O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq


O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang10/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
 
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar. 
1. Ijtimoiy-madaniy turmush tushunchasini qanday ifodalash lozim? 
2. Jismoniy mashqlar-o‘yinlar turmush madaniyatga qanday ta’sir qilishi mumkin? 
3. Madaniyatli oilalarda jismoniy mashqlar va harakatli o‘yinlar qanday yo‘l bilan 
amalga oshirilishi mumkin? 
4. Ba’zi oilalarda turmush madaniyatini yaxshilash va bunda harakatli o‘yinlardan 
foydalanishni qanday amalga oshirish mumkin? 
5. Ijodkorlar (yozuvchilar, rassomlar, muxandislar, nashriyotchilar va hokozo) 
hamda san’atkorlar orasidagi jismoniy mashqlar, o‘yinlar bilan shug‘ullanishni 
odat qilganlar. Bu qanday yuzaga kelmoqda? 
6. Ijtimoiy-madaniy turmush sharoitida qanday milliy harakatli o‘yinlardan 
foydalanish mumkin? 
7. Turmush madaniyatni ifodalovchi harakatli o‘yinlarni tanlab oling va ularni 
chuqur o‘rganing. 
 
Jismoniy tarbiya tizimida milliy harakatli o‘yinlarning o‘rni. 
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida jismoniy madaniyat va sport 
harakati hamda jismoniy tarbiya vositalarini maxsus tizimlar turkumi deb 
ishlatiladi. 


Jismoniy tarbiya tizimining muhim bosqichlaridan biri jismoniy vositalardir. 
Ularning tarkibiy qismi esa gimnastika, sport turlari, harakatli o‘yinlar va 
tabiatning sog‘lomlashtiruvchi (quyosh, havo, suv, gigienik omillar) ta’sir 
kuchlaridan iborat. 
Ko‘rinib turibdiki, harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya tizimining muhim 
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Harakatli o‘yinlar mazmun va shakl 
jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1. 
Jamoali (komanda) o‘yinlar. 
2. 
Ommaviy (ko‘pchilik birgalikda o‘ynaydigan) o‘yinlar. 
3. 
Yakka yoki juft tartibdagi o‘yinlar. 
4. 
Estafetali o‘yinlar. 
Jamoali (komanda) o‘yinlari ikki yoki undan ortiq jamoalar (guruhlar) 
ishtirok etadi. M: “Oq terakmi, ko‘k terak”; “Kartoshka ekish”. 
Ommaviy harakatli o‘yinlarda barcha qatnashchilar baravariga o‘yinda ishtirok 
etadi. M: “Yomg‘ir”, “Kalhat keldi qoch bolam”, va hokozo. 
Yakka yoki juft bo‘lib o‘ynaydigan harakatli o‘yinlarda bir yoki ikkita 
qanashchi ishtirok etadi: M: “mushuk va sichqon” , “Xo‘rozlar jangi”, “Yelka 
urishtirish va hokozo” 
Estafetali harakatli o‘yinlar ham jamoali, umumiy va yakka (juft) tartibda 
bo‘lishi mumkin. M: jismoniy tarbiya tizimida mashqlar va harakatli o‘yinlarni 
yoshlarga o‘rgatadigan umumiy va maxsus tamoyillar (prinsiplar) va usullar 
mavjud, ya’ni shug‘ullanuvchilarning yoshi jismoniy tayyorgarligi va jinsiga qarab 
o‘yinlar turkumi belgilanadi. Umumta’lim maktablarning jismoniy tarbiya 
dasturida milliy harakatli o‘yinlar sinflarga (1-4,5-7,8-9,10-11) qarab aniqlangan. 
Chunki, ta’kidlanganidek o‘yinlar bolalarning yoshiga qarab o‘rgatiladi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan harakatli o‘yinlar yuqori sinf 
o‘quvchilari uchun o‘ta oson va uncha qiziqarli bo‘lmaydi. Yuqori sinflar uchun 
belgilangan o‘yinlar esa quyi sinf o‘quvchilari uchun qiyin bo‘ladi. 
Bunday holatlar akademik litseylar, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari va oliy 
o‘quv yurtlarida qo‘llanilmasada, lekin o‘yinlar ularning bo‘lajak kasb-hunarlariga 
moslashtirilishi lozim. M: Qishloq va suv xo‘jaligi tizimidagi bo‘lajak 


mutaxassislarga (chorva soxasi) ham, “piyoda ko‘pkari”, “eshak mindi”, 
“cho‘pon”, “poda to‘p”, kurash, piyoda poyga, to‘pli estafetalar va shunga 
o‘xshash o‘yinlar qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ta’kidlash lozimki, jismoniy tarbiya darslari, sport mashg‘ulotlari, 
(trenirovka), turli xil sport musobaqalari jarayonlaridagi harakatli o‘yinlarni tashkil 
qilish va o‘tkazishga maxsus tayyorgarliklar talab etiladi. (Bu to‘g‘risida ikkinchi 
bo‘limlarda ma’lumot berilgan). Ayniqsa o‘qituvchi (tashkilotchi), turli xil sport 
musobaqalari o‘yinlarini mukammal bilishi, uning turli variantlarini qo‘llashi 
lozim. Harakatli o‘yinlar uchun eng avvalo sharoitlarni (vaqt, joy, qiziqishini,) 
hisobga olishi zarurdir. Keng va toza joylar maydonlardagi harakatli o‘yinlarni 
uyushtirish ancha qulayliklar yaratadi. Ayniqsa shug‘ullanuvchilarning erkin 
yugurishi, sakrashi va turli harakatlarni mustaqil ravishda bajarishlari, quvnab, 
xursand bo‘lib o‘ynashlari uchun imkoniyatlar bo‘ladi. 
Darsdan tashqari (katta tanaffus, uy shariti, ko‘cha, maydont a h.k,) 
vaqtlarda tashkil etiladigan harakatli o‘yinlarni bajarishda ham yuqorida 
ta’kidlangan,talabalar amalga oshiriladi. Aks xolda kichik va katta yoshdagi 
bolalarning aralashib o‘ynashlari janjal, yig‘i, jaraohatlarni keltirib chiqarishi yoki 
yuqumli kasalliklarga duchor bo‘lish hollari yuzaga kelishi mumkin. 
Jismoniy madaniyat va sport harakatida jismoniy tarbiya tizimining 
tarmoqlari juda ko‘p. Aholi istiqomat joylari, dam olish va ko‘ngil ochish istirohat 
bog‘lari, yozgi dam olish-sog‘lomlashtirish oromgohlari, talabalarning yozgi sport 
maskanlari, shifoxonalar va sanatoriyalardagi jismoniy tarbiya ishlari shular 
jumlasidan hisoblanadi.
E’tirof etish mumkinki, mazkur maskanlarda ommaviy tashkil etiladigan ommaviy 
sog‘lomlashtiruvchi jismoniy madaniyat va sport tadbirlari mazmunida milliy 
harakatli o‘yinlar salmoqli o‘rin tutadi. 
Milliy harakatli o‘yinlarsiz bironta ham sport mashg‘ulotlari (trenirovka) 
o‘tkazilmaydi, deyish mumkin. Hatto oliy ligadagi futbolchilar, volleybolchilar va 
boshqa sport turlarida shug‘ullanuvchi mohir sportchilar ham mashg‘ulotlarda va 
yakka tartibda o‘zlariga xos bo‘lgan harakatli o‘yinlarni bajarishadi. Buning boisi 
shundaki, harakatli o‘yinlar gavda (mushak) chigallarini yozish (razminki), ko‘ngil 


ochish (kulish, xursand bo‘lish va h.k) va jismoniy sifatlarni tayyorlashda maxsus 
yoki umumiy mashq-o‘yin sifatida xizmat qiladi. 
Jismoniy tarbiya tizimida oila va bog‘chalarda harakatli o‘yinlarni tashkil 
qilishga alohida e’tibor berildi.
Oilada bola tug‘ilgan kundan boshlab, uni sog‘lom usishi uchun bor 
imkoniyatlar ishga solinadi. Ovozli (shiqillovchi) o‘yinchoqlar va hayvonlar 
shaklidagi o‘yinchoqlar (mushuk, qo‘y, kuchuk, ayiq turli parrandalar, mashinalar, 
to‘plar va h.k) bolalarning harakat qilishi, emaklashi va asta-sekin turib 
yurishlariga sabab bo‘ladi. Yura boshlagan bolalarni to‘p bilan o‘ynatish ulardagi 
barcha tabiiy maxsus harakatlarni ixcham, tez bajarishga yetaklaydi. Asta-sekin 
yosh bolalar (3-5) o‘zlari o‘rgangan va ko‘cha maydonlarida o‘ynagan bolalarning 
harakatlari qiyin va qiziqarli o‘yinlarini mustaqil ravishda bajarib olishadi. 
Umuman olganda oila sharoitida o‘rgangan harakatli o‘yinlar bolalar hayoti va 
xotirasida uzoq vaqtlar davom etadi, ularni takomillashtiradi. 
Jismoniy tarbiya, jismoniy ta’lim tizimida maktab yoshigacha bolalar 
muassasalari (bog‘chalar) mashqlar, harakatli o‘yinlar eng zarur va qiziqarli 
jarayondir. 
Bog‘chalarda jismoniy tarbiya ishlari bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab 
chiqilib, bolalarning yoshiga (1-3,4-6) qarab turli mashqlarni o‘yin sifatida 
o‘tkaziladi. Kichik yoshdagi bolalar uchun asosan sayr, o‘yinchoqlar bilan 
mashg‘ulot o‘tkazilsa, katta yoshdagi bog‘cha bolalari bilan esa, to‘p o‘yinlari, 
estafeta, osilib chiqish, oshib tushish kabi o‘yinlar ko‘p qo‘llaniladi. 
Harakatli o‘yinlarning eng muhim xususiyatlari shundaki, eng kichik 
yoshdagi bolalar gapirishi, yangi so‘zlarni o‘rganishi hamda boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarining nutqini o‘stirishga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘yinlar 
mazmunida axloqiy tarbiya, musiqani sevish ruhiy xolatlarni yaxshilash
muvozanatlarni saqlash kabi juda kabi fkazilatlar va sifatlar mujassamlashgan 
bo‘ladi.
Qaysi yoshdagi bolalar bo‘lmasin va qanday o‘yinlar qo‘llanilmasin ularni 
mazmun va maqsadlari gavdani to‘g‘ri o‘stirish, harakatchanlik tezlikni 
tarbiyalash, sog‘ o‘sish va chiniqishga qaratiladi. Bunday o‘yinlar hayotiy ehtiyoj 


mashqlari (yurish, yugurish sakrash, uloqtirish,osilish, suzish va h.k) hisoblanib, 
ularning ko‘pchiligi ijodiy fikrlash va amalda qo‘llashni talab etadi. 
Jismoniy tarbiya tizimida amaliy-kasbiy jismoniy tarbiya muhim o‘rin 
egallaydi. O‘t o‘chiruvchilar (yong‘inga qarshi) harbiy xizmatchilar (ularning 
tarkibi va tarmog‘i keng), tez yordam ko‘rsatuvchilar hayotida umumiy va maxsus 
jismoniy tayyorgarlik muhim omillardan hisoblanadi. Ularning kasbiy jismoniy 
mehnatlari va ish faoliyatlarida harakatli o‘yinlar (musobaqa shaklida) asosiy 
o‘rinda turadi. Masalan, suv sepish, o‘t o‘chirish asboblari , narvon va boshqa 
zaruriy texnik vositalarni manzilga yetkazish, ko‘p qavatli uylarga chiqish kabi 
maxsus harakatlarni o‘rgatishda eng avvalo o‘yin-musobaqa (estafeta) shaklida 
o‘tkaziladi.
Chegaralarda otda yurish, tog‘-toshlardan o‘tish, daryolarda suzish 
samolyotdan sakrash mashqlarini o‘rgatishda ham maxsus tayyorgarliklar o‘yin 
musobaqa shaklida amalga oshiriladi. 
Umuman olganda, jismoniy tarbiya va uning asosiy vositalari, shuningdek, 
harakatli o‘yinlar qo‘llanilmaydigan biron soha yo‘q deyish mumkin. 
O‘zbekiston Mustaqilligi yillari davrida jismoniy madaniyat va sportning 
tarmoqlari ancha kuchaymoqda.Buni nogironlar sporti, davolash muassasalari 
hamda sog‘lomlashtirish markazlaridagi jismoniy tarbiya (trenajyorlar) misolida 
ko‘rish mumkin.Ularning mazmunida maxsus sport turlari, xilma-xil mashqlar, 
uqalash (massaj) va boshqa amallar qatorida haraatli o‘yinlar ham o‘rin olib, 
ulardan maqsadli foydalanilmoqda. 
Xulosa qilib aytilsa, harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya tizimida musobaqa 
shaklida o‘ziga xos ijtimoiy tarbiyaviy va ilmiy pedagogik izlanishlarga molik 
bo‘lgan amaliy jarayondir Ulardan maqsadli foydalanish jismoniy barkamollik va 
sport mahoratlarni oshirishi yo‘llarida samarali natijalar beradi. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương