O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang2/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
I-Bo‘lim. Nazariy mashg‘ulotlar. 
Harakatli o‘yinlarning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi. 


Harakatli o‘yinlar o‘z nomi bilan inson faoliyatini ta’minlovchi mazmunga 
egadir. Buni eng qadimgi ajdodlarimiz ham ongli ravishda chuqur bilishgan va 
amal qilishgan. 
Boshda takidlanganidek kurash, ot o‘yinlari, kamondan (yoy) nayza (o‘q) 
otish, nayza sanchish, kaltak, tosh va boshqa moslamalarni uloqtirib yovvoyi 
hayvonlarni ov qilishgan. 
Ijtimoiy tuzumlar (formatsiya) almashishi va rivojlanishi tufayli turmush 
sharoit ham o‘zgargan, rivoj topgan. Mehnat qilish, oilada bolalarni tarbiyalash, ov 
qilish, dushmanlarga qarshi jang qilish va boshqa juda ko‘p sabablarga ko‘ra 
harakatli o‘yinlar, turli jismoniy mashqlar maqsadli hamda keng qo‘llangan. 
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatning ibtidoiy jamoa davrida paydo 
bo‘lishi haqidagi N.I.Ponomarevning monografiyasida (Leningrad, 1972 y) 
ta’kidlanishicha qadimgi kishilar yashash, mehnat qilish uchun tabiat bilan 
qarama-qarshi turishgan. Osiyo, Yevropa qit’alarida yashagan odamlar asosan ov 
bilan shug‘ullanib, turli xil harakatli o‘yinlarni kashf etishgan. Bunda 
hayvonlarning hatti-harakati, tabiatdagi turli o‘zgarishlarga qiyos qilishgan.
Yovvoyi-yirtqich hayvonlardan saqlanish, ov qilish jarayonlarida epchillik
kuchlilik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlar sarf-qilinishini tushungan qabila, urug‘ 
boshliqlari, yoshlarni maxsus tayyorlashga kirishganlar. Bunda jismonan 
baquvvat, epchil kishilarni tarbiyachi yo‘liga o‘rgatib, ulardan bolalarni 
tarbiyalashda foydalanilgan. 
Quldorchilik tuzumi davrida mayda hunarmandchilik va keyinchalik ishlab 
chiqarish rivojlangan. Natijada metall buyumlardan qilich, nayza, pichoq, bolta, 
o‘roq kabi jang va mehnat qurollarini yasashgan. Ulardan turli marosimlarda o‘yin 
sifatida foydalanganlar. 
Ilk bor davlat paydo bo‘lgan Greklar, Rimliklar va ularning atrofidagi 
xalqlarning ijtimoiy turmush sharoitida urushlar ko‘p bo‘lganligi sababli harbiy 
qurollarni yasash asosiy o‘rinda turgan. Mohirona jang qilish uchun esa askarlarni 
har tomonlama jismoniy jihatdan tayyorlashgan. Jang mashqlarining ba’zi 
qismlarini (element) o‘yinga aylantirib, xalq orasida keng tarkalgan.


Kadimgi Greklarning sparta tizimi,.Italiyaning Rim tizimi va shunga 
uxshash tarbiya maskanlarida eng murakkab mashklar,jang amallari urgatilib, 
ularni omma o‘rtasida tomosha sifatida namoyish etishgan (“Spartak”, “Geraklning 
jasorati” va shunga o‘xshash kinofilmlarni eslab ko‘ring). 
Feodalizm jamiyati davrida boy feodallar va dehqonlarning yumushlari
asosida turli xil yangi o‘yinlar vujudga kelgan. Ular qilichlashish, nayza uloqtirish, 
kamondan o‘q otish kabi turlar bilan bir qatorda mushtlashish (boks), kurash, tosh 
ko‘tarish, suvda suzish kabi o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishgan. 
O‘rta asr va keyingi bir necha yuz yilliklar davrida yuqorida tilga olingan 
murakkab harakatli o‘yinlar musobaqa shakliga o‘tib, kuch va matonat sinash, jang 
qilish quroliga aylangan. 
E’tirof etish lozimki, har bir xalqning o‘z milliy o‘yinlari va ularni tashkil 
qilish marosimlari mavjud bo‘lgan. 
Arab mamlakatlarida asosan otda poyga, otni sakratish, chovg‘on o‘yinlari 
milliy o‘yinlar hisoblansa, xindistonda fillar, ilonlarni tutish, ularni o‘yinga 
o‘rgatish hamda chimxokkey milliy hisoblanadi. Afrika mamlakatlarida yo‘lbars 
va boshqa yirtqich hayvonlarni ushlash, ularni o‘rgatish, nayza, kamondan otish 
kabi turlar eng qadimgi davrdan buyon davom etib kelayotgan o‘yinlardir. 
Xitoy, Yapon, Koreya, Tayvan kabi sharq mamlakatlarida o‘zlariga xos yakka 
kurashlar (ushu, taekvando, karate, kikboksing va h.k) uzoq davrlardan buyon 
qo‘llanilib kelinadi.
Kavkaz xalqlarida kurash, ot o‘yinlari, chexarda va boshqa o‘yinlar mashhur 
hisoblanadi. 
Rossiya xalqlari yashash xududlariga qarab (shimol, sharq va janub) 
chang‘ida yurish, konkida uchish, mushtlashish (boks), kurash, muzda cho‘milish, 
ot, bug‘i, itlarga arava, chana qo‘shib poyga qilish kabi milliy o‘yinlar tarixi 
qadimgi avlodlariga borib taqaladi. 
Eslatish zarurki, qadimda o‘yin sifatida foydalangan juda ko‘p turlar 
keyinchalik sportga aylanadi. Bularni Yevropada XIX asrning birinchi yarmida ilk 
bor tashkil etilgan musobaqalar misolida ko‘rish mumkin. Bu faoliyatlar xalqaro 
miqyosga aylanib, keyinchalik turli federatsiyalarning tuzilishiga sababchi bo‘ladi. 


Shu asosda Yevropa va jahon birinchiliklari hamda olimpiya o‘yinlarining tashkil 
etilishiga olib keladi. 
Shunday bo‘lsada har bir mamlakatda o‘zlarining milliy harakatli o‘yinlari 
mavjud. Ulardan asosan bolalarni jismoniy tarbiyalash, bayramlarda xordiq 
chiqarish, ba’zan esa musobaqa tariqasida foydalaniladi. 
Takidlash lozimki, sobiq ittifoq davrida harakatli o‘yinlar asosan jismoniy tarbiya 
darslaridagina keng qo‘llanilib kelingan. Shu sababdan maxsus to‘plamlar 
tayyorlanib, ularda ko‘proq Rossiya va uning atrofidagi mamlakatlarning harakatli 
o‘yinlari joy olgan. Shu tariqa deyarlik barcha harakatli o‘yinlar sobiq ittifoqchi 
respublikalarining xalqlari orasida asosiy o‘yin bo‘lib xizmat qilib kelgan. Sir 
emaski, O‘zbekistonda o‘qitilayotgan jismoniy tarbiya darslarida qo‘llaniladigan 
harakatli o‘yinlarning 70-80% xorijiy mamlakatlarning (asosan Rossiya) harakatli 
o‘yinlaridir. Shunday bo‘lsada o‘yinlarning mazmuni, maqsad va vazifalari 
umumxalq ehtiyojiga mos kelishini inkor qilib bo‘lmaydi. Chunki ularning
mazmunida barcha jismoniy sifatlarni tayyorlashga loyiq bo‘lgan tarbiyaviy 
jarayonlar mujassamlashgan.
Xulosa qilib aytganda milliy harakatli o‘yinlar (umum ma’noda) barcha 
xalqlarning ezgu-niyatlari, maqsad va vazifalarini o‘zida saqlab kelmoqda. ulardan 
maqsadli foydalanish va milliy xususiyatlarga moslashtirish lozim bo‘ladi. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương