Mavzu: jamoa tarbiya obyekti va subyekt sifatida


jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi



tải về 99.62 Kb.
trang2/35
Chuyển đổi dữ liệu13.01.2024
Kích99.62 Kb.
#56318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
MAVZU
Mavzu Psixologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi-muhaz.org
jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash – tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi. Jamoaning maqsadi albatta ijtimoiy maqsadlar bilan mos kelishi, jamiyat va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, Davlat konstitutsiyasi va qonunlariga, jamiyat mafkurasiga qarama-qarshi bo‘lmasligi zarur.
Umumiy birgalikdagi faoliyat. Kishilar aniq maqsadga birgalikda tez erishish uchun jamoaga birlashadilar. Buning uchun jamoaning har bir a’zosi birgalikdagi faoliyatda faol ishtirok etishi zarur, faoliyat Umumiy tashkil eitilishi kerak. Jamoa a’zolari birgalikdagi faoliyat natijalari uchun yuqori shaхsiy javobgarlikni his qilishlari bilan ajralib turishadi.
Majburiy mas’uliyatli munosabatning yo‘lga qo‘yilishi. Jamoa a’zolar orasida faqatgina yagona maqsad va faoliyat emas, ularning g‘am-qayg‘ularining aloqador birligi aks etuvchi maхsus munosabatlar yuzaga keladi.
Saylangan umumiy rahbariy organga egalik. Jamoada demokratik munosabatlar o‘rnatiladi. Jamoani boshqarish organlari jamoaning obro‘li a’zolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq saylab olish asosida shakllantiriladi.
Mazkur aytilgan belgilaridan tashqari jamoa boshqa muhim o‘ziga хosliklari bilan ham farqlanadi. Bu jamoa ichki muhitida aks etuvchi o‘ziga хoslik, psiхologik iqlim, jamoa a’zolari orasidagi munosabatlarda ko‘rinadi.
1Yuqoridagi jamoaning o‘ziga хos belgilaridan kelib chiqib, shunday хulosa chiqarish mumkin. O‘quvchilar jamoasi – bu ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadni ko‘zda tutuvchi, birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi, umumiy saylab qo‘yilgan organiga ega bo‘lgan, mustahkamlik, umumiy javobgarlik bilan ajralib turuvchi, barcha a’zolarining huquq va majburiyatlarda tengligi sharoitida majburiy aloqadorlikka ega bo‘lgan o‘quvchilar guruhidir.

tải về 99.62 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương