Mavzu: jamoa tarbiya obyekti va subyekt sifatida


Tarbiya metodlari tasnifi



tải về 99.62 Kb.
trang6/35
Chuyển đổi dữ liệu13.01.2024
Kích99.62 Kb.
#56318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
MAVZU
Mavzu Psixologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi-muhaz.org
Tarbiya metodlari tasnifi.

  • Tarbiya metodlari bu o‘qituvchi (tarbiyachi) va jamoa tomonidan g‘oyaviy va ma’naviy e’tiqodlarini, ma’naviy his-tuyg‘u va odatlarni tarkib toptirish maqsadida qo‘llaniladigan shaxsga tarbiyaviy ta’sirko‘rsatish yo‘llari demakdir. Tarbiya metodlari o‘quvchi (tarbiyalanuvchilar) ning o‘z shaxsni takomillashtirish borasidagi harakatni ham tashkil etishni nazarda tutadi.

  • O‘quvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta’sirga turlicha munosabatda bo‘ladilar. Bu ularning alohida xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga, tarbiya metodlarining qay darajada o‘rinli va samarali tanlanganiga hamda mohirona qo‘llanganiga bog‘liq. Rag‘batlantirish metodlari o‘quvchilarning harakatlarini ijobiy baholashni ko‘zda tutadi. Rag‘batlantirish quvonch, qoniqish, qanoatlanish kechinmalarini paydo qiladi, tetiklik va g‘ayrat bag‘ishlaydi, o‘z kuchiga ishonchini mustahkamlaydi, ijobiy xatti-harakatlarni rag‘batlantiradi, o‘z faoliyati va xulqiga mas’uliyatini oshiradi. Rag‘batlantirish metodlari xilma-xil bo‘lib, ular tarkibiga ma’qullash, ko‘ngil ko‘tarish, dalda berish, ishonch bildirish, qayd qilish, og‘zaki yoki yozma tashakkur bildirish, mukofotlash va boshqalar kiradi. Rag‘batlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qo‘llanilishi lozim. Har qanday rag‘batlantirish o‘quvchining jamoa oldidagi chinakam xizmatlariga muvofiq bo‘lishi lozim. Rag‘batlantirish vaqtida o‘quvchining alohida xususiyatlarini, jamoada tutgan o‘rnini hisobga olish va u ketma-ket bo‘lmasligi kerak. Haddan oshirib maqtash, jamoaga nisbatan taqqoslash talabchanlikni bo‘shashtirib yuborish, bular o‘quvchida manmanlik, xudbinlik sifatlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

  • Jazo berish metodlari – bu o‘quvchilarning xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo berish axloq me’yorlariga qarama-qarshi faoliyat va xatti-harakatlarni muhokama etishni ifodalaydi. Jazo berish noma’qul xatti-harakatlarning oldini olishi, axloqni tuzatishi, jamoa oldida uyalishi, o‘zini gunohkor deb bilish hissini uyg‘otishi mumkin. Jamoa tomonidan yoki uning qo‘llab-quvvatlashi asosida jazo berish metodlari ham xilma-xil bo‘lib, ular jumlasi tanbeh berish, koyish, uyaltirish, qizartirish, xatti-harakatlarni jamoa o‘rtasida muhokama qilish, muayyan faoliyatidan chetlatish va boshqalar kiradi.

  • Jazo berishda ham pedagogik talablarga amal qilish zarur. Berilayotgan jazo maqsadga muvofiq bo‘lib, o‘quvchining aybiga, salbiy xatti-harakatiga qarab berilishi lozim. Jazo berish chog‘ida salbiy xatti-harakatning sabablari unig jamoaga etkazadigan zarari, o‘quvchining shaxsiy xususiyatlari inobatga olinishi lozim.


  • tải về 99.62 Kb.

    Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




    Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
    được sử dụng cho việc quản lý

        Quê hương