xos va mos insonlar yurtimizda ko’plab topiladi.


  • Oripov Abdulla

Abdulla Aripov bugungi o’zbek adabiyoti osmoniga yorqin yulduzdir. U jahonning qasridan qarasak ham yaqqol ko’rinib turadigan shoirlar shoiridir, uning ijodi esa odamlarning bayramona kayfiyatini yuzaga chiqaruvchi ilhomlantiruvchi kuchdir. Mashhur shoir Qaysin Quliyev Abdulla Oripovning xalq oldida chiqishlariga shunday baho bergan edi: “Abdulla Oripovning har bir chiqishi xalq bayramiga darajasigacha ko’tarildi”.

Abdulla Oripov o’zining kelib chiqishini soddagina qilib quyidagicha ifodalaydi: “Ota tarafdan katta bobolarim Norboy bobo, Boymurod bobo, Ubaydulla Bobolar bo’lishgan. Undan keyin mening otam Orif bobo”.

Abdulla Oripov to’g’risida Yo’ldosh Sulaymon shunday yozadi: “Abdulla Oripov shunday salobatli, shunday salohiyatli ulkan daraxtki, uning keng ko’lamli soyasidan biz, Yozuvchilar uyushmasi xodimlari ham bahramandmiz. U bir jamoada ishlaydigan kishilarning bir – biriga bo’lgan hurmat – oqibati eng avval intizomga rioya qilishdan boshlanishini ba’zan – ba’zan eslatib turadi. Zarurat tug’ilganda har bir ijodkor, har bir xodim uchun o’z vaqtini, o’z imkoniyatini ayamaydi” [O’zbekiston qahramonlari. .... (B. 25. 258 – 259 b.].

Mustaqillik qahramonlari obrazlarini yaratish, mustaqillik farzandlarini ana shu fidoyi insonlar ibrat – namunasi asosida tarbiyalash adabiyotimiz oldida turgan dolzarb masalalardandir. Shu sababli ham hozirgi davrdagi yozuvchilarimiz va shoirlarimizning asarlaridagi bosh g’oya - Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi bunyodkor g’oyalarni tarannum etishdan ibrat bo’lmog’i kerak. Ana shunday talabalarga labbay, deb javob beradigan shoirlarimizdan biri – qahramonimiz Abdulla Oripovdir.

Muhtaram prezidentimiz I.A.Karimov qahramonimiz to’g’risida quyidagicha fikrni aytgan edi: “Ma’naviy kelajagimiz. Farovon va buyuk istiqbolimizni Abdulla Oripov ijodisiz ham ko’z oldimizga keltira olmaymiz. Hozirgi davrda ham uning she’rlari xalqimizni adolat tantanasi, yorug’ kelajakka ishonch ruhida tarbiyalaydigan yuksak ma’naviy omil bo’lib xizmat qilmoqda” [25. 271 b.].

Abdulla Oripovning “O’zbekiston qahramoni” bo’lgan kungi ichki tuyg’usiga bir e’tibor beraylik. Uni ikki yo’nalishda ifodalab, keyin u kishi to’g’risida xulosaviy fikr bildirilsa yaxshi bo’ladi. O’sha kuni u ishdan erta qaytib, uyga shoshildi. Uning ichki tuyg’usini quyidagicha ifodalasa bo’ladi: “Shohruh Mirzo shu yerdalar. Bu – butunlay boshqacha bo’ladi. Men yetishmagan balandlikka u chiqadi, - deya nevaralarini bir kun ko’rmasa sog’inishini, ular bilan yayrashini ko’nglidan o’tkazdi. – Bibi xonim bilan Zebuniso – chi? Boshqalarchi? Qani, hammasi kelgan bo’lsa edi! Shoira bilan Zarifani to’rt kundan beri ko’rganim yo’q, mayli, tez – tez kelishmasa ham tinch yashashsa bo’ldi.... Mavluda, Ruxsora, ey, jonimga malham qizlarim, Sizlarning baxtli beka bo’lishlaringni tilayman. Yo Xudo, ularga baxt ato et. Yo, xudo o’zingga shukur”. Buni uning dastlabki ichki tuyg’usi desak, ikkinchi ichki tuyg’usi yanada ta’sirli edi.

U Abdulla Qodiriyni, Cho’lponni, Fitratni, Behbudiyni, Usmon Nosirni o’yladi, ularga bo’lgan mehrini, istiqlol baxtidan shodumonligini izhor etdi: “Ozodlikni ko’rish, mustaqillik bag’rida ijod qilish bizga nasib etdi”. “Ha, Sizga, sizlarga nasib etdi, - Qodiriyning ovozi kelganday, unga boshqalari ham qo’shilganday bo’ldi. – Siz baxtlisiz, Siz omadlisiz, Abdullajon, istiqlol bag’rida yashayapsiz. Uni asranglar. U – jonni tikib asrashga arziydigan buyuk ne’mat”.

