Mavzu: jamoa tarbiya obyekti va subyekt sifatida


Tarbiya jarayonining umumiy holatidan kelib chiqqan holda tarbiya metodlarini quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkin



tải về 99.62 Kb.
trang8/35
Chuyển đổi dữ liệu13.01.2024
Kích99.62 Kb.
#56318
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
MAVZU
Mavzu Psixologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi-muhaz.org
Tarbiya jarayonining umumiy holatidan kelib chiqqan holda tarbiya metodlarini quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkin:

  • Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar

  • Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari

  • Xulq va faoliyatni rag’batlantirish metodlari




  • 4-MAVZU. TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI. TARBIYA QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI
    Reja:

    1. Tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va mohiyati.

    2. Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari.

    3. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.

    4. Tarbiya turlarining umumiy tavsifi.

    Tayanch tushunchalar: tarbiya, tarbiya jarayoni, tarbiyaning maqsadi, tarbiya mazmuni, tarbiyaning umumiy vazifalari, tarbiya turlari, tarbiya qonuniyatlari, tarbiya tamoyillari.

    • Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.

    • Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun

    • kabi fanlarning ma’lumotlaridan foydalanadi.

    • Tarbiya ham ota-onalarning burchi va farzandlarning haqqidir.“Tarbiya” so’zi arabcha “robba” fe’lidan olingan bo’lib, o’stirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi ma’nolarini bildiradi.

    • Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.

    • Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.

    • Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat – yo falokat masalasidur».

    • Xalqning aniq bir maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo’lishi, baxtli bo’lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo’lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o’zgalarga tobe va qul, asir bo’lishi ularning o’z ota-onalaridan bolalikdan olgan tarbiyalariga bog’liq” deya ta’kidlab o’tgan ulug’ mutaffakir bobomiz Abdurauf Fitrat.

    • Shaxs kamolotida tarbiya yetakchi rol o’ynaydi. Tarbiya rivojlanayotgan shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish bo’yicha faoliyatni tashkil etishdan iborat, aniq maqsadga qaratilgan va boshqariladigan jarayondir.

    Ijtimoiy-tarixiy tajribani avloddan avlodga o’tishi, uni yangi avlod tomonidan o’zlashtirilishi natijasida shaxs hayotga, mehnatga va muayyan kasbga yo’naltirish jarayoniga tarbiya deymiz.

    Tarbiya ilmiy, boshqariluvchi, aniq maqsad sari yo’naltirilgan jarayondir.

    Arastu: tarbiyaning maqsadi, vazifasi insonga tabiat ato etmagan narsalarni o’rnini to’ldirish, shakllantirishdir, deydi.Tabiat insonga tayyor qobiliyat, tayyor dunyoqarash, iymon-e‘tiqod, ma‘naviyat, axloqiy-ma‘naviy qarashlar, madaniyat va boshqalarni ato etmaydi. Bu xususiyatlar tug’ma emas. Ular shaxsda tarbiya, ta‘lim jarayonida shakllanadi.


    • Tarbiya shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, shaxsni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok ettirishga qaratilgan barcha ta‘sirlar majmuidir (“Vatan tuyg’usi”).


    • tải về 99.62 Kb.

      Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




    Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
    được sử dụng cho việc quản lý

        Quê hương