Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



tải về 1.25 Mb.
trang5/19
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2018
Kích1.25 Mb.
#36917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

(Otalar so’zi)

.Uyat va uyatsizlik. Bu mavzuda mashg’ulot

olib borishda dastlab biror kishini uyatli

ish qilganini va bunday holatning uyatsizlik

ekanligini bolalarning o’ziga ma’qullatib

olish kerak.

Bu mavzu bo’yicha ish ko’rganda sharm-hayo tushunchasiga ham e’tibor qaratish kerak bo’ladi, chunki uyat va uyatsizlik tushunchasini bolalar ongiga singdirishda hayosizlik turmushda ko’pgina fojialarni keltirib chiqarishini unutmaslik kerak. Ana shu asosda “so’ngi pushaymon o’zingga dushman”, degan hukmiy fikrning mohiyatini bolalarga mos va xos aniq dalillar asosida tushuntirish kerak. Bu bolalarning MITsida o’ta muhimdir. Ushbu mashg’ulotlarlarda quyidagidek qimmatli ma’lumotlardan foydalaning:


* * *

“Hayo birla adab yoshlik chiroyini orttirur”.



Habibiy

* * *

“Hayo imondandur, hayo doimo yaxshilik keltiradi”.



(“Hadis”)

* * *

“Hayo bilan kamsuxanlik imonning ikki bo’lagidur”.



(“Hadis”)

* * *

“Odamiylik dini birla,

Toza imon O’zbegim ... ”.

Erkin Vohidov

Bular o’zbek xalq mentalitetini ham belgilab beradigan mezonlardir.

Mashg’ulot oxirida quyidagicha xulosaga kela olsangiz mashg’ulotingiz samarali bo’lgan bo’ladi:


  • demak, uyat - jamiyatning va insonning insoniyligini belgilovchi buyuk fazilat ekan;

  • uyatsizlik - esa birovning haqiga jabr qilish, birovlarga nomardlik qilish va inson degan nomga dog’ tushiruvchi yaramas ishlar qilishga odatlanggan kishi turmush tarzi ekan.

2
Dunyoda insofli odamdan buyukroq zot yo’q

R. Rollan

. Insof va insoflilik.

Bu mavzu bo’yicha ish olib borishda

odamlarda insofning borligi

va shu tarzda turmush kechirayotgan

odamlarni insofli kishi deb atash

mumkinligi to’g’risida bolalarga ma’lumotlar berishni o’ylash kerak. Shuningdek, mashg’ulot paytida “Insof sari baraka”, “Insof qiling-da birodar”, “o’g’ri bo’l, g’ar bo’l, insof bilan bo’lginda” kabi xalqimizda shakllangan fikrlarning mazmun-mohiyatini yoritishga harakat qiling.

Bolalar ongiga insofli odam bo’lish insoniylik belgisi ekanligini va unga erishish uchun katta mehnat qilib o’tirish shart emasligini, faqatgina bunga ozgina qunt qilish kerakligini singdirish va amal qilgan odam doimo kam bo’lmasligini o’qtirib borish kerak.

Bu mashg’ulotda quyidagi didaktik materiallardan foydalanggan ma’qul:



* * *

“Mo’min kishi birovning haqiga xiyonat qilmaydi”.



(“Hadis”)

* * *

“Insof eng yaxshi fazilatdir. Kimda insof bo’lsa, u mard kishidir”.



(“Otalar so’zi”)

Mashg’ulotni olib borishda insofli odam o’zining g’ururini, oru-nomusini saqlay oladi va shu g’urur hamda nomus uchun doimo kurashib yashash kerak, degan xulosaga kelishga harakat qiling!



3. Oriyat va oriyatlilik.

B
Oriyat-jondan qimmat”.



A. Shopеngauer

u mashg’ulotda oriyat kategoriyasi

va oriyatli odam haqida ma’lumot

berilishi kerak. Oriyat tushunchasini

oilaning yoki mahallaning or-nomusi

bilan bog’lab tushuntirgan ma’qul.

Bolalarga odamlar ichida moddiy manfaatdan ko’ra or-nomusni afzal ko’radigan odamlar borligini tushuntirib bungga pahlavonlardan, tashkilot rahbarlaridan, vatan qahramonlaridan misollar keltiring.

Bu mashg’ulotda quyidagi didaktik materiallardan foydalanggan ma’qul:



* * *

Siz o’zbeksiz, o’ziga beksiz,

Arzigay etsangiz mingbor iftixor,

Shu ulug’ shuhratga munosib bo’lib,

G’am-alam neligin ko’rmangiz zinhor.

Kalonxonov M., Kalonxonova M.

* * *

Birovning oldiga borgandan non deb,

Uyda jim o’tirgan yaxshidur jon deb.

Har kim tama’ yo’lin tutsa agar pesh,

Oqibat bir kuni bo’lg’usi darvesh.

Nizomiy Ganjaviy

Mashg’ulotda inson or-nomusi, mahalla ori va vijdoni, degan axloqiy tushunchalarni bolalar ongiga singdirishga erishsangiz mashg’ulotingiz samarali bo’ldi, degan xulosaga kelishingiz mumkin.




Boshingni faqat o’z tirnoqlaring bilan-gina qashiy olasan”

(“Otalar so’zi”)




4. Nomusingiz - oringiz va

g’ururingizdir.

Bu mashg’ulotlarni bazi bir

chaqiriqlarni aytish va ularning

mazmunini bolalar ongiga

singdirish orqali olib borgan ma’qul. Ya’ni:


  • qani yigitlar g’ururingiz, nomusingizni saqlang, kam bo’lmanglar, bo’shashmanglar!;

  • qizning nomusi oilaning nomusi, bungga oringiz qanday yo’l qo’yadi;

  • falon oilaning nomusi hammamizning nomusimiz, sizlarda g’urur bormi o’zi va shu kabilar.

  • Bu mashg’ulotga oid didaktik materiallar sirasiga quyidagi kiradi:

* * *

“Har bir azobga ham roziman tayyor

Nomusim aziyat chekmasin zinhor”.

Pyer Kornel

* * *

“El mehrini qozon ey o’g’lim,

El duosi-oliy saodat.

O’z xalqiga qayishsa har kim,

Chekinadi ofat,qabohat”.

Kalonxonov M., Kalonxonova M.
* * *

“To’g’rilik odamni balodan qutqaradi”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Egri daraxtning soyasi ham egri bo’ladi”.



(“Otalar so’zi”)

M


Odobsizlik ota-ona uyini harob qiladi”.
(“Otalar so’zi”)


ashg’ulotingizning xulosa qismi nomusni saqlash muqaddas burch ekanligi va uni saqlash uchun inson oriyatli va g’ururli bo’lish kerakligini bolalar ongiga singdirishga erishishga harakat qiling!

5. Odob va odoblilik.

Bu mavzu bo’yicha ish olib

borishda bog’chadagi bola

odobi to’g’risida faoliyat

yuritganingiz ma’qul. Odobning

inson uchun go’zallik bezagi

ekanligi, shuning uchun odobli bolani ota-onasi ham, qarindosh-urug’lari ham, do’stlari ham yaxshi ko’rishligini ular ongiga singdirish kerak. Ularga mos quyidagidek didaktik materiallardan foydalanggan ma’qul:



* * *

“Odob ahli bilan hamsuhbat bo’lish - gullar hidi ufurayotgan tong nasimidin ham shirin”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Odobli odam tabibga o’xshaydi, u bilan suhbatlashish ko’ngildagi g’amni quvadi”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Aql bilan odob jism bilan jon”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Axmoq g’azablansa, shayton unga akalik qiladi”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Sababsiz kulgu-beodoblik belgisi”.



(“Otalar so’zi”)

Bolalarga odoblilik bilan odobsizlikning farqini singdira oldingizmi, demakki siz bu mashg’ulotni uddaladingiz. Mashg’ulot xulosasi shuni ta’minlasa bo’ldi.



6
Muhtojligi kam odamning umri uzoq bo’ladi”.

(“Otalar so’zi”)


. Tejamkorlik - muhtojlikka

mubtola bo’lmaslikning asosidir.

Bu mashg’ulotda avvalo mavzuning

mazmunini bolalarning yoshiga mos

tarzida shuntirish kerak. Ayniqsa

tejamkorlik nima? va muhtojlik nima?, degan savollarga javob berishi kerak. Bunda oila iqtisodi, oila yehtiyoji, oilaviy orzu-havas, oila imkoniyati kabi tushunchalarga ham e’tibor berilsa yaxshi bo’ladi. Bu mavzuda quyidagi didaktik materiallardan foydalanishni tavsiya etamiz:

* * *

“Pul, halol, pok yo’l bilan qilinggan mehnat evaziga topilmog’i lozim”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“O’g’rilik, pora, aldamchilik, qalloblik bilan orttirilgan boylik haromdir”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Rejali ish buzilmas. Rejasiz ish-qolibsiz g’isht”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Nimani xor qilsang, shungga zor bo’lasan”.



(“Xalq maqoli”)

* * *

“Pulni qanday topishni emas, uni qanday sarf qilishni biling”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Pulni ishlatsang ozayadi, aqlni ishlatsang sayqal topib ko’payadi”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Ko’p yeyish oz yeyishdan ham mahrum qiladi”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Muhtojlik hiylalar eshigini ochadi”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Och boydan to’q it yaxshi”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Har qanday narsada isrofgarchilik bo’lishi mumkin, ammo yaxshilik qilishda u bo’lmaydi”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Shamni kunduzi yondirgan odamning tuni qorong’u bo’ladi.

Pulni behuda isrof qilgan odam og’ir kunda xor bo’ladi”.

(“Otalar so’zi”)

* * *

“Mol-mulkini behuda isrof qilish aqlsizlik, boylikni o’ylamasdan sarflash tanazzul alomatidir”.



Xolbo’ta To’raqulov.

Tejamkorlikka oid pedagogik masala tuzib, uning yechimlarini tahlil qiling va bu mavzuga oid rivoyatlardan foydalaning. Masalan, uchta non haqidagi rivoyat va shu kabilar.

Xulosada bolalar ongida tejamkor bo’lmasa, isrofgarchilikka yo’l qo’ysak oxir oqibatda kambag’al, qashshoq va muhtojlikka duchor bo’lar ekanmiz, degan fikrni shakllantira olsangiz, demakki, maqsadga erishgansiz.

7
Odami ersang, dеmagil odami, Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami”.

Alishеr Navoiy

. Insonparvarlik - ma’naviy


boylik.

Bu mashg’ulotda insonni ulug’lashga

katta e’tibor qaratish kerak. “Inson –

tabiat gultoji” va “Inson-jamiyat

yetakchisi” kabi fikrlarni bolalar

ongiga tushunarli qilib yetkazing. Bunga sabab insonparvarlik o’zbek xalqining ajralmas fazilati va yana insonparvarlik o’zbek xalqining ajralmas xislati hamdir.

Bu mashg’ulotda quyidagi didaktik materiallardan foydalanilsa mashg’ulot samarali bo’ladi:

* * *

“Har kimki, xazrati insonni sajdaga sazovor demasa u mal’undir”



Mirzo Bedil

* * *

“Hayot eng yaxshi murabbiydir”



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Otaga itoat-Allohga itoat qilishdir”



(“Hadis”)

* * *

“Insoniyligi bo’lmaganning muloyimligi ham bo’lmaydi”



(“Otalar so’zi”)

Mashg’ulot xulosasida bolalarning o’z guruhlaridagi do’stlarini va MTM dagi tarbiyalanuvchilarini, tarbiyachi va murabbiylarini, ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillarini, qarindosh-urug’lari va xullas odamlarni hurmat qilishiga erishsangiz, bilingki, siz buni uddaladingiz.



8. Vatanparvarlik - o’z vatanin

s
Vatanni sеvmoq imondandir”

Hadis”




evmoqdir.

Bu mashg’ulotda vatanparvarlik

haqida so’z yuritishdan oldin, Vatan

tushunchasining mazmun -mohiyatini

yoritish kerak. “Vatan” so’zi arabcha

so’z bo’lib, uning ma’nosi “Ona - yurt”ni anglatadi.

Jonajon O’zbekistanimiz - o’zbek xalqining Vatani, muqaddas ona yurti ekanligini bolalar ongiga singdiring, chunki shoir aytganidek,

Dunyo bo’ldi chamanim manim,

O’zbekiston vatanim manim, deb ularga ta’kidlang.

Vatan ona kabi aziz va muqaddas ekanligini va u insongga baxt-iqbol beradigan muqaddas qo’rg’on ekanligini bolalar ongiga singdiring. Ushbu jarayonda quyidagi didaktik materiallardan foydalaning:



* * *

“Hamma uchun eng ulug’ Vatan - bu uning ona Vatani”.



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

“Hamma uchun eng ulug’ shahar - bu uning ona shahri”.



Xolbo’ta To’raqulov.

* * *

“Har bir kishining chindan ham tug’ilib o’sgan shahri va mamlakati shul kishining vatani deyilur. Har kim tug’ilgan, o’sgan joyini jonidan ortiq suyar”.



Abdulla Avloniy.

* * *

“Vatan-sajdagoh kabi muqaddas”.



Islom Karimov.

* * *

“Mening bitta hayotim bor, bordi-yu mingta hayotga ega bo’lgan taqdirimda ham hammasini Vatan uchun sarflagan bo’lur edim”.



Fuzuliy.

* * *

“Kimki o’z yurtini sevmasa, u hyech nimani seva olmaydi”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“O’z vataniga dog’ tushurish uni sotish degan so’z”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Kimki o’z Vataniga daxldor bo’lmasa u insoniyatga ham daxldor emas”.



(“Otalar so’zi”)

* * *

“Yashna ko’hna Turon-Turkiston,

Gulla go’zal, hur O’zbekiston.

Yasha xalqim, elim jonajon,

Xo’p ajoyib zamon keldi-ya”.

Komil Sindorov.

* * *

“Oilani muqaddas deb bilmagan odamga muqaddas vatanning o’zi yo’q”.



Xolbo’ta To’raqulov.

Mashg’ulot davomida bolalarni o’zini vatanparvar deya olishga erishsangiz, ularning oilasiga, MTM siga, ota-onasiga, qavmu-qarindoshiga va umuman xalqiga muhabbatini o’yg’otishga asos solgan bo’lasiz.



9

Daryo suvini bahor toshirar, odam ko’rkini mеhnat oshirar”.



(“Otalar so’zi”)


.
Halollik - inson fazilatining

ko’rki.

Halollik - bu insonlar uchun

ruhsat qilingan yaxshi, ijobiy

ishlar, hatti-harakatlar majmuasidir.

Bu mashg’ulotda Vatangga nisbatan

halollik, ota-onaga nisbatan halollik,

MTM ga nisbatan halollik va umuman xalqiga nisbatan halollik to’g’risida gap borsa yaxshiroq bo’ladi. Bularning hammasiga halol mehnat bilan va ularga nisbatan muhabbat bilan faoliyat yuritish orqali erishish insoniy fazilat ekanligini bolalar qalbi va ongiga joylang.

Mashg’ulotga oid didaktik materiallar:


Каталог: uploads -> books
books -> Tầm Quan Trọng Của Tâuhid & Sự Nguy Hiểm Của Bùa Ngải ] Tiếng Việt Vietnamese فيتنامي [
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab
books -> Chữa Bệnh Bằng Những Lời Niệm Chú Từ Qur’an Và Sunnah
books -> حصن المسلم Husnun Al- muslim
books -> Bạn Biết Gì Về Shi’ah (Shiite – Si-ai)?
books -> Riyadh Saaliheen (Những Ngôi Vườn Của Những Người Ngoan Đạo) Chương Sabr (Kiên Nhẫn)
books -> Ương Haj Các Sai Sót Khi Hành Hương Haj
books -> Dịch Thuật: Abu Hisaan Ibnu Ysa
books -> Kế Hoạch Cho Gia Đình 30 dự án hữu ích cho cá nhân, gia đình và cộng đồng trong tháng Ramadan
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab Tiểu sử và sự tuyên truyền của ông

tải về 1.25 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương