Mavzu: jamoa tarbiya obyekti va subyekt sifatida



tải về 99.62 Kb.
trang1/35
Chuyển đổi dữ liệu13.01.2024
Kích99.62 Kb.
#56318
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
MAVZU
Mavzu Psixologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi-muhaz.org



MAVZU: JAMOA TARBIYA OBYEKTI VA SUBYEKT SIFATIDA
Reja:
1.Jamoa tushunchasi.
2.O‘quvchilar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari.
3.O‘quvchilar jamoasining rivojlanish darajasi va bosqichlari.
4.O‘quvchilar jamoasi rivojlanishining asosiy shart-sharoitlari
Shaxs ijtimoiy muhitdan uzilgan holda mavjud bo‘la olmaydi. Buning misoli sifatida R.Kipling tomonidan yaratilgan asardagi Mauglini keltirish mumkin. Garchi, inson bolasi bo‘lsada, ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etish ko‘nikma va malakalari shakllanmaganligi bois odamlar hayotiga moslasha olmaydi.
Sharq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o‘rni va roliga alohida e’tibor berganlar.
Abu Rayhon Beruniy-shaxsning rivojlanishida o‘zaro yordam, hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrihohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va o‘rnini belgilab beradi.
Abu Nasr Forobiy-inson bshqalar bilan munosabatda bo‘lish, ularning yordami va qo‘llab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana shu ehtiyojni qondirish yo‘lidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga yetaklaydi.
Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar insonning borliq, unda kechayotgan o‘zgarishlar, jarayonlar mohiyatini anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga ham sezilarli ta’sir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub bo‘lgan mikromuhit xususiyatini inobatga olishni ta’kidlaydi. Shuningdek, alloma o‘qitish samaradorligini ta’minlashda bolalarga jamoa asosida bilimlarni berishni maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi.
Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir.
jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamosi va hokazo).

tải về 99.62 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương