O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang13/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
Milliy harakatli o‘yinlarni maktabda, darsda, sinfdan tashqari o‘quv – 
sport va bolalar bilan ommaviy – sport ishlarini tashkil qilishda harakatli o‘yin 
juda katta o‘rinni egallaydi. 
Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktab dasturida barcha sinflarda jismoniy 
tarbiya darslarida harakatli o‘yinalrni o‘tkazish mo‘ljallangan. 
Darsda harakatli o‘yinlarni boshqa jismoniy tarbiya vositalari – gimnastika, yengil 
atletika, sport o‘yinlari, kroos tayyorgarligi bilan birga qo‘shib olib boriladi. 
O‘yinlar darslar o‘rtasidagi va uzaytirilgan tanaffuslarda, maktabda 
o‘taziladigan bayramlarda va boshqa tadbirlarda ham qo‘llanilishi o‘yinlar sport 
seksiyalarida umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirishda, shuningdek u yoki 
boshqa sport turlari uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifat va harakat malakalarini 
takomillashtirish uchun foydalaniladi. 


Boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarlari tomonidan maxsus o‘tkaziladigan « 
o‘yin vositalari» katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, uning vazifasi - bolalarni 
jismoniy rivojlanishiga yordam beradigan, faol dam olishni bermoo‘dir. 
Maktab o‘qituvchilari bolalarni kundalik hayotida yaxshi o‘yinlarni joriy qilishga 
harakat qiladi va uni maktabdan tashqari tashkilotlarda tajribalarni ommalashuviga 
(pioner lagerlarida, bolalar maydonchasida va b. o‘.) yordam beradi.
O‘yinni mazmuni, tashkil etish va uning o‘tkazish metodikasi mazmuni vazifasiga, 
shug‘ullanuvchilarni tartibiga, bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotni shakliga 
(darsda, tanaffusda, seksiyada, bayramlarda) bog‘liqdir. 
DARSDA O‘TKAZILADIGAN O‘YINLAR 
Jismoniy tarbiya o‘yinlarida harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiyani boshqa 
vositalari o‘rtasida katta o‘rinni egallaydi, ayniqsa kichik sinflarda. O‘rta va 
xususan katta sinflarda harakatli o‘yinalr asosiy joyini gimnastikaga bo‘shatib 
beradi. 
Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlar I-XI sinf o‘quvchilari uchun 
jismoniy tarbiya dasturi talablariga mos ravishda ta’limiy, tarbiyaviy va 
sog‘lomlashtirish vazifalarini hal etish uchun foydalaniladi. 
Ta’limiy vazifalarga quyidagilar kiradi:
Yugurish, sakrash, uloqtirish va boshqa harakatni tabbiy malakalarini 
mustaxkamlash va takomillashtirishda, shuningdek gimnastika, yengil atletika, 
sport o‘yinlari va kross tayyorgarligi mashg‘ulotlarida egallagan malakalaridir. 
Tarbiyaviy vazifalarga quyidagilar tegishli: 
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash (tezlikni, chaqqonlikni, chidamlilikni, kuchni, 
egiluvchanlikni) jamoatchilikni rostgo‘ylikni va boshqa ahloqiy, shuningdek va 
irodaviy sifatlarini tarbiyalash kiradi. 
Sog‘lomlashtirish vazifalariga quyidagilar kiradi: bolalar organizmini 
normal shakllantirish va rivojlantirishga yordam berish, uni salomatligini 
mustahkamlashdan iborat.
O‘yinni tanlash o‘qituvchini dars oldidan qo‘yilgan pedagogik vazifasiga bog‘liq 
bo‘ladi.


Masalan, agarda darsni vazifasi - kichik maktab yoshidagi bolalarda, 
yugurub kelib uzunlikka sakrash malakasini takomillashtirish qo‘yilgan bo‘lsa, 
unda «Bo‘ri zovurda» o‘yinidan foydalanilsa bo‘ladi. Ko‘krakdan koptokni otish 
va uni yuqoridan ikki qo‘llab olish malakasini mustaxkamlash vazifasini xal etish 
uchun «To‘pni uzatdingmi - o‘tir» yoki «Qarama - qarshi» estafeta o‘yinidan 
foydalanish mumukin. 
Talimiy vazifani xal etishda bir vaqtni o‘zida jismoniy sifatni takomillashtirish, 
jamoada o‘quvchilarni jismoniy rivojlanishiga tasir etishini ham nazarda to‘tiladi. 
Tarbiyaviy va ta’limiy vazifa bir – biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. 
Xuddi 
shunday, 
masalan, 
o‘yinda 
balandlikka 
sakrash 
malakasini 
takomillashtrishda o‘quvchilarga o‘zlarining kuchlariga ishonishni, jasurlikni, 
botirlikni tarbiyalaydi. Shuning uchun vazifasini qo‘yishda bitta o‘quv – tarbiyaviy 
jarayonini har xil tomonlarini hisobga olinadi. 
Dars uchun harakatli o‘yinlarni tanlashda, shuningdek o‘quvchilarning tarkibiga 
(yoshiga, jinsiga, tayyorgarligiga), manulotni o‘tish joyiga (maydoncha, zal, 
karidor), asbob –anjom va jixozlarga bog‘liq bo‘ladi. Bir va xuddi shunday 
pedagogik vazifani xal etishda, ish sharoitiga bog‘liq hamda, har hil o‘yinlardan 
foydalanish mumkin. 
Huddi shunday, masalan, 1-2 sinf o‘quvchilari bilan o‘ynaladigan o‘yinda o‘z 
oldiga harakat reaksiyasi tezligini tarbiyalash – vazifasi qo‘yilganda, «Hamma o‘z 
bayroqchasiga» (agarda mashg‘ulot maydoncha yoki zalda bo‘lsa), yoki «yezda 
o‘z joyiga» (agarda mashg‘ulot karidoda yoki zalda o‘tkazilsa)o‘yindan 
foydalanish mumkin. Dars oldidan – to‘pni otish va ilib olishni takaomillashtirish 
vazifasini qo‘yib, 3-4 sinflarni darslariga «Uzatdingmi – o‘tir», «Ovchilar va 
o‘rdakalar», «O‘yin boshiga to‘pni berma», 5-6 sinf uchun darsda esa «To‘p 
o‘rtadagiga», «Otishma», «To‘p uchun kurash» o‘yinlarini kiritish mumkin. 
O‘yinda ma’lum malakani egallash uchun ko‘proq murakkab vaziyatni talab 
qiladi: qoidalar sonini oshirish uni murakkablashtirish o‘yinsilarni o‘zaro 
birgalikdagi harkatini murakkablashtirishdir. 
Xar bir o‘yin qatnashchilaridan ma’lum sifat, malaka va ko‘nikmalarni talab qiladi. 


Bu mumkin emas, masalan, o‘quvchilariga «To‘pni ilib olish» o‘yinini 
berilsa, agarda ular to‘pni otish va ilib olish, to‘pni olib yurish, harakat tezligini, 
raqib bilan bir-biriga yaqinlashganda to‘pni ushlab olishni o‘sha minimal hajmdagi 
egilish uchun juda zarurdir. 
Bu sifat, ko‘nikma va malakalar o‘yinda takomillashtiriladi, boyitiladi, 
mustaxkamlanadi. 
O‘yinga kiritilgan, har bir harakat to‘pi dastlab shug‘ullanuvchmlar 
tomonidan maxsus mashqlarda o‘rgatilgan bo‘lishi kerak. Kichik maktab yoshidagi 
bolalarda eng asosiysi eng ko‘proq taobiiy va elementar harkatlardan tashqari 
bo‘lishi mumkin. Ular o‘yinga oldindan o‘rgatilmasdan kiritilishi mumkin. 
Shunday qilib masalan, bolalarga «Bo‘ri zovurda» o‘yinini o‘ynashni taklif 
qilinganda oldindan yugurib kelib uzunlikka sakrashni o‘rgatish majbur emas, 
chunki bolalar o‘zlarining harakat tajribalaridan kelib chiqib, o‘yinda bu tabiiy 
sakrashni bajaradi. O‘qituvchining vazifasi esa bolalarni diqqatini o‘yin jarayonida 
sakrashni ko‘proq yaxshi va to‘g‘ri bajarishga kiritilishi kerak. 
Harakatli o‘yinlari metodik jixatidan to‘g‘ri o‘tkazishda bolalar ayrim 
harakatlarda u yoki boshqa mashqlarni bajarishda elementar harakat malakalarini 
egallashlari mumkin. U yoki boshqa malakani yaxshi egallashi uchun zarur 
bo‘lgan, jismoniy sifatni, o‘quvchilarda bu mashqni o‘yin jarayonida 
foydalanishda vaqtida rivojlantiriladi. 
O‘yinda tayin jihatdan o‘zini tuta bilinsa o‘yinda sekin – asta murakkablashtirib 
borish yo‘lidan foydalanish bilan tarbiyalanadi: yangi murakkab o‘yin qoidalarini 
kiritishlishi, o‘yinchilarni o‘zaro harakatini elementlari bo‘yiga hammani qo‘lidan 
keladigan yoki hammabop uni ichiga kiriuvchi, o‘quvchilarining imkoniyatlariga 
va tashkil etishni to‘zilishibo‘yiga mos keladigan, qatnashchilardan murakkab 
o‘zaro munosabatlarni talab qiladi. 
Modomiki jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlar boshqa jismoniy tarbiya 
vositalari bilan birga qo‘shib olib boriladi, darsda boshqa mashqlar o‘rtasida esa 
o‘yinni o‘rnini to‘g‘ri aniqlash juda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘qituvchi har 
bir darsda o‘quvchilarning organizmiga har tomonlama ta’sir etishi lozim. U shu 
maqsadda har xil mashqlarni tanlaydi. Darsda o‘yinlar va boshqa mashg‘ulot 


turlari o‘rtasida metodik jihatdan ketma – ketligini o‘rnatilishi kerak, bu butun dars 
jarayonida mashqlarni ko‘proq to‘g‘ri taqsimlash va darsni zichligini bundan ham 
yaxshilashga, oldiga qo‘yilgan vazifani nisbatan yaxshiroq hal etishga yordam 
beradi. Mashqdan keyin, murakkab koordinatsiyani taranglashgan diqqatni, 
diqqatni bir joyga to‘plashni talab qiladi. Mushaklar hozirgina faqat tezlik bilan 
ishlagan edi, keyingi mashqda esa (o‘yinda) qatnashmasligi mumkin yoki bu 
qatnashishi ozgina va harakteri bo‘yicha boshqacha bo‘lishi mumkin. 
Shunday qilib masalan, agarda darsni asosiy qismida 5-snf o‘quvilari uchun 
yugurub kelib balandlikka sakrash malakasini takomillashtirish yoki o‘rganib 
olishni belgilangan bo‘lsa, unda ularga o‘yinni boshqa harakat turlari – qarshilik 
ko‘rsatish, uloqtirish bilan birga berish kerak. Bunda quyidagi o‘yinlarni berish 
o‘rinli bo‘ladi: «Doiraga tort», «Qa’la himoyasi», «Cho‘nqa shuvoq», «Bo‘lavini 
tort» va xokozo. 
Agarda darsni to‘liq asosiy qismiga bag‘ishlangan bo‘lsa, unda katta 
harkatchanlikdagi o‘yin bilan kam harakatchanlik o‘yini aniqlab olib borish kerak 
va o‘yinni harkat qilish bo‘yicha harakteri har xil bo‘lishi lozim. 
Agarda, masalan, 4-sinf o‘quvchilari uchun darsda chalg‘itish bilan yugurushni 
ortiq bo‘ladigan o‘yinlar kiritiladi – «Cho‘rton baliq», keyingi o‘yinlarga o‘zi 
boshqa harakat turlarini kiritish mumkin: sakrash, qarshilik ko‘rsatish, uloqtirish 
(«Ovchilar va o‘rdaklar», «Doira ichiga tort», «Juft – juft bo‘lib tortishish») va x.k. 
Darsda, ayrim sport turlarini texnik elementlarini o‘rgatishga yo‘naltirilgan, 
ushbu sifatni soddalashtirilgan texnik elementlarini harakatli o‘yinga uni 
taqsimlash turli maqsadida, bilish asosida kiritilishi mumkin. 
Agarda 7-sinf o‘quvchilari uchun darsni vazifasiga o‘qituvchi balandlikka 
«perekit» usulda sakrashni o‘rgatish va past startni takomillashtirishda, «Past 
startdan chiqish estafetasi» o‘yinida foydalanish bilan ikkinchi vazifani xal etish 
mumkin. O‘qituvchi bunday holatda past startni to‘g‘ri bajarilishiga diqqatni 
qaratish kerak va yutuqni esa topshiriqni tez sifatli qilib bajarganiga qarab yutuq 
berilishi kerak. 
Qattiq charchashga yo‘l qo‘ymaslik uchun katta harakat faolligidagi o‘yinni 
va boshqa mashqlarni bir muncha kuch va energiyani sarflash bilan birga qo‘shib 


olib borish kerak. Biroq o‘yindan keyin yuurish, sakrash yoki harakatni aniq 
bo‘lishini, muvozanat saqlashni, murakkab koordinatsiyani talab qiluvchi 
mashqlarni bajarish tavsiya qilinmaydi.
Harakatli o‘yinlar darsni barcha qismiga shug‘ullanuchilarning tarkibi va 
vazifasiga bog‘liq holda kiritilishi mumkin. 
Harakatli o‘yinlar darsni qaysi qismiga kiritilgan bo‘lsa, ular darsni o‘sha 
qismidagi vazifaga mos qilishi kerak. Birinchidan darsni tayyorgarlik qismida 
uncha katta bo‘lmagan serharakatli va murakkab yoki o‘rtacha harakatdagi 
umumrivojlantiruvchi mashqlar harakteridagi o‘yinlarni shug‘ullanuvchilarni 
jamoasi diqqatini tashkil etishga yordam beradi.(«Taqiqlangan harakat», «Sinf tik 
to‘ring», «To‘p orqasidan quvlash» 3-5 sinf o‘quvchilari uchun mos keladi), 
ikkinchidan, darsni asosiy qismida katta harakatchanlikdagi o‘yinlardan 
foydalaniladi, unda harakat malakalari takomillashtirib boriladi, o‘yin jismoniy va 
irodaviy sifatni tarbiyalashga, salomatlikni mustahkamlash maqsadida qon 
aylanishi va nafas olish funksiyasini yaxshilashga, jismoiniy rivojlanish darajasini 
oshirishga yordam beradi. Bunday o‘yinlarga ko‘ngillik haraktli o‘yinlar ko‘pincha 
uni harakat turlariga taaluqli bo‘ladi: tezlikni oshirib yugurish, chap berish bilan, 
chidamlikka, to‘siqlarni oshib o‘tish bilan, sakrashni har xil turlari, qarshilik 
ko‘rsatish, kurash, harakatsiz va harakat qiladigan nishonga uloqtirish, to‘pni 
egallash malakalari, har hil sport turlari elementlari va boshqalar. Uchinchi, darsni 
yakuniy qismida darsni asosiy qismida tezlik bilan berilgan nagruzkadan keyin faol 
dam olishga yordam beruvchi, o‘yinlar, diqqatni tashkil etishga shuningdek darsni 
asosiy qismida qizg‘in ishlashdan keyin shug‘ullanuvchilarni organizimini nisbatan 
tinch holatga keltirishga yordam beradigan, past va o‘rtacha harkatchanlikdagi 
o‘yinlardan foydalanish mumkin. «Topchi, bu kimni ovozi» (1-2 sinfda), «Kim 
keldi»(3-4 sinfda) «Sinf tik to‘ring»(5-7sinf), «Uchuvchi to‘p»(8-11sinf).
Darsda vaqtdan to‘g‘ri foydalanish zarur bo‘lgan dars zichligini yaratiladi. 
Darsni shunday tashkil qilish kerakki, o‘quvchilar hamma vaqt faol bo‘lishlari 
kerak. Shu bilan birga shunga harakat qilish lozimki shug‘ullanuvchilarni o‘yinda 
faol qatnashishlari uchun taxminan birdek sharoit yaratib berishga harakat qilish 


kerak. Barcha o‘yinchilarni shunda xulqga erishish uchun, har bir o‘yin 
qatnashchisi taxminan bir xil nagruzka olishi zarur. 
O‘yinni shunday tashkil qilish kerakki, agarda o‘yinda navbat bo‘yicha 
harakat qilishga to‘g‘ri kelsa, masalan, estafetada, chunki har bir o‘yin qatnashchisi 
o‘yinda faol qatnashishga kirishish oldida tushishga imkon boriga kam vaqt 
sarflashi kerak. Bunday holatda o‘ynovchilarni ko‘proq kamandaga bo‘lish, 
topshiriq vaqtini cheralash, yugurish masofasini qisqartirish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. 
Agarda yutkazgan o‘yinchi o‘yindan chiqsa, bunday chiqarishni juda qisqa 
vaqt bilan chegirish kerak va eng yaxshisi ochko bilan almashtirilgani mahqo‘l, 
chunki o‘yin tamom bo‘lgandan keyin uni hisobga olinadi. Ko‘p sonli o‘yinchilar 
bilan doirada bitta to‘pda shug‘ulllanilganda («xalqa himoyasi», «harakatchan 
nishon», «uchuvchi to‘p», «to‘p o‘rtadagicha», o‘yinchilarni ikkita guruhga bo‘lish 
tavsiya qilinadi va ikkita doirada bir vaqtda o‘tgaziladi. Xuddi shunday o‘yinni 
doirada qarshilik ko‘rsatish bilan o‘tgazish mumkin «doiraga tortish», «xo‘rozlar 
jangi», 
«cho‘nka shuvoq»). Bunday holatda o‘ynovchilarni jismoniy 
imkoniyatlarini hisobga olgan bo‘lishi tavsiya etiladi.O‘yinni boshida uzoq vaqt 
ko‘tib qolmaslik, o‘yinda ko‘p vaqt bo‘lmaslik uchun, o‘qituvchi o‘yini 
o‘tkazishga juda yaxshi tayyorgarlik kurishi zarur: o‘yin uchun joyni tayyorlash, 
asbob- anjom, jixozlar, tushuntirishni qisqa matni, ayrim rolllarni bajarish uchun 
o‘yinchilarni tezda taqsimlash usuli, komandalarga taqsimlashdir. 
O‘yinga ma’lum vaqtni belgilash va bu vaqtga qatiy rioya qilish zarur. 
Belgilangan vaqtdan o‘quvchilarni o‘yinni har xil o‘zlashtirishga, o‘yinchilarni 
kayfiyatiga, oldindan hisobga olinmagan toliqish va boshqa sabablarga qarab 
belgilangan vaqtdan ham chekinish yoki o‘zgarishi mumkin. O‘yinni tashkiliy 
ravishda tomom qilish kerak, unga yakun yasab va ortiqcha vaqtni sarf qilmasdan 
keyingi mashqlarga o‘tish mumkin. Darsdagi o‘yin uchun sharoit yaratish, 
o‘quvchilarni sog‘lomlashtirishga ta’sir etishga yordam berishi kerak. Eng yaxshisi 
barcha o‘yinni maydonchadan ochiq xavoda o‘tkazilgani maoqo‘l, agarda o‘yin 
bino ichida o‘tkaziladigan bo‘lsa, unda ko‘proq sharoit yaratilishi kerak. Shifokor 


ko‘rigidan keyin asosiy guruhga kiritilgan, bolalar, ularni yoshiga va 
tayyorgarligiga mos keladigan, barcha harakatli o‘yinlarda qatnashishlari mumkin. 
Maxsus tibbiy guruhga kiritilgan, yaoni yura va boshqa organlar faoliyatida 
kamchiliklari bo‘lgan bolalarga harakatlarini chegaralash lozim, ularni harakatli 
o‘yinlarda faol qatnashish ishtiyoqini hisobga olishmaydi. Shunday qilib bolalarga 
ayrim o‘yinlarda katta harakatchanlikni talab qilmaydigan rollarni berish kerak
yoki uni o‘yinda bo‘lish vaqtini qisqartirish, ularni nafsoniyatiga tegmasdan, 
xakam yordamchisi sharoitida jalyu qilish mumkin. Shu bilan bir vaqtda harakat 
qilish kerak va ular uchun mos harakatli o‘yinlarga jalb qilinadi. Maktab 
o‘quvchilarining har tomonlama jismoniy tarbiyalash maqsadida jismoniy tarbiya 
darslarida harakatli o‘yinlardan eng ko‘proq samarali foydalanishi uchun o‘quv 
yilining har bir choragiga o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan vazifa va butun o‘quv 
yili mavsumini hisobga olish bilan o‘yin bo‘yicha materialni rejalashtirish zarur. 
O‘qituvchi o‘quv yilining boshida ma’lum darajadagi o‘yinni, mazmuni jixatidan 
xilma xil bo‘lgan o‘yinlarni belgilashi kerakki, u har xil sinf o‘quvchilari uchun 
jismoniy tarbiya dasturi bilan mos rivishda unga kelishib bir vaziyatda 
joylashishini kelishib qo‘yilgan vazifa bo‘yicha bolalarda har xil sifat va harakat 
malakalarini tokomillashtirish hamda rivojlantirishga imkon beradi. O‘yinni 
rejalashtirishda umumtalim maktablarining jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturida yil 
davomida sinflar bo‘yicha berilgan o‘yinlar ro‘yxatiga rioya qilishi kerak. Berilgan 
o‘yinlar ro‘yxatini o‘qituvchi tomonidan uni maktabini ish sharoitidan kelib 
chiqqan holda ya’ni shug‘ullanuvchilarni tayyorgarligiga, mashg‘ulot uchun joy 
yoki xona, mashtabda asosan sport turlari bo‘yicha asbob-anjomlarni hisobga olish 
holda qo‘shishi va o‘zgartirishi mumkin. O‘yinni choraklar bo‘yicha taqsimlashda 
har bir chorakdagi ish sharoitini hisobga olish shart. Birinchi va to‘rtinchi chorakda 
maktab maydochasida, ochiq xavoda mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. Shuning uchun bu choraklarda, katta joyni talab qiladigan, o‘yinlarni 
rejalashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. («Uysiz quyon», «Hamma o‘z 
bayroqchasiga», «Zuv-zuv», «Qirq tosh»). Ikkinchi, uchinchi choraklarda
mashg‘ulot bino ichida o‘tkaziladigan vaqtda katta joy talab qilinmaydigan 
o‘yinlarni rejalashtirish lozim. 


Har bir chorakni oxirida har bir sinf uchun nazorat mashqlari belgilanadi va 
qabo‘l qilinadi. Nazorat mashqlar sifatida 1-2 sinflarda aloxida o‘yinlarni qo‘yish 
mumkin. Bu o‘yinda o‘quvchilarning maxorati, harakatni tezligi va uyushqoqligi, 
aniq nishonga olishi, harakat reaksiyasini tezligi va boshqa sifat hamda 
malakalarni, o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan vazifani xal etish uchun eng ko‘proq 
zarur bo‘lgan va u yoki bu o‘yinlarni hisobga olish uchun ko‘proq qulay bo‘lishi 
zarur. O‘qituvchi shu bilan birga o‘quvchilarni harakatli o‘yinda harakat 
malakalari va biror narsani bajarish qobiliyatlarini egallashni tekshirish usullarini 
nazarda tutish kerak. Har xil sinflarda nazorat mashqlarini yaxshi egallash uchun 
qator o‘yinlarni belgilash mumkin, shuningdek unga, nazorat qilishni bajarishga 
yordam beradigan, mashqlar kiritiladi. Bir yilga berilgan o‘yinni soni 
o‘quvchilarning tayyorgarligi va ish sharoitiga qarab, har bir sinf uchun taklif 
qilingan o‘rgatish va tarbiyalash vazifasiga bog‘liq bo‘ladi. 1-2 sinf o‘quvchilari 
uchun bir yilga taxminan 80-85 o‘yin, tavsiya qilinadi.3-4 sinf o‘quvchilari uchun 
40-50 ta, 8-11 sinflari 30-40 ta o‘yin bo‘lishi mumkin. Bu songa o‘tilganlarni 
takrorlash va yangi o‘yinlarni o‘rgatish ham kiritiladi. O‘yin choraklar bo‘yicha 
bab-barovar taqsimlanmaydi, balki chorakni uznligiga va unga qo‘yilgan vazifaga 
bog‘liq bo‘ladi. Yangi o‘yin materiali asosan birinchi, ikkinchi va uchinchi chorak 
oxirlarida o‘rgatiladi. Birinchi chorakni boshida va oldingi o‘quv yilida o‘tilgan 
o‘yinlarni o‘zgartirib yoki boshqa variantda o‘tib mustaxkamlanadi. To‘rtinchi 
chorakda esa asosan mustaxkamlanadi va shu o‘quv yilida o‘tilgan o‘yinlar 
murakkablashtiriladi. Choraklar xuddi shunday darslar bo‘yicha rejalashtirishda 
o‘yinni o‘tish ketma-kentligini va uni takrorlashni nazarda tutish kerak. Shunday, 
masalan o‘quvchilarning sport o‘yinlariga tayyorlashga yordam beradigan harakatli 
o‘yinlarni murakkab elementlarini hisobga olgan holda ketma-ketlikda o‘tkazish 
kerak.Ularda to‘g‘ri malakani mustaxkamlash uchun o‘quvchilarning texnik 
usullar bilan avvaldan tanishtirish lozim. So‘ngra bu usul o‘quvchilar bilan 
soddalashtirilgan sharoitda o‘rgatilish kerak. Faqat shu o‘rganilgan usuldan keyin 
o‘yinga kiritish mumkin. Haraktli o‘yinda ko‘tilmaganda vaziyatni o‘zgarishi 
o‘rgatilgan usulni sport o‘yinlari sharoitiga yaqinlashtirishga yordam beradi. Uni 


qo‘llashni o‘rgatish kerak. Shuningdek bunday usullarni dastlab soddalashtirilgan 
sharoitda, keyin o‘yin vaziyatida sharoitni o‘zgartirish bilan o‘rganib olinadi.
O‘zgarib turadigan o‘yin vaziyatida aloxida texnik va taktik usullari ketma - 
ket egallashi uchun dastlab harakatli o‘yinlardan foydalanish tavsiya qilinadi, unda 
o‘ynovchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri «raqiblari» bilan uchrashishga to‘g‘ri kelmaydi 
va har bir o‘yin qatnashchisi navbatma-navbat harakat qiladi. Bu o‘qituvchiga har 
bir usulni to‘g‘ri bajarishilishini kuzatishga imkon beradi. Buning uchun eng 
ko‘proq qo‘llash shakli o‘yin- estafeti yoki poyga bo‘lishi mumkin. 
Keyin bu texnik va taktik usullar ko‘pincha murakkab o‘yin vaziyatida 
egallaydilar, undi o‘lchovchilarga «raqib» bilan bir - biriga tegib ketishga to‘g‘ri 
keladi («To‘p qatnashchisi», «To‘p tutib oluvchi»). 
To‘p bilan harakat qilishni birinchimalakasini egallashni bir yo‘li har xil usulda 
uzatishni tavsiya qilish mumkin. O‘yin vatnashchilari bilan to‘pni uzatish 
texnikasini o‘rganib olingandan keyin, ana shu malakani «To‘pni orqasidan 
quvlash» o‘yinida takomillashtirish mumkin. To‘pni uzatish malakasi dastlab 
o‘yindan oldin, yaoni to‘pni tashlash va ilib olish epchillik bilan bajarishni talab 
qilmaydigan, shuningdek tshpni ilib olish uchun to‘siqlik qilmaydigan, hamda aniq 
to‘p tashlash uchun to‘siq bo‘lmaganda takomillashtiriladi.
Ana shunday o‘yinlarga misol qilib quyidagilarni kiritshimiz mukin: «Qa’la 
himoyasi», «Harakatchan nishon». Keyin kamandali o‘yinda ona boshi yoki o‘yin 
boshi tomonidan to‘sqinlik qilmasdan, lekin musobaqalashish elementlari bilan tez 
meoyorda to‘p uzatishni takomillashtirib boriladi. («To‘p o‘rtasidagicha», «To‘p 
uzatdingmi o‘tir»). Anu shu malakalar keyinchalik, to‘pni bir-biriga uzatishga 
to‘sqinlik qiladigan, o‘yinboshilar bo‘ladi. (1-3 ikshi) gan o‘yinda 
takomillashtiriladi. Undan keyin esa otish va ilibolish boshqa elementlar bilan 
birga qo‘shib olib boriladi: to‘pni olib yurish, uzatish orqali savatga tashlash. Har 
xil estafetalarda bir-biriga moslab bir butunlik hosil qilib qo‘shib olib borildi.
Keyinchalik bu malakalar komandalarga bo‘linib raqiblar bir-biriga tegishi 
bilan, biroq chegaralangan sharoitda takomillashtiriladi. (faqtgina ayrim 
o‘yinchilar, qoida bo‘yicha, raqib bilan bir-biriga tegishi mumkin; raqib bilan bir-
biriga tegishni qaerda imkoni bo‘lsa, qoida bo‘yicha joy chegaralanadi. Shunday 


o‘yinlarda «To‘pni ilib oluvchi», «Otishma», «To‘p kapitanga» o‘yinlari misol 
bo‘lib hisoblanishi mumkin.) 
Va nixoyat koptokni otish va ilib olish malakasi kamanda o‘yinlarida 
takomilashtiriladi, unda har bir o‘yinchi barcha maydon bo‘ylab o‘ynash sharoitida 
raqib bilan bir-biriga tegishga kiritiladi («To‘pni oluvchi», «To‘p uchun kurash»). 
O‘yinchilarni o‘zaro harakatini va o‘zaro munosabatini qoida bo‘yicha o‘yinni 
sekin – asta murakkablashtirib borib, uni sport o‘yiniga yaqinlashtirish mumkin. 
O‘quvchilarning barcha sport o‘yinlarga tayyorlashda, shuningdek boshqa sport 
turlarini 
texnika 
va 
taktika 
elementlarini 
o‘rgatishda izchillik bilan 
takomillashtiriladi. 
O‘qituvchi o‘quv yilining oxirida o‘quvchilarning o‘yin materialini, qanday 
darajada egallaganliklarini hisobga olib, kelasi o‘quv yiliga har bir sinfga o‘quv 
materialni rejalashtirish uchun tegishli xulosa chiqarib oladi. 
Shuningdek rejalashtirishda 3-6 sinflar harakatli o‘yinlar bo‘yicha masshtab ichida 
o‘tkaziladigan musobaqalar nazarda to‘tiladi, buni barchasini chorakda yoki o‘quv 
yilining oxirida o‘tkazish qulay bo‘ladi. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương