O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang5/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
Tezlikka doir o‘yinlar: “Qopqon”, “Kim oldin”, “Insiz quyon”, “To‘rt oyoqlab 
yugurish” (emaklab yugurish), “Hakkalagan qushchalar”, “Uchinchisi ortiqcha”, 
turli estafetalar va boshqalar. 
Kuchga doir o‘yinlar: “Oq suyak”, “Chillik”, “Yelkada ko‘pkari”, “Eshak mindi”, 
“Arqon tortishish”, “Bilak kuchini sinash”, “Qo‘llarda tortinish” va boshqalar. 
Chidamlilikka doir o‘yinlar: “Oq terakmi-ko‘k terak”, “Davradan chiqar”, 
“Olamon poyga”, “Dorboz”, “Oqsoq qarg‘a”, “Oshiq” (gardkam), “Qilichbozlar”, 
“Besh tosh”, “To‘qqiz tosh”, “Orqang kuydi”, “Bo‘ta soldi”, “Tortishmachoq”, 
“Ko‘z bog‘lash”, “Bekinmachoq”, “Kim keldi”, “Dorboz”, “Zuv-zuv” va h.k. 
Yuqorida nomlari keltirilgan murakkab va oddiy (sodda) O‘zbek xalq milliy 
o‘yinlari barcha yoshdagilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash bilan birgalikda 
insoniy fazilatlarni ham shakllantirish va ularni yanada takomillashtirishda 
bevosita xizmat qiladi.
Bolalarga xos bo‘lgan epchillik, ixchamlik, abjirlik, uddaburonlik 
qayishqoqlik kabi xususiyatlarni rivojlantirishda faqat jismoniy tarbiya darslaridagi 
harakatli o‘yinlar bilan chegaralanib qolmaslik lozim. Ularning bo‘sh vaqtlarida 
hovli, ko‘cha, maydonlarda erkin ravishda shug‘ullanishlari va bunda sport 
o‘yinlari, gimnastika, yengil atletika, kurash kabi sport turlarining qismlari 
(elementlari) bilan shug‘ullanishlarini ham ta’minlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Xulosa shundan iboratki, xilma-xil turkumlarga bo‘linadigan harakatli 
o‘yinlarni o‘z vaqtida maqsadli qo‘llash zarurdir. 


O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar. 
1. Harakatli o‘yinlarni turkumlarga ajratishdan maqsad nima? 
2. Tabiat va hayvonot olamini aks ettiruvchi qanday o‘yinlar mavjud? 
3. Mehnat bilan bog‘langan harakatli o‘yinlarni ifoda eting? 
4. Mamlakatda o‘tkazilayotgan ommaviy-madaniy va sport tadbirlarida harakatli 
o‘yinlardan qanday foydalanilmoqda? 
5.Jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi qanday harakatli o‘yinlarni bilasiz? 
6. Insoniy fazilatlarni tasvirlovchi o‘yinlarni bilasizmi? 
7. Aqliy va jismoniy mehnat hamda jismoniy sifatlar, insoniy fazilatlar 
mujassamlashgan o‘yinlarni turkumlarga ajrating? 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương