O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang23/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
O‘YINDAGI INTIZOMLILIK 
O‘yindagi intizomlilik o‘quvchi o‘yinning barcha tartib-qoidalarini, o‘z 
zimmasiga yuklangan hamma vazifalarni ongli va vijdonli bajarishini bildiradi. 
Bunday o‘yinchi maqsadga erishishi uchun o‘z jamoasi bilan birgalikda harakat 
qiladi. 
Ongli intizom o‘yinni yaxshirioq o‘zlashtirishga, o‘yinchilar kayfiyatining 
yaxshilanishiga yordam beradi. Buning natijasida mashg‘ulotlar qiziqarli va 
samarali o‘tadi. 
O‘quvchilarni o‘yinda o‘z o‘atti-harakatlariga tanqidiy munosabatda bo‘lish, 
bir-birlariga beg‘araz yordam berish ruhida tarbiyalash bilan ana shunday 
intizomga erishish mumkin. Ba’zi o‘qituvchi o‘yinni mantiqan to‘g‘ri va aniq 
tushuntirib bera olmagani sababli, o‘yin intizomi bo‘ziladi. O‘quvchilar o‘yin 
mazmunini yetarli darajada anglab olmagani, tushunmagani uchun ham qoidalarni 
buzadilar, o‘zaro bahslashadilar. O‘yinda har xil xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar va 


bir-biriga qo‘pollik qiladilar. Rahbar bu xatolarni o‘quvchilarga yana bir marta 
o‘yinni tushuntirish bilan osongina tuzatishi mumkin. 
Bolalarning o‘yin paytidagi intizomi o‘yinga to‘g‘ri rahbarlik qilishga ham bog‘liq 
bo‘ladi. Shuning uchun intizom bo‘zilganda o‘qituvchi buning sababini birinchi 
galda o‘yinga rahbarlik qilishda yo‘l qo‘yilgan xatolardan qidirishi lozim.
HAKAMLIK QILISh 
Har bir o‘yin ob’ektiv va odilona hakamlikni talab qiladi. Agar belgilangan 
qoidalarning bajarilishini diqqat bilan jiddiy kuzatilmasa, o‘yin o‘zining ta’lim-
tarbiyaviy qimmatini yo‘qotadi. Hakamlikni ko‘pincha o‘yin rahbarining o‘zi 
bajaradi. Ammo bu ishni o‘ynovchilardan birortasi (bolalarning o‘zlari saylagan 
yoki o‘qituvchi tayinlagan o‘quvchi) bajargani ma’qulroq. Bu tadbir bolalarda 
tashkilotchilik malakalarini tarbiyalashda yordam beradi. Agarda o‘yinda 
bolalardan birortasi hakamlik qilsa, rahbar o‘zining fikr-mulohazalarini 
o‘ynovchilarga hakamlik vazifasini bajarayotgan o‘quvchi orqali aytadi.
Rahbar-hakam o‘yinning borishini diqqat bilan kuzatishi va imkon boricha 
har bir o‘yinchini nazorat qilib turishi lozim. Faqat shundagina o‘yinning natijasiga 
ob’ektiv baho berish mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, holis turmagan hakamga 
o‘ynovchilar ishonmay, u bilan hisoblashmay qo‘yadilar. Bunday hakamning 
obro‘si qolmaydi. 
Rahbar-hakam komandalarning kuchi va ulardagi o‘yinchilarni soni teng 
bo‘lishini, shuningdek, ishtirokchilar kchkn bir xil sharoit yaratilishini, ya’ni ular 
o‘ynaladigan joy, asbob-anjomlar va boshqalar bilan bir xil ta’minlanishini hisobga 
olishi lozim.
Hakam o‘yinda qo‘polliklarga yo‘l qo‘ymasligi, o‘yin usullarining to‘g‘ri 
bajarilishini kuzatib turishi, o‘yindagi harakatlarni takomillashtirishga va 
chaqqonlikni orttirishga e’tibor berishi kerak. Hakam o‘yin jarayonida tarbiyachi 
rolini ham bajarishi, bolalarga kelgusida zarur bo‘ladigan xislatlarni va malakalarni 
shakllantirishi, hamda mustahkamlashi kerak. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương