Mavzu: jamoa tarbiya obyekti va subyekt sifatida


Xalq pedagogikasi namunalari



tải về 99.62 Kb.
trang5/35
Chuyển đổi dữ liệu13.01.2024
Kích99.62 Kb.
#56318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
MAVZU
Mavzu Psixologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi-muhaz.org
Xalq pedagogikasi namunalari, tarbiya metodlari va tarbiyaviy ta’sirlar muayyan vositalar yordamida qo‘llanilgan. Mehmon kutish, mehmonga borish, turli mehnat jarayonlari, hasharlar, turli gurunglar (choyxona, to‘y marosimlari), sayillar, oilaviy an’analar (tug‘ilgan kun, fuqarolik pasporti, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda oliy ma’lumotga egalik to‘g‘risidagi attestat va diplom, shuningdek, davlat mukofotlarini olish kabi holatlarni nishonlash) va musobaqalar o‘ziga xos tarbiya vositasi sanaladi.

  • Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari sanaladi.

  • Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali o‘quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo‘llaniladi.

  • O‘quvchilarda g‘oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichki va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash lozim. tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan usuldir. tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘urur tuyg‘usiga ega bo‘lib voyaga etishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.

  • Suhbat. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta’sirchan usul hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf o‘quvchilari uchun dolzarbligi, o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy ishonch uyg‘otishning suhbat mazmuniga bo‘lgan munosabatlari va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish zarur. Suhbat quyidagi mavzularda uyushtirilishi mumkin:

  • a) etik mavzular (ijtimoiy ma’naviy-axloqiy me’yorlar, jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jamoa orasida o‘zini tutish qoidalari va boshqalar);

  • b) estetik mavzular (tabiat go‘zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go‘zalligi);

  • v) siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari, xalqaro munosabatlar va boshqalar);

  • g) ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va o‘simliklar dunyosi, elektronika va boshqalar).

  • Suhbat davomida o‘quvchilarga ularning o‘z fikrlarini erkin ifoda etishlari hamda mustaqil fikrlashlariga imkon beruvchi savollar bilan murojaat qilish juda muhimdir. Bu borada

  • bahs-munozaralarning ahamiyati katta.

  • Hikoya. O‘quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq me’yorlari, xalq o‘tmishi, tabiiy boyliklar, qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va san’at xaqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari - radio, televidenie, gazeta va jurnallar sahifalarida e’lon qilingan ma’lumotlar ham o‘quvchilar uchun qimmatli material bo‘ladi. Suhbat ham, hikoya ham o‘quvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so‘zlar vositasida adabiy tilda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.

  • Namuna. O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko‘rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim.

  • O‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi, ayniqsa, yoshlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ular o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, atrofdagi kishilar bilan qanday muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar.

  • O‘quvchilar o‘zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, Xulq-atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi. shuning uchun o‘qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o‘zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qayerda bo‘lishmasin, atroflarida bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalarning so‘zi bilan yurish-turishi va xatti-harakatlarida tafovut bo‘lmasligi kerak.

  • Namunada xalq pedagogikasi g‘oyalaridan ham foydalaniladi. Ota-onalar o‘z farzandlarini hamisha katta hayotiy tajribaga ega, dunyoqarashi va bilim doirasi keng kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelganlar. Masalan, «Qush uyasida ko‘rganini qiladi». Juda oddiy xulosa. Shu oddiy xulosa ostida qancha fikrlar jamlanib yotganligini hamisha ham fahmiga boravermaymiz. Bu bilan xalq xalq «uyingda tartibli bo‘l, aks holda bolang ko‘chada tartibsiz bo‘ladi», «bola oldida birovlarning g‘iybatini qilma, bolang g‘iybatchi bo‘ladi», demoqchi.


  • tải về 99.62 Kb.

    Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




    Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
    được sử dụng cho việc quản lý

        Quê hương