- Asrayapmiz, uni jonimizni o’rtaga qo’yib turib asrayapmiz, -Abdulla Oripov xuddi ro’parasida kimlardir turganday ikkala qo’lini beixtiyor musht qilib ko’tarib, silkitdi, - butun O’zbekiston ko’ksida mustaqillik tuyg’usi yonyapti......

Bobosini olisdan ko’rib qolib, birin – ketin qoqilib – surinib chopib kelayotgan nevaralariga ko’zi tushib ularga talpinib:

- Ana – ana kelajak, meni kutgani kelayapti, - dedi u o’ziga o’zi. Abdulla Oripov ularga quchoq ochib borar ekan, vujud – vujudini ajoyib bir orom shirin – shirin titratdi.

Abdulla Oripov to’g’risida ushbu ma’lumotlar Yo’ldosh Sulaymonning “O’zbekiston Qahramonlari” nomli kitobidagi “Malik ush - shuaro” mavzusidagi ocherkidan foydalangan holda tayyorlandi. [25].


  • Vohidov Erkin.

Tadqiqotimiz ushbu qismidagi Erkin Vohidov to’g’risidagi ma’lumotlar Ibrohim G’ofurning “Fazlu fasohat va zakovat sohibi” mavzusidagi ocherkidan foydalanib tayyorlandi.

Erkin Vohidov – el – yurtini chin dildan sevgan, ardoqlagan, nomi dunyoga tanilgan o’zbek shoiri, shuning bilan birga u sevimli adib va jamoat arbobi hamdir. Uning ijod mahsulining barchasida tiniq samimiyat, qahramonona insoniylik, mehr – oqibatlilik, odamiylikning buyukligi tarannum etiladi. Bu fikrlarimiz shunisi bilan diqqatga sazovorki, yuqorida qayd etilgan xislat va fazilatlar nafaqat uning asarlarida (ijodi namunalarida), balki uning o’zi hayotida ham, hayotining har qanday holatlarida ham shunga rioya etish va ularni og’ishmay amalga oshirish ustuvor maqsad – muddao bo’lgan. Uning ijodi mazmun – mohiyatini Vatanga xuddi otaga suyanganday suyanish, xalqqa xuddi onaga talpinganday talpinish, yurtning, elning kamolini o’ylash, orzu qilish, uning uchun tinimsiz qayg’urish va yurt ma’naviyati, tarixi va an’analaridan doim zavqlarga to’lib yurish, qadim mumtoz shoir, donishmand adib ajdodlar kabi komillikka sajda qilish, komillikni ko’rgan, unga duch kelganda darhol ilhomga to’lish, hayajonlanish kabilar tashkil etilgan bo’lsa, uning o’zini esa haqiqiy inson, barkamol shaxs, katta san’atkor shoir sifatida o’z davri, o’z avlodining juda yorqin va peshqadam hamda faol vakili sifatida qarashga asos bo’ldi.

Dunyoning ko’pgina mamlakatlarida Erkin Vohidovni O’zbekistonning hayotiy manfaatlarini ko’tarib chiquvchi bosiq, qat’iyatli, salohiyatli parlamentari sifatida yaxshi taniydilar. Uning ulkan ijodiyoti, ijtimoiy faoliyati xalq tomonidan yurtimizda va ko’pgina xorijiy davlatlarda ham tan olindi. Haqiqatdan ham Erkin Vohidov – yuksak mas’uliyatli inson, sermahsul ijodkor, insoniylik bilan yo’g’rilgan hayot sohibi, jamoat arbobi. U Vatan, xalq ravnaqi, baxt – saodati yo’lida fidokorlik bilan hormay – tolmay faoliyat yuritmoqda. Uning Vatanimizga va xalqimizga bo’lgan sadoqatiga Davlatimiz tomonidan doimo e’tibor berilib kelindi. U “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sovrindori va 1999 – yil 25 – avgustdan buyon “O’zbekiston Qahramoni”dir.



  • Ismatova Mavjuda.

Mavjuda Ismatovani hamma taniydi. U Toshkentdagi 273 – maktab direktori, xalq o’qituvchisi, O’zbekiston Qahramoni, Davralarda so’z berilsa, “Qani, qahramon qanday gap aytarkan?” deya o’zgacha taraddud bilan eshitguvchilar ko’p bo’ladi. Shunda anglaysan, qahramonlik unvoni faqat rag’batning o’zigina emas, balki u katta mas’uliyat, el – yurt oldida balandroq so’zlash zaruriyati hamdir.

Mavjuda Ismatova oilasini va ishxonasini muqaddas deb bilgan baxtli ayoldir. Qiynalgan vaqtlarda va tushkun damlarda u dastlab turmush o’rtog’i Hamidulla aka bilan maslahatlashdi, shuningdek, ko’ngilda yetilgan orzu – o’ylar ham avvalo xonadonda muhokama etiladi.

Demakki, Mavjuda Ismatova har doim ham oilasiga suyanib ish tutdi. Mana uning o’z oilasi haqidagi shakllangan fikri:

“- Men uyimning ostonasidan kirsam bas, oddiy bir ayolga aylanaman.

- Umr yo’ldoshim uchun lazzatli taom tayyorlash, oilaning jamiki yumushlariga bosh bo’lish, qo’ni – qo’shni, qarindosh – urug’, mahalla – ko’y yo’qlovlariga vaqt topish, kelinim Nargizaxon, nabiralarim – Burxonilla va Bilolxonlar yonida bo’lish hayotimning eng quvonchli lahzalaridandir”.

Mavjuda opaning hayotdagi shiori quyidagi to’rtlik asosiga qurilgan:



Illat izlaganga illatdir dunyo,

G’urbat izlaganga g’urbatdir dunyo.

Kim neni izlasa topgay begumon,

Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo!

Bunday deyishimizga sabab Mavjuda opadan hayotdagi shioringiz nima? deganda opa ana shu to’rtlikni aytib berib, quyidagi o’z fikrini ifoda qildi: “Mening nazarimda hikmat izlab yashagan kishi hayotning yorug’ tomonlarini ko’ra oladi. Yashashga ishtiyoqi susaymaydi, izlanishlardan charchamaydi.......”.

Demak, bu orqali bugungi yoshlarimizga inson hayotda o’ziga katta va qat’iy talab qo’yib yashash kerak ekan degimiz keladi. Bunda o’ziga ishonish, o’ziga suyanish – bu katta ma’naviy tayanch. Shu sababli ham bunday odamlar nimaiki istasa, u o’zidan topadi.


  • Said Ahmad.

Said Ahmad hayot qiyinchiliklariga va turmush chigalliklariga chidashda mustahkam va metin irodaga ega insonlardan biri. Tadqiqotimizning ushbu qismida uning dil izhorlaridan ayrimlarini keltirish bilan kifoyalanmoqchimiz.

“Prezidentimiz Islom Karimov kechani kecha, kunduzni kunduz demay, yurt tashvishi bilan yashayapti. Mustaqilligimizga baholi qudrat hissa qo’shyayotganlarni ardoqlab, xizmatiga yarasha taqdirlayapti. Men ham mana shunday himmatdan bahramad bo’lgan baxtli ijodkorlardan biriman.

Prezidentimiz kamtarin xizmatlarimni qadrlab, qancha samimiy, dildan chiqqan so’zlar bilan “Buyuk xizmatlari uchun” ordenini topshirdi. Bu unutilmas daqiqalar hayajoni meni hyech qachon tark etmaydi.

Ko’ksimga eng baland darajali nishon – “O’zbekiston Qahramoni” Oltin Yulduzini taqayotganda o’zimni bosolmadim. Bir kiprik qoqquncha o’tgan onda butun umrim ko’z oldimdan saf tortib o’tdi. Boshimdan o’tgan eng og’ir, dahshatli, eng haqoratli onlar ko’zim oldida turib qoldi. O’zimni tutolmadim. Islom Abdug’aniyevich bu holatimni sezib, bilagimdan tutdiyu o’zi o’tiradigan kresloga o’tqazib qo’ydi. Hayajonimni tarqatish uchun hazil aralash: “Qani, Prezidentlik kreslosida bir nafas o’tiring, qanaqa bo’larkin”, deb kulib qo’ydi.

Bu umrimning eng baxtli daqiqalari edi.

Bu hurmat, bu ehtiromlar meni yanada g’ayrat bilan, yanada ilhom bilan ijod qilishga, tug’ilgan yurtim fuqarolariga manzur bo’ladigan asarlarim yozishimga da’vat qiladi.

Aziz O’zbekistonim, jondan aziz yurtimning mehnatkash fuqarolari, endi qolgan umrim sizniki! Butun umrimni, vujud – vujudim bilan sizga bag’ishladim.

Buyuk shoira onamiz Nodirabegimning:



Maqsad na edi jahonga kelding,

Kayfiyatingni bayon etib ket.

degan talabiga endi javob bermoqchiman.

Shundoq aziz, shundoq o’z erki o’z qo’lida bo’lgan Vatanda yashamoq, ijod qilmoq baxti buyuk ne’matdir, onajon!” [25].

Said Ahmaddagi Vatandan qarzdorlik hissi, o’z xalqini sevishlik va ardoqlash ishtiyoqi va eng asosiysi, uning o’z xalqiga jon fidoyiligi tahsinga sazovordir. Biz undan va uning faoliyatidan yoshlarimiz tarbiyasidan ibrat – namuna sifatida foydalansak, nur ustiga a’lo nur bo’lar edi.


1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương