O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang19/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
O‘YINBOShINI TANLASh 
O‘QITUVChI TOMONIDAN TAYINLASh 
Ko‘pchilik o‘yinlarda o‘yinboshini bo‘lishini talab qilinadi. O‘yinboshini 
vazifasini bajaruvchi bo‘lish o‘yinchilarga kattagina tarbiyaviy jihatdan ta’sir etadi. 
Shuning uchun bu rolda iloji boricha ko‘p miqdordagi o‘yinchilar qatnashsalar 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘yinboshi har xil usullar bilan tayinlash mumkin. 
O‘qituvchi uni o‘yinda tutgan o‘rnini hisobga olgan holda o‘yinboshini 
tayinlaydi. Bu usulni afzalligi shundaki: o‘yinboshini odatda ko‘proq munosib 
o‘yinchilar saylanishi mumkin: bu usul vaqt bo‘yicha ko‘proq tez hisoblaniladi 
(dars uchun juda muhim). Bu usulni salbiy tomoni shundaki, bolalar o‘yinboshini 
saylashda qatnashmaydilar, bunday holatda ularni tashabbusini bosib qo‘yadi. 
Odatda bu usul bilan qachonki bolalar hali bir-birlari bilan tanish bo‘lmasdan, 
birinchi marta o‘ynash uchun to‘planishganlar, shuningdek, vaqt kam qolganda 
yoki oldindan belgilab qo‘yilgan o‘yin qatnashchisini tarbiyalash maqsadida 
o‘qituvchi o‘yinboshini tayinlashi kerak. O‘qituvchi o‘yinboshini tayinlashda 


o‘zini uni nima uchun tayinlayotganligini asoslab berishi kerak, chunki ayrim 
o‘yinchilarni qiziqishi to‘g‘risida o‘ylashga sabab qoldirmaslik kerak.
O‘yinboshini qur’a (chek) tashlash bo‘yicha tayinlash usuli ham bor. Chek 
tashlashni sanash yo‘li bilan o‘tkazish mumkin. Bolalar doiraga turadilar va birorta 
sanashni boshlaydilar, har bir so‘zni talaffuz qilingandan keyin navbat bilan 
o‘yinchilarni ko‘rsatadi. Oxirgi sanoq kimga kelib taqalsa, o‘sha o‘yinboshi 
bo‘ladi, yoki uni teskarisi, o‘yinchi doiradan chiqib ketadi va yana sanash 
boshlanadi, qachonki bitta o‘yinchi qolguncha davom etadi, oxirida qolgan 
o‘yinchi-o‘yinboshi bo‘ladi. 
Sanash usuli vaqt bo‘yicha nisbatan uzoq davom etadi, lekin buni darsdan tashqari 
o‘tkaziladigan o‘yinlarda tez-tez foydalaniladi. Ayrim holatda sanash usulini 
darsda ham qo‘llash mumkin, ayniqsa bolalar ko‘proq yuklama olganda ya’ni 
kuchli qo‘zg‘olish paydo bo‘lgandan keyin ularni tinchlatish uchun qo‘llaniladi. 
Sanash bilan matnni ongli ravishda qo‘llanilsa bolalarni nutqini rivojlantirishga 
yordam beradi. 
Koptokni uloqtirishni chek tashlash ko‘rinishida qo‘llash mumkin. Kimda 
kim tayoqchani, toshni, koptokni uzoqqa uloqtirsa, o‘sha o‘yinboshi bo‘ladi. Lekin 
bu usul judu ko‘p vaqtni talab qiladi va buni darsdan tashqari vaqtda ochiq havoda 
o‘yinlarda foydalanish mumkin. 
Chek tashlash yo‘li bilan o‘yinboshini saylash har doim ham yaxshi samara 
bermaydi. Lekin 
bu usulni 
bolalar 
o‘zlari mustaqil ravishda o‘yin 
o‘ynayotganlarida tez-tez qo‘llaydilar, chunki bu ular o‘rtasida baxslarni kelib 
chiqarmaydi. 
O‘yinboshini saylashni eng ko‘proq qulay usullaridan biri, bu 
shug‘ullanuvchilarning o‘zlarini tanlashi hisoblanadi. Bu usulni pedagogik 
munosabatlari juda ijobiy bo‘lib, bolalarni jamoatchilik xoxishini namoyon etadi, 
natijada odatda ko‘proq munosib o‘yinboshini saylanadi. Biroq kam tashkil 
qilingan bolalar o‘rtasida bu usulni qo‘llash ancha qiyin, chunki o‘yinboshini 
o‘yinni bilmaganligini shaxsiy sifati bo‘yicha emas, guruhda ko‘proq kuchlilarni 
taqibi ostida saylanishi mumkin. 


Shuning uchun o‘qituvchi bolalarga iloji boricha «Kim yaxshi yuguradi, kim 
aniq nishonga tegizadi» usulida nomzodlarni tayinlashni tavsiya qiladi.
O‘qituvchi o‘yinboshini tayinlashni navbatga qo‘yiladi, chunki har bir o‘yin 
ishtirokchisi bu o‘rinda bo‘lsalar, ular o‘yinda ma’lum darajada javgarlikni xis 
qiladilar. Bu o‘yin ishtirokchilarida uyushqoqlikni, tashabbuskorlikni tarbiyalashga 
yordamlashadi va faollikni oshirishga yordam beradi. 
O‘yinboshini tanlashda yuqorida ko‘rsatilgan usullarni pedagogik vazivani 
qo‘yilishiga qarab almashlab qo‘yish kerak, ya’ni o‘qituvchi o‘z oldiga, 
mashg‘ulotni sharoitiga va o‘yinni harakteriga qarab, o‘ynovchilarni soniga va 
ularni kayfiyatiga qarab vazifani qo‘yadi. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương