O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang22/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
O‘YINGA RAHBARLIK QILISh 
O‘yinni o‘rganish va o‘yin paytida bolalar o‘zlarini qanday tutishlari 
ko‘proq rahbarga bog‘liqdir. O‘yin shartli ishora (buyurish, o‘ushtak yoki qarsak 
chalish, qo‘l yoki bayroqchani silkitish) bilan boshlanadi. O‘qituvchi barcha 


ishtirokchilar o‘yin mazmunini tushinib olganicha va qulayroq yerga joylashib 
olgancha qanoat hosil qilganidan keyin ishora qiladi. Shartli chegaralar oldindan 
belgilab qo‘yilishi, o‘yin uchun zarur qo‘llanmalar esa o‘yin qoidalariga muvofiq 
bo‘lib berilgan va joy-joyiga qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Rahbar o‘yin boshlanishi 
bilanoq, uning borishini va o‘ynovchilarning harakatlarini diqqat bilan kuzatadi 
hamda boshqarib boradi. Bundan tashqari o‘yin davomida ayrim qoida va usullarni 
qo‘shimcha ravishda tushuntiradi. Tuzatish, tanbeh va mulohazalarni o‘yinning 
borishiga xalaqit bermaydigan yoki uni to‘xtatib qo‘ymaydigan yoki uni to‘xtatib 
qo‘ymaydigan yo‘sinda aytish lozim. Agar o‘yinchilarning ko‘pchiligi bir xil 
xatoga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsa, tegishli yo‘l-yo‘riq berish yoki o‘yin qoidalari 
qanday bajarilishini ko‘rsatish uchun o‘yinni to‘xtatish mumkin. Lekin uni 
baqirishi yoki keskin ishora bilan to‘xtatish yaramaydi. Katta maktab yoshidagi 
bolalarni «Diqqat!» degan shartli ishora yoki xushtak chalish bilan to‘xtashga 
o‘rgatish lozim.
O‘qituvchi bolalarni o‘yin qoidalarini ongli va aniq bajarishga odatlantirishi 
kerak. Bu odat ularni intizomga o‘rgatishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, bolalarda 
o‘z burchini sezish va o‘z hatti-harakatlari uchun javobgarlik hissini tarbiyalash
o‘zini tuta bilish va matonatlilikni o‘stirishda yordam beradi. O‘qituvchining 
vazifasi-o‘quvchilardan o‘yin qoidalarini aniq bajarishini talab qilishdir. Ammo u 
bolalar o‘yinini yomon o‘zlashtirayotgani uchun ortiqcha bachkanalik qilmasligi 
kerak. 
O‘quvchilar yo‘l qo‘yadigan xatolar va qo‘polliklarni oldini olishga alohida 
ahamiyat bilan qarash lozim. qo‘polchilik qilgan o‘yinchini albatta jazolash kerak. 
Bunday xollarda ba’zi ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash ya’ni vaqtincha 
o‘yindan chiqarib yuborish, jarima ochkolari berish mumkin. 
O‘yinchi rahbarlik qilishda o‘quvchilarni faqat erishiladigan natijalarga qiziqtirish 
bilan cheklanmaslik, balki ularda o‘yin jarayonining o‘zidan zavq-shavq qilishga, 
lazzatlanish hissini vujudga keltirishga ham jiddiy e’tibor berish lozim. Ayniqsa, 
unga faollik ko‘rsatmaydigan o‘yinchilarning tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, 
rag‘batlantirish va bu balki ularda o‘z kuchlariga ishonch hosil qilish tavsiya 


etiladi. O‘ynovchilar o‘rtasida o‘rtoqlariga, to‘g‘ri munosabat o‘rnatishga harakat 
qilish, g‘olablarning kekkayib ketishlari va yutqazganlarning o‘yindan sovishlariga 
yo‘l qo‘ymaslik lozim. 
Rus pedagogi A.S.Makarenkaning o‘g‘il va qiz bolani o‘zining shaxsiy 
muvoffaqiyati bilangina emas, balki xususan o‘z komandasi yoki tashkilotning 
muvaffaqiyatlari bilan ham fio‘rlanish ruhida tarbiyalash zarurligi haqida aytgan 
gaplarini hech qachon unutmaslik kerak. Shuningdek, bolalarda har qanday 
maqtanchoqlikni bartaraf etish, raqib kuchiga hurmat-e’tiborni tarbiyalash, ularni 
uyushqoqlikning, mashq qilishning va komandada intizom bo‘lishning ahamiyatini 
tushuntirish zarur. Nihoyat, bolalarning o‘z muvaffaqiyatlari va mag‘lubiyatlariga 
jiddiy munosabatda bo‘lishga erishish kerak. 
O‘quvchilar o‘yinni yaxshilab o‘zlashtirib olashlari uchun uni bir necha 
marta qaytarish, bunda ular o‘yindan qanchalik mamnun bo‘lsalar, uni shunchalik 
puxta eslab qolishlarini unutmaslik kerak. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương