O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq


O‘YINNI O‘TKAZISh UChUN JOYNI TAYYoRLASh



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang15/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
O‘YINNI O‘TKAZISh UChUN JOYNI TAYYoRLASh 
O‘YIN UChUN OLDINDAN TAYYoRLANGAN JOY BO‘LIShI KERAK. 
O‘YINNI OChIQ HAVODA O‘TKAZISh UChUN MAYDONChANI 
TAYYoRLASh ZARUR. 
1. Avvalo kerakli asbob-uskunalar, masalan, diametri 8 sm arqondan, jundan, 
matodan, rezinadan yasalgan koptokchalar (rezina koptokchalar yuqori haraoratda 
tarangligini yo‘qotmasligi uchun salqin joyda saqlanadi), voleybol va basketbol 
to‘plari, irg‘itish uchunuzunligi 1 m li tayoqchalar, arqon, belbog‘lar, 
bayroqchalar, kigizlar, taxtachalar, bolg‘a, aptechka va boshqalar, ko‘z og‘rig‘i 
kasaldan saqlanish uchun har bir o‘quvchining ko‘z boylagichi bo‘lishi kerak. 
2. O‘yin o‘tkaziladigan maydoncha tekis bo‘lishi, tikan, toshlar, shisha siniqlari va 
boshqa keraksiz narsalardan tozalanib, doimo toza to‘tilishi lozim. 
3. Mashg‘ulot o‘tkazilayotgan paytda maydonchada begona kishilar bo‘lmasligi 
kerak. Chunki ular bolalarning o‘ayolini bo‘ladilar va ularni o‘yindan chalg‘itib, 
ortiqcha harakatlar qilishga majbur etadilar.
4. Maydonchani asbob-uskunalar bilan ta’minlash, bandan tashqari, u yerdagi 
tibbiy buyum va narsalardan ham foydalanish zarur. 
5. O‘yinlarni o‘tkazishda quyidagi gigienik qoidalariga rioya qilinishi lozim: 
A) O‘yin paytida kiyiladigan kiyim harakatlarni qiyinlashtirmay-digan, yengil 
bo‘lishi kerak; 
B) Yozda o‘yindan so‘ng cho‘milish kerak; 
V) O‘yin boshlanishidan oldin maydonchaga suv sepilishi lozim.
6. O‘yinlar suvda o‘tkazilsa, o‘ynovchilar ko‘karib va qaltirab qolmas-ligi uchun 
ularning suvda bo‘ladigan vaqti chegaralanishi kerak. 


 
MAYDONGA BELGILAR QO‘YIB ChIQISh 
O‘qituvchi asbob-anjomlarni tayyorlab qo‘yib, o‘yin boshlanguncha 
maydonga belgilar qo‘yib chiqishi mumkin. Bu shunday holatda juda muhimki, 
chunki maydonga belgi qo‘yib chiqishga ko‘p vaqt talab qilinadi, masalan, katta 
sinf o‘quvchilari harakatli o‘yindan sport o‘yinini o‘ynashga o‘tishda ko‘p vaqt 
talab qilinadi. Agarda maydonni belgilash etarli darajada qiyin bo‘lmasa, uni 
o‘yinni mazmunini gapirib berish bilan bir vaqtda bajarish mumkin. Xuddi 
shunday kichik maktab yonidagi o‘quvchilar bilan o‘tkaziladi, ya’ni bitta-ikkita 
«Botqoq», «Uy» chegaralarini chizishga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda 
chegaralarni belgilashni o‘yin boshlanguncha belgilash mumkin, va o‘yinni 
mazmunini gapirib berilayotganda faqatgina belgilanganni dalil sifatida 
ko‘rsatiladi.
Tez-tez takrorlanadigan, ayrim o‘yinlar uchun, maydonda doimiy ravishda 
o‘tkazish uchun belgilab qo‘yish mumkin. Buni yengilgina amalga oshirilsa 
bo‘ladi ya’ni, o‘yin uchun qattiqroq joy bo‘lganda, unda bolalarni sevimli 
o‘yinlarini o‘ynash uchun alohida maydon ajratib berishgani imkoniyat bo‘ladi. 
Chegaralarni aniq, yoriq holda chizilgani maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agarda 
chiziq ko‘rinarsiz holda chizilgan yoki belgilangan bo‘lsa, o‘yinga qiziqib, berilib 
ketgan bolalar shartli ravishda qo‘yilgan chegaralarni ko‘rishi ancha murakkab 
bo‘ladi. 
O‘yin uchun chegara chizig‘ini bolalar shikastlanmasligini hisobga olgan 
holda devordan, chiziqdan yoki buyumlardan kamida 3 m masofada chizilishi 
kerak. Ayniqsa bir tomondan ikkinchi tomonga yugurib o‘tishda, katta guruh o‘yin 
qatnashchilari bir «O‘yin» chegarasidan ikkinchisiga yugurib o‘tishda juda 
muhimdir. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương