O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq


O‘YINNI AYTIB BERISh (Hikoya qilib)



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang17/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
 
O‘YINNI AYTIB BERISh (Hikoya qilib) 
O‘yinni o‘tkazishda katta muvaffaqiyatga erishishdagi omillaridan biri, uni 
tushuntirilishiga bog‘liqdir. O‘yinni tushuntirib yoki hikoya qilib berishdan oldin, 
o‘qituvchi o‘zida o‘yin to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. 
O‘yinni tushuntirish aniq va qisqagina bo‘lishi kerak. Bolalarda o‘yinni 
boshlash oldidan o‘yin oldidan hayajonlanish holatida turadilar va uzoq vaqt 
davomida tushuntirilsa o‘yinni idrok qilishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Kichik 
sinflarda o‘yinlarni hikoya tarzida, ifodali, qiziqarli shaklda o‘tkaziladigan 
o‘yinlardan tashqari bo‘lishi mumkin. 
Hikoya qilib berilishi mantiqiy to‘g‘ri, ketma-ketlikda bo‘lishlik uchun 
o‘yinni tushuntirishi bo‘yicha reja to‘zish shart. O‘yinni asosiy mazmunini aytib 
berish uchun quyidagi reja to‘zishni tavsiya qilinadi: 1) o‘yinning nomi; 2) 
o‘ynovchilarning roli va ularning turish joyi; 3) o‘yinni borishi; 4) o‘yinni 
maqsadi; 5) o‘yin qoidalari. O‘yinni bunday hikoya qilish rejasi o‘yinni mazmunini 
to‘liq ketma-ketlikda ochib berish imkoniyatini beradi. O‘qituvchi o‘yinni borishi 
to‘g‘risida hikoya qilib borar ekan, uni oxirida bolalarni esida yana ham yorqin 
qolishligi uchun o‘yinni asosiy qoidalari to‘g‘risida ham gapirish zarur. 
O‘yinni jo‘shqinlik bilan hikoya qilinishi shart. O‘yinni haddan tashqari baland 
ovoz bilan tushuntirish mumkin emas. Eng yaxshisi o‘yinni sekin, ravon ovozda, 
ayrim vaqtda iloji boricha ovozni baland ko‘tarish yoki ovozni pasaytirish bilan 
olib borish kerak, chunki bunda bolalarni ayniqsa diqqatini o‘yinni mazmunini u 
yoki bu holatiga qaratiladi.
O‘yinni gapirib berayotganda, albatta bolalarni so‘z boyligini hisobga olish 
kerak va tanish bo‘lmagan va murakkab so‘zlarni, terminlarni ular uchun ishlatish 
mumkin emas. Agarda ular uchun yangi tushuncha, yangi so‘zlar berilayotgan 
bo‘lsa, uni albatta tushuntirish zarur. 
O‘yinni yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun so‘zlab berishni ko‘rsatish bilan 
birga qo‘shib olib borishni tavsiya qilinadi. U to‘liq ravishda ham bo‘lmasligi ham 


mumkin: o‘yinni ayrim hoalt yoki mometlarini va ayrim harakatlarni imo-ishora 
bilan tushuntiriladi. O‘ynni usullari va eng ko‘proq murakkab holatlari xuddi 
o‘ziday to‘liq ko‘rsatish mumkin. Ko‘rsatishga o‘yin ishtirokchilarini o‘zlarini jalb 
qilish foydali bo‘ladi. 
O‘yinni mazmunini bayon qilinayotganda, albatta bolalarni kayfiyatini 
hisobga olish shart. Agarda o‘qituvchi, o‘yinni gapirib berayotganda bolalarni 
diqqatini pasayganligini sezib qolsa, unda u tushuntirishni qisqartiradi yoki 
ko‘proq qiziqarli va jonliroq o‘tishga harakat qiladi. Agarda gapirib bo‘lgandan 
keyin ayrim o‘yin qatnashchilaridan savollar to‘shadigan bo‘lsa, bunday vaqtda 
barcha o‘yin ishtirokchilarini diqqatini o‘ziga tortgan holda baland ovoz bilan 
javob berishi lozim. O‘yinni mazmunini gapirib berish mumkinki, uni bolalar 
faqatgina birinchi marta o‘ynayotganda uni takrorlanilayotgan bo‘lsa, unda 
faqatgina o‘yinni asosiy mazmunini eslatadi va qo‘shimcha qoida hamda usullarini 
tushuntiriladi. O‘yin ishtirokchilarini o‘yinni mazmunini xotirasida tiklash uchun 
eng yaxshisi bolalarni o‘zlarini jalb qilinadi.

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương