O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq


O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang11/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
 
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar. 
 
1. Jismoiny madaniyat va sport harakatida jismoniy tarbiya tizimi qanday 
tarmoqlarga va yo‘nalishlarga ega? 


2. Jismoniy tarbiya tizimining tarmoqlarida harakatli o‘yinlardan qaysi yo‘llar 
bilan foydalaniladi?
3. Umumta’lim o‘rta maktablarida tashkil etiladigan harakatli o‘yinlar qaysi 
tamoyillar asosida bajariladi? 
4. O‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida harakatli o‘yinlar qanday shakllarda 
o‘tkaziladi? 
5. Kasb-hunarlarga (ishchi, ziyoli, dala mehnatkashlari, yong‘inga qarshi 
kurashish, harbiy xizmat va h.k)qaratilgan qanday harakatli o‘yinlarni bilasiz? 
6. Oila va bog‘chalarda harakatli o‘yinlar mazmunida asosan nimalarga e’tibor 
kuchli bo‘ladi? 
7. Nogironlar sporti va undagi harakatli o‘yinlarni bilasizmi?
8. Davolash muassasalarida (shifoxona, dam olish uylari, sanatoriya, 
sog‘lomlashtirish markazlari va h.k) harakatli o‘yinlar qanday tashkil etiladi?
9. Yangi o‘yinlarni ixtiro qilishga qiziqqanmisiz? 
 
 
Milliy harakatli o‘yinlarning ijtimoiy pedogogik xususiyatlari va uni 
takomillashtirish muammolari. 
 
Ta’lim tarbiyaning kaliti pedogogik jarayonlar hisoblanadi.Shu o‘rinda jahon 
poeziyasining namoyandalaridan biri Rasul Xamzatovning “Eshikni tepma, kalitini 
burasang o‘zi ochiladi” – hikmatli iborasi ta’lim tarbiyaga to‘g‘ri keladi. 
Respublika Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Har qaysi davlat, har 
qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va 
ishlab chiqarish salohiyati bilan balki birinchi navbatda, o‘zining yuksak 
madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir”. 
Yuksak madaniyat esa, ta’litm – tarbiya jarayonida shakllanadi, rivoj topadi 
va takomillashadi. Pedogogik ta’limning muhim bosqichlaridan biri jismoniy 
tarbiya hisoblansa, uning mazmunlarida xilma-xil mashqlar sport turlari, 


sayohatlar, tabiatning sog‘lomlashtiruvchi (quyosh, suv, havo, gigienik talablar) 
omillari qatorida harakatli o‘yinlar mustahkam o‘rin egallaydi. 
Boshida ta’kidlaganidek, insonlarning tabiiy harakatlarini maxsus jismoniy 
mashqlar va milliy harakatli o‘yinlar orqali tarbiyalanadi, ularning rivojlanishi va 
takomillashishida xizmat qiladi. Ayniqsa, jismoniy xolatlar va insoniy fazilatlarni 
shakllantirish, ularni tobora kengaytirishda muhim omillardan bo‘lib hisoblanadi. 
Deyarlik, barcha harakatli o‘yinlar aqliy, estetik, mehnat va ahloqiy tarbiya 
bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Shu asosda bolalar nutqini o‘stirish, til boyligini 
kengaytirish, ruhiy emotsional xolatlarni (zukko, quvnoqlik, shodlik,xursandlik va 
h.k) rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. 
Onglilik ko‘rish, eshitish, his etish kabi tuyg‘ularni rivojlantirishda mazmun va 
maqsad jig‘atdan qo‘llash uchun o‘yin g‘oyat ko‘p. Masalan: Tunda oy yorug‘ida 
“Oq suyak” o‘yinini yoshlar va katta yoshdagi kishilar aralashib o‘ynashgan. 
Bunda ko‘z yumuq xolda uzoqqa otilgan suyakning yerga tushishini eshitish, his 
etish talab etiladi. Suyakni topib manzilga yetkazishda tezlik, epchillik va kuch 
zarur bo‘ladi.Chunki, suyakni raqiblar tortib olishi kerak. 
“Ovchilar”, “G‘ozlar”, “Kartoshka ekish”, turli estafetali o‘yinlarda hatto 
harakatlar yugurish, yiqilishlar,to‘p tushirishb qo‘yish va uni ushlab olish kabi 
xolatlar raqiblarining zavqini oshirsa,jamoa a’zolarining zavqini qo‘zg‘aydi. 
Tomashabinlarda kulgi-shodlikni oshiradi. “oq terkami, ko‘k tera”, “G‘ozlar” kabi 
o‘yinlardagi qo‘shiq she’rlarning kuylanishi-aytilishi o‘yinchilarda nutqni o‘stirish 
tomoq yo‘llarini chiniqtirishda o‘ziga xos tarbiyaviy jihatlar mavjuddir. 
Harakatli o‘yinlarning eng muhim va ustuvor tomonlari shundaki, o‘yin 
joylari ma’lum chegara bilan belgilanadi.hamda o‘yin qoidalariga to‘liq rioya 
qilishni talab etiladi.O‘yin qoidalarini bilib-bilmay buzganlarga jarima yoki shartli 
jazolar beriladi. 
O‘yinlarning tartibli, mazmunli va qiziqarli bo‘lib o‘tishida, o‘qituvchi va 
faol o‘qvchilarning roli g‘oyat kattadir. O‘yinlarni o‘tishini nazorat qilishda 
hakamlar (faol o‘quvchilar yoki jismonan ojiz bolalar) adolatli ish olib borishadi. 
Bundan tarbiyaviy jihatlar milliy harakatli o‘yinlarning pedogogik jarayonlardagi 
ibratli tadbirlardan deyish mumkin. 


Ko‘rgazmali ya’ni didaktik tamoyillar (prinsip) va usullar, harakatli 
o‘yinlarni o‘rganish, ularni o‘tkzishda ko‘p qo‘llaniladi. Maydon yoki o‘yin 
joylarini chizib ko‘rsatish, qoidalarni qo‘llar bilan ifodalash, o‘yinchilarning texnik 
harakatlarini chizishda (rasm sxema) ifodalashlar muhim ahamiyatga egadir. 
Jadvallar chizmalar (sxema), slaydi, video tasvirlar va boshqa texnik vositalardan 
foydalanishda harakatli o‘yinlarning ijrosini to‘la aks ettiriladi.Bu xolatlarni 
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilari izchil va mukammal egallashlari lozim 
bo‘ladi. 
O‘yinlarning ijtimoiy-pedogogik xususiyatlarin mazmuniy jihatdan o‘rganish va 
tahlil qilish ularni o‘quvchi-yoshlar, talabalar va katta yoshdagi kishilar o‘rtasida 
tashkil qilishda ana shu maqsadlarni belgilab beradi. Shu sababdan talabalar kurs, 
diplom (bitiruv) ishlarini tayyorlashda milliy harakatli o‘yinlarni chuqurroq 
o‘rganish, ularning tarbiyaviy jihatlariga e’tiborni jalb qilish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi.
Xalq pedogogikasi va ma’naviy ma’rifiy madaniyatimiz o‘quvchi yoshlarni 
ma’naviy hamda jismoniy kamolotga yetkazish yo‘llarini aniq belgilab bergan. Bu 
yo‘lda “Davlat ta’lim standartlari”, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, sog‘lom avlod 
uchun davlat dasturi va boshqa bir qator rasmiy manba’lar keng yo‘l ochib 
berganligini e’tirof etmoq kerak. 
Ma’lumki, aksariyat ko‘pchilik jismoniy tarbiya o‘qituvchilari harakatli o‘yinlarni 
ikkinchi darajali deb hisoblashadi. Shu tufayli sport o‘yinlari, gimnastika, yengil 
atletika kurash kabi darslarda harakatli o‘yinlarni nomigagina (yuzaki) tashkil 
qilishadi. 
“Harakatli o‘yinlar” uchun alohida ajratilgan (dasturda) soavtlarni ham 
boshqa turlarga qo‘shib yuboradi.Shuningdek, milliy harakatli o‘yinlarning 
ijtimoiy pedogogik xususiyatlari haqida yetarlicha ma’lumot berishmaydi, 
boshqalar hatto eslamaydilar ham. 
Kuzatishlar, suhbatlar, rasmiy murojaatlarning natijalariga asoslanilsa, 
umuta’lim o‘rta maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda oliy 
o‘quv yurtlarida O‘zbek xalq milliy o‘yinlaridan yetarli darajada 
foydalanilmaydi.Chunki, sof milliy o‘yinlar to‘plami hozirgacha ishlab 


chiqilmagan yoki ular nashrda tayyorlanmagan. Mavjud bo‘lgan “harakatli 
o‘yinlar”to‘plamlarida (adabiyot ro‘yxatiga qarang)har-xil millatlarga xos (tobe) 
bo‘lgan o‘yinlar ko‘proq berilgan va shu bilan birgalikda ular aralash-quralash 
xolda joylashtirilgan. 
Ta’kidlash lozimki, harakatli o‘yinlar mazmunida barcha jismoniy sifatlar 
mujassamlangan bo‘lsada, ularni turkumlarga ajratishda umumiy mulohazalar 
berilgan Shu sababadan keyingi nashrlarda to‘plamlardagi milliy harakatli 
o‘yinlarni har bir jismoniy sifatlarga (tezlik, epchillik, kuchlilik chidamlilik, 
egiluvchanlik va h.k) alohida ajratish lozim. Bu o‘z navbatida o‘yinlarni
darslarning turlari (gimnastika, yengil atletika, kurash sport o‘yinlari) va sport 
mashg‘ulotlarining (trenirovka)mazmuniga moslashtirib qo‘llashda qulaylik 
yaratadi. Shu bilan birga o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi (guruhlar) qarab 
o‘yinlarni tashkil qilish imkoniyatlari yaratiladi. 
E’tiborli tomonlardan yana biri shuki,tuman-shahar va viloyatlardagi malaka 
oshirish hamda qayta tayyorlash kurs-seminarlari , institutlarda milliy harakatli 
o‘yinlarning ijtimoiy pedagogik xususiyatlarini keng ko‘lamda izohlabberish, 
tinglovchilarni yangi o‘yinlarni yozib, ularni nashrga tayyorlash kabi faoliyatlarga 
jalb etish lozim. 
Milliy harakatli o‘yinlarning jamiyat va davlat oldidagi ahamiyatlari 
aholining jismoniy tayyorgarliklarini yanada yaxshilash, o‘quvchi yoshlar va 
talabalarning jismoniy barkamolligini oshirish va boshqa sohalardagi tadbirlarda 
mazkur muammolarni keng targ‘ibot qilish zarur bo‘ladi. 
Bunda quyidagi imkoniyatlardan keng va maqsadli foydalanish lozim 
bo‘ladi ya’ni: 
-o‘quv yurtlari va ourrli mehnat jamoalari, muassasalar, mahallahamda qishloq 
joylarida “sport” devoriy gazetasi va boshqa nomdagi mahalliy matbuotlarda milliy 
harakatli o‘yinlarning inson tarbiyasi dagi afzalliklarini doimo yoritib borish;
-Tuman – shahar radiolarida milliy o‘yinlarning turlari shakllari va mazmuniga 
keng o‘rin berish;  
-Viloyatlar va markaziy gazetalar, jurnallar hamda rasmiy to‘plamlar va 
teleradiolarda milliy harakatli o‘yinlar mazmunini berib va yoritib borish; 


-Mutasaddi tashkilotlar, tegishli idoralar hamkorligida milliy harakatli 
o‘yinlarningto‘plamlarini ko‘proq chiqarish; 
-Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlar dasturida milliy o‘yinlarga alohida o‘rin 
berish;  
-Ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanuvchilar, magistrlar, aspirantlar,va talabalarga 
milliy harakatli o‘yinlar bilan bog‘liq dolzarb muammolarni mavzu qilib berish. 
Xulosa shundaki, milliy harakatli o‘yinlarning ijtimoiy pedogogik xususiyatlari va 
ularni yanada takomillashtirishmuammolari ilmiy nazg‘ariy jihatdanchuqurroq 
o‘rganishni talab etadi. Ularning natijalarini esa, matbuot, nashriyot mahsulotlari 
orqali ommalashtirishni hayotning o‘zi talab etadi. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương