Mavzu: jamoa tarbiya obyekti va subyekt sifatida


Tarbiyada o‘z-o‘zini tarbiyalash



tải về 99.62 Kb.
trang7/35
Chuyển đổi dữ liệu13.01.2024
Kích99.62 Kb.
#56318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
MAVZU
Mavzu Psixologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi-muhaz.org
Tarbiyada o‘z-o‘zini tarbiyalash.

  • O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya’ni, o‘z ustida ongli, bartartib ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin. Tarbiya jarayonida o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanish samarali hisoblanadi.

  • O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora qilish va o‘quvchilarning turli organlari faoliyatida faol ishtirok etishni ta’minlash, ularning ijtimoiy mavqeini oshirishning ta’sirchan vositasidir. O‘quvchilar o‘qish, tarbiya va dam olishda o‘z-o‘zini tarbiyalash usullaridan foydalanadilar, bu usullar o‘quvchilarni o‘z-o‘zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi.

  • O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli.

  • O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish uchun o‘quvchi o‘zining yurish-turishi, intizomi, ijobiy fazilatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishi xaqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.

  • O‘z-o‘zini baholash mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli. O‘quvchining qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin o‘quvchini bunga etarli tayyorlash mumkin. Shu bois o‘quvchi irodali bo‘lishi, o‘z burchini tushunishi, tahsil va tarbiya olish uchun sababli asos bo‘lishi, ya’ni, tarbiyalanishni xohlashi, o‘zini o‘rtoqlari, atrofdagilarning ko‘zi bilan ko‘rish va o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilishi lozim.

  • Izohlash – tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta’sir etish usuli. Izohlashning hikoya va tushuntirishdan farqlanadigan muhim belgisi muayyan guruh yoki alohida shaxsga yo‘naltirilganligidir. Ushbu metodni qo‘llash sinfning o‘quvchilarining umumiy yoki jamoa a’zolarining shaxsiy xususiyatlarini bilishga asoslanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ish olib borishda izohlashning elementar usul va vositalari qo‘llaniladi: « SHunday harakat qilish kerak», «Hamma shunday qiladi», o‘smirlar bilan ishlaganda ma’naviy-axloqiy tushunchalarning ijtimoiy ahamiyati va ma’nosini izohlash zarur. Izohlash quyidagi holatlarni yuzaga keltirish uchun qo‘llaniladi:

  • *Yangi ma’naviy-axloqiy sifatlar yoki xulq ko‘nikmalarini tarkib toptirish va mustahkamlash;

  • *Tarbiyalanuvchilarning sodir etilgan muayyan hodisa (masalan, sinf o‘quvchilari ommaviy ravishda darsga kelmaganlari) ga to‘g‘ri, ongli munosabatni hosil qilish.

  • Munozara tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, estetik va huquqiy mavzular («Did haqida bahs», «Mashhur bo‘lish yo‘llari», «Biz madaniyatli kishilarmizmi?» va hokazolar)da o‘tkaziladi. Munozara turli nuqtai nazarlar to‘qnashgan vaziyatda o‘quvchilarda ma’lum hodisaga nisbatan ishonch hosil qilishga yordam beradi.

  • Mashq va orgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Mashq muayyan xatti -harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o‘quvchi uchun ongli, ijobiy jarayondir. Mashq natijasini ko‘nikma, odat, Yangi bilimlar hosil qilinadi, o‘quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi, ma’naviy-axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi.

  • O‘rgatish tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir.

  • Topshiriq o‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan usul. O‘quvchilarning topshiriqlarni jamoa bo‘lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘z kuchlarini umum ishiga sarflashga, jamoa uchun mas’uliyatni his etishga o‘rganadilar, Mehnat qilish o‘quvchilarning harakatlarini shakllantiradi, mustahkamlaydi.

  • Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Pedagogik talab ma’lum harakatlarni rag‘batlantiruvchi yoki to‘xtatuvchi hamda o‘quvchini oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega bo‘lishi mumkin.

  • Rag‘batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash usulidir.

  • Ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning turli yo’nalishlari bilan bog’liqlikda fuqarolik, siyosiy, baynalmilal, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyaga bo’linadi. Institutsional belgilariga bo’yicha oila, ta’lim muassasasi, ta’lim muassasasidan tashqari, diniy, bolalar, yoshlar tashkilotlaridagi tarbiya, maxsus ta’lim muassasalaridagi tarbiyaga bo’linadi.

  • Xulosa qilib aytganda yuqorida ta’riflangan tarbiyaning umumiy metodlari o‘quvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatish sohalarini qamrab olmaydi.

  • Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib borar ekan, unga muvofiq ravishda tarbiya jarayoni ham takomillashib boraveradi.


  • tải về 99.62 Kb.

    Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




    Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
    được sử dụng cho việc quản lý

        Quê hương