Mavzu: jamoa tarbiya obyekti va subyekt sifatida



tải về 99.62 Kb.
trang9/35
Chuyển đổi dữ liệu13.01.2024
Kích99.62 Kb.
#56318
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
MAVZU
Mavzu Psixologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi-muhaz.org
Xalq pedagogikasida odamzot farzandini boqib, ta‘lim berib katta qilish, voyaga yetkazish uchun qilinadigan mehnat va g’amhurlikni tarbiya deb tushuntiriladi.

  • Ilmiy manbaalarda, pedagogik adabiyotlarda, pedagogikadan darslik va qo’llanmalarda tarbiyaga yuqorida keltirilgandek turlicha ta‘rif beriladi va ularning barchasi o’z o’rnida to’g’ridir.

  • Tarbiya ijtimoiy, kishilik jamiyatiga xos xodisadir. Inson ham, uning tarbiyasi ham o’z mohiyati bilan ijtimoiydir. Ya‘ni inson faqat jamiyatda, insonlar muhitida, o’zaro munosabatlar jarayonida, katta avlodga xos ijtimoiy tajribani o’zlashtirib olish orqali shakllanadi. Tarbiyaning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati ana shundan iborat.

  • Xalqimiz ta‘lim beruvchini muallim, tarbiya beruvchini murabbiy deydi.

    Ta‘lim va tarbiya yagona jarayondir. Lekin ular aynan bir-biriga o‘xshash emas. Ta‘lim va tarbiyaning birligi avvalo ular maqsadining umumiyligidan iborat.

    Tarbiyaning vazifalari keng va ko’p qirralidir.
    Ta‘limning asosiy vazifasi o`quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish bo’lsa, tarbiya esa yosh avlodni jamiyatimizda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga mos keladigan e‘tiqod, axloqiy malaka va ko’nikmalarni, extiyoj va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat.


    • Pedagogik jarayon agar tarbiya ta‘limda oldin yursagina yaxshi samaralar beradi. Tarbiya ta‘limga nisbatdan ustivor bo’lishi kerak.

    Bilim boshqa, tarbiyalanganlik boshqa. Bilimli bo’lish degani shaxs tarbiyalandi, degani emas. Shaxs bilimli, ammo tarbiyasiz, axloqsiz, ma‘naviyatsiz, madaniyatsiz bo’lishi mumkin.



    • “Bilimlar yaxshi xulq bilan bezalishi kerak”, degan edi buyuk mutafakkir A.N.Farobiy. Xalqimiz ham “Olim bo’lish oson, odam bo’lish qiyin”, maqolini bekorga yaratmagan.

    • Tarbiya jarayoni o’ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega. Ular quyidagilar:

    • Tarbiya jarayoni ta‘limga nisbatdan murakkab jarayon hisoblanadi.

    • Tarbiya jarayoni davomli uzluksizdir.

    • XVIII asrda yashagan frantsuz ma‘rifatparvari K.A.Gelvetsiy (1715-1771) tarbiyaning davomli jarayon ekanligi haqida gapirib bunday degan edi: Men hali ham o’rganishni davom ettirmoqdaman; mening tarbiyam hali ham tugallangani yo’q. Qachon u tugallanadi? U qachon men unga qobilyatsiz bo’lib qolganimda; o’limimdan keyin tugallanadi. Hayotimning barchasi, aslini olganda, faqat birgina davomli tarbiyadir.

    • - aniq maqsadga yo‘naltirilgan jarayon;
      - ko‘p qirrali jarayon;
      - uzoq muddatli jarayon;
      - yaxlit tizimlilik jarayon;
      - ikki tomonlama aloqa jarayoni;
      - qarama-qarshiliklardan iborat jarayon.


    • tải về 99.62 Kb.

      Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




    Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
    được sử dụng cho việc quản lý

        Quê hương