O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq


Bog‘cha bolalalari bilan milliy harakatli o‘yinlarni



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang31/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
Bog‘cha bolalalari bilan milliy harakatli o‘yinlarni 
o‘tkazish yo‘llari. 
 
Respublika prezidenti I.A.Karimov buyuk kelajagimizni ko‘zda tutgan holda 
mamlakatning 
tinchligini 
saqlash, 
iqtisodiyotni 
rivojlantirish, 
aholining 
salomatligini yaxshilash va eng muhimi esa yosh bolalarni sog‘lom qilib 
o‘stirishga jiddiy e’tibor berib keldi. Bu yo‘lda chuqur islohotlar o‘tkazilib, 
sog‘lom avlod davlat dasturi, ta’limning uzluksizligi va umumta’lim davlat dasturi 
kabi g‘oyat muhim bo‘lgan rasmiy hujjatlar qabul qilinib, bular amaliy jihatdan 
amalga oshirilib o‘z samaralarini berib kelmoqda. Bunda sog‘lom ona - sog‘lom 
bola shiori ostida nufuzli tadbirlar o‘tkazilmoqda. 
Bu yo‘lda bolalar bog‘chalarining sharoitlarini yaxshilash, mutaxassis 
kadrlar bilan ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab - quvatlashga 
e’tibor berilmoqda. 
Ta’kidlash zarurki, mustaqillik yillari davrida qurilayotgan bolalar tarbiyasi 
muassasalarining yangi binolari davr talablariga mos kelmoqda. Ya’ni bog‘cha 
bolalarini tarbiyalashga zarur bo‘lgan sport zallari, ochiq va yopiq suv havzalari
turli uskunalar bilan jihozlangan o‘yin maydonlari yuzaga kelmoqda. 
Maktabgacha tarbiya pedagogika kollejlarida ixtisosli tarbiyachilarni 
yetishtirib berish, ularni tarbiyaga doir barcha fanlar mazmuni bilan 
qurollantirishga alohida e’tibor kuchaymoqda. Shu bilan bir qatorda ularning 


nazariy bilim va amaliy malakalarini jismoniy tarbiya bilan boyitish 
yaxshilanmoqda. Hatto pedagogika institutlari va pedagogika kollejlarida 
tayyorlanayotgan jismoniy tarbiya mutaxassislariga bog‘chalardagi jismoniy 
tarbiya bilimi berilishi muhim ahamiyatga egadir. Buning boisi shundaki, davr 
talablari va ta’lim - tarbiya taqozo etayotganidek, bog‘chalarda jismoniy tarbiya 
tashkilotchisi (o‘qituvchi - uslubchi) o‘rinlari belgilangan. Chunki, bog‘chalarda 
“jismoniy tarbiya” alohida mazmun topib, uni davlat dasturi asosida olib 
borilmoqda. Dastur mazmunining yarmidan ko‘pi bolalarga ertalabki gimnastika - 
satri, kunduzgi milliy harakatli o‘yinlar, kechki mustaqil harakatlar va maxsus 
o‘yinlarni tashkil qilishga qaratilgan. 
Maktabgacha pedagogika, bolalar bog‘chalari ish mazmuni va jismoniy 
tarbiyaning taqozosi bo‘yicha bog‘cha yoshidagi bolalar turli yosh guruhlariga 
bo‘linib, ularni kichik, o‘rta va katta guruhlar deb aytishga odatlanilgan. Chunki, 
bolalarning jismoniy holati, o‘sish darajasi, harakat malakalari va umuman tana 
a’zolaridagi funksiyalar (vazifalar) tarbiya jarayonlarini belgilaydi. Shu asosda 
jismoniy tarbiyani tashkil qilishda guruhlardagi amaliy harakatlar bir - biridan 
tubdan farq qiladi. Shunga asosan guruhlar va ularning tarkibidagi sog‘lom va 
nochor bolalarga nisbatan ham mashq - o‘yinlarning turlari va baholar ish 
me’yorlari ancha farq qiladi. 
Darslik barcha guruhlarda gimnastika mashqlari, milliy harakatli o‘yinlar, 
sayrlar tashkil qilinadi. Ularning turlari va qoida mazmunlarini quyidagicha 
ifodalash mumkin: 
Kichik guruhlar (1 - 3yosh): 
1. Safga turish, burilish, yurish, qo‘llarni bel, yelka, yon, balandga qo‘yib va 
ko‘tarib yurish. Turgan holda oldinga va yuqoriga qo‘llarni ko‘tarib chapak 
chalish, joyda o‘ng, chap, orqaga burilib sakrash, gavda a’zolariga turli xil 
mashqlar berish. 
2. Chiziq, taxta va gimnastika o‘tirg‘ichlari ustida qo‘llarni yonga yozib yurish, 
pastga sakrab tushish. Parallel chiziqlar ustida tez yurib o‘tish. 
3. Turli moslama - jihozlarda mashqlar, o‘yinlar, halqalar orasidan (tunel) 
engashib o‘tish. 


4. Bolalarning yoshiga qarab (1 – 2 yosh, 2 – 3yosh) to‘plarni ilib olish
dumalatilgan to‘pga yetib uni qaytarish, to‘pni burchakka (mo‘ljal) otish, to‘pni 
oyoqlar bilan tepish, ushlab olish va h.k. 
5. Havoning yoqimli paytlarida o‘yin maydoni, hovli yuzasi va atrofida sayrlar. 
O‘rta yoshdagi (3-4yosh) bolalar kichik yoshdagi bolalarning o‘yin va 
mashqlarini takrorlaydi, diqqat bunda ularning miqdori va boshqarish yo‘llari bir 
muncha murakkablashtiriladi. Shuningdek, futbol o‘yini elementlari (to‘pni tepish, 
irg‘itish, to‘xtatish, sherigiga uzatish va h.k.), kurash elementlari (yelkadan tortish, 
belga yopishish, quchoqlab olish, yiqitish va h.k.), bog‘chadan chetga va qiziqarli 
xiyobonlar, binolarga sayr uyushtirish olib boriladi. 
1. Katta guruhlarda (5-6-7 yoshli) – gimnastika mashqlari to‘la o‘tkazilib, 
bunda harakatli o‘yinlar qo‘shib olib boriladi. Ya’ni bir oyoqda, juft qilib sakrash, 
yelkalardan ushlagan holda bir oyoqda juft qilib sakrab yurish, qator chiziqlar 
ustidan tez yugurib o‘tish (kim tez), brevno yoki o‘tir eng (skameyka) ustidan 
yiqilmay tez yurib o‘tish, arg‘amchilarni aylantirib sakrashlar, ikki-uchta to‘p 
(buyum) bilan yugurib doira ichiga qo‘yib kelish va olib kelish kabi oddiy va 
murakkab harakatlar musobaqalashish shaklida o‘tkaziladi. 
2. Kun tartibidagi (rejim) o‘yin – mashqlarda quyidagi yo‘nalishda mashg‘ulot – 
o‘yinlar tashkil qilinadi: 
▪ 
Saf – qator bo‘lib tizilish, yurish, sakrashlar; 
▪ 
Turli estafetali o‘yinlar to‘plarni manzilga qo‘yib kelish va olib kelish, bulava 
(biron buyum), tayoq, bayroqlarni kichik doiraga qo‘yib – tiklab kelish, olib kelish, 
chambaraklar ichidan o‘tib – aylantirib yugurish; 
▪ 
Oddiy milliy harakatli o‘yinlar (mushuk bilan sichqon), “Bo‘sh joy, “Qo‘l 
tegizib qochish”, “Ko‘z bog‘lash”, “Bekinmachoq”, “Xo‘rozlar jangi”, “Oq 
terakmi – ko‘k terak”, “Qarmoq” va h.k. 
3. Sayr – sayohatlarda o‘yinlar; 
▪ 
Bog‘cha atrofi, xiyobonlar, madaniyat maskanlari, maktab oldi 
maydonchalari, ko‘p qavatli uylar va h.k manzarali joylarga sayr uyushtirish; 


▪ 
Ochiq maydon va yashil o‘tloqli joylarda “Quvlashmachoq”, “Kim tez”, 
“Ovozidan top”, “Kim keldi”, “Arqon tortish”, “Tepaga chiqish” kabi milliy 
harakatli o‘yinlarni qisqa vaqtli qilib tashkil etish. 
Ta’kidlash lozimki, tabiyachi – tashkilotchi mazkur mashqlar, harakatli 
o‘yinlarni yaxshi bilish, ularni tashkil qilishda pedagogik tamoyillariga (asta – 
sekin, osondan – qiyinga, oddiydan murakkabga, tanishdan – notanishga, 
takrorlash, tushuntirish, yangi o‘yin o‘rgatish, o‘yinlarni yakunlash va h.k.) to‘la 
amal qilish lozim. 
Xulosa shundan iboratki, barcha yoshdagi bog‘cha bolalarining sog‘lom 
bo‘lishi, qomatni to‘g‘ri o‘stiruvchi va jismoniy rivojlantiruvchi o‘yin – 
mashqlarni tanlash, yangilab borish lozim. Bolalardagi o‘ynoqi xususiyatlarini 
yanada takomillashtirish milliy va harakatli o‘yinlarning asosiy maqsad va 
vazifalari bo‘lishi shart. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương