Mavzu: jamoa tarbiya obyekti va subyekt sifatida


Jamoani shakllantirish bosqichlari



tải về 99.62 Kb.
trang3/35
Chuyển đổi dữ liệu13.01.2024
Kích99.62 Kb.
#56318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
MAVZU
Mavzu Psixologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi-muhaz.org
Jamoani shakllantirish bosqichlari.
Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan uzoq muddatli murakkab jarayondir. O‘quvchilar jamoasini shakllantirish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi.
Jamoa shakllanishining birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat o‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladi.
Bu jamoa rivojlanishining boshlang‘ich nuqtasidir.
Ushbu davrdagi jamoa hali tarbiyalovchi jamoa bo‘lmay, balki «tashkil etuvchi birlik» (sinf yoki guruh) hisoblanadi.
Ushbu bosqichda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan talablarning qo‘yilishiga e’tiborsiz qaraydilar.
Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqaligina jamoa qaror topadi.
Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faollarining paydo bo‘lishi ushbu davr uchun хarakterli hodisadir.
Faollar o‘qituvchining yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar.
Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faolining o‘qituvchi talabini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘z navbatida uning o‘zi bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tafsiflanadi.
Endilikda o‘qituvchi jamoada paydo bo‘lgan va u bilan bog‘liq muammo, masalalarni yolg‘iz o‘zi hal qilmaydi.
Jamoa faoli bilan maхsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb etadi.
Ushbu bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni, jamoa o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tadi.
O‘quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur davrining muhim хususiyati sanaladi.
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi. Jamoa faliyatida bu bosqich anchagina sermahsul hisoblanadi. Bu davrda butun jamoa «ayrim o‘zini chetga olib qoluvchi, injiq shaхs»larga talab qo‘ya boshlaydi.
Jamoa ishiga ushbu bosqichda faqat faolgina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi.
Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi.
O‘qituvchi mazkur yo‘nalishda maqsadga muvofiq va izchil ish olib borgan sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin.
O‘qituvchi jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etadi, jamoa a’zolarining ijodiy tajribasiga hissa qo‘shish imkonini beradigan o‘zaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi.

tải về 99.62 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương