Mavzu: Sintaksis va punktuatsiya



tải về 0.56 Mb.
Chế độ xem pdf
Chuyển đổi dữ liệu18.04.2024
Kích0.56 Mb.
#57272
5b0f8f603cbb1



O’ZBEKISTON REPUBLIKASI 
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 
 
FARG’ONA VILOYAT PEDAGOG KADRLARNI 
QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRIHS 
INSTITUTI 
 
TIL VA ADABIYOT TA’LIMI KAFEDRASI 
 
Quva tumani ХТМФМТТБga qarashli
 
 2-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabining
ona tili va adabiyot o`qituvchisi 
Qodiraliyeva Oygulning bir soatlik 

 
 
 
 
 
Farg`ona - 2012 yil
 
 


 
Mavzu: Sintaksis va punktuatsiya. 
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: 
Sintaksis va punktuatsiya bo’limlari haqida ma’lumot beriladi. 
Tarbiyaviy: 
O’quvchilarga ma’naviy, axloqiy tarbiya beriladi. 
Rivojlantiruvchi: 
Mustaqil ishlash va mantiqiy fikrlash malakalari shakllantiriladi
 
Dars turi: 
yangi tushuncha va bilimlarni shakllantirish

Darsda foydalanilgan metodlar:
Og’zaki bayon, suhbat, “Venn diagrammasi” , 
“Tushunchalar tahlili” metodi. 
Darsda foydalanilgan jihozlar:
Ona tili” darsligi, kadoskop, mavzuga oid 
tarqatma materiallar. 
 Darsning rejasi:
1.Sintaksis haqida ma’lumot. 
2.Gapda tinish belgilarining ahamiyati. 
3. Tinish belgilarni o`zgartirish orqali yangi gaplar hosil qilish. 
Darsning borishi. 
I. 
 Tashkiliy qism: 
a) salomlashish
b) davomatni aniqlash; 
c) Uy vazifasini tekshirish 
d) Yil fasllari bo’yicha guruhlarga ajralish 
Bahor,yoz,kuz,qish. 
II. 
O’tilgan mavzu yuzasidan takrorlash. 
“Tushunchalar tahlili” metodi asosida
“Bahor” guruhi tushuncha yozadi, “Kuz” guruhi esa tushunchaning 
mazmunini yoritadi. 
“Yoz” guruhining tushunchasini “Qish” guruhi izohlaydi. 


Namuna: 
Tushuncha 
Mazmun 
Zid ma’noli so’zlarQarama-qarshi ma’ 
noli so’zlar zid ma’ 
noli so’zlar deyiladi. 
Masalan: oq-qora 
So’ng “Kuz” va “Qish” guruhlaridan 1 ta a’zosi chiqib taqdimot qiladi. 
“Bahor” va “Yoz” guruhining a’zolari ularning javoblarini baholaydilar.
III. Yangi mavzu bayoni: 
1-topshiriq. 
Quyidagi so’zlarni bir-biriga bog’lab gap tuzing. O’zbekiston, buyuk, 
kelajak,davlat.  
O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat. 
2-topshiriq. 
Yaxshi,kitob, o’qi. Yaxshi kitob o'qi.  
Yuqoridagi jumlalar bir-biridan nimasi bilan farq qilayotganini ayting  
! Ma’lum bir fikrni ifodalash uchun so’zlarni tilimizning muayyan 
qoidalari asosida bir-biriga bog’lab,gap tuzamiz. So’zlarning bir-biriga
bog’lanishi gap va uning turlarini o’rgatadigan tilshunoslik bo’limi Sintaksis, 
tinish belgilari va ularni yozma nutqda to’g’ri qo’llash yo’l-yo’riqlarini 
o’rgatuvchi tilshunoslik bo’limiga punktuatsiya deyiladi.


Talaffuzda: gap– ohang – ma’no 
Yozuvda: gap – tinish belgisi– ma’no 
IV. Mavzuni mustahkamlash. 
56-mashq.Tinish belgisi bilan bog’liq holda gaplar ma’nosidagi farqni 
tushuntiring. 
Bu gaping yomon, bo’lmadi. Bu gaping yomon bo’lmadi. 
58-mashq. Berilgan gaplarning ma’nosini tinish belgisini qo’yish bilan 
o’zgartiring. 
1. Sobir akam keldi. Sobir, akam keldi. 
59-mashq. Gaplar tuzing, vergulni o’zgartirish orqali yangi gaplar hosil qiling. 
Namuna: 
Tashqariga chiqish mumkin emas, sovuq. 
Tashqariga chiqish mumkin, emas sovuq. 
Quyidagi savol va topshiriqlar bo’yicha kichik guruhlar a’zolari hamkorlikda 
ishlaydilar va bir guruh a’zosi taqdimot o’tkazadi. “Bahor”, “Yoz” guruhlaridan bir 
a’zosi taqdimot o’tkazadi. “Kuz” va “Qish” guruhlari ularning javobini baholaydi. 
1. Sintaksis nimani o’rganadi? 
2. Punktuatsiya tilshunoslikning qanday bo’lmi? 
Sintaksis 
So’z birik- 
masi, gap, 
gap bo’laklari- 
ni o’rganadi. 
Tinish
belgilarining 
to’g’ri
qo’llanishini 
o’rganadi 
Tilshunoslik 
bo’limi 


3. Sport, tinchlik, elchi so’zlarini bog’lab gap tuzing. Qanday tinish belgilaridan 
foydalanganingiz sababini ayting. 
V.
 
Baholash.
O’quvchilar 5 ballik reyting tizim asosida ballanadi. 
VI. Uyga vazifa 60-mashq.
“Saxiy kuz keldi” mavzusida kichik hikoya tuzing. Unda ishlatilgan tinish 
belgilarini izohlang. 
 

tải về 0.56 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương