1- cisc, risc va vliw arxitektura(97-104). docx



tải về 62.1 Kb.
Chế độ xem pdf
trang1/4
Chuyển đổi dữ liệu15.04.2024
Kích62.1 Kb.
#57205
  1   2   3   4


97
3.1-mavzu: CISC, RISC va VLIW arxitekturalarda buyruqlar turlari.
Oqimlarni boshqarish buyruqlar turlari.
Reja:
1Murakkab buyruqlarning shakllanishi
2. CISC, RISC va VLIW arxitekturalari
3. Buyruqlar tizimi arxitekturasi.
Kalit so'zlar. Protsessor, xotira, buyruq, RISC, ma’lumotVLSI (Very-large-
scale integration), operatsion tizim, CISC, razryad, protsessor bloki, shinalar (bus),
chipset, boshqarish qurilmasi (control device), xotira modullari, ajratilgan xotira,
kuller, multikompyuter, taqsimlgan xotira, shinalar, massiv parallel, kesh, video
controller, ovoz kontrolleri, tarmoq interfeysi, sovutish tizimi, registr xotira,
utilitalar, flesh-xotira, buyruqlar hisoblagichi, texnologiya.
1. Murakkab buyruqlarning shakllanishi
Murakkab buyruqlarning shakllanishi 70-yillar oxirlariga kelib interpretatsiya
yordamida juda murakkab buyruq ustida ko`plab amaliyotlar va izlanishlar olib
borildi. Ishlab chiqaruvchilar kompyuterning imkoniyatlari va yuqori darajadagi
dasturlash tillarining talablari o`rtasidagi semantik bo`shliqni qisqartirishga urindilar.
Lekin hech kim sodda kompyuterlarni yaratish ustida bosh qotirmadi. Faqat IBMning
bir guruh tadqiqotchilarigina yuqori samaradorlikka ega bo`lgan mini-kompyuter 801
ustida ishlashdi. Biroq, IBM hech qachon bu mini-kompyuterni ishlab chiqarmadi.
1980 yilda Berkli universitetida (UC Berkeley) Devid Patterson va Karlo
Sekvin boshchiligida VLSI interpretatsiya qilishga yo`naltirilmagan protsessorlar
ishlab chiqildi. Ular yangi tushuncha – RISC atamasidan foydalanishni boshladilar,
yangi protsessorni esa RISC 1 deb nomlashdi. Yangi protsessor o`z davridagi qolgan


98
protsessorlardan yangi buyruqlar to`plami bilan farq qilar edi. Bu to`plam orqali
tizimning samaradorligiga erishish asosiy maqsad edi.
VLSI (Very-large-scale integration) – yagona chipga minglab tranzistorlarni
to`plagan holda integral sxemani yaratish jarayoni hisoblanadi.
Kompyuter bilan bog`liq bo`lgan yangi tushunchalar va g`oyalar kirib kela
boshladi. Shulardan biri bu buyruqlarni bajarilishi va samaradorlik o`rtasidagi
bog`liqlik edi. Dastlab oddiy buyruqlarning tezkor bajarilishiga katta ahamiyat
berildi. Biroq, tez orada kompyuterlar uchun tez “yuklanuvchi” buyruqlarni ishlab
chiqish samaradorlikning eng asosiy omili ekanligi tushunib yetildi. Bu bilan qaysidir
buyruqning qancha vaqt davomida bajarilishi emas, balki bir sekundda nechta buyruq
bajarilishi muhim ekanligi belgilandi.

tải về 62.1 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương