Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



tải về 1.25 Mb.
trang16/19
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2018
Kích1.25 Mb.
#36917
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

UCHINCHI BOSQICH: Davlat madhiyasi.
O’zbekiston Respublikasi

Davlat madhiyasi
(Abdulla Oripov she’ri,

Mutal Burxonov musiqasi)

Serquyosh hur o’lkam elga baxt najot,

Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh mehribon.

Yashnagay to abad ilmu fan ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon.

* * *

Oltin bu vodiylar joy O’zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor.

Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor.

* * *

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,

Erkin yosh avlodlar senga zo’r qanot.

Istiqlol mash’ali tinchlik posponi,

Haqsevar ona yurt, mangu bo’l obod.

* * *

Oltin bu vodiylar joy O’zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor.

Ulug’ xalq qudrati mangu bo’l obod,

Olamni mahliyo aylagay diyor.
Ana shu madhiya O’zbekiston Respublikasi suverenitetining ramzidir. Uni Vatanimizdagi barcha tashkilotlarda ishlaydigan odamlar, ta’lim muassasalaridagi barcha tahsil oluvchilar va ishlaydigan xodimlar va hamma – hamma yod olib, uning mazmun – mohiyatini qalbining turiga chuqur singdirib olish ham farz, ham qarzdir. Bunga sabab yuqorida eshitganimizdek, madhiyamiz mazmun – mohiyatida o’zbek xalqining kamligini to’la namoyon qilingan. Shuning uchun ham Davlat madhiyasiga zo’r ehtirom va hurmat bilan qarash mamlakat ham bir fuqarosining Vatanparvarlik burchidir.

Davlat madhiyasi musiqa va she’r uyg’unligida aytiladi, ijro etiladi. Uning she’rini O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov yozgan, musiqasini esa Mutavakkim Burxonov bastalagan.

Davlat madhiyasi davlat organlari, tashkilotlari tomonidan o’tkaziladigan tantanali marosimlar va boshqa tadbirlar vaqtida dastlab ijro etiladi.

Davlat madhiyasi O’zbekiston Rsepublikasining maxsus qonuni bilan tasdiqlangan va bu qonun 1992 – yil 10 – dekabrda qabul qilingan.



YAKUNIY BOSQICH:

Ushbu bosqichda tarbiyachi yoki murabbiy yakun yasaydi. U bolalar bilan quyidagi qirralarni yechish uchun suhbatlashadi:



  • Aziz bolajonlar! Davlat ramzlarini bilib oldingizmi? Bular bizga nima uchun kerak?

  • Davlat ramzlarining nima uchun xalqimizning g’ururi va faxri deb aytamiz?

  • Davlat bayrog’i qachon va qayerda baland ko’tariladi?

  • Davlat gimnini qachon va qayerda xor bo’lib ijro etiladi?

  • Sizlar Davlat ramzlarini bilib oldingiz! Bular Sizda qanday quvonch hissini paydo qildi?

  • Vatanim bayrog’ini dunyo bo’yicha baland ko’taraman deganda siz nimani anglaysiz?

  • Biz qanday davlatda yashayotgan ekanmiz?

Davlat ramzlari darslarini boshqacharoq qilib, ya’ni ularning tuzilishiga qarab ma’lumotlar to’plash yordamida o’tkazish mumkin. Hammasidan ham asosiy maqsadimiz mashg’ulotni qiziqarli qilib o’tkazib, bolalarni vatanparvar qilib tarbiyalashdir.

Mashg’ulotning baholash qismi rag’batlantirish bilan tugaydi.

Yuqoridagi 7 ta savol bo’yicha ilg’orlar aniqlanib, ularga rag’batlantiruvchi (moddiy yoki ma’naviy) omillar topshiriladi.

Aziz bolajonlar mashg’ulotimiz yoqimli bo’ldimi, zerikmadilaringmi? Unday bo’lsa hammangizga rahmat, sog’ bo’linglar. Shuning bilan bugungi mashg’ulotimiz oxiriga yetdi.



3.4. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ma’naviy ishlar bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlar rejasini tuzish metodikasi




Rejalashtirilgan tadbirlar nomi

Boshqarish vaqti

Mutasaddilar

1

2

3

4

1.
2.

3.


4.

5.

6.

7.

8.



9.

10.

11.

12.


13.

14.


15.

16.
17.


18.


19.

20.


21.
22.

23.

24.

25.



26.
27.

28.

29.
30.


MTM dagi barcha guruhlarda mustaqillik bayrami to’g’risida va mustaqillik orqali erishilgan yutuqlar to’g’risida davra suhbatlari-ni o’tkazish.

MTM dagi barcha guruhlarda davlat ramzlarini o’rganish mashg’ulotini o’tkazish.


“Mening yurtim dunyoda eng bolajon” davra suhbatini o’tkazish.

“O’zbekiston – vatanim mening” mavzusida albom tayyorlab, uning yordamida bolalar bilan suhbat o’tkazish.


“Hech kimga bermayman seni O’zbekiston” mavzusida davra suhbat-ini o’tkazish
“Qariyalarni qadrlash o’zbek mentalitetiga xos xususiyat” mavzu-sida sayl – bayrami

MTMning “Ma’naviyat” xonasini jihozlash va unda “MTM hayoti” stendini jihozlashni ommaviy tashkil etish.


MTM ning “Ma’naviyat” xonasida “Mustaqil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti”, “Davlatimiz yuksalish-iga oid lavhalar”, “Buyuk siymolar”, “Konstitutsiyamiz - qomusimiz” kabi burchak va stentlarni tashkil qilish.
Guruhlarda “O’zbek milliy o’yin-lari”, “Milliy urf – odatlar”, “San’atimiz yulduzlari” kabi ko’rik tanlovlar o’tkazish
MTM miqyosida “Odobli bola olamga ta’tir”, “Quyoshli yurt bolalari” kabi tanlovlarni o’tkazish.
MTM da “Sog’lom hayot qurish - baxtimiz”, “Sog’lom turmush tarzi”, “Illatlar sog’lom hayot dushmani” kabi mavzularda ko’rgazmaviy chiqishlar uyushtirish va unda narkotik moddalar qabul qilish, chekish, giyohvandlik ichish va shu kabilarga qarshi kurash bo’yicha mavzu mazmuniga mos rasmlar va stendlar tashkil qilish.
MTM da “Diniy aqidaparastlik terrorizm asosidir” mavzusidagi kinolarning bolalarga ommaviy namoyishini tashkil etish.
“Bog’cha bizning o’z uyimiz. Uni biz ko’z qorachig’imizdek asraymiz” mavzusida suhbat – hikoya tashkil qilish va uning amaliy qismida bog’chaning honalari hamda hududlarida tozalash va tartibga keltirish ishlarini olib borish.
MTM hududida guruhlararo hudud taqsimlab berish va ularning tozaligi, tartibliligi bo’yicha o’z – o’ziga xizmat qilishni tashkil etadi.
“O’z uyingni o’zing saqla” mavzusida suhbat o’tkazish. Unda oila, mahalla, bog’cha hududining dahlsizligini ta’minlash nima ekanligini, begona kishilarning paydo bo’lishi nima-larga olib kelishi mumkinligini tushuntirish.
MTM da teatr va sirk tomoshalarini tashkil etish.
Bolalarni MTM hududiga yaqin joylarga sayohatga olib chiqishni tashkil etish.
Sport turlari bo’yicha musobaqa tashkil etish.
Har guruhda bolalar hayoti va texnika xavfsizligiga oid suhbatlar o’tkazib chiqish.
MTMdagi bolalar o’yingohlarining (kompyuter zali, trenajyorlar zali va shu kabilar ham) muntazam ravishda ishlab turishini ta’minlash.
MTMda terrorizm, urushlar bo’lib yotgan davlatlardagi bolalarning ahvoli haqida video filmlar tashkil etish va shu asosda bolalarda tinchlikning qadriga yetish hissini yuksaltirish.
“Dunyo bolalariga quyosh birday sochar nur” mavzusida rasmli, namoyishli suhbat uyushtirish.
“Do’stlik ertaklari”, “Do’stlik o’yinlari”, “Do’stlik kechalari” tadbirlarini uyushtirish.
MTMdagi hududdan guruhlarga berilgan joylarning doimo toza saqlanishiga e’tibor berish, o’z – o’ziga xizmatni yanada jonlantirish.
MTM da har bir guruhda “Tozalik – sog’lik garovidir” ruknida suhbatlar o’tkazib turish va unda quyidagi mavzularga ko’proq e’tibor qaratish: “Ozodalik – sog’lik garovi”, “O’tkir ichak kasalliklarining oldini olish”, “Karnesdan saqlaning” va hakoza.
Ekologiya madaniyati kunlarini o’ktazish.

Ota – onalar bilan suhbalar o’tkaz-ish.


“Biz illatlarga qarshimiz” davra suhbatini uyushtirish va unda yolg’onchilik, qo’pollik, chekishlik, ichishlik, g’iybat qilishlik, chaqimchililiklarning salbiy oqibat-larini bolalar ongiga singdirishga harakat qilish.


“Ma’naviyatli odam kim?” mavzu-sidagi davra suhbatini o’tkazish va bunda bolalar ongiga ularning ham ma’naviyatli bo’lishi mumkinligini singdirish.
Yurtimizdagi barcha bayramlarni kutib olish madaniyatini bolalar ongiga singdirish (yangi yil bayrami, Vatan himoyachilari kuni bayrami, 8 – mart xotin qizlar kuni bayrami, 21 – mart Navro’z bayrami, 9 – may – Xotira va qadrlash kuni bayrami, 1 – iyun butun jahon bolalarini himoya qilish kuni bayrami, 1 – sentyabr – Mustaqillik kuni bayrami va h.k.)

Muayyan yilning Sentyabr oyida 2 marta.

Sentyabr oyida uch hafta davomida


Oktyabr oyining birinchi haftasida

Oktyabr oyining ikkinchi haftasida


Oktyabr oyining uchinchi haftasi

Oktyabr oyining uchinchi haftasi

Avgust oyi oxiri

Avgust oyidan 8 – dekabrgacha
Har oyda bir marta turdan.

Har chorakda bir marta


Har chorakda bir marta


Har yarim yilda bir marta


Oyiga bir marta

Muntazam ravishda.

Muntazam ravishda


Har chorakda bir marta

Har chorakda bir marta

Muntazam ravishda
Sentyabr oyi boshida

Doimo


Har chorakda bir marta

Bir yilda ikki marta

Oyiga bir marta

Doimo


Reja asosida

Reja asosida


Doimo

Reja asosida


Oyiga bir marta.


Reja asosida

MTM rahbariyatidan bir kishi va guruh tarbiyachilari

MTM rahbarlaridan biri va guruh tarbiyachisi

Guruh tarbiyachisi

Guruh tarbiyachisi

Guruh tarbiyachisi

MTM rahbariyati va shu hududda joylashgan namunali yoshi ulug’ odamlar


MTM ma’muriyati

MTM ma’muriyati, tarbiyachilar, murabbiylar.


MTM ma’muriyati va guruh tarbiyachilari, murabbiylar.

MTM rahbariyati, guruhbadi tarbiyachi va murabbiylar.

MTM rahbariyati. Mavzularga mos markazlardan chaqirtirilgan mutaxassislar. Murabbiylar, tarbiyachilar.

MTM ma’muriyati.

MTM rahbariyati, tarbiyachilar, murabbiylar.
MTM ma’muriyati, tarbiyachilar, murabbiylar.

MTM dagi tarbiyachilar va murabbiylar.


MTM ma’muriyati
MTM ma’muriyati, tarbiyachilar, murabbiylar.

MTM ning sportga oid mutasaddilari.


Tarbiyachilar, murabbiylar.

MTM ma’muriyati, tarbiyachilar, murabbiylar


MTM ma’muriyati, tarbiyachilar, murabbiylar

MTM ma’muriyati, tarbiyachilar, murabbiylar

Tarbiyachi, murabbiylar.


Guruh tarbiyachilari, murabbiylar


Guruh tarbiyachilari, murabbiylar.

Tarbiyachilar, murabbiylar

Tarbiyachilar, murabbiylar

Tarbiyachilar, murabbiylar

Tarbiyachilar, murabbiylar

MTM ma’muriyati.

Tarbiyachilar, murabbiylar





3.5. Maktabgacha ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarini olib borishga

oid didaktik materiallar


M


Biliming osmonga еtgan bo’lsa ham, boshqalar ilmiga quloq sol har dam”
(Shukur Balxiy)


a’lumki, har qanday mashg’ulot, ayniqsa, dars mashg’uloti didaktik ma’lumotlar, materiallar va vositalarsiz bo’lmaydi. Ularning majmuasi esa didaktik materiallar deyiladi. Didaktik vositalar quyidagilar kiradi: turli jihozlar, kompyuterli vositalar, modellar, maketlar, ko’rgazmali va texnik vositalar, shuningdek, asbob – uskunalar, mahsulotlar va shu kabilar.

Tarqatma materiallarga esa quyidagilar kiradi: kartochkalar, savolnomalar, yo’riqnomalar, qiziqarli savol va topshiriqlar, amaliy ishni tashkil etish bo’yicha texnologik xaritalar va hokazolar.

Didaktik materiallar murabbiylar yoki tarbiyachilar tomonidan har bir o’tkaziladigan mashg’ultga mos keladigan qilib oldindan tayyorlanib qo’yiladi. Ular mashg’ulot mazmunini boyitishga, ya’ni dars mazmunini to’liq qilib ifodalashga xizmat qiladi va bu orqali bolalar dars mazmunini yaxshi tushunib yetishga erishadilar. Bular turli ko’rgazmali qurollar, turli muammoli vaziyatlarni yaratuvchi masalalar va moslamalar, o’yinlar va hokazolardan tashkil topadi.

Ushbu jarayonda murabbiy va tarbiyachilarning didaktik qobiliyatlari o’ta muhimdir. Ularga quyidagilar kiradi: murabbiy va tarbiyachilar tomonidan o’quv materialini ko’rgazmali qurollar va vositalarni tayyorlab qo’yish; o’quv materialini aniq, ifodali va izchil bayon qilish mexanizmini taxt qilish; o’quv materiallarini o’rganishga bo’lgan qiziqish, ma’naviy va hissiy istaklarni rag’batlantirish; o’quv bilimini oshirish; bilishni faollashtirish va shu kabilar.


3.5.1. Tarbiyaviy masalalar tuzish va uning yechimi tahliliga oid didaktik materiallar

B


Mashg’ulotsiz bola zеrikadi, zеrikish esa uni yomon yo’lga soladi”
R.Usmonov

ola tarbiyasida pedagogik (tarbiyaviy) masala tuzish va uning yechimini bevosita ular ishtirokida hal qilish bolalarning kelajakda ma’naviyatli va madaniyatli odam bo’lib shakllanishida muhim fundamental asos bo’la oladi. Ushbu jarayonda esa pedagog munosabat yetakchi kuch bo’ladi. Shu ma’noda tarbiyachi yoki murabbiylarning bolalar bilan tarbiya maqsadida

aloqa o’rnatish o’quv – tarbiya jarayonini uyg’unlashgan holda olib borishda asosiy tamoyil hisoblanadi. Ushbu tamoyil pedagogik (tarbiyaviy) vaziyatlar (muammolar, masalalar) yechishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga sabab pedagogik muammoli masalalarni yechish – bu o’quv – tarbiya jarayonini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlardan biri bo’lib, undan ko’zlangan maqsad bolalarning ijodiy tafakkurini kengaytirish, ta’lim – tarbiyaviy ishlarni faollashtirish, mustaqil va erkin fikrlashni rivojlantirish kabilardan iboratdir.

Tadqiqiot ishimizning ushbu qismida pedagogik (tarbiyaviy) masalalar tuzish va ular yechimlari tahliliga to’xtalib o’tamiz. Tuzilgan masalalar ko’proq oilaviy vaziyatlardan olingan. Bunga sabab MTM dagi bola to’g’ridan – to’g’ri oila muhitidan kelib chiqadi.
BIRINCHI MASALA: O’yinchoq mashina.

Anvar akaning xonadonida 2 nafar o’g’il va 1 nafar qizlari bor edi. Anvar aka maosh olgan kuni bitta o’yinchoq mashina olib keldi va farzandlariga dedi: “O’g’illarim hozircha shu mashina bilan birgalikda o’ynab turinglar, kelguvsi maoshimdan sizlarga yana boshqa o’yinchoqlar olib kelib beraman”.

Bir ozdan keyin Anvar akaning farzandlari mashinani talashib qolishdi. Ularning janjalini kuzatib turgan Anvar aka va uning turmush o’rtog’i Hilola opa bu majoroni qanday hal qilish kerak?

Anvar aka bunday vaziyatda qanday ish tutish kerak?

a) Hoy jim bo’linglar, talashmay o’ynanglar, bo’lmasa yana mashina olib kelmayman!

b) Mashinani o’g’il bolalar o’ynasin, qizim senga boshqa o’yinchoq olib kelib beraman.

v) Mashinani bu yoqqa olib kelib ber, yashirib qo’yaman, hamangga bittadan o’yinchoq to’g’ri keladigan bo’lganda o’ynaysan. Ayasi qaramaysanmi, bolalaring janjallashayapti.



Hilola opa bunday vaziyatda qanday ish tutish kerak?

a) Bolajonlarim dadajoningiz hozircha maoshidan bitta mashina olib kelibdi, yana maosh olganda albatta hammangga yetadigan qilib o’yinchoqlar olib keladi.

b) Astagina borib mashinani olib qo’yibdi va debdi: “Agar o’yinchoqqa talashadigan bo’lsanglar, bu o’yinchoqni ham olib qo’yaman”.

v) Men Sizlardan xafa bo’ldim. Endi dadangizga aytaman, hyech qachon sizlarga o’yinchoq olib kelib bermaydi.



Tahlil: Birinchi holat. Anvar aka o’yinchoq mashina olishdan oldin bir o’ylab ko’rish kerak edi. Bunga sabab oilada 3 nafar farzand, ular ichida qiz bola ham bor. Anvar aka oiladagi farzandlarining ko’proq qismi o’g’il farzandlar ekanligini e’tiborga olib bu ishni qilgandir, ammo farzandlar orasida qo’pol munosabatlar (mashinani talashib qolish va natijada ular og’zidan so’kinish yoki yoqalashib ketishi holatlari) ning paydo bo’lishi ham yaxshi holat emas. Chunki farzandlar orasidagi so’kinish yomon illat yoki ular bir – biriga mashinani otib yuborib tan jarohati olish holatlari ham uchrab qolish mumkin. Eng achinarlisi bunday farzandlar tarbiyasida salbiy holatlar yuz beradi va ular ma’naviy jihatdan yetuk bo’la olmaydilar.

Ikkinchi holat. Anvar akaning o’yinchoq mashina olib kelganini ko’rgan Hilola opa darrov hushyor tortish kerak edi va “bu mashinaga farzandlari talashib qolsa, ular o’rtasidagi iliqlik yo’qoladi-ku”, - deb o’ylash kerak edi va Anvar akaga: “bu o’yinchog’ingizni yanagi maoshingizgacha bolalaringizga bermay turaylik, keyingi maoshingizdan qolgan farzandlarimizga ham yetadigan o’yinchoq olib kelganingizdan keyin, hammasini birdan hursand qilamiz”, deyish kerak edi. Yoki oiladagi farzandlarini to’plab quyidagi fikrni ham ayta ham bo’lar edi: “Bolalarim dadajoningiz bugun maosh olibdi va hozircha bittagina o’yinchoq mashina olibdi, keyingi maoshidan yana sizlarga o’yinchoqlar olib kelar ekan. Agar urushmasdan, talashmasdan o’ynaymiz deb va’da bersalaring o’yinchoqni beramiz, agarda bunday va’dani bera olmasalaring, o’yinchoqni dadajoningizning yanagi maoshigacha, ya’ni o’yinchoqlarni hammaga yetadigan qilib olib kelmaguncha yashirib qo’yamiz”.

Ushbu mazmundagi masalani guruhni ikkiga bo’lib olib, kichik guruhlar hosil qilib, ularning navbatma – navbat fikrini eshitish ham yaxshi natija beradi.

Mashg’ulot oxiridagi xulosangizda bolalar o’rtasidagi intiboqlik narsani o’rtada baham ko’rish ijobiy xislat ekanligini va qo’pollik esa yomon illat ekanligi o’qtirilsin.
IKKINCHI MASALA: Farzandlarni topshiriq berish orqali imtihon qilish.

Anvar aka va Hilola opalar xonadonining uch nafar qizi bo’lib, ularga quyidagicha topshiriq berildi: “Qizlarim men bugun maosh oldim. Bugun sizlarning har biringizga besh ming so’mdan pul bermoqchiman. Sizlar bunga o’zlaring aql bilan ish yuritib kerakli narsalar olib kelinglar”. Topshiriqni olgan qizlar alohida – alohida bozorga borib xarid qilishibdilar.

Oiladagi katta qiz besh ming so’mga o’ziga pardoz uchun narsalar xarid qilibdi, ya’ni lak, buyoq va hokazolarni olibdi.

Oiladagi o’rtancha qiz besh ming so’mga ikki xil sovun, supurgi va paqir olib kelibdi.

Oiladagi eng kichik qiz besh ming so’mga dadasiga sigareta va sigaret tutatgich (dadasi oilada chekuvchi) va o’ziga saqich olib keldi.

Bunday holatga oila boshlig’i bo’lmish Anvar akaning hayolidan o’tgan fikrlar:

a) Hammang ham bergan pulimga biron narsa olibsizlar. Endigi safar nima xarid qilishni yanayam yaxshiroq o’ylab ko’ringlar.

b) Katta qiziga qarab: “Senga mushtday boshingdan pardoz – andoz qilishni kim qo’yibdi, endigi safar kallani ishlatib xarid qil!”.

v) O’ylanib qoldim, nima qilsam ekan, katta qizim bunday holatda ketaversa ishyoqmas, tannoz bo’lib qoladiki. Ertaga hayotda bizlarning yuzimizni yerga qaratadi-ku? Qolaversa bunday qizlar jamiyat uchun ham zarurli holatlarni keltirib chiqarish mumkin.

O’rtanchi qizimdan bir narsa umid qilsam bo’lar ekan. Bunday qizlar tejamkor bo’lishadi.

Kichkina qizimning menga bergan “Sovg’asi” yuzimga bir shapaloq urgandek bo’ldi. Men farzand tarbiyasida katta xatoga yo’l qo’yayotgan ekanman. Endi zinhor sigareta chekmayman.



Oilaviy tahlil.

Katta qiz: Senga berilgan besh ming so’m pulga nima uchun aynan pardoz – andoz uchun ishlatiladigan narsalar xarid qilding? – deb berilgan savolga uning javobi: “Men chiroyli bo’lishni xohlayman, mening yuzlarim, ko’zlarim atrofi va tirnoqlarim doimo yaltirab turishini yaxshi ko’raman. Shuning uchun bu narsalarni xarid qildim”.

O’rtanchi qiz: Senga berilgan besh ming so’m pulga nima uchun aynan ikki xil sovun, supurgi va paqir olding? – deb berilgan savolga uning javobi: “Ikki xil sovun olishimga sabab, ularning birga odam bet – qo’lini va ikkinchisiga esa kir yuvishi mumkin. Supurgi olishimga sabab, supurgi bilan uylarni va hovlini supurib tozalash mumkin. Paqir olishimdan sabab esa, u bilan yig’ilib qolgan chiqindilarni olib tashlab, keyin paqirni yuvib hovliga suv sepish mumkin, keyin esa paqir bilan uyga suv olib kelish mumkin”.

Eng kichkina qiz: Senga berilgan besh ming so’m pulga nima uchun aynan sigareta va sigaret tutatgich hamda saqich olding? – deb berilgan savolga uning javobi: “Men dadajonimni yaxshi ko’raman. Shuning uchun ham sigareta va chiroyli sigaret tutatgich oldim hamda o’zimni ham esdan chiqarmadim – da, o’zimga saqich oldim”.

Hilola opa: Bolajonlarim sizlarga berilgan bir xil miqdordagi pul orqali biz sizlarni sinamoqchi edik. Sizlarning ichingizdan pardoz – andozga ruju qo’ygan, tannoz farzand chiqishini hyech ham xohlamaymiz. Chunki, unday qizlar dangasa, ishyoqmas bo’lishadi-da, hayotda juda ko’p qiynaladi. Shuning uchun qizlarim har narsaning ham o’z vaqti va me’yori bor. Bu haqda sizlar bilan yanada ko’proq gaplashamiz.

Endi ikki xil sovun, supurgi va paqirga kelsak, bu tejamkorlik va tozalik belgisi, oilani o’ylashlik hamdir. Bu orqali oila mustahkam bo’ladi va oiladagi odamlar bir – biriga yordam qo’lini cho’zishga harakat qiladilar.

Qizlarim xohlaymizmi, xohlamaymizmi chekish bu yomon illat. Bunga sabab birinchidan, sigareta tutuni, ya’ni zahari boshqa oila a’zolarini zaxarlaydi, ikkinchidan, oiladagi puldan bir qismi sigaretaga ketadi, ya’ni unga ishlatilgan pullar sigareta bilan qo’shilib tutun bo’lib ketadi, uchinchidan, sigareta dadajoningizning sog’lig’iga ham zarar. Shuning uchun dadajonisi sigareta chekishni ham bir o’ylab ko’rsangiz bo’lar edi.

Anvar aka: Ha bolajonlarim, Sizlarning tarbiyangizda anchagina kamchiliklarimiz bor ekan. Hatto o’zimda ham katta kamchilik bor ekan. Bu topshiriqni uchalang uch xil bajarishlaring menga “katta maktab” bo’ldi.

Ayajonisi qizlaringning xaridlariga qarab ularni tarbiyalash yo’nalishlarini ham belgilab olishimiz kerak va mening o’zim ham sigareta chekishni tashlashim kerak ekan.

Qizlarim sizlardan xafa emasmiz, chunki bizning sizlar bilan qanday shug’ullanishimiz kerakligini aniqlab olishga imkon berdilaringiz. Bizning sizlardan umidimiz katta.
UCHINCHI MASALA: Mehmonga hurmat.

Anvar aka va Hilola opalar xonadoni tinch osoyishta hayot kechiradigan oila bo’lib, bu oilaning 3 nafar qizlari bor edi. Ular oilada axloqiy, tejamkorlik va mehnat sevarlik kabi jihatlar bilan tarbiyalanganligini doimo namoyon qila olar ekan. Ularning bu sifatlari uyiga mehmon kelib qolganda yana bir bor o’z isbotini topibdi, ya’ni bir kuni ular uyiga mehmon kelib qolibdi. Aksiga olib o’sha kuni oilada ozgina yetishmovchilik bo’lib turgan ekan. Mehmon kelishi bilan Anvar aka Hilola opaga nimang bor degandek, ma’noli qarab qo’yibdi.

Bu holatni sezgan qizlar oshxona tomonga o’tib o’zaro maslahat qilishibdi.


Каталог: uploads -> books
books -> Tầm Quan Trọng Của Tâuhid & Sự Nguy Hiểm Của Bùa Ngải ] Tiếng Việt Vietnamese فيتنامي [
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab
books -> Chữa Bệnh Bằng Những Lời Niệm Chú Từ Qur’an Và Sunnah
books -> حصن المسلم Husnun Al- muslim
books -> Bạn Biết Gì Về Shi’ah (Shiite – Si-ai)?
books -> Riyadh Saaliheen (Những Ngôi Vườn Của Những Người Ngoan Đạo) Chương Sabr (Kiên Nhẫn)
books -> Ương Haj Các Sai Sót Khi Hành Hương Haj
books -> Dịch Thuật: Abu Hisaan Ibnu Ysa
books -> Kế Hoạch Cho Gia Đình 30 dự án hữu ích cho cá nhân, gia đình và cộng đồng trong tháng Ramadan
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab Tiểu sử và sự tuyên truyền của ông

tải về 1.25 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương