Mavzu: jamoa tarbiya obyekti va subyekt sifatida



tải về 99.62 Kb.
trang14/35
Chuyển đổi dữ liệu13.01.2024
Kích99.62 Kb.
#56318
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
MAVZU
Mavzu Psixologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi-muhaz.org
4.Amaliyot
"Yo hayotga tayyorlaymiz, yoki — imtihonlarga. Biz birinchisini tanlaymiz", - deydi finlar. Shuning uchun Finlyandiyadagi maktablarda imtihonlar yo‘q. Nazorat ishlari va oraliq test sinovlari - o‘qituvchining qaroriga qarab belgilanadi. Umumta'lim maktabini tugallashda faqat birgina majburiy standart test o‘tkaziladi. Shunisi diqqatga sazovorki, o‘qituvchilar uning natijalari uchun alohida qayg‘urishmaydi, test natijalari uchun birovning oldida javob ham berishmaydi, bolalar ham unga maxsus tayyorgarlik ko‘rishmaydi: boriga baraka.
5.Ishonch
Birinchidan, maktab xodimlari va o‘qituvchilar uchun turli tekshiruvlar yo‘q, o‘quvchilarga ta'lim berishga doir turli uslublarni o‘rgatuvchilar ham yo‘q. Mamlakatda ta'lim dasturi yagona, faqat umumiy tavsiyalar bor, xolos. Har bir pedagog o‘zi to‘g‘ri deb bilgan uslubni qo‘llaydi.
Ikkinchidan, bolalarga bo‘lgan ishonch: darslarda o‘quvchi o‘zini qiziqtirgan ish bilan shug‘ullanishi mumkin. Masalan, adabiyot darsida o‘quv filmi namoyish etilayotgan bo‘lsa-yu o‘quvchiga buning qizig‘i bo‘lmasa, u kitob o‘qib o‘tirishi mumkin. O‘quvchi o‘zi uchun nima foydali ekanini o‘zi tanlaydi.
6.Istak-xohish
O‘qishni istagan odam o‘qiydi. Pedagoglar o‘quvchining e'tiborini qaratishga harakat qilishadi, lekin uning o‘rgatilayotgan fanga qiziqishi yoki qobiliyati bo‘lmasa, darrov "ikki" baho bilan "siylashmaydi", bolani kelgusida uncha murakkab bo‘lmagan, amaliy jihatdan foydali bo‘lgan kasbga yo‘naltirishadi. Hamma ham samolyot ixtiro qilishi shart emas, avtobuslarni ham kimdir boshqarishi kerak-ku, axir!
7. Mustaqillik
Umuman olganda, Finlyandiya maktabida ta'lim jarayoni yumshoq, biroq bu maktabni jiddiy qabul qilmasa ham bo‘ladi, degani emas. Maktab rejimiga rioya qilish majburiy. Barcha o‘tkazib yuborilgan darslarda qayta o‘zlashtirishga to‘g‘ri keladi. Masalan, o‘qituvchi 6-sinf o‘quvchisi uchun o‘z jadvalidan "bo‘sh soat"ni belgilaydi yoki boshqa sinfning darsiga kirib o‘zlashtiradi. Dars qiladimi, zerikib o‘tiradimi, o‘ziga havola. Boshqa guruxdagilarga xalaqit bersa, bu hisobga o‘tmaydi, yana boshqa soatda qayta o‘zlashtirishga to‘g‘ri keladi.

tải về 99.62 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương