O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq


Milliy harakatli o‘yinlarning ijtimoiy-ma’naviy turmush bilan bog‘liqligi



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang9/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
Milliy harakatli o‘yinlarning ijtimoiy-ma’naviy turmush bilan bog‘liqligi. 
Ijtimoiy-ma’naviy turmush sog‘lom turmush tarzining tarkibiy qismi desa 
bo‘ladi. Chunki unda inson hayoti, mehnati, oilaviy munosabatlar, kiyinishi, 
so‘zlashish san’atga qiziqish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish kabi 
juda ko‘p ehtiyojiy faolyatlar yumushlar, hatti-harakatlar, o‘zaro bog‘langan 
bo‘ladi.
Ijtimoiy turmush madaniyat gashtini suruvchilar quyidagilarni odat qilib 
oladi, ya’ni:
-To‘yimli ozuqa, mevalarni tanlab iste’mol qilish; 
-Dam olish kunlari, bo‘sh vaqtlar va bayramlarda teatr, kino, konsert, futbol, turli 
musiqalar, to‘ylarga borish; 
-Mavsumiy va muhitlarga (to‘y, turli marosim, mehmondorchilik va hokozo) qarab 
kiyinish; 


-Oilaviy bo‘lib o‘yin maydonlariga muntazam borish, Tennis, badminton, futbol 
harakatli o‘yinlar o‘ynash; 
-Suv omborlari, istirohat bog‘lariga borib ko‘ngil ochish, dam olish, suzish; 
-Yaqin qarindoshlar va qadrdonlardan xabar olish, ularni mehmondorchilikka taklif 
etish; 
Mahalla, qo‘ni-qo‘shnilar bilan yaqin aloqadorlik qilish;
-Har kuni ertalab gimnastika qilish, turli o‘yinlarni bajarish va hokozo; 
Sog‘lom turmush tarzini kechirish uchun intiluvchi kishilar kun sayin 
ko‘paymoqda. Ular farzandini sport bilan shug‘ullanish. Ertalab va kechki 
paytlarda gimnastika mashg‘uloti bilan bir qatorda qiziqarli harakatli o‘yinlarni 
bajarishga da’vat etadi. 
Ijtimoiy-ma’naviy turmush sharoitidagi harakatli o‘yinlardan maqsadli 
foydalanish, bunda mavjud bo‘lgan o‘yin to‘plamlarini (kitoblar) yig‘ish lozimdir. 
Har bir oila barcha kishilarining birgalikda shug‘ullanishi, o‘ynashlari, ahillik, 
mehribonlik, qadrlash, hurmat kabi ijobiy fazilatlarni mustahkamlash bilan bir 
qatorda, ularning jismonan sog‘lom, baquvvat bo‘lishlari, hatto chiniqishlarini 
ta’minlaydi. Shu sababdan harakatli o‘yinlar (arg‘amchida sakrash, ko‘z bog‘lash, 
bekinmachoq, to‘pli estafeta va hokozo.) hamda sport o‘yinlarining qismlari 
(eliment) bilan shug‘ullanishni odat tusiga aylantirishi lozim.
Eng muhimi esa “quvnoq startlar” televizion o‘yinlaridagi mashq 
harakatlarni takrorlash, “Navro‘z”, “Mustaqillik kuni” bayramlari hamda boshqa 
ommaviy-madaniy sport tadbirlaridagi har xil harakatli o‘yinlarni tomosha qilish, 
ularni amalda bajarish, yaxshi samara berishi aniqdir.
Yana bir tomoni shundaki ba’zi ijodkorlar, san’atkorlar, nashriyot va bank 
xodimlari imkoniyat darajasida sportning u yoki bu turi bilan muntazam 
shug‘ullanishi natijasida o‘zlari tashkil etgan qiziqarli sport musobaqalarida faol 
qatnashmoqda. Ularning ba’zilari hatto mahalla, bolalar sporti va boshqa 
jamg‘armalarga moddiy yordam ko‘rsatishmoqda. 
Xotin-qizlar 
spartakiadalari, 
mahallamiz 
pahlavonlari; 
“kichkintoylar-
pahlovonchalar” kabi sport musobaqalarining dasturida asosan milliy harakatli 
o‘yinlarning joy egallashi e’tiborga sazovordir. 


Mustaqillik yillari davrida yaratilayotgan sahna asarlari (teatr, kino, ochiq 
maydonlardagi tomoshalar va hokozo) kurash, futbol, qilichbozlik, sharqona yakka 
kurashlar va boshqa bir qator o‘yin-mashqlarining qo‘llanilishi ijtimoiy-madaniy 
turmushimizdagi yangi o‘zgarishlardan darak beradi.
Demak milliy harakatli o‘yinlar sport turlarining qismlari (elementlar) bilan 
tutashib bormoqda. Ular esa ijtimoiy turmush-madaniyatimizga chuqur singib 
bormoqda. Bu jihatlarni talaba yoshlar puxta o‘rganishlari lozim bo‘ladi.

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương