Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


“Ma’naviyat saboqlari” darslariga metodik tayyorgarlik



tải về 1.25 Mb.
trang11/19
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2018
Kích1.25 Mb.
#36917
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19

2.5. “Ma’naviyat saboqlari” darslariga metodik tayyorgarlik


O


Biz bugun barpo etayotgan yangi hayot, yangi jamiyatni, avvalambor, o’zimiz uchun, o’nib – o’sib kеlayotgan, bu-gun boshlagan ishlarimizni ertaga davom ettirishga qodir bo’lgan bolalarimiz uchun qurmoqdamiz”
Islom Karimov

’zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasi, O’zbek xalqining ozod va obod Vatan, erkin va demokratik jamiyatni barpo etish yo’lidagi ezgu maqsadlarini, shuningdek, mustaqillik mafkurasining asl mazmun mohiyatini bog’chadan tortib to keng xalq ommasigacha batafsil har tomonlama tushuntirish bugungi mustaqillik gullab – yashnayotgan davrning

eng dolzarb muammosidir. Bunday dolzarb muammolarni hal qilish esa mamlakat-imiz barcha ongli aholisining ma’naviy saviyasini yuksaltirmasdan amalga oshirib

bo’lmaydi. Bu ham o’ziga yarasha dolzarb muammo va u bugungi kunda davlat siyosati darajasidagi ustuvor masalalardan biridir. Bu borada qator meyoriy hujjatlar (Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar mahkamasi qarorlari) qabul qilinmoqda. Shaxsan muhtaram Prizidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq “Ma’naviyat insonning, xalqning, davlatning, jamiyatning kuch-qudratidir. U yo’q joyda hyech qachon baxt saodat bo’lmaydi. Nafaqat puxta tarix, balki yangi tarix ham buning ko’plab misollarini beradi”, degan edilar.

Demak, ma’naviyat nafaqat inson, balki davlat va jamiyat taraqqiyotining ham asosiy negizi bo’lib hisoblanadi. Shu sababli ham xalqimizda hamda yurtimizda jamiyat taraqqiyoti saviyasiga mos ma’naviy yangilanish ham bardavon bo’lmog’i lozim.

Bizning mamlakatimizda ma’naviy yangilanish mustaqillikka erishganimizdan keyin yangicha tus oldi va o’z qadr – qimmatini topdi. Bu – avvalo, bunyodkor o’zbek xalqimizning boy milliy - ma’naviy merosini xolisona o’rganish va ular bilan g’ururlanish imkoniyatlarini berdi. Ayni paytda bu orqali yoshlarimizni shu qadriyatlar ruhida tarbiyalashga va o’zlikni anglashga ham, ma’naviy yuksalishga ham har tomonlama shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ma’lumki, inson e’tiqodsiz, g’oyasiz, fikrlarsiz yashay olmaydi. Har tomonlama barkamol shaxs va uning e’tiqodi masalasi muhim muammolardan bo’lib, uning shakllanishi mohiyatan ijtimoiy omillarga bevosita bog’liq, deb qaraladi. Bu masalaga e’tiborning ortib borayotganining boisi shundaki, shaxsdagi mafkuraviy immunitetning shakllanishida undagi ezgu g’oya va iymon-e’tiqot muhim ahamiyatga egadir. Agar biz yoshlarimizda bolalikdan bunday dunyoqarashni shakllantira olsak, ular ma’naviyati boy, mustaqil fikrli va oliyjanob shaxs bo’lib voyaga yetadi. Bunga to’liq imkoniyatlarimiz bor, buni oiladan boshlasa ham bo’ladi. Bu borada olib borgan ishlarimiz natijalari ham bunga imkoniyat borligini ko’rsatdi [23 – 24].

MTM da ushbu maqsadda olib boriladigan mashg’ulotlarga metodik tayyorgarlik ko’rishga oid ma’lumotlarni keltiramiz. Ular asosan quyidagi asosiy qismlardan iborat bo’ladi:



  1. Mashg’ulotga tayyorgarlik:

    • Mashg’ulot maqsadi va vazifalarini anglash;

    • Mashg’ulotga qatnashuvchi bolalar uchun rag’batlantiruvchi omil va unga qo’yiladigan mezonni aniqlash (Sovrinlar va ular o’rinlari haqida);

    • Mashg’ulot uchun optimal variantni (qulay vaqt va joy bo’yicha) tanlash va ularga mos imkoniyat va sharoitlarni tayyorlash;

    • Bolalar ishtiroklarini hisobga olishga varaqlar tayyorlash va unda shkalalarni belgilab qo’yish;

    • Kutiladigan natijalarni loyihalashtirish;

    • Faoliyat turi va o’quv mashg’ulotining vaqtini belgilab olish;

    • O’quv materiallari va vositalarini tayyorlash: vatman qog’oz, ekran, magnitli taxta, flomasterlar, markerlar, maketlar, video ikkilik va mashg’ulot mazmuniga mos qilib tayyorlanggan disklar va hokazo.

  2. Tarqatma materiallarni tayyorlashga qo’yilgan talablar:

  • Tayyorlanggan materiallar rejalashtirgan mavzuning mazmun - mohiyatini chuqurroq o’rganishga xizmat qilishi kerak va mashg’ulot agar biror maket yoki buyum yasalishiga mos bo’lsa, ular rejalashtirilgan natijaga ham mos kelishi kerak;

  • Tarqatma materiallar bir dars mashg’ulot uchungina tayyorlanmasligi kerak, balki undan o’xshash mavzularni o’tkazish uchun foydalanish mumkin bo’lsin;

  • O’quv materiallari va vositalari barcha bolalarga yetarli bo’lsin, asosiysi, ya’ni kattarog’i (hamma uchun ko’rinadigan qilib tayrlanggani) tarbiyachi stoli ustida taxt bo’lsin;

  • Bolalar I.F.O. va uning to’g’risida ularning dars mashg’ulotlari paytidagi yutuq va kamchiliklarini belgilovchi joylari ham bo’lsin.

  1. Tashkiliy masalalar:

  • Joyning yetarliligi va qulayligini yana bir ko’rib chiqish kerak, chunki bu mashg’ulotga qiziqib, boshqa kishilar ham kirishi mumkin;

  • Xona ichida bolalar erkin harakat qilishiga hamda o’quv materiallaridan bemalol foydalanishga sharoit yaratilishi kerak;

  • Dars mashg’ulotlarida darsga xalaqit bermasligi chora – tadbirlarini oldindan belgilash;

  • O’quv vositalarining bemalol ishlashini nazorat qilib qo’yish va hokazo.

  1. Foydalaniladigan metodlar:

4.1. Bolalar ongiga ta’sir e’tuvchi metodlar:

  • Ma’naviyat haqidagi suhbatlar. Bunda ma’naviyat, ma’naviy qiyofa, ma’naviyatli odam, ma’naviy kamolot, ma’naviyat-millat qiyofasi, ogohlik, tinchlik va erkin hayot, giyohvandlik, SPID - davr vabosi, otalar so’zi – aqlning ko’zi, milliy urf – odatlar va an’analar va shu kabilarga e’tibor beriladi;

  • Hikoya. Bunda yaxshi xulq, ezgulikni math etuvchi ma’lumotlar beriladi;

  • Tushuntirish. Bunda muayyan holat yoki hodisa to’g’risida ma’lumot beriladi va bolalar ongiga ularning ham ijobiy, ham salbiy tomoni singdiriladi;

  • Namuna ko’rsatish. Bunda ustoz va murabbiylarning shaxsiy ibrat-namunasi e’tiborga olinadi hamda “Ibrat – namuna - hayot dorilfununi” ruknidagi faoliyatni doimo yuritib turish e’tiborga olinadi;

  • Kishining ijobiy xislat va fazilatlari, insonning oliyjanobligiga ishontirish. Bunda xalq qahramonlari, donishmand va allomalar, davlat arboblarining turmush tarzidan foydalaniladi;

  • Baxs – munozaralar uyushtirish. Bunda qutlug’ sanalarni nishonlash bo’yicha allomalarning ma’naviy – axloqiy tarbiyaga oid qarashlari bo’yicha, kasb-hunar haqida, giyohvandlik va terrorchilik hamda ularning salbiy oqibatlari to’g’risida, ma’naviy yetuk va manaviy qashshoq odam haqida, mustaqillik va yoshlar haqidagi mavzularni oldindan loyihalashtirib olinggan rejalarga e’tibor beriladi;

  • Uchlashuvlar. Bunda bolalar ma’naviy – axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi yig’inlarga e’tibor beriladi;

  • Tanlovlar o’tkazish. Bunda “Krassvord” yechish, “Rebus” tuzish va yechish, “Boshqotirmalar” tayyorlash, “Aql - zakovat” o’yinini uyushtirish, “Oltin toj” o’yini va shu kabilardan foydalaniladi;

  • Sahnaviy mashg’ulotlar o’tkazish. Bunda bolalar aqliy salohiyatiga mos sahna ko’rinishlari tayyorlashga e’tibor beriladi;

  • Multimediali tarbiya texnologiyalari. Bunda “Axloq”, “Qadriyatlar”, “Immunitet” kabi ko’makchi kompyuterli tizimlardan foydalaniladi.

4.2. Ma’naviy - axloqiy xulq, bu boradagi hayot tajribalarni hosil qilishga ko’maklashuvchi metodlar:

  • Rasmiy kasbiy o’yinlar. Bunda ma’naviy – axloqiy tarbiyaga oid metodlar to’planadi va ayniqsa buyuk allomalarning faoliyati hamda qarashlari asosida “Aql-zakovat”, “Oltin toj”, “O’yla, izla, top”, “Yangi fikr” va shu kabi o’yinlar uyushtiriladi;

  • Ishchanlik o’yinlari. Bunda “Aqlli odam bo’lish yaxshimi yoki dono”, “Yashash yaxshi, yaxshi yashash undan yaxshi” va xokazo. Ko’rinishdagi o’yinlar tashkil qilinadi;

  • Aqliy hujum”. Bunda bolalar ongida ezgulikni va adolatni shakllantirishga oid trening fasllarini tashkil etish nazarda tutiladi;

  • Fikrlar va g’oyalarni tizimlashtirish. Bunda fikrlar va g’oyalar qarashi asosida jaholatga qarshi kurashda ma’rifatga va ma’naviyatga tayanish lozimligi ta’kidlanadi;

  • Baxs - munozara. Bunda “Oddiy haqiqatlar”, “Siz intelektual salohiyatlimisiz”, “Barkamol avlod kim”, “Ma’naviy yetuk odam kim, ma’naviy qashshoq odam kim?” va shu kabi mavzularga e’tibor beriladi;

  • Musobaqa. Ulardan ko’zlanggan maqsad bolalar ongiga ma’naviy yetuk shaxs modelini singdirish;

  • Devoriy gazeta. Bunda beriladigan ma’lumotlar bolalarning ma’naviy – axloqiy tarbiyasiga oid materiallardan iborat bo’lishligiga e’tibor beriladi;

  • Ma’naviy – axloqiy mavzularga oid albom va jurnallar tayyorlash. Bunda ma’naviyatimiz buyuk timsollarning muayyan bir kishisiga yoki bir yo’nalishidagi ulug’ insonlar fikri, qarashi, g’oya va ta’limotlariga asoslangan alohida jurnallar va albomlar tayyorlash e’tiborga olinadi;

  • Axloqiy-muammoli vaziyatlar. Bunda bunyodkor va vayronkor g’oyalarning odamga, oilaga, jamoaga, davlatga turli xil ta’sirlari to’g’risidagi muammoli vaziyatlar bolalar ishtirokida tahlil etiladi va uning natijasida hosil bo’ladigan xulosalarning yoshlarga milliy-ma’naviy jihatidan tarbiya berishdagi ahamiyati ham o’rganiladi.

5. “Ma’naviyat saboqlari” darslarining texnologik xaritasi.

Bu yerda, avvalo, texnologiya va texnologik xarita terminlariga izoh beraylik.



Texnologiya – yunoncha so’z bo’lib, u “tehne” (ma’nosi “Mahorat” va “san’at” so’zlariga to’g’ri keladi) va “logos” (“fan” va “ta’limot” so’zlariga to’g’ri keladi), degan so’zlardan tashkil topgan. Uning yordamidagi manbalarda sifat o’zgarishlarini amalga oshirish mumkin.

Texnologiya zamirida o’rganilayotgan manbadagi jarayonlar kechishini amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi bilimlarni yuzaga chiqarish yotadi va uning natijasida obyektda sodir bo’ladigan sifat o’zgarishlari namoyon bo’ladi.

Texnologik xarita - bu o’qitish faoliyatining bajarilishi bo’yicha amalga oshiriladigan amaliy ishlar majmui bo’lib, uni loyihalash pedagogik mahorat cho’qqisi hisoblanadi, chunki mashg’ulot davomida bajariladigan amaliy ish jarayoni texnologik xaritada qoidali tarzda tasvirlanadi. Shuning uchun ko’pgina murabbiy va tarbiyachilarimiz o’z kasbiy faoliyatida texnologik yondoshuvga katta ahamiyat bermoqda. Bunga sabab – bu mashg’ulotning aniq kutilgan (rejalashtirilgan) natijalariga erishishni ta’minlovchi uzluksiz jarayondir.

Endi “Ma’naviyat saboqlari” darslarining namunaviy texnologik xaritasini keltiramiz.





T/r

Mashg’ulot bosqichlari

TARBIYACHI faoliyati

TARBIYALANUVCHI faoliyati

1

2

3

4

1.

Birinchi -tayyorlov bosqichi

Mashg’ulotning mavzusi, maqsadi, vazifalari aniqlanadi; mashg’u-lotning baholash mezoni ishlab chiqiladi; erishiladigan natija-lar loihalanadi; mashg’ulotning natijalari bosqichma-bosqich iz-chil ravishda aniqlab olinadi; o’quv materiallari va vositalari tayyorlab olinadi.

Tarbiyachi borligida mashg’ulotga tayyorlanadi; ulardagi moyillik va qiziqish o’yg’otiladi; tarbiyachi yorda-mida mashg’ulotga qatnashishdan maqsad bolalarga o’qtiriladi; mashg’ulot mazmunidagiday odam bo’lish oliy insoniylik fazilat ekanligini o’qtirib, ularda mashg’ulotni orziqib kutish hislarini tayyorlaydilar.

2.

Ikkinchi bosqich - mashg’ulotning kirish qismi

Jihozlangan xonada bolalar mashg’ulotning mavzusi, maqsadi va vazifalari bilan ta-nishtiriladi; qisqagina mavzuga moyillikni uyg’otuvchi suhbat o’tkaziladi; maqsad asosida guruh ichida kichik guruhlar tash-killashtiriladi; (agar shu lozim bo’lsa).

Mavzuni, maqsadni bilib oladi; guruhlashadi; eshitishadi; harakat qilishadi;

3.

Uchunchi bosqich - asosiy qism.

Mashg’ulotning rejalashtirilgan har bir bosqichi hisoblanadi; mashg’ulotdagi ma’lumotlar bayoni izchillik va uzluksizlik bilan olib boriladi; bolalarning mashg’ulotga qiziqishi yoki zeriki-shi yoki e’tiborsiz bolaning bo’lib qolishiga doimo e’tibor beriladi.


Ko’rsatilgan o’quv vositalariga va rasmlarga munosabat bildaraladi; taqlid qilganligi haqidagi ma’lumotlarini bayon qiladi; jamoasi g’alabasi uchun kurashadi; ishlarni bosqichma-bosqich, izchil bajarishga kirishadi; fikr almashilinadi.

1

2

3

4

4.

To’rtinchi bosqich – asosiy xulosalar shakllantiriladi va ular bolalar ishtirokida maqullantiriladi.

Mashg’ulot davomida bolalarning erkin fikrlarini bildi-rishlarini e’tiborga olinadi; asosiy xulosalar shakllantirila-di va ularni bolalarga maqul-latib ham olinadi; mashg’ulot natijalari aniqla-nadi.

Mashg’ulot davomida tarbiyachi tomonidan ruhsat etilganda fikrlarini to’liq izhor etadi; tarbiyachi xulosa chiqarganda bolalarga shu xulosa ma’qulmi?, deb so’ralganda fikrni bildiriladi.

5.

Beshinchi bosqich - tahlil qilish va baholash bosqichi.

Mashg’ulot natijalari aniqlang-andan keyin, tarbiyalanuvchilar bilimlari tahlil qilinadi; natijalar aniqlanadi; ular baholanadi va nihoyat g’oliblar (ilg’orlar) rag’batlantiriladi. Rag’batlantirish hammaning ko’z oldida bo’ladi. Har bir rag’batlanggan bolaga alohida olqishlar bo’lishini amalga oshi-radi.

Tarbiyachining xulosasini eshitadi va unda kimning ilg’or va yaxshi qatnashganini bilim olishga butun vujudi bilan quloq tutadi. O’rtoqlari rag’batlantirilayotganda olqishga qo’shilib qarsak chaladi; bu-larni tarbiyachi tashkil etishi kerak.

Каталог: uploads -> books
books -> Tầm Quan Trọng Của Tâuhid & Sự Nguy Hiểm Của Bùa Ngải ] Tiếng Việt Vietnamese فيتنامي [
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab
books -> Chữa Bệnh Bằng Những Lời Niệm Chú Từ Qur’an Và Sunnah
books -> حصن المسلم Husnun Al- muslim
books -> Bạn Biết Gì Về Shi’ah (Shiite – Si-ai)?
books -> Riyadh Saaliheen (Những Ngôi Vườn Của Những Người Ngoan Đạo) Chương Sabr (Kiên Nhẫn)
books -> Ương Haj Các Sai Sót Khi Hành Hương Haj
books -> Dịch Thuật: Abu Hisaan Ibnu Ysa
books -> Kế Hoạch Cho Gia Đình 30 dự án hữu ích cho cá nhân, gia đình và cộng đồng trong tháng Ramadan
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab Tiểu sử và sự tuyên truyền của ông

tải về 1.25 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương