Byudjet hisobi va nazorati huquqiy asoslari



tải về 0.59 Mb.
Chuyển đổi dữ liệu09.04.2024
Kích0.59 Mb.
#57137
Budjet huquqi\'



BYUDJET HISOBI VA NAZORATI HUQUQIY ASOSLARI

Mamlakatimiz byudjet tizimida islohotlarni borishi jarayonida byudjet hisobini tashkil etish va yuritilishi hamda nazoratiga alohida e‟tibor qaratilmoqda. Oxirgi yillarda byudjet hisobi va nazoratini tashkil etishga oid bir necha me‟yoriy hujjatlar qabul qilindi.


Byudjet hisobining vazifalari:
 Byudjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
 Byudjet ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida
ro„yhatga olish;
 Byudjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda byudjet
mablag„larini holati va harakatini aks ettirish;
 Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini
amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
 Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning
holati, harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalari to„g„risidagi to„liq hamda aniq ma‟lumotlarni shakllantirish;
 Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma‟lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Byudjet hisobi va nazoratini yuritishning alohida xususiyatlari quyidagilardan iborat:
 Byudjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi;
 Byudjet ijrosini nazorat qilinishi;
 Xarajatlar smetasi ijrosini nazorat qilinishi;
 Davlat byudjeti g„azna ijrosi sharoitida hisobni tashkil etilishi va
yuritilishi;
 Hisobda kassa va haqiqiy xarajatlarni yuritilishi;
 Byudjet tashkilotlarida soha xususiyatlari bo„yicha hisobni tashkil etilishi va boshqalar.
Byudjet hisobini alohida xususiyatlari buxgalteriya hisobi vazifalariga qo„shimcha yanada aniqroq vazifalar kiritilishini talab etadi. Ya‟ni tasdiqlangan byudjet ijrosini to„g„ri tashkil etish, moliya-byudjet intizomiga rioya qilish va boshqalar.




Byudjet hisobining subyektlari bo„lib, moliya organlari (O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo„limlari), O„zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G„aznachiligi va uning hududiy bo„linmalari, Davlat maqsadli jamg„armalari, byudjet tashkilotlari bo„lib hisoblanadi.


Byudjet hisobining obyektlari bo„lib, byudjet ijrosi jarayonida byudjet daromadlari va xarajatlari, byudjet pul mablag„lari, byudjet ssudalari, hisoblashuv bo„yicha mablag„lar, aylanma kassa mablag„lari, byudjet tashkilotlarining daromadlari, xarajatlari, moliyaviy, nomoliyaviy aktivlari, majburiyatlari va moliyaviy natijalari hisoblanadi (1-chizma).



BYUDJET HISOBINING OBYEKTLARI

Moliya organlari, Davlat maqsadli
jamg’armalarida



Byudjet daromadlari va xarajatlari



Byudjet pul mablag’lari, byudjet





Hisoblashuv bo’yicha mablag’lar,
aylanma kassa mablag’lari
Byudjet tashkilotlarida

Byudjet tashkilotining daromadlari,


xarajatlari

Moliyaviy, nomoliyaviy aktivlar

Majburiyatlar va moliyaviy natijalar

1-chizma. Byudjet hisobining obyektlari24.


Yuqorida keltirilgan obyektlarning 1-3 moliya organlari va davlat
maqsadli jamg„armalariga taalluqli bo„lib, 4-6 Byudjet tashkilotlariga taalluqlidir.
Byudjet ijrosi jarayonida nazorat va taftishning subyektlari bo„lib:
1. Hisob palatasi;
2. Moliya vazirligi;
3. Davlat Soliq qo„mitasi;
4. Mustaqil auditorlik firmalari (shartnoma asosida).
Davlat Byudjeti ijrosini nazorat qilish vakolati O„zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligiga yuklatilgan bo„lib, nazoratning asosiy subyekti hisoblanadi.
O„zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi” ga muvofiq davlat byudjeti
daromadlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
1. Qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, boshqa majburiy to„lovlar;




2. Davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;


3. Qonun hujjatlariga muvofiq me‟ros olish, hadya etish huquqi bo„yicha davlat mulkiga o„tgan pul mablag„lari;
4. Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
5. Rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to„lovlar;
6. Qonun hujjatlarida ta‟qiqlanmagan boshqa daromadlar
Davlat byudjeti xarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mablag„ ajratish
doirasida quyidagicha amalga oshiriladi :
1) Byudjet mablag„lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
2) Joriy byudjet transfertlari shaklida;
3) Kapital xarajatlar shaklida:
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog„liq ishlar va xizmatlar ham
shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
chet elda davlat extiyojlari uchun er va boshqa mol - mulk olishga;
davlat extiyojlari uchun erga bo„lgan xuquqni va boshqa nomoddiy aktivlar
olishga;
davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;
4) Kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari shaklida;
5) Rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari shaklida;
6) Davlat maqsadli jamg„armalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet ssudalari shaklida;
7) Davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko„rsatish bo„yicha to„lovlar shaklida;
8) Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
Byudjet ijrosi jarayoni natijasi bo„yicha aylanma kassa mablag„lari qoldig„i
shakllantiriladi. Aylanma kassa mablag„lari bo„yicha me‟yor belgilanadi.
Aylanma kassa mablag„i me‟yori - moliya yilida respublika byudjeti
Qoraqalpog„iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin bo„lgan pul mablag„larining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdoridir.
Byudjet tashkilotlari faoliyati xarajatlari byudjet mablag„lari hisobiga moliyalanadi. Shu bilan birgalikda byudjetdan tashqari mablag„lar manbalari bo„yicha shakllantiriladi. Byudjet tashkilotlari xarajatlari smeta doirasida

~ 218 ~






xarajatlar iqtisodiy tasnifi bo„yicha byudjet va byudjetdan tashqari mablag„lar hisobiga amalga oshiriladi.


Byudjet tashkilotlarining moliyaviy aktivlari ya‟ni pul mablag„lari G„aznachilik va uning xududiy bo„limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag„lar bo„yicha alohida yuritiladi. Byudjet tashkilotlari nomoliyaviy aktivlariga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar moddiy zahiralar, material qiymatliklar va boshqalar kiradi. Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayonida nomoliyaviy aktivlar hisobi belgilangan tartibda yuritiladi.
Byudjet tashkilotlari smetalar ijrosi jarayonida belgilangan vazifani bajarish bo„yicha jismoniy va yuridik shaxslar bilan hisoblashuvlarni amalga oshiradi va ular bo„yicha majburiyatlar yuzaga keladi.
Byudjet tashkilotlari joriy yilga moliyaviy natijalarni mablag„larni shakllanishi manbalari bo„yicha shakllantiradi va yakuniy moliyaviy natijani aniqlaydi.
Byudjet hisobini tashkil etish moliya organlari va byudjet tashkilotlarini rahbarlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Moliya organi, G„aznachilik va uning xududiy bo„linmalari bosh hisobchisining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi.
Bosh hisobchi boshchilik qiladigan moliya organi, G„aznachilik va uning hududiy bo„linmalari buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy bo„linma hisoblanadi.
Moliya organlari, G„aznachilik va uning hududiy bo„linmalarining bosh buxgalterlari o„z ishlarida (faoliyatlarida) O„zbekiston Respublikasi Davlat Byudjetini ijro etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me‟yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanadilar.
Bosh hisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari funktsional belgilarga qarab taqsimlanadi, ya‟ni xodimlarning har bir guruhiga yoki alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma‟lum bir soha biriktiriladi.
Moliya organi, G„aznachilik va uning hududiy bo„linmalari bosh hisobchisi lavozimga tayinlanishida va undan ozod etilishida belgilangan tartibda moliya organi rahbarining buyrug„iga muvofiq tuzilgan komissiya tomonidan qabul qilish – topshirish kunida hisob, hisobot va arxiv hujjatlarining holatini ko„rsatgan holda buxgalteriya ishlarini qabul qilish–topshirish to„g„risidagi dalolatnoma tuziladi.
Hududiy moliya organlari, G„aznachilik bo„linmalarida ishlarni topshirish va qabul qilish yuqori moliya organi, G„aznachilikning bosh buxgalteri ishtirokida amalga oshiriladi.




Moliya organi, G„aznachilik va uning hududiy bo„linmalari bosh buxgalterining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


- buxgalteriya hisobini Byudjet hisobiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;
- buxgalteriya hujjatlarini o„z vaqtida va to„g„ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;
Buxgalteriya hisobi va hisobotlarni tuzish masalalari yuzasidan ko„rsatmalar berish hamda ular ustidan nazoratni amalga oshirish;
- Byudjet mablag„larini, shuningdek, jamg„armalar mablag„lari, Byudjetdan tashqari mablag„larni xarajatlar smetasida ko„zda tutilgan muayyan maqsadlarga to„g„ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag„lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
- Byudjet ijrosi jarayonida vujudga keladigan Byudjetlar o„rtasida o„zaro hisoblashuvlar, Byudjet ssudalari bo„yicha hisob-kitoblarni o„z vaqtida amalga oshirish;
- Byudjet ijrosi jarayoniga oid moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
- buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta‟minlash;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta‟minlash.
Moliya organi bosh hisobchisi yuqoridagi vazifa va majburiyatlardan kelib chiqqan holda quyidagi huquqlarga ega:
- buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to„g„ri tashkil etilishini ta‟minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko„rishni rahbardan talab qilish;
- barcha bo„linmalaridan buxgalteriya hisobini yuritish uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma‟lumotlarni rasmiylashtirishni hamda buxgalteriyaga taqdim qilishni talab qilish;
- qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish.
Bosh hisobchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
- buxgalteriya hisobi noto„g„ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelgani
va Byudjet ijrosiga oid moliyaviy hisobotlar buzilganda (noto„g„ri tuzilganda);
- Byudjet ijrosi jarayoni yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid
operatsiyalar bo„yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda;
- buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganda.




Bosh buxgalterga yuklatilgan vazifalarni (majburiyatlarni) amalga oshirish uchun unga buxgalteriya hisobi va nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo„lgan barcha hujjatlar: Byudjetning daromadlari va xarajatlarining choraklar bo„yicha taqsimlangan yillik yoyilmasi yoki undan ko„chirma, moliyalashtirish rejalari, buyruqlar, farmoyishlar, moliyalashtirish hajmlarining o„zgarganligi to„g„risidagi ma‟lumotnoma-bildirishnomalar va ma‟lumotnoma-xabarnomalar, mahalliy Byudjet va Jamg„arma Byudjetining ijro etilishi bilan bog„liq bo„lgan boshqa materiallar va hujjatlar o„z vaqtida berib turilishi kerak.


Bosh buxgalterning buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi bo„yicha beradigan farmoyishlari moliya organining barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:



1. O„zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi. T.: O„zbekiston, 2021.- 39b. (o‟zgartirish va qo‟shimchalar bilan)
2. O‟zbekiston Respublikasining byudjet kodeksi O‟RQ-360-son 26.12.2013-y. (01.01.2014-yildan amalga kiritilgan)
3. O‟zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‟g‟risida‖gi Prezident qarori PQ-128-son, 14.02.2022-yil
4. O‟zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‟g‟risida‖gi Prezident qarori PQ-128-son, 14.02.2022-yil
5. Malikov T.S., Xaydarov N.X. Byudjet (tizimi, tuzilmasi, jarayoni). O'quv qo'llanma. T.: Iqtisod-moliya, TMI-2008.

tải về 0.59 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương