O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang30/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
Istirohat va ko‘ngil olish bog‘lari asosan shahar va shahar tusini olgan 
joylarda zamonaviy talablar asosida tashkil topmoqda. Ularda katta-kichik 
yoshdagi kishilar, bolalar uchun tomosha, turli xil atraksion va milliy harakatli 
o‘yinlar tashkil qilinib, barchaning xordiq chiqarish, miriqib dam olish va jismoniy 
harakatlar bilan (yurish, yugurish, estafetali o‘yinlar, qayiqlarda suzish va h.k.) 
ko‘ngil kechalari yoziladi hamda ma’naviy-ma’rifiy jihatdan oziqlanadi. Shu 
tufayli maskanlarning mutaxasislari va maxsus xodimlari tomonidan boshqa 
diqqatga sazovor bo‘lgan tadbirlar qatorida milliy harakatli o‘yinlar ham tashkil 
etiladi. Bu tadbirlarda ota-onalar va bolalari birgalikda to‘p, arg‘amchi, chambarak, 
bulava, bayroqlar bilan har xil estafetalar uyushtiriladi. Kichik xalqachalarni otib 
qoziqlarga tushirish, savat ichiga to‘pni otib tushirish, yugurish, tik va yoysimon 
narvonlarga chiqish-tushish, osilib turish kabi qiziqarli harakatli o‘yinlar bo‘yicha 
ham, kim tez, kim chaqqon, kim yiqilmay o‘tadi, kim tez olib o‘tadi kabi bahslar, 
shartlar va talablar ostida kuch sinashadi. 
Demak, harakatli o‘yinlar (oddiy va murakkab, zamonaviy va milliy 
o‘yinlar) ko‘ngil ochish va istirohat bog‘larida ham u yoki bu tarzda o‘z o‘rniga 
ega bo‘ladi. Shu tufayli dam oluvchilar, ota-onalar va ayniqsa bolalar hamda 
o‘smir-yigitlar ham harakatli o‘yinlar tufayli xordiq chiqarishadi, kuch-quvvat 
to‘playdi. Bu o‘z navbatda mehnatkashlarni ertangi yumushlarini tetik, ixcham 
bajarishlari, mehnat samaralariga erishishni ta’minlaydi. O‘quvchi yoshlar va 
talabalarning o‘quv sharoitlari, bir-biriga mehr-muhabbatlari, do‘stlik, o‘rtoqlik 


kabi fazilatlarni yanada yaxshilaydi. Keksalarning esa ruhiy va jismoniy tetikligi, 
bardamligiga yanada kuch, zavq bag‘ishlab, uzoq yillar sog‘lom bo‘lib yurishlariga 
bir olam dunyo hissa qo‘shadi. 
Xulosa shundaki, ko‘ngil ochish va istirohat bog‘larida jismoniy madaniyat 
tadbirlarini ko‘proq maqsadli va mazmunan qiziqarli qilib o‘tkazishga yanada 
ko‘proq ettibor berish lozim. Buning uchun esa maxsus tashkilotchilar, faol 
ishlarini kengaytirishga to‘g‘ri keladi. 
O‘quvchi yoshlar va talabalarning uylarida (yotoqxonalar) milliy harakatli 
o‘yinlarni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari va maqsadlari bo‘ladi. 
Ma’lumki viloyatlarning markazlarida akademik litseylar, kasb-xunar 
kollejlari, Oliy o‘quv muassasalarining o‘quvchi yoshlar va talabalar uchun 
zamonaviy tarzda qurilgan va maxsus yo‘lida foydalanilayotgan yotoqxonalar 
ko‘p. Ularning yashashi, dam olish va jismoniy rivojlanishlarini yanada 
takomillashtirish maqsadida barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa futbol 
maydonlari, sport o‘yinlari turlari bo‘yicha farqlangan maydonlar, sport zallari, 
tennis kortlari, suv havzalari yaxshilab jihozlangan. O‘quvchi yoshlar va 
talabalarning mustaqil ravishda va guruhlarga bo‘linib o‘ynashlari, ertalabki 
gimnastika, bo‘sh vaqtlarida erkin ravishda turli milliy harakatli o‘yinlarni tashkil 
qilish rasmiy ravishda amalga oshirilmoqda. Ya’ni yotoqxonalarida talabalar 
kengashi tarkibida jismoniy madaniyat va sport ishlari uchun ma’sul - faollar 
mavjud. Ular mustaqil ravishda tashkiliy ishlarni olib borishadi. 
Talabalarning yashash sharoiti, ijtimoiy madaniy turmushi, tinch - osoyishta 
dam olishi, xavfsizlikni saqlash maqsadida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, 
kasaba uyushmalari, “Talaba” sport klubi, nazorat va yordamlashish faoliyatlarini 
muntazam ravishda olib borishadi. 
Deyarlik har bir qavat (etaj), har bir uy (korpus) va yigit - qizlar uchun 
alohida tashkilotchilar (fizorg) tayinlanadi. Ular talabalarni uyushtirish, 
tayyorgarlik mashq - o‘yinlarni o‘tkazish, musobaqalarga qatnashish va ular bilan 
bog‘liq bo‘lgan jarayonlarda ko‘maklashadi. 
Yotoqxona birinchiligi, yotoqxonalararo birinchilik (o‘quv yurtlar yuzasida) 
bo‘yicha sport turlaridan musobaqalar o‘tkazish an’anaga aylangan. 


Ertalabki gimnastika, darslardan keyingi bo‘sh paytlarda yotoqxonalarda 
milliy harakatli o‘yinlarni o‘tkazish ham qiziqarli bo‘ladi. Bunday paytlarda qizlar 
“Uchinchisi ortiqcha”;”To‘qqiz tosh”; “Chambarakda sakrash”, “Arg‘amchini 
aylantirib sakrash”, to‘p va boshqa buyumlar bilan turli estafetalarni o‘tkazishda 
katta qiziqish bilan ishtirok etishmoqda. 
Yigitlar asosan futbol, voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi, tennis, badminton 
kabi sport o‘yinlari elementlarini o‘z ichiga olgan milliy harakatli o‘yinlarni 
ixchamlashtirilgan qoidalar bo‘yicha o‘ynashadi.
“Belni qayishtirish” (kuch bilan egish, tortish), “bilak kuchini sinash; tosh 
ko‘tarish, turnikda tortilish, osilib aylanish, to‘pli estafetalar va boshqa xilma - xil 
o‘yinlardan keng foydalanishadilar.” 
O‘quvchi yoshlar va talabalar ko‘pincha bolalikda ko‘rgan va o‘ynagan 
hamda jismoniy tarbiya darslarida bajargan qiziqarli harakatli o‘yinlarni 
takrorlashadilar. Ayniqsa “Bo‘sh joy”, “Uchinchi ortiqcha”, “Doira orqasida 
quvish”; “Durra soldi”; “Qopqon”, “Qarmoq”; “Qo‘ltiqda kaftga urish” (kim urdi); 
“Kim keldi”(ko‘z bog‘lash) kabi milliy harakatli o‘yinlarni zavq bilan o‘ynashadi. 
Jismoniy 
tayyorgarligi 
kuchli 
va 
biron 
sport 
turi 
bilan 
shug‘ullanuvchilarning bahsli o‘yinlari quyidagilardan iborat: 
• tosh (gir) ko‘tarish 
• turnikda (moslama)tortilish
• oldinga otgan holda qo‘llarga tayanib bukish va yozish (otjimaniya)
• bir oyoqda o‘tirib - turish
• kichik doirada ko‘z yumib aylanish - doiradan chiqmaslik 
• basketbol to‘pini yon burchakdan otib xalqaga tushirish 
• arg‘amchini oyoq tagidan aylantirib sakrash (ikki va bir oyoqlab) 
• “ko‘zni bog‘lab manzilni topish” 
• Turnikda osilib - aylanib tik turish 
• Xalqaga osilib - tortilib chiqish 
• Qo‘llarda tik turib yurish
• Ko‘zni yumib orqaga yurish


• Ko‘zni yumib bir oyoqda turish
• Havzalarda suv tagida turish
• Nafas olmay suzish va h.k. 
Ma’lumki mazkur murakkab mashq - o‘yinlarning bajarilish tartiblari va 
qo‘yilgan shartlari barcha jismoniy sifatlarni talab etish bilan birgalikda, musobaqa 
shaklini ham ifoda etadi. Demak, talaba va o‘quvchi yoshlarning turar joylari 
oldidagi sport inshoatlarini ko‘paytirish va ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash 
hozirgi kun va kelajakning talabidir. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